Odam va hayvonlar fiziologiyasi” fanining predmeta, vazifalari



Download 185,11 Kb.
bet1/6
Sana02.07.2022
Hajmi185,11 Kb.
#730987
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 (3) (2)


Kirish
Fiziologiya fani biologiya fanlarining muhim bo’limlaridan bo’lib, organizm, undagi a’zolar, to’qimalar, hujayralar va hujayra strukturasi elementlarining funktsiyalarning tashqi muhitga bog’lab har tomonlama chuqur o’rganadi.
Odam va hayvonlar fiziologiyasi” fanining predmeta, vazifalari. Odam va hayvonlar asab tizimi faoliyatining va organizmning o'ziga xos fiziologik qonuniyatlarini ochishdan iborat, ya’ni organizmni barcha hayotiy ko'rinishlarini va eng avvalo moddalar va energiya almashinuvi, psixika va xulq-atvorni boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish uchun zarur.
Fiziologiya predmeti. Fiziologiya biologik fanlarning eng muhim bo‘limlaridan biri bo‘lib, tirik organizm, undagi organlar, to‘qimalar, hujayralar va hujayra strukturasi elemeptlarining funksiyalarini, ya’ni ularning hayot faoliyati protsesslarini o‘rganadi. Fiziologiya funksiyalarni har tomonlama chuqur tushunish uchun ularning hamma xossalarini, ko‘rinishlarini, o‘zaro munosabatlarini organizmning turli holatlarida va tashqi muhitning turli sharoitida aniqlashga intiladi. Fiziologiya funksiyalarning turda va individda rivojlanishini, ularning doimo o‘zgaruvchi tashqi muhit sharoitiga moslanishini o‘rganadi.
Funksiyalarni chuqur o‘rganish va shu tariqa, aktiv ta’sir qilib, ularni xohlagan tomonga yo‘naltirish fiziologiyaning oxirgi maqsadidir. Organizmning fizik va kimyoviy jarayonlarni o'rganishda, boshqarilish mexanizmlarini ishlab chiqishda, aynan moddalar almashinuvi, irsiyat va organizmni maqsadli o'zgarishini ta’minlashda ishtirok etadi. Fiziologiya mutsaqil bo’lgan, bir – biri bilan bog’langan bir qancha fanlarga bo’linadi. Fiziologiyani avvalo umumiy va xususiy, solishtirma va evolyutsion, shuningdek, ixtisoslashgan va odam fiziologiyalariga bo’lish mumkin.
Umumiy fiziologiya – muhit ta’siriga tirik organizm javob berishining umumiy qonunlarini, har bir organizmga xos bo’lgan hayotiy jarayonlarni o‘rganadi.
Xususiy fiziologiya – to‘qimalar (muskul, nerv va b.), a’zolar (miya, buyrak, yurak va b.), tizim (hazm, qon aylanish, nafas va b.) funktsiyalarini o‘rganadi.
Solishtirma fiziologiya – har xil turlarga mansub bo’lgan organizmlar va individual rivojlanshning turli bosqichlarida turgan bir turga mansub organizmlar funktsiyasining o‘ziga xosligini o‘rganadi.
Evolyutsion fiziologiya – funktsiyalarni tur va individda rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi.
Ixtisoslashgan (yoki amaliy) fiziologiya – ixtisosiga, bajarayotgan ishiga yoki yashayotgan muhitiga qarab organizm funktsiyalarining o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi. Qishloq xo‘jalik hayvonlari fiziologiyasi va ba’zan odam fiziologiyasining ayrim qismlari (aviatsion, kosmik, suv osti fiziologiyalari va b.) ixtisoslashgan fiziologiyaga misol bo’lishi mumkin.
Odam fiziologiyasi – amaliy tibbiyotning nazariy asosi hisoblanadi, fiziologik jarayonlarning normal holatini bilgandagina kasallikni davolashda organizm faoliyatining datslabki holatiga qaytara olishi mumkin.

Download 185,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish