Muhammad Aminxo’ja Muqimiy
Muqimiy qanday oilada tug‘ilgan?
A) novvoy oilasida
B) bo‘zchi oilasida
C) temirchi oilasida
D) hunarmand – to‘quvchi oilasida
Milliy uyg‘onish adabiyotining zabardast vakillaridan biri Muqimiy qachon va qayerda tug‘ilgan?
A) 1840-yili Toshkent shahrining Mergancha mahallasida
B) 1840-yili Qo‘qon shahrining Mergancha mahallasida
C) 1850-yili Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida
D) 1850-yili Qo‘qon shahrining Bekvachcha mahallasida
Muqimiy dastlab kimning qo‘lida tahsil olgan?
A) otasi Mirzaxo‘ja qo‘lida
B) onasi Oyshabibi qo‘lida
C) o‘z mahallasidagi Mulla Abduxalil maktabida
D) o‘z mahallasidagi Mulla Mirzaxo‘ja maktabida
Muqimiy dastlab qaysi madrasada tahsil olgan?
A) Qo‘qondagi «Hokim oyim» madrasasida
B) Buxorodagi «Mehtar anbar» madrasasida
C) Buxorodagi «Hokim oyim» madrasasida
D) Qo‘qondagi «Mehtar anbar» madrasasida
Muqimiy 1872–1873-yillarda qaysi shaharga borib, u yerdagi madrasada o’qishni davom ettiradi?
A) Qo’qon B) Toshkent
C) Buxoro D) Xiva
Muqimiy qayerlarda ishlagan?
1) Yer qurilishi mahkamasida mirzalik qilgan;
2) Bekvachcha mahallasida novvoylik qilgan;
3) Sirdaryo bo‘yidagi Oqjar paromida pattachilik qilgan;
4) «Hokim oyim» madrasasida xattotlik qilgan.
A) 1, 2, 3 B) 3, 4 C) 1, 3 D) 1, 2, 4
Muqimiy qaysi zamonasining yetuk xattotidan ta’lim olgan?
A) Muhammad Munshiydan
B) Muhammad Mirzodan
C) Muhammad Yusufdan
D) Muhammad Alidan
Muqimiy oilasidan ajralgach, hayotida nima asosiy kasb va tirikchilik manbai bo‘lib xizmat qilgan?
A) pattachilik B) mirzalik
C) xattotlik D) novvoylik
Muqimiy o‘zbek adabiyotida mukammal ko‘rinish olgan, adabiy an’anaga aylangan qaysi janrning asoschisi hisoblanadi?
A) ruboiy B) satira
C) qasida D) sayohatnoma
Muqimiy Qo‘qonda yirik adabiy guruhga boshchilik qiladi. Quyidagilardan ushbu adabiy guruhga mansub shoirlarni toping.
1) Furqat; 2) Zavqiy; 3) Nisbat; 4) Muhayyir; 5) G‘aribiy;
6) Nasimiy; 7) Mavlaviy.
A) 2, 3, 4, 5, 7 B) 1, 2, 3, 4, 6, 7
C) 1, 2, 3, 4, 5, 7 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7
Muqimiyning ilm olishi va badiiy ijodga erta qiziqishida kimning ta’siri kuchli bo‘lgan?
A) onasi Oyshabibining
B) otasi Mirzaxo‘janing
C) mulla Abduxalilning
D) A va B
Muqimiy «Sayohatnoma» sining yo‘nalishlarini toping.
1) Qo‘qondan Shohimardonga; 2) Qo‘qondan Farg‘onaga; 3) Qo‘qondan Isfaraga; 4) Qo‘qondan Buxoroga; 5) Qo‘qondan Marg‘ilonga.
A) 2, 3, 5 B) 1, 4, 5 C) 1, 2, 3 D) 3, 4, 5
Muqimiy qalamiga mansub quyidagi misralarda qayerning vasfi keltirilgan?
Vodil maqomi dilfizo,
Ko‘chalaridur dilkusho,
Anhorida obi safo,
Sebarga obishor ekan.
A) Qo‘qonning B) Farg‘onaning
C) Namanganning D) Toshkentning
Muqimiy «Sayohatnoma»sida qayerni «dashti qaroqchizor» ekanligini aytadi?
A) Do‘rmanchani B) Roshidonni
C) O‘ltarmani D) Nursuxni
Muqimiy «Sayohatnoma»sida qayerga borganida mag‘rur, xasis, har gapda yuz qasam ichadigan, moxovdan ham tagjoy oladigan Hojiga duch keladi?
A) Do‘rmanchaga B) Roshidonga
C) O‘ltarmaga D) Nursuxga
Muqimiy «Sayohatnoma»da qayerda yurt barcha norozi bo‘lgan, qilg‘on ishi ozor bo‘lgan G‘oziga duch keladi?
A) Beshariqda B) Do‘rmanchada
C) O‘ltarmada D) Oq yerda
Muqimiy «Sayohatnoma»sida qayerda mehmonga tariq berishlari haqida gapiriladi?
A) Beshariq B) Oltiariq
C) O‘ltarma D) Bo‘rbaliq
«Sayohatnoma»dan olingan quyidagi parchada qayerning ta’rifi keltirilmoqda?
Do'stlaringiz bilan baham: |