Odilqoriyev, N. Azizov, X


-§. Angliya huquqi manbalari



Download 0,99 Mb.
bet56/100
Sana28.03.2023
Hajmi0,99 Mb.
#922729
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   100
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ TARIXI (2012)

2-§. Angliya huquqi manbalari


Angliya huquqiy tizimi, jumladan huquq manbalari davlatchilik taraqqiyoti bilan o‘ta uzviy bog‘liqlikda shakllangan. Angliyada qabul qilingan konstitutsiyaviy qonunlar asosiy huquq manbalarini tashkil etgan. Jumladan, Lavellerlar tomonidan 1647 -yilda «Xalq bitimi» e’lon qilingan, bo‘lib, unda demokratik tamoyillar keng tarzda belgilangan,


«umumiy huquq» tizimining isloh qilinishi talab etilgan.
1628-yilgi Huquq to‘g‘risidagi petitsiyada parlament oppozitsiyasi Erkinliklarning buyuk xartiyasiga tayangan holda qirolning fuqarolar hayoti va mulkiga nisbatan huquqlari cheklangan. 1640-yil 3-noyabrdan 1653-yil aprelgacha, ya’ni «uzoq parlament» ish olib borgan davrda ikki palatadan iborat parlament vakolati doirasida qator qonun va ordonanslar chiqarilgan. 1649-yil 4-yanvarda umumpalata o‘zini Angliyada oliy hokimiyat egasi, uning qarorlari qirol va lordlar palatasining roziligisiz qonun kuchiga ega, deb e’lon qildi.
1653-yilda uzoq parlament tarqatilgandan so‘ng Angliyaning
«Boshqarish quroli» deb nom olgan yangi konstitutsiyasi ishlab chiqildi. U Kromvel protektorati nomli diktaturani mustahkamladi. 1660-yilda parlament «Bred deklaratsiyasi»ni qabul qilishi natijasida ilgari amal qilgan siyosiy tuzum qayta tiklandi.
Parlament tomonidan 1679-yil 26-mayda qabul qilingan Xabeas korpus akt (Habeas Corpus act), ya’ni shaxs huquqlari kafolatlari haqidagi akt – qonunga ko‘ra, har qanday qamoqqa olingan mahbus shaxsan o‘zi yoki qarindoshlari va tanishlari orqali yuqori sudlardan
biriga Xabeas korpus haqida buyruq berishini talab qilishi mumkin edi. Bunday sudyalar tomonidan berilgan yozma buyruqqa asosan mahbusning ishini yurituvchi shaxs 24 soat ichida qamoqqa olish sabablarini ko‘rsatgan holda uni sudga olib kelishi lozim edi. Aks holda ish yurituvchiga nisbatan birinchi marta jarima, ikkinchi marta mansabidan bo‘shatish jazosi belgilangan. Sud qamoqqa olish asoslarini ko‘rib chiqib, mahbusni sudgacha garovga qo‘yib yuborish yo qamoqda ushlab turish yoxud butunlay ozod qilish haqida qaror qabul qilgan.
O‘zbekiston Respublikasida ayni bugungi kunda mazkur «Xabeas korpus» institutining joriy etilishi, ya’ni 2008-yildan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokurordan sudga o‘tkazilishi muhim qadam bo‘ldi1.
1673-yilda Qirol qasamyodi to‘g‘risidagi akt qabul qilinib, uni qo‘llashga 1689-yildan boshlab alohida e’tibor berilgan. 1689-yilda konstitutsiyaviy monarxiyaning o‘rnatilganligi parlamentda shu yil qabul qilingan «Huquqlar to‘g‘risidagi Bill», 1701-yilgi «Taxt vorisligi haqidagi akt»da mustahkamlangan.
«Huquqlar to‘g‘risidagi Bill» davlatning shakli, oliy boshqaruv organlari va ularning vakolatlari, fuqaro huquqlari va erkinliklari, soliq va qo‘shin masalalarini ham tartibga solgan.
1701-yilda «Huquqlar to‘g‘risidagi Bill» qirol hokimiyatini cheklovchi bir qancha qoidalar bilan to‘ldirilgan. Ushbu qoidalar ingliz konstitutsiyasining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, sud hokimiyatining ijroiya hokimiyatidan ajratilganligi e’lon qilingan. Sudyalarning almashtirilmasligi tamoyili bo‘yicha ular mansablaridan parlament qarori bilan chetlashtirilishi mumkin bo‘lgan.
1701-yilgi «Taxt vorisligi to‘g‘risidagi akt» yana bir juda muhim konstitutsiyaviy qonundir. U orqali taxtning keyingi davrlarda aynan kimga va qaysi sulolaga o‘tishi mustahkamlangan. Ingliz konstitutsiyasi izchillik bilan tuzilmagan bo‘lsa-da, unda hokimiyatning taqsimlanishi g‘oyasi mujassamlangan. Shu tariqa davlat hokimiyatining juda muhim institutlari rasmiylashtirilgan.
Shunday qilib, XVIII asr boshiga kelib Angliyada quyidagi uchta muhim konstitutsiyaviy qonun: Xabeas korpus akt; Huquqlar to‘g‘risidagi





1 Papuмoв И. A. Maмлaкatимиздa дeмoкpatик иcлoԟotлaphи яhaдa чyԕypлaшtиpиш ba фyԕapoлик жaмияtиhи pиboжлahtиpиш кohцeпцияcи: Yз6eкиctoh Pecпy6ликacи Oлий Maжлиcи Ԕohyhчилик пaлatacи ba Cehatиhиhг ԕyшмa мaжлиcидaги мaъpyзa. – T., 2010. – Б. 22.
Bill; Taxt vorisligi haqidagi akt qabul qilingan. Ular ingliz konstitut- siyasining yozilgan qismini tashkil etgan.
Ingliz konstitutsiyaisning o‘ziga xos xususiyati shunda ediki, u yagona qonun hujjati bo‘lmagan. Uning muhim qismini amaliyotda o‘rnatilgan va yozilmagan shartli qoidalar tashkil etadi. Ana shunday qoidalar, ya’ni konstitutsiyaviy pretsedent (konstitutsiyaviy odatlar)ning o‘rnatilishi XVIII asrda ingliz konstitutsiyasining rivojlanishini belgilagan. Ulardan asosiylari qirolning ministrlar kabineti majlislarida qatnashmasligi, hukumatning saylovlarda g‘olib chiqqan partiya a’zolaridan tuzilishi, ministrlar kabinetining jamoa javobgarligi, qirolning veto huquqidan voz kechishi hisoblanadi.
1707-yildan boshlab qirolning veto huquqidan umuman foydalanmay qo‘yishi butun qonun chiqarish hokimiyatini parlamentga o‘tkazgan. Keyingi davrlardagi huquqiy islohotlar aynan parlament qonun ijodkorligi natijasida kechadi. Jumladan, 1832, 1867 va 1911-yillarda parlamentni isloh qilishga qaratilgan qonunlar qabul qilinadi.

  1. asr oxiri va XX asr boshlariga qadar jamiyat siyosiy tizimi bir qancha demokratik qonun chiqarish orqali yaxshilanib boradi. Konservator partiyasi tomonidan matbuot, ishlab chiqarish, mehnat shartnomalari, ish vaqti, bolalarning mehnatini muhofaza qilish, jamoat sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilingan.

XIX asr oxirida saylov huquqini demokratlashtirishga qaratilgan qator qonunlar qabul qilindi. 1865-yilda Angliya parlamenti «Mustam- lakalar qonunlarining haqiqiyligi haqidagi akt»ni qabul qiladi. Unga binoan mustamlaka parlamentlarga Angliya qonunlariga xilof bo‘lmagan qonun chiqarish va sud organlarini tuzishga oid huquqlar beriladi.


Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish