Oxirgi miyaning markaziy kul rang tugunlari (bazal yadrolar). Yarim sharlarning kundalang kesmasida medial kismida, miyaning tubiga yakin soxada ok modda ichida kul rang moddaning tuplamlarini - tugunlarni aniklash mumkin. Bu tugunlarni bazal yadrolari deyiladi. 1. Ularning ichidan eng kattasi targil tana bulib, uz navbatda dumli va yasmiksimon yadroga bulinadi: a) dumli yadro uch kismdan - boshcha, tana va dumdan tashkil topgan. Old tomondagi kengaygan kismi boshi - yarimsharning peshana bulagiga kiradi. O’rtadagi tana kismi yarimsharning tepa bulagi ostida, yen korinchaning pastki devorida joylashgan. Dum kismi asta sekin toraya borib, kuruv burtigini uch tomondan urab oladi.
b) yasmiksimon yadro yenida turgan dumli yadrodan ichki kapsula bilan ajralib turadi. Uning orka tomoni kuruv burtiga, tashki yuzasi yarimsharlarning tashki yuzasiga karagandir.Yasmiksimon yadro ichki ok katlam orkali uch kismga bulinadi. Tashki tomondagi bulagi yadroning kobigi deyiladi. Kolgan ikkita bulakchasi rangpar shar deb ataladi.Bu yerdan eng yirik o’tkazuvchi yo’llar utadi va bosh miya pustlogidan uzunchok miyaga va orka miyaga utadi. Targil tanani yadrolari ekstrapiramida tizimiga kirib, muskul tonusini saklashda va xarakatlarni idora etishda ishtirok etadi.
2. Bodomsimon tana yarimsharlar chakka pallasining ok moddasi ichida joylashgan.
3. Tusik yarim sharning ok moddasi ichida kul rang moddadan tuzilgan yupka plastinka bulib, yasmiksimon yadro bilan orolcha pustlogi orasida joylashgan.
En korinchalari deb oxirgi miyaning koldik xoldagi tor bushligiga aytiladi. Xar bir yarimsharda yen korinchasi bulib, kadoksimon tanadan bir oz pastrokda joylashgan. Yen korincha markaziy kism va oldingi, orkadagi va pastki shoxlarga bulinadi: a) markaziy kismi yarimsharning peshana kismida, yen korinchani III korincha bilan tutashtiradigan teshikning orkasida joylashgan. Markaziy kismida gumbazning davomini va yen korinchaning pastki shoxiga utishini ko’rish mumkin. Yen korinchaning markaziy kismida tomirli chigal joylashgan bulib, bu III korincha chigalining davomidir. b) yen korinchaning oldingi shoxi peshana pallasida kengaymani xosil kilib, uni ichiga dumli yadroni boshi joylashadi. Bu soxa yen korinchani kisman pastki va tashki devorlari buladi. Oldingi shoxning medial devori tinik pardadan iborat. v) Orka shox ensa pallaga davom etadi. Orka shoxning medial devorida kush panjasini eslatuvchi dung turtib chikkan buladi. g) pastki shox chakka pallaga davom etadi. Ichki tomonda dumli yadroni dumi turadi. Medial yuzasida joylashgan katta burtmalardan dengiz otini kursatish mumkin.
En korinchaning bushligi ichida orka miya suyukligi bulib, uni bushlik yuzasini qoplovchi xujayralar bilan tomirli chigal ishlab chikaradi.