Odam anatomiyasi odam organizmining shakli va tuzilishini uning taraqqiyoti va vazifasiga bog’lab o’rganadigan fandir



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/103
Sana25.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#260453
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   103
Bog'liq
odam anatomiyasi fanini organishga kirish.

(trochlea) hosil bo’lib, uni ustida pay xuddi kamar o’q ustidan o’tganidek 
bo’ladi. G’altaklar suyakdan iborat bo’lishi mumkin. Bu xollarda suyak ust 
tomondan tog’ay bilan qoplanadi. Bunda suyak bilan pay o’rtasida sinovial 
xalta joylashgan bo’ladi. Fibroz g’altaklar fastsiya boylamlarida hosil bo’ladi.
Sesamisimon suyaklar paylar ichida paydo bo’ladi. Bularga no’xotsimon 
suyak va tizza qopqog’i kiradi.
Mushaklarning taraqqiyoti 
Tana mushaklari orqa tor va nerv nayining yonida joylashgan 
mezodermaning dorsal qismidan rivojlanadi. Homila hayotining uchinchi 
haftasida bu mezoderma birlamcha segmentlar yoki somitlarga bo’linadi. 6-
haftada homilada 39 juft: 4 ensa, 8 bo’yin, 12 ko’krak, 5 bel, 5 dumg’aza va 5 
dum somitlari tafovut qilinadi. Somitni sklerotom ajrab chiqib umurtqa 
pog’onasi paydo bo’lganidan qolgan tashqi orqa qismi miotomni hosil qiladi. 
Miotom hujayralari (mioblastlar) bo’yiga cho’zilib, ko’ndalang targ’il mushak 
tolalariga aylanadilar. Miotomlar ventral tomonga o’sib, dorsal va ventral 
qismlarga bo’linadi. Uning dorsal qismidan tananing orqa qismi mushaklari 
taraqqiy etsa, ventral qismidan tananing oldingi va yon tomon mushaklari 
taraqqiy etadi. Tana mushaklarining bir qismi o’zi taraqqiy etgan joyida qolib 
o’ziga xos, autoxton mushaklarni (autos-o’zi), (chton-joy) hosil qiladi. Bularga 
orqaning, ko’krakning chuqur va qorin mushaklari kiradi. Boshqa bir guruh 
mushaklar tanadan qo’l va oyoqlarga o’tib trunkofugal (truncus-tana, fugere-


qochaman) mushaklarni hosil qiladi. Bularga traptsiyasimon, to’sh-o’mrov-
so’rg’ichsimon, katta va kichik rombsimon, oldingi tishsimon, kurakni 
ko’taruvchi mushaklar kiradi. Uchunchi guruh mushaklar qo’l va oyoqdan 
boshlanib tanaga birikuvchi trunkopetal (truncus-tana, petere- intilaman) 
mushaklarni hosil qiladi. Bularga katta va kichik ko’krak, orqaning serbar va 
katta bel mushaklari kiradi.
Qo’l mushaklari V-VIII bo’yin va I ko’krak miotomlaridan, oyoq 
mushaklari esa I-V bel va I-III dumg’aza miotomlaridan hosil bo’lgan 
mushaklar kurtagidan takomil etadi. Boshlang’ich davrda qo’l-oyoq 
mushaklari oldingi va orqa tomonda joylashgan (yozuvchi va bukuvchi) bo’lib, 
keyinchalik qo’l mushaklari proksimal tomonga yo’nalib (trunkopetal) tananing 
xususiy mushaklarini ko’krak va orqa tomondan qoplaydi. Bundan tashqari 
yelka kamariga tananing ventral (trunkofugal) mushaklari kelib birkadilar. 

Bosh mushaklari qisman bosh somitlaridan, asosan vistseral ravoqlar 
mezodermasidan taraqqiy etadi. Jag’ ravog’idan pastki jag’ga birikuvchi 
chaynov va og’iz tubi mushaklari, gioid ravoqdan esa bo’yinning teri osti va 
bosh mushaklari rivojlanadi. 
Yangi tug’ilgan bolada hamma skelet mushaklari paydo bo’lgan bo’lsada, 
ular nisbatan kam rivojlangan. Ular tana og’irligining 20-22% tashkil qiladi. 1-2 
yoshli bolada mushaklar og’irligi 16,6% gacha kamayadi. Bola 6 yoshga 
to’lganida harakati yuqori darajada faollashuvi natijasida mushaklari tana 
og’irligining 21,7%, 8 yoshda esa 33% ning tashkil qiladi. Erkaklarda mushak 
massasi 36% bo’lsa, ayollarda 33%. Mushaklarning o’zgarishiga qarab bola 
tanasi tashqi ko’rinishi ham o’zgaradi. Yangi tug’ilgan va yosh bolalarda qo’l va 
oyoqlari tsilindr shaklida bo’lsa, mushaklar o’sib, yog’ to’qimasi kamayishi 
bilan, ular duksimon yoki konus shaklini oladilar. Bola hayotining birinchi 
yilida qo’l va oyoq mushaklari tez o’ssa, 2-4 yoshlarda orqaning uzun mushagi, 
hamda katta dumba mushagi o’sadi. Bola tug’ilganidan keyin mushaklarning 
pay qismi tez o’sib, ularning suyaklarga birikadigan qismi kattalashadi. Ularda 
fastsiyalar yaxshi bilinmagan yupqa va bo’sh bo’lib, mushaklardan oson ajraydi. 
Fastsiyalar bola hayotining birinchi oyidan boshlab mushaklarning vazifasiga 
qarab rivojlanadi. 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish