MARKAZIY NERV TIZIMINING O’TKAZUVCHI YO’LLARI,
Nerv tizimining turli bulimlari bir-biri bilan o’tkazuvchi yo’llar vositasida boglanadi.
Markaziy nerv tizimining o’tkazuvchi yo’llari sinapslar yordamida bir-biri bilan boglangan va neyronlar zanjiridan iborat.
O’tkazuvchi yo’llarning xammasi bajaradigan funktsiyasiga kura, assotsiativ, komissural va proektsion o’tkazuvchi yo’llarga bulinadi.
I. ASSOTSIATIV O’TKAZUVCHI YO’LLAR bitta yarimshar soxasidagi turli kismlarni bir-biri bilan birlashtiriladi. Bu yo’llar kalta va uzun bulishi mumkin. Kalta yo’llar yonma-yon joylashgan pushtalar neyronlarini birlashtiradi. Uzun yo’llar miya yarim sharining turli pallalarini bir-biri bilan birlashtiradi. Assotsiativ o’tkazuvchi yo’llariga kuyidagi nerv tolalarining tuplamlari kiradi:
a) yukori buylama tuplam - bu o’tkazuvchi yo’llar peshana, ensa va chakka pallalarini boglaydi.
b) pastki buylama tuplam - ensa va chakka pallalarini boglaydi.
v) ilmoksimon tuplam - peshana va chakka pallarini boglaydi.
II. KOMISSURAL O’TKAZUVCHI YO’LLAR bosh miyaning chap va ung miya yarimsharlarini bi- bilan simmetrik ravishda birlashtiradi. Komissural o’tkazuvchi yo’llarning asosiy kismi kadoksimon tananing xosil bulishida ishtirok etadi. Kadoksimon tananing oldingi tolalari miya yarimsharlarining peshana pallarini, o’rta tolalari tepa va chakka pallalarni, orka tolalari esa ensa pallalarini bir-biri bilan boglaydi.
III. PROEKTSION O’TKAZUVCHI YO’LLAR miya yarimsharlar pustlogini bosh miya sopini tashkil etuvchi bulimlari bilan, xattoki orka miya markazlari bilan xam boglaydi. Bu boglanish ikki tomonlama bulib, kelaetgan impulьslarni yunalishiga kura proektsion o’tkazuvchi yo’llar - sezuvchi yoki yukoriga kutariluvchi yo’llarga va xarakatlantiruvchi yoki pastga tushuvchi yo’llarga bulinadi.
1. SEZUVCHI YoKI YuKORIGA KUTARILUVCHI YO’LLAR impulьslarni periferiyadan bosh miya bulimlariga, pustlogigacha yetkazib beradi. Bosh miyagacha yetib boruvchi sezuvchi nerv yo’llarining xammasi 3 neyronlar zanjiridan iborat. Birinchi neyron orka miya tugunlarida yoki bosh miya nervlarining sezuvchi yo’llarida joylashgan. Ikkinchi neyron - orka miyaning sezuvchi yo’llarida joylashgan. Uchinchi neyron kuruv dungligining tarkibida buladi.
Sezuvchi yo’llar ta’sirotni retseptorlardan kabul kiladi. Xar bir retseptor fakat ma’lum turdagi ta’sirotni kabul kiladi. Ichki a’zolar va tukimalarda joylashgan retseptorlar - interoretseptorlar deyiladi. Terida, suyaklarda, muskullarda, paylarda uchraydigan retseptorlar proprioretseptorlar deyiladi. Ogrik, temperatura va taktil sezgirlarni maxsus retseptorlar kabul kiladi.
Sezuvchi yoki yukoriga kutariluvchi yo’llar kalta va uzun bulishi mumkin.
a) sezuvchi kalta proektsion yo’llarga kuruv, eshituv , vestibulyar, xid bilish va ta’m sezuvchi o’tkazuvchi yo’llar kiradi.
b) Sezuvchi proektsion uzun yo’llarga orka miya bilan ko’rish burtigi o’rtasidagi yo’l - buyin, kukrak, korin va oyoklar terisi sezgisini o’tkazuvchi yo’llardir. Bundan tashkari ko’rish burtigi bilan pustlok o’rtasidagi yo’lni nozik va ponasimon tutamlar tashkil etadi.
Orka miyani miyacha bilan boglaydigan yo’llarga oldingi tomondan va orka tomondan utgan yo’llar kiradi.
Nozik tutam bu muskul - bugim sezgi ixtiyoriy yo’l bulib, propriotseptiv sezgini oyok-kullardan, gavdadan, bosh miya pustlogiga yetkazadi. Bu yo’l 3 neyronli xisoblanadi: 1 neyron orka miya tugunlarida joylashgan, neyron aksonlari kul rang moddaga utmasdan orka tizimchalarga kiradi va u yerdan uzunchok miyada joylashgan ikkinchi neyronlar bilan birikadi. Ikkinchi neyron usimtalari karama-karshi tomonga utib, kuruv dungligiga joylashgan uchinchi neyron tomon yunaladi. Uchinchi neyrondan impulьslar bosh miya miya pustlogining markaz orkasidagi pushtaga yetkazib beriladi.
Turli sport xarakatlarni anik va tez bajarishda, tanani muvozanatda saklashda, tayanch - xarakat aparatini xolatini anik sezishda nozik va ponasimon tutamlardan tashkari orka miyani miyacha bilan boglaydigan oldingi tomondan va orka tomondan utgan yo’llar katta axamiyatga ega. Bu yo’llar ixtiyorsiz muskul - bugimlardagi xosil bulgan impulьslarni miyachaga yetkazib beradi. Birinchi neyron tanalari orka miya tugunlarida joylashadi. Neyron usimtalari esa orka miyaning kul rang moddasiga kirib, bu yerda ikkinchi neyron bilan sinapslar yordamida birikadi. Ikkinchi neyronlarning aksonlari orka miyaning ok moddasidagi yon tizimchalari buylab miyachaga yetib boradi.
PASTGA TUSHUVCHI YoKI XARAKATLANTIRUVCHI yo’llar ikki neyronli buladi. Piramida yo’li yoki pustlokdan orka miyadan boradigan yo’l miya pustlogida markaziy egat oldida joylashgan pushtadan boshlanadi. Xarakatlantiruvchi yo’llarni ikkinchi neyroni kul rang mrddaning oldingi shoxlarida yoki bosh miya nervlarini xarakatlantiruvchi yadrolari tarkibida uchraydi. Xarakatlantiruvchi yo’llar xam kalta va uzun buladi.
A) Xarakatlantiruvchi kalta yo’llariga pustlok bilan miyacha o’rtasidagi yo’l kiradi.
PUSTLOK BILAN NERV YaDROLARI O’RTASIDAGI YO’L markaziy egat oldidagi pushta bosh miya pustlogining xarakatlantirish yadrolari bilan boglanadi.
PUSTLOK BILAN MIYaCHA O’RTASIDAGI YO’L katta yarim sharlar pustlogini miyacha bilan boglaydi.
B) XARAKATLANTIRUVCHI UZUN YO’LLARGA kizil yadro bilan orka miya o’rtasidagi yo’l, vestibulyar apparat bilan orka miya o’rtasidagi yo’l va turt tepalik bilan orka miya o’rtasidagi yo’l kiradi.
KIZIL YaDRO BILAN ORKA MIYa O’RTASIDAGI YO’L orkali ta’sirotlar miya pustlogidan va targil tananing kizil yadro bilan boglangan yadrolaridan orka miyaga boradi. Bu yo’l muskul tonusini tartibga soluvchi impulьslarini utkazadi.
VESTIBULYaR APPARAT BILAN ORKA MIYa O’RTASIDAGI YO’L muvozanat a’zoning vestibulyar apparatini orka miya oldingi shoxlarining xujayralari bilan boglaydi. Impulьslar bu yo’l orkali vestibulyar apparatidan muskullarga boradi va tana muvozanatini saklaydi.
TURT TEPALIK TOMI BILAN ORKA MIYa O’RTASIDAGI YO’L - Birinchi neyron turt tepalikda joylashgan. Ikkinchi neyron - orka miyaning oldingi shoxlarida joylashgan.
Pastga tushuvchi yoki xarakatlantiruvchi yo’llar murakkab reflektor xarakatlarni idora etadi va shu bilan birga muskullarni statik ishini ma’lum bir rejimda bajarishini ta’minlaydi.