Kompozitor Abdurahim Muhammedov hayoti va ijodi (1923.10.7 -Toshkent — 1980.10.2) Kompozitor Abdurahim Muhammedov hayoti va ijodi O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, kompozitor A.Muhamedov XX asr o'zbek musiqasi tarixida yorqin iz qoldirdi. U o'ziga xos ovozi bilan musiqa ijodkorligiga 50-yillarda kirib keldi. Uning yaratgan ajoyib lirik, ommabop xor qo'shiqlari, milliy uslubda yozgan simfonik va musiqiy sahna asarlari zamonaviy madaniyatimizni boyitdi. Abdurahim Muhamedov 1923 yili 10 dekabrda Toshkent shahrida novvoy oilasida tug'ildi. Kompozitor Abdurahim Muhammedov hayoti va ijodi Tug'ma iste'dod egasi tasviriy san'at va musiqa bilan qiziqadi, qalam va moy bo'yoqda har xil rasmlar chizadi. Havaskorlik to'garagida mandolina, dombra, damli cholg'ulardan al't, bariton chalishni o'rganadi va orkestrda qatnashdi. 1938 yili 7-sinfni bitirib,Toshkent sanoat texnikumining ximiya- texnologiya bo'limiga o'qishga kiradi. Kompozitor Abdurahim Muhammedov hayoti va ijodi A.Muhamedov o'zbek davlat filarmoniyasining targ'ibot bo'limida, 1972-1974 yillari G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyotida musiqa muharriri bo'lib ishladi. 1974-1975 o'quv yilida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining musiqiy pedagogika fakultetida musiqa nazariyasidan dars berdi. 1975-1977 yillarda o'zbek davlat filarmoniyasi qoshida yangi tashkil etilgan «Go'zal» ashula va raqs ansamblining badiiy rahbari va bosh dirijyori vazifasida ishlaydi. Kompozitor Abdurahim Muhammedov hayoti va ijodi Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida A.Muhammedov qozoq dramaturglari Q.Shang'itboyev va K.Boyseitovlar bilan hamkorlikda P.Mo'min asariga «Jon qizlar» (1963 y.),S.Ulug'zodaning «Gavhari shamchiroq»(1967 y.) va P.Mo'min pyesasi asosida «Olifta»(musiqasi N.Xalilov bilan hamkorlikda) musiqali komediyalarni yaratdi. Kompozitor Abdurahim Muhammedov hayoti va ijodi Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida (1972—74) musiqa muharriri. Ijodida musiqali komediya va qoʻshiq janrlari asosiy oʻrin egallagan. Kompozitor Abdurahim Muhammedov hayoti va ijodi Kuylari oʻzbek musiqa merosi anʼanalariga tayangan, oʻziga xos intonatsionritmik uslubi bilan ajralib turadi. M. "Jon qizlar" (K. Shangʻitboyev, K. Boyseitov pyesasi, 1963), "Gavhari shamchiroq" (S. Ulugʻzoda, 1967), "Togʻ goʻzali" (S. Saidmurodov, 1972), "Olifta" (F. Musajonov; N. Xalilov bilan hamkorlikda, 1974) kabi musiqali drama va komediyalar yozgan. M.ning "Jon kizlar", "Yetti qiz", "Jon Oʻzbekiston", "Shohi soʻzana", "Alla", shuningdek, bolalar qoʻshiqlari ("Kapalak", "Archa qoʻshigʻi", "Qoʻgʻirchogʻim, alla-yo" va boshqalar) ommaviylashgan. Молодец!
Do'stlaringiz bilan baham: |