2-§. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Germaniyada siyosiy tuzumning o‘zgarishi
Germaniyaimperiyasining1871-yilgiKonstitutsiyasi.1871-yil 16-aprelda Ta’sis reyxstagi umumgerman Konstitutsiyasini qabul qildi. Unda oldingi davrlarda qabul qilingan barcha huquqiy hujjatlar inobatga olingan.
Imperiya o‘z mohiyatiga ko‘ra ittifoqchilar davlati hisoblangan. Uning tarkibiga qirol va knaz sulolalari boshqaruvidagi 22 ta monarxiya va 3 ta erkin shahar kirgan. Germaniyaga qo‘shib olingan Elzas- Lotaringiya hududi imperiyaga hokim (shtatgelter) tomonidan idora etiladigan maxsus imperiya provinsiyasi bo‘lib kiritilgan.
A’zolarning ayrimlari o‘z Konstitutsiyasi, landtag – vakillik muassasalarini saqlab qoladi. Davlat funksiyalarining ma’lum bir qismi,
ya’ni cherkov ishlari, maorif, soliq va ichki biror muhim soha boshqaruvi ular hukumatlarning ixtiyorida qoldiriladi. Joylarda xalq vakolatlari tor bo‘lib, tabaqa imtiyozlari davom etgan.
Mayda nemis davlatlarining Prussiya harbiy va iqtisodiy qudratiga qaramligi Prussiyaning hukmronligini ta’minlagan. Imperiya boshqa- ruvida «armiya va qal’alar» bo‘yicha qirol tomonidan tayinlanadigan komitet, tor doiradagi davlatlar vakillaridan iborat «tashqi ishlar» komiteti tashkil etilgan.
Ittifoq miqyosida qonun chiqarish huquqi umumimperiya hokimiyati imperatori va imperiya kansleri qo‘lida to‘plangan. Konstitutsiyaga binoan federal kengash ikki palatadan, yuqori palata – bundesrat, ya’ni ittifoq kengashi hamda quyi palata – reyxstagdantuzilgani holda qonunchilik vakolatlari unga berilgan. Aynan shu ikki palata oliy vakolatli muassasalar hisoblangan.
Germaniyaga faqat Prussiya qiroligina imperator bo‘lishi mumkin bo‘lgan. Imperator ijroiya hokimiyatni boshqargan va shakllantirgan. Uning vakolatlari keng bo‘lib, reyxstag va ittifoq kengashi sessiyalarini chaqirish va tarqatish vakolatiga ega bo‘ladi. Imperiya nomidan ish ko‘radi. Shuningdek, imperiya qonunlarini ishlab chiqish va e’lon qilish ham uning vakolatiga kirgan. Imperatorning mutlaq hokimiyati faqat kanslerning kontrassignatura (ma’lum hujjatning kuchga kirishi uchun kanslerning imzosi shartligi) huquqi bilan tiyib turilgan. O‘z navbatida qatori vakolatlarini, xususan, urush va tinchlik e’lon qilish, shartnomalar tuzish, ittifoqda o‘z majburiyatlarini bajarmagan davlatlarga nisbatan jazo berish huquqlarini Ittifoq kengashining roziligi bilan amalga oshirgan.
Ittifoq ministrligi tashkil etilmagan. Ittifoqning yakka ministri imperiya kansleri edi. U reyxstag oldida javobgar bo‘lmagan. Imperator tomonidan lavozimga tayinlangan va bo‘shatilgan, uning oldida javobgar bo‘lgan. Imperiyaning ayrim markaziy idoralariga stats-sekretarlar rahbarlik qilgan, ular kanslerning yordamchilari hisoblangan.
Imperiya kansleri bir vaqtning o‘zida imperiya hukumati bo‘lib, qonunlarda uning irodasi mujassamlangan. Imperiya kansleri lavozimida Prussiya ministr-prezidenti faoliyat ko‘rsatgan. U bir vaqtning o‘zida Prussiya ministrlar kabinetining boshlig‘i ham hisoblangan. XIX asrda Germaniyaning eng yirik siyosiy arboblaridan biri Otto fon Bismark bu mansabni 1862-yildan 1890-yilgacha egallab turgan.
Kansler bundesratning raisi ham hisoblangan. Yuqori palatada ovozlar teng bo‘lib qolganda uning ovozi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Bundesratda harbiy masalalar bo‘yicha kelishuvga erishilmay
qolganda kanslerning ovozi asosiy hisoblangan. Bundan tashqari, u budjetni to‘ldirish uchun to‘lovlar tayinlash huquqiga ega bo‘lgan. Shuningdek, u har yili ittifoq kengashi va reyxstagga xarajatlar haqida hisobot taqdim qilishi lozim bo‘lgan.
Imperator va kansler o‘z faoliyatida bundesratning muhim Konstitutsiyaviy vakolatlariga tayangan. 1871-yilgi Konstitutsiyada hatto rasman bo‘lsa ham «xalq suvereniteti» prinsipi e’lon qilinmaydi. Konstitutsiya hukmron doiralarning monarxning davlat hokimiyati haqidagi konservativ tasavvurlari bilan to‘la qarama-qarshiliklarni mujassam etgan. Unga binoan imperator nomidan ham ijroiya hokimiyati, ham qonun chiqarish hokimiyati amalga oshirilgan. Davlat muassasalari va mansabdor shaxslarning vakolatlari ham imperator nomidan belgilangan.
Reyxstag – quyi palata umumiy saylov huquqi asosida va yashirin ovoz berish yo‘li bilan 5 yil muddatga saylangan. Lekin, amalda quyi darajadagi harbiy xizmatchilar, mulksiz kambag‘allar va ayollardan tashqari 25 yoshga to‘lgan erkaklargina saylov huquqiga ega bo‘lgan. Reyxstag a’zolari o‘z mehnatlari uchun hech qanday maosh yoki haq olmaganlar (V bo‘lim, 32-modda).
Qonun chiqarish tashabbusi reyxstag qo‘lida bo‘lib, ittifoq kengashi va imperator uning qarorlarini tasdiqlamaslik huquqiga ega bo‘lgan. U imperator nazorati ostida bo‘lgan. U qabul qilgan birorta ham qonun bundesratning tasdig‘isiz amalga kiritilmagan.
Ittifoqkengashi–bundesrat,yuqorida aytilganidek yuqori palata bo‘lib, saylanmasdan balki hamma german monarxiyalari va erkin shaharlarning vakillaridan iborat holda tuzilardi va ularning imperiyadagi salmog‘i, o‘rnini o‘zida aks ettirgan. Unda jami 58 ta o‘rin bo‘lib, shuning 17 tasi Prussiyaga tegishli edi. Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgarish uchun faqat 14 ta qarshi ovoz berilsa ham, kengashning kiritgan taklifi qabul qilinmagan.
Bundesratga imperiya qonunlarini hayotga tatbiq etish uchun zarur bo‘lgan ma’muriy buyruqlar va instruksiyalar chiqarish, imperator roziligi bilan reyxstagni tarqatib yuborish, o‘lkalar o‘rtasidagi nizolarni majburlash choralarini, jazolarni qo‘llash yo‘li bilan hal etish vakolatlariga ega edi.
Armiyadan politsiya maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan. Umumiy harbiy majburiyat har bir nemisga 7 yil, ya’ni 20 yoshdan 28 yoshgacha qilib belgilangan. Imperiyaga harbiy holat e’lon qilish huquqi berilgan.
Keyingi yillarda davlat tizimi va Prussiya harbiy kuchlari yordamida hukmron doiralar prusslashtirish siyosatini olib boradilar. Germaniyada militarizm ruhi hukmronlik qila boshlaydi. Byurokratik-amaldorlik hokimiyati zulmi va markazlashgan politsiya nazorati butun mamlakatda hukm suradi. Germaniya imperiyasi politsiyachi-byurokratik yarim mustabid davlatga aylangan.
Kayzer(imperator)Germaniyasiningsiyosiyrejimi.XIX asrda birlashgan Germaniyaning qarama-qarshiliklarga to‘la tarixiy rivojlanishi yo‘lida sodir bo‘lgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar uning siyosiy rejimida ham tez-tez o‘zgarishlar bo‘lishiga bevosita ta’sir qiladi. Bu jarayonlarda Germaniyaning kansleri (ilgarigi Prussiya ministr- perzidenti) Otto fon Bismark alohida rol o‘ynaydi. Tarixiy adabiyotlarda qator qarama-qarshi tushunchalar, jumladan «yuqoridan o‘tkazilgan inqilob», «davlat sotsializmi», «reaksion militarizm», «bonapartizm» va boshqa nomlar bilan belgilangan siyosatni amalga oshirish aynan Bismark nomi bilan bog‘liq.
Darhaqiqat, XIX asrda Germaniyaning burjua inqilobi ta’sirida birlashtirilishi uning iqtisodiyotning, kapitalistik tadbirkorlikning, aksionerlik kompaniyalari, banklar va yangi sanoatning rivojlanishiga sharoit yaratadi.
XIX asrning oxirgi 1/3 qismi «gryunderlik» (grunder – asos solmoq, ta’sis qilmoq) davri deb ataladi. Aynan shu davrda xo‘jalikning deyarli hamma sohalarida, ko‘proq iqtisod-moliya tarmoqlarida ta’sis etish ishlari kuchayib ketgan.
Umumimperiya bank biletlari, yagona o‘lchov va og‘irlik birliklari, bojxona tariflari, patent qonunchiligi joriy qilindi. Mamlakat ikki–uch o‘n yilliklar davomida Yevropa va dunyodagi eng ilg‘or, sanoati rivojlangan davlatlardan biriga aylangan.
Dastlabki davrlarda tadbirkorlik va savdoning rivojlanishi yo‘lidagi ko‘pdan-ko‘p to‘siqlar olib tashlanadi. Umumimperiya partiyaviy tizimi tashkil qilingan, ishchi tashkilotlari va partiya nashrlari oshgan.
Bu vaqtda Germaniya siyosiy tuzumida siyosiy