Odam anatomiyasi odam organizmining shakli va tuzilishini uning taraqqiyoti va vazifasiga bog’lab o’rganadigan fandir



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/103
Sana25.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#260453
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   103
Bog'liq
odam anatomiyasi fanini organishga kirish.

Ensa suyagi 
Ensa suyagi (os occipitale) kallaning miya qismini orqa pastki sohasini 
qosil qiladi. Unda asosiy, yon bo’laklari va serbar qismi tafovut qilinadi. Bu 
qismlar o’zaro birikib, kalla bo’shlig’ini umurtqa

kanali bilan qo’shuvchi katta teshikni (foramen magnum) hosil qiladi. 
Asosiy qismi (pars basilaris) katta ensa teshigini old tomonida 
joylashgan. U 18-20 yoshlarda ponasimon suyak tanasi bilan qo’shilib ketadi.
Yon qismi (pars lateralis) juft, noto’g’ri shaklga ega.
Ensa suyagining serbar qismi (squama occipitalis) tashqariga qavargan 
keng plastinka shaklida.
Yangi tug’ilgan bola ensa suyagi katta teshikni o’rab, bir-biridan tog’ay 
qatlam bilan ajralgan to’rt bo’lakdan iborat. Uning serbar qismi yumaloq 
shaklda bo’lib, tashqi yuzasida tashqi ensa bo’rtig’i ko’rinib turadi. Ichki yuzasi 
botiq va tekis bo’lib, biroz bilingan xochsimon tepalik bor. Yon bo’laklari 
noto’g’ri shaklda. Uning tashqi tomonida bo’g’im bo’rtig’i joylashgan bo’lib, 
tagida til osti nervi kanali o’tadi. Asosiy qismi to’rtburchak shaklida. Uning 
oldingi chekkasi ponasimon suyakdan, yon chekkalari chakka suyagi 
piramidasidan tog’ay qatlamlar bilan ajragan. Ichki yuzasi biroz bukilgan 
bo’lib, qiyalikni hosil qiladi. Tashqi tomonida halqum bo’rtig’i yaxshi 
bilinmagan. Ensa suyagining taraqqiyoti uzoq vaqt davom etib, bolalikning 
birinchi davrida (4 yoshda) serbar va yon qismlari o’zaro qo’shilsa, asosiy 
qismi yon qismlari bilan bolalikning ikkinchi davrida (6-10 yoshlarda) 
qo’shiladi. Suyakning o’sishi o’smirlik davrida (20 yoshda) tugaydi. 
Tepa suyagi 
Tepa suyagi (os parietale) juft suyak U kalla qopqog’ining yuqori yon 
qismlarini hosil qiladi. Tepa suyagi tashqariga qavargan to’rt burchakli plastinka 
shaklida. Uning uchta chekkasi tishli bo’lib, qo’shni suyaklar bilan tishli chok 
hosil qilsa, pastki tangasimon chekkasi ponasimon suyak katta qanoti va chakka 
suyagi pallasi bilan birikadi. To’rt qirra o’zaro birikib to’rtta burchakni hosil 
qiladi.


Tepa suyagi endesmal yo’l bilan suyaklanadi. Yangi tug’ilgan bola tepa 
suyagi to’rtburchakli shaklga ega bo’lib, chekkalari tekis, burchaklari yumaloq 
bo’ladi. Tashqi yuzasida tepa do’mbog’i bor, ichki yuzasi silliq. Uch yoshda 
ichki yuzasida qon tomir egatlari, to’rt yoshlarda esa chekkalarida chok tishlari 
paydo bo’ladi. Bolalikning birinchi davrida qon tomir egatlari chuqurlashib, 
sagital sinus egati paydo bo’lsa, bolalikning ikkinchi davrida tepa suyagi rel’efi 
tugallanadi. Tashqi yuzasida yuqori va pastki chakka chiziqlari paydo bo’lib 
suyak tuzilishi kattalarnikiga o’xshab qoladi. 


Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish