Odam anatomiyasi odam organizmining shakli va tuzilishini uning taraqqiyoti va vazifasiga bog’lab o’rganadigan fandir



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/103
Sana25.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#260453
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   103
Bog'liq
odam anatomiyasi fanini organishga kirish.

 
Mushaklarning tuzilishi 
Har bir mushak biriktiruvchi to’qimali parda endomiziy (endomysium) 
bilan o’ralgan ko’ndalang targ'il mushak tolalaridan tuzilgan a’zodir. Har xil 
kattalikdagi mushak tolalari bir-biridan biriktiruvchi to’qimali qatlamlar 
perimiziy (perimysium) vositasida ajrab turadi. Bu perimiziy ichida qon tomirlar 
va nervlar joylashgan. Agar

biriktiruvchi to’qimali parda butun mushakni o’rasa uni epimiziy 
(epimysium) deb ataladi. Bu parda mushak payiga davom etib peritendiniy 
(peritendinum) degan nomni oladi. Mushaklarda juda kuchli modda 
almashinuvi ketganligi sababli ularda qon tomirlari juda ko’p. Har bir mushakda 
faol qisqaruvchi qismi-tanasi yoki qorinchasi (venter) bo’lib, u mushak 
tolalaridan iborat bo’ladi. Nofaol suyaklarga biriktiruvchi qismi yoki pay qismi 
(tendo) zich biriktiruvchi to’qimadan iborat, yaltiroq kumushrang bo’lib, 
mushak tanasidan aniq ajrab turadi. Paylarda modda almashinuvi kam bo’lgani 
uchun ularda qon tomirlar kam. Paylarning bittasi yuqori qismida bo’lib, uni
boshchasi (caput) deyiladi. Uning yordamida mushak suyakdan boshlanadi. 
Pastki uchi dum (cauda) deyilib, uning yordamida mushak suyakka birikadi. 


Paylar kollagen tolalardan iborat bo’lib, juda pishiq bo’ladi. Masalan axil payi 
400 kg yukni ko’tara olsa, sonning to’rt boshli mushagining payi 600 kg yuk 
ko’tara oladi. Har xil mushaklarning payi bir xil emas. Uzun mushaklarning 
paylari ingichka lenta shaklida bo’lsa, tanada joylashgan keng mushaklarning 
paylari keng va yassi bo’lib aponevroz (aponevrosus) deyiladi. Ba’zi 
mushaklarda ikkita qorincha orasida joylashgan oraliq paylar ham uchraydi (ikki 
qorinli mushak- m. digastricus). Agar mushak bir nechta miotomlardan taraqqiy 
etgan bo’lsa, ular o’rtasida oraliq paylar yoki pay belbog’lar (intersectiones 
tendineae) hosil bo’ladi. Bunday mushaklarga qorinning to’g’ri mushagi kiradi.
Mushak qisqargan vaqtda uning bir uchi harakatsiz bo’lib, uni qotirilgan 
nuqta (punctum fixum) deyiladi. Bu nuqta asosan mushakni boshlanish qismida 
bo’ladi. Harakatlanuvchi nuqta (punctum mobile) mushak birikkan ikkinchi 
suyakda bo’lib, mushak qisqargan vaqtda u o’z holatini o’zgartiradi. 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish