German davlatlarining birinchi konstitutsiyalari. 1815-yilda German ittifoqi tomonidan Muqaddas ittifoq akti qarorlari qabul qilgan. Ularga amal qilib 1816-yildan 1847-yilgacha ko‘p german davlatlari o‘zlarining birinchi konstitutsiyalarini qabul qilganlar.
Ular asosan monarxlar tomonidan in’om qilingan (ya’ni, monarx tomonidan ishlab chiqilib e’lon qilingan) Xartiya, boshqacha aytganda konstitutsiyaviy hujjatlar shaklida bo‘lgan. Ularda jiddiy farqlar bo‘lmagan. Deyarli, barcha konstitutsiyalarda boshqaruv shakli – davlat boshlig‘i monarx, tabaqa-vakillik muassasalari monarx tomonidan nazorat qilinadigan landtag (tabaqa-vakillik muassasalari shunday atalgan) va monarx oldida javobgar hukumatdan iborat qilib belgilangan. Masalan, Buyuk Baden gersogligining 1818-yilgi konstitutsiyasiga ko‘ra, Landtag ikki palatali bo‘lib, yuqori palata monarx tomonidan, quyi palata mulk senzi asoslangan saylovlar orqali shakllantirilgan. Davlat boshlig‘i mutlaq veto huquqiga ega bo‘lib, qonunlarning bajarilishi uchun farmoyishlar, reglamentlar va umumiy farmonlar chiqarish vakolatiga ega bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da, monarx hokimiyati qonun chiqaruvchi – landtag palatalari tomonidan nisbatan cheklangan. Hukumat faoliyati yuzasidan gersogga va xarajatlar yuzasidan landtagga hisobot berib borgan.
Barcha German konstitutsiyalarida demokratik huquq va erkinlik- larning ancha cheklangan doirasi belgilangan. Biroq mavjud huquq va erkinliklarni amalga oshirish kafolatlari yaratilmagan. Xususan, Baden gersogligining konstitutsiyasida vijdon, matbuot, ko‘chib yurish erkinlik- lari, kasb tanlash huquqlari, xususiy mulk va turar-joy daxlsizligi, sudyalarning daxlsizligi va badenliklarning jinoiy ishlarini oddiy sudlarda ko‘rilishini talab qilish huquqi, o‘zboshimchalik bilan qamoqqa olishlarning taqiqlanganligi e’lon qilingan.
1848-yilgiinqilobvauninggermankonstitutsiyashunosligirivojlanishi.1848-yil boshlariga kelib Germaniyada tashqi va ichki omillar ta’sirida ishchilar va dehqonlar harakati ko‘rinishidagi inqilobiy vaziyat yuzaga keladi. Inqilob hukumatlar oldiga demokratik islohotlar o‘tkazishni talab qiladi. Fransiyaga chegaradosh g‘arbiy va janubiy- g‘arbiy yerlarda liberal (liberal – keyinchalik davlat va ijtimoiy tuzumni o‘zgarmasdan qolishini istaydi) burjuaziya g‘alaba qiladi. Burjua demokratik harakat ko‘p german davlatlarini qamrab oladi va bir qancha demokratik tadbirlar amalga oshiriladi.
Qirol va knazlar Frankfurt-Maynda umumgerman Ta’sis majlisini chaqirishga rozilik bildiradilar. 1848-yil bahorda umumgerman parla- menti (Frankfurt parlamenti, Frankfurt majlisi)ga saylov o‘tkazilgan. Unda liberal burjua ko‘p o‘rin olgan. Barcha German davlatlaridan tashkil topgan mazkur ta’sis majlisi yagona Germaniyaning yangi, hech bo‘lmaganda federal konstitutsiyasini qabul qilishi lozim edi.
Parlament tomonidan Avstriya ersgersogi Iogan muvaqqat imperiya noibi lavozimiga saylanadi. Unga yordam berish uchun Muvaqqat markaziy hukumat tashkil etiladi. Biroq davlatlarda hokimiyat monarxlar qo‘lida qoladi. Biroq parlament o‘z faoliyatining boshidanoq reaksion siyosat yurgizadi. Ko‘pchilik a’zolari shovinizm yo‘liga kirib, mustamlaka slavyan yerlarini qo‘lda saqlashga harakat qilinadi. Dehqonlar masalasida feodal tuzumga qarshi hech bir ish qilinmaydi. 1848-yil kuzda aksilinqilobning kuchayishi natijasida ishlab chiqilgan konstitutsiya loyihasi qog‘ozda qolib ketadi. Burjuaziya va ishchilar, dehqonlar va feodallar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuzaga keladi. Frankfurt majlisi majburiy tarqatib yuboriladi.
Natijada Parlament yagona ilgarigi talablarni ro‘yobga chiqarish maqsadida Germaniyaimperiyasining1849-yilgiFrankfurtkonstitut-siyasini qabul qilishga kirishadi. 1849-yil 28-martda parlament imperiya konstitutsiyasini qabul qiladi.
Burjuaziya siyosiy ustunlikka erishgan. Germaniyaning barcha 36 ta yerlarida o‘z boshqaruv apparatiga ega monarxiya mavjud bo‘lgan. German monarxiyalari federatsiyasi o‘rnatilib, unga imperator boshchilik qilgan. Umumgerman markaziy hukumati tuziladi. Imperator va amal- dorlar «imperiyani va nemis huquqlarini qo‘riqlash, imperiya konstitutsiyasiga og‘ishmay va vijdonan amal qilish» haqida qasamyod qilishi kerak bo‘lgan.
Konstitutsiyada barcha masalalar aniqlik bilan belgilangan. Federat- siya subyektlari o‘z konstitutsiyasi va boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan. Federatsiya manfaatlarini ko‘zlagan holda imperiya hokimiyatini amalga oshiruvchi federal organlar tashkil etilgan. Lekin, ularning tizimi batafsil sanab ko‘rsatilmagan. Tashqi siyosatni amalga oshirish, harbiy, iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy soha, bojxona, pochta-telegraf ishlarini yo‘lga qo‘yish, boshqarish va nazorat qilish imperiya vakolatiga kiritilgan. Strategik ahamiyatga ega bo‘lgan sohalar ustidan imperiyaning oliy nazorati o‘rnatilgan. Subyektlarning imperiya a’zolaridan boshqa davlatlar bilan tuzgan shartnomalari imperiya tasdig‘idan o‘tishi lozim bo‘lgan.
Har qanday federativ birligi shakliga xos bo‘lgan Konstitutsiyaviy prinsip – imperiya qonunlari alohida davlatlarning qonunlaridan yuqori turadi (agar ularning bo‘ysunish ahamiyati aniq ko‘rsatilmagan bo‘lsa) degan prinsip o‘rnatiladi. Mabodo «majburiy emas» deb belgilanmagan bo‘lsa, o‘z-o‘zidan majburiydir.
Konstitutsiya bo‘yicha parlament (reyxstag) quyidagi ikki palatadan iborat bo‘lgan: yuqori palata - Davlatlar palatasi ko‘pchilik gersog va knazliklardan bittadan, Prussiyadan 40 ta, Avstriyadan 38 ta, Bavariyadan
18 ta, Saksoniyadan 10 ta, Gamburgdan ikkitadan deputatlar 6 yil muddatga saylangan; quyi palata – Xalq palatasi imperiya xalqi orasidan 3 yil muddatga saylangan.
Qonunlar har ikki palatada qabul qilinishi, hukumat tomonidan tasdiqlanishi lozim bo‘lgan. Agar hukumat qonun loyihasini tasdiqlamasa, Reyxstag ketma-ket 3 ta sessiyasida hech qanday o‘zgarishsiz qabul qilish yo‘li bilan amalga kiritishi mumkin edi.
Konstitutsiyada German xalqining asosiy huquqlari va ularni aмaлгa oшиpиш kafolatlari ham belgilab berilgan. Unga binoan tabaqaviy imtiyozlar tugatilgan.
Konstitutsiya garchi qog‘ozda qolib ketgan bo‘lsa-da, ma’lum darajada progressiv ahamiyat kasb etgan. Unga ko‘ra, federal Germaniyani Prussiya yoki Avstriya qiroli boshqarishi kerak edi. Biroq, Prussiya qirolining Germaniyada tan olinishi boshqa davlatlarning qarshiligini keltirib chiqardi.
Tez orada Frankfurt milliy мaжлиcи ԟaйдa6 yuboriladi. May oyi oxiriga kelib Parlament o‘z majlislarini Vyurtemberg poytaxti Shtutgradga ko‘chiradi va oxirgi kunlarini shu yerda o‘tkazib, Vyurtemberg hukumati tomonidan haydab yuboriladi. Shu bilan german inqilobi tarixi ham tugaydi.
Keyinchalik Prussiya boshchiligida Shimoliy german davlatlarining dastlab 3 ta, keyinchalik 27 tasi qo‘shilgan ittifoq tashkil etiladi. Biroq, u Avstriyaning qarshiligiga uchrab tarqatib yuboriladi. Bu davrga kelib 1) mahalliy separatizm (ajralib chiqishga intilish); 2) Yevropadagi yirik davlatlarning qarshiligi; 3) Avstriya va Prussiyaning gegemonlik uchun raqobatini bartaraf etish yo‘li bilan yagona Germaniya davlatini tashkil etishga urinishi kuchaygan.