Odam va hayvonlar fiziologiyasi” fanining predmeta, vazifalari


Fiziologiyaning asosiy tekshirish usullari



Download 185,11 Kb.
bet2/6
Sana02.07.2022
Hajmi185,11 Kb.
#730987
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 (3) (2)

Fiziologiyaning asosiy tekshirish usullari Umumiy fiziologiyaning eng asosiy usuli - eksperiment (tajriba) hisoblanadi. Fiziolog fiziologik jarayonlaning qanday qilib va nima uchun sodir bo‘layotganligini bilishga intiladi. Buning uchun eksperimentator yaratadigan va o‘zgarib turadigan sharoitda tajriba o‘tkazilishi kerak.
Organizmdagi biror a’zoning funksiyasi yoki ahamiyatini bilish uchun fiziolog shu a’zoni yoki uning biror qismini olib tashlaydi (olib tashlash yoki ekstirpatsiya usuli) yoki organizmning yangi joyiga ko‘chirib o‘tkazadi (ko‘chirib o‘tkazish yoki transplantatsiya usuli) va bu jarrohlikdan keyin qanday oqibatlar qolishini kuzatishadi. Bunday usullar ayniqsa ichki sekretsiya bezlarini va markaziy asab tizimini o‘rganishda juda qo‘l keladi.
A’zo faoliyati asab tizimining ta’siriga bog‘liq ekanini bilish uchun shu a’zoga boradigan asab tolalari qirqiladi (denervatsiya usuli). A’zolarning qon tomirlar tizilmasi bilan aloqasini uzish, turli qon tomirlari bog‘lab tashlanadi (ligatura solish usuli) yoki bir tomirning markaziy qismi ikkinchi tomining periferik qismiga tikib ulanadi (tomirlar anostomozi usuli).
Organizmning ichkarisida joylashgan va shuning uchun bevosita kuzatib bo‘lmaydigan ba’zi a’zolar faoliyatini o‘rganish uchun naycha usuli qo‘llaniladi. Bu usulning bir variantida a’zo, masalan, me’da, ichak, qovuq bo‘shlig‘iga plastmassa yoki metall nay kiritilib, buning ikkinchi uchi teriga mahkamlab qo‘yiladi; boshqa variantda esa bezlar yo‘li teri yuzasiga chiqarib qo‘yiladi. Yurak qon tomirlari, bez yo‘llarida o‘tkaziladigan ko‘p tekshirishlarda ularga ingichka naylar-kateterlar turli asboblarga ulanadi yoki muayyan moddalar shu kateterlar orqali yuboriladi (kateterizatsiya usuli).
A’zolar faoliyatini sun’iy qo‘zg‘atish uchun fiziologlar elektr, mexanik, kimyoviy va boshqa biror yo‘l bilan ta’sir ko‘rsatishadi.
A’zolaning funksiyalarini tekshirish uchun qo‘llaniladigan boyagi usullaning ko‘pchiligi tirik organizmni yorish yoki jarrohlik qilishni talab etadi. Bu usullar o‘tkir va surunkali-xronik tajribalarda tatbiq etiladi. Odatda uzoq davom etmaydigan o‘tkir tajribalarda (yoki viviseksiyalarda) hayvonga narkoz berib yoki uni boshqa usulda harakatsiz qilib qo‘yib, a’zolarining funksiyasi o‘rganiladi, asablarga ta’sir etish, dori moddalar yuborish va shunga o‘xshashlaning ta’siri tekshiriladi. Surunkali-xronik tajribalarda fiziologlar hayvonni har xil xirurgik operatsiya qilib, u tuzalgandan keyin tekshira boshlashadi. Operatsiya qilingan hayvonni ko‘pincha bir necha hafta, oy va yillab kuzatsa bo‘ladi.
A’zolar funksiyasi butun organizmdagina emas, organizmdan ajratilgan sharoitda ham o‘rganiladi. Qirqib olingan (boshqacha aytganda, organizmdan ajratib olingan) a’zo tomirlaridan shu maqsadda muayyan eritmalar o‘tkaziladi, bu eritmalar tarkibini eksperim entator tartibga solib turadi (perfuziya usuli) va tirik to’qimalar uchun zarur tashqi muhit-muayyan harorat, namlik va shu kabilar muhayyo qilinadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan usullarning hammasi organizmda sodir bo‘ladigan jarayonlar tabiatini chuqur bilib olishga xizmat qiladi. Ular hujayra darajasigacha, hatto uning a’zolarigacha tahlil qilinadi, mikrofiziologik tajribalarda, masalan, yakka mushak, asab hujayrasi va boshqa hujayralar tekshiriladi. Biror a’zo to‘qima yoki hujayrada ro’y beradigan har bir fiziologik jarayonni organizmda sodir bo‘ladigan boshqa hamma jarayonlardan alohida o‘rganish fiziologiyadagi analitik: (tahliliy) tadqiqot vazifasidir. Bu holda yolg‘iz a’zo, to‘qima, hujayraning funksiyasi, faqat shu jarayon haqida har tomonlama tasavvur olish mumkin. Ammo organizmning hayot faoliyatini to‘g’ri bilib olish uchun buning o‘zi kamlik qiladi. I.P. Pavlov “Sintetik fiziologiya” deb atagan tadqiqotlar yo‘nalishi zarur. Bu faoliyatni I.P. Pavlov ayrim a’zo, to‘qima va hujayralarni o‘rganadigan “tahliliy fizioligiya”ga qarshi qo‘ygan edi. I.P. Pavlov so‘zlari bilan aytganda organizmning tashqi muhit bilan hamma aloqalarini va o‘zaro munosabatlarini o‘rganish sintetik fiziologiyaning va vazifasidir. Bunday tekshirishda fiziolog organizm o‘rganilayotgan sharoitni tabiiy sharoitga maksimal darajada yaqinlashtirishga intiladi.
So‘nggi yillarda fiziologlar va tibbiyot xodimlari fizika, radiotexnika, elektronika va kibemetikaning zamonaviy muvoffaqiyatlaridan foydalanmoqdalar, bu esa sog’lom va kasal organizm funksiyalarini o‘rganishda katta yordam beradi. Organizm funksiyalarni tekshirishning yangi usullari ishlab chiqildi, eski usullar takommillashtirildi, odam va hayvonlar organizmiga qanday bo‘lmasin shikast yetkazmasdan, uning ko‘p funksiyalarini o‘rganish mumkin bo‘lib qoldi. Masalan, miyachaga elektrodlar qo‘yib va elektr o‘lchash jihozlarini tatbiq etib miyachada sodir bo‘ladigan elektr hodisalari o‘rganilmoqda va shu ma‘lumotlarga asoslanib boshqa a’zolaning holati haqida tasavvur olinmoqda. Elektr usullari organizmda bo‘ladigan mexanik, tovush, harorat va boshqa jarayonlarni o‘rganishga ham imkon beradi.
Odam va hayvonlar butun organizmining funksiyalarini tekshirish uchun turli hujayra, a’zo, tuzilmalarda ro‘y beruvchi ko‘p va turli-tuman fiziologik, fizikaviy va kimyoviy jarayonlarni bir yo‘la yozib olish g‘oyatda muhimdir. Zamonaviy texnika bunday imkoniyatni muhayyo qilib berdi.
Ayni vaqtda ko‘p turli jarayonlarni kuzatish natijalarini tez tahlil qilish va bu jarayonlarning qonuniy nisbatlarini aniqlashdek murakkab vazifa kelib chiqdi. So‘nggi yillarda fiziologlar fiziologik axborotni tahlil qilish va qayta ishlash uchun kompyuterlarni tatbiq eta boshladi, bu esa hozirdayoq yangi muhim natijalar bermoqda.

Download 185,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish