Odam anatomiyasi odam organizmining shakli va tuzilishini uning taraqqiyoti va vazifasiga bog’lab o’rganadigan fandir



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/103
Sana25.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#260453
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103
Bog'liq
odam anatomiyasi fanini organishga kirish.

Tana suyaklarining birlashuvi 
Umurtqalar o’zaro uch qismi: tanasi, bo’g’im o’simtalari va ravog’i bilan 
birlashadi. Umurtqalarning tanasi o’zaro umurtqalararo disk (discus 
intervertebralis) vositasida birlashadi. Umurtqa pog’onasida jami 23 ta tog’ay 
disk bo’lib, ular II-III bo’yin umurtqalari o’rtasidan boshlanib, to V bel va I 
dumg’aza umurtqa oralig’igacha joylashgan. Umurtqalararo disk ikki qismdan: 
tashqi tolali tog’aydan iborat fibroz halqa (annulus fibrosus) va markazda 
joylashgan liqildoq o’zakdan (nucleus pulposus) iborat. Umurtqalararo 
diskning kengligi umurtqa tanasidan katta bo’lgani uchun ularning chekkasidan 
chiqib turadi. Umurtqalararo diskning qalinligi bo’yin qismida 5-6 mm, ko’krak 
qismida 3-4 mm, bel qismida 10-12 mm. Umurtqalarning tanasini birlashuvi 
oldingi va orqa bo’ylama boylamlar bilan mustahkamlanadi. 
Umurtqalarning ravog’i o’zaro sariq boylam vositasida birikadi. U elastik 
biriktiruvchi to’qimadan tashkil topgan bo’lib, juda pishiq va sariq rangga ega. 
Sariq boylam umurtqalar ravog’i oralig’ini to’latib turadi va elastik bo’lgani 
uchun umurtqa pog’onasini to’g’rilanishini ta’minlaydi.
Bir umurtqaning pastki bo’g’im o’simtasi ikkinchi umurtqaning ustki 
bo’g’im 
o’simtasi 
bilan 
umurtqalararo 
bo’g’im 
(articulationes 
intervertebrales) hosil qiladi. Bo’g’im yuzalari gialin tog’ay bilan qoplangan. 
U yassi, ko’p o’qli, kam harakat bo’g’imlar turkumiga kiradi. Uning bo’gim 
xaltasi bo’g’im tog’ayi chekkasi bo’ylab birikadi. Umurtqalarning birlashuvini 
mustahkamlashda quyidagi boylamlar: qirrali o’simtalararo boylam, qirrali 
o’simta usti boylami, ko’ndalang o’simtalararo boylam ishtirok etadi. 
Qovurg’alar ko’krak umurtqalari bilan ikkita bo’g’im: qovurg’a boshi va 
qovurg’a-ko’ndalang o’simta bo’g’imini hosil qilib birikadi. 
Adabiyotlar 
1.Anatomya chelоveka T-1. Pod.red. M.R.Sapina. M.2001 y. 
2.D.A. Jdanov. Lekstsii po funksionalnoy anatomii cheloveka. M.1979 y. 
3. I.I.Bobrik, V.I. Minakov. Atlas anatomii novorojdennogo. Kiev 1990 
y. 
4.Osnovi anatomii rebenka po vozrastnim periodam. Perm. 1991y 


5.S.A. Asamov, A.G’. Ahmedov Suyaklarning birlashuvi va mushaklar 
tizimining umumiy anatomiyasi va yoshga qarab o’zgarishi. Toshkent. 1995 y.
6.A.G’ Ahmedov. Odam anatomiyasi. Toshkent 2005 y. 
7.F.Bahodirov. Odam anatomiyasi. Toshkent 2005 y 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish