Odam anatomiyasi odam organizmining shakli va tuzilishini uning taraqqiyoti va vazifasiga bog’lab o’rganadigan fandir



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/103
Sana25.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#260453
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   103
Bog'liq
odam anatomiyasi fanini organishga kirish.

Peshona suyagi (os frontale) toq bo’lib, kalla qopqog’ini oldingi qismi 
va oldingi kalla chuqurchasini hosil qilishda ishtirok etadi. Unda uch qism: 
vertikal joylashgan serbar, juft ko’z kosasi va burun qismlari tafovut qilinadi.
Peshona suyagi serbar palla qismining (squama frontalis) tashqi qavariq
yuzasi yon tomonlarida chakka yuzasiga o’tib ketadi.
Ko’z kosasi qismi (pars orbitalis) juft gorizontal joylashgan yupqa 
plastinkadan iborat. O’ng va chap ko’z kosasi qismlari o’zaro g’alvirsimon
o'yma bilan ajralib turadi.
Burun qismi (pars nasalis) taqasimon shaklda. U ko’z kosasi qismlarini 
o’rtasida joylashib g’alvirsimon o’ymani old va yon tomondan chegaralaydi. 
Uning oldingi tishli qismi burun suyaklari va yuqori jag’ suyagining peshona
o’simtasi bilan birikadi.
Yangi tug’ilgan bola peshona suyagi bir-biri bilan chok vositasida 
qo’shilgan ikki simmetrik bo’lakdan iborat bo’lib, har birida palla, ko’z kosasi 
va burun qismi tafovut qilinadi. Uning pallasi uchburchak shaklida bo’lib, tashqi 
tomonida peshona bo’rtig’i bor. Pallaning ichki yuzasi silliq. Ko’z kosasi qismi 
uchburchak shakldagi yupqa plastinkadan iborat bo’lib, uning miyaga qaragan 
yuzasi tekis. Ko’z kosasining yuqori qirrasi o’tkir. Burun qismi chekkasi notekis 
kichkina o’simta shakliga ega. Bu bo’laklarning o’zaro birikishi bola hayotining 
6-oyidan boshlanib, 7-8 yoshlarda tugaydi. Agar ular birikmay qolsa o’rtasidagi 
metopik chok (sutura metopica) umr bo’yi qolishi mumkin. Erta bolalik 
davrida suyak ko’z kosasi qismining miyaga qaragan yuzasi qavariq bo’ladi va 
unda barmoq izlari yaxshi ko’rinadi. Bu davrda peshona bo’shlog’i hosil 
bo’laboshlaydi. Pallaning ichki yuzasi o’zgarib, peshona qirrasi paydo bo’ladi. 
Bolalikning birinchi davrida metopik chok birikishi munosabati bilan peshona 
suyagini o’sishi sekinlashadi. Peshona sinusi kattalashib qosh usti ravog’i 
paydo bo’ladi. Palla chekkalarida tishlari ko’payadi. Bolalikning ikkinchi 
davrida peshona bo’ligini hajmi kattalarnikini 1/2 qismiga teng bo’lib, uning 
taraqqiyoti 25 yoshlarda tugaydi. 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish