Nurlanish
Nurlanish
—
1) erkin elektromagnit maydon hosil boʻlish jarayoni. Erkin, yaʼni nurlangan elektromagnit
maydonning oʻzi qam "N." termini bilan ataladi;
2) radiodiapazondagi elektromagnit toʻlqinlarning gʻalayonlanishi va fazoda tarqalishi. Bunda
oʻzga-ruvchan tok yoki zaryadlar energiyasi fazoda tarqalayotgan elektromagnit toʻlqinlar
energiyasiga aylanadi (qarang
Radiotoʻlqinlar
);
3) tabiiy sharoitda tirik organizmga infraqizil, koʻrinadigan va ultrabinafsha nurlarning biologik
taʼsiri. Tirik organizm kos-mik nurlar va ion nurlari bilan ham nurlanadi. Davolash maksadida tirik
organizm ultrabinafsha, ultrayukrri chastotali nurlar bilan sunʼiy nurlantiriladi. N.ning total (toʻla),
lokal (qisman), tez (qisqa vaqt ichida), xronik (uzoq vaqt davomida), tashqi, ichki va boshqa
xillari mavjud. Nurlarning biologik taʼsiri N. dozasi, xili, energiyasi va organizmning fiziologik
holatiga bogʻliq.
N.dozalari — nurlarning biror muhitga taʼsirini belgilovchi miqdorlar. Bir necha turlari mavjud.
Yutilgan doza — nurlanayotgan muxitning massa birligiga yutiladigan N. energiyasi;
ionlashtiruvchi nurlar (rentgen 7-nurlar, a - va r -zarralar, neytronlar, kosmik nurlar va h. k.)ning
muhitda yutilgan dozalari radlarda ifodalanadi. Nurlantirish dozasi — N. miqdorini ifodalaydigan
va havoning tonlanishi bilan oʻlchanadigan miqdor, rentgen va u-nurlari rentgenlarda, boshqa
ionlashtiruvchi nurlar esaberlarda ifodalanadi. Biologik doza — nurlarning organizmga biologik
taʼsirini ifodalovchi miqdor; ber (rentgenning biologik ekvivalen-ti)larda oʻlchanadi. Integral doza
— nurlanayotgan hajm boʻyicha toʻla yutilgan ionlashtiruvchi nurlarning umumiy dozasi; gramm-
rentgen yoki gramm-radlarda oʻlchanadi. Vaqt birligidagi N. doza quvvati deyiladi. Baʼzi N.
dozalarining qiymatlari: tabiiy fon (kosmik nurlar, muhit va odamni oʻrab olgan radioaktivlik)ning
N. dozasi 0,1 ber/yil; nur kasalligiga olib kela-digan N. dozasi — 400 —500 ber; terapiyada
Soʻnggi tahrir 2 yil avval
188.113.211.86
tomonidan amalga oshirildi
qoʻllaniladigan N. dozasi 10000 ber gacha (yana q.
Dozimetrax asboblar
,
Dozimetriya
,
Dozimetriya nazorati
).
[1]
N yadroviy reaksiyalar oqibatida vujudga keladigan elektromagnit va
korpuskulyar nurlanishlardir
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Fizikaga
oid ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?
title=Nurlanish&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Tibbiyotga
oid ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?t
itle=Nurlanish&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Nurlanish&oldid=2103076
"
dan olindi
Manbalar
Do'stlaringiz bilan baham: |