Одам анатомияси фанидан маъруза матни kirish



Download 288 Kb.
bet13/15
Sana02.03.2022
Hajmi288 Kb.
#477635
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Одам анатомияси фанидан маъруза матни

PERIFERIK NERV SISTEMASI

Markaziy nerv sistemasidagi nerv hujayralarining asosan o'siqlari periferik nerv sistemasining tarkibiga kiradi.bundan tashqari orqa miya va bosh miya nervlarining sezuvchi tugunlari, vegetativ nerv sistemasining tugunlari va ulardagi hujayralarning o'siqlari ham periferik nerv sistemasiga qo'shiladi. Bosh miya nervlari 12 juftdir. Bosh miya stvolidagi nerv hujayralarining efferent- harakatlantiruvchi va sekretor tolalari bosh miya stvolida to'planib, bosh miya nervlarining yadrolarini hosil qiladi.Bosh miya nervlarida afferent (sezuvchi) tolalar ham bor. Bular markaziy nerv sistemasidan tashqaridagi sezuvchi tugunlarning nerv hujayralari o'siqlaridan iborat. Funksional ta'rifi jihatidan ular harakatlantiruvchi (4, 6, 9, 12 juftlar), sezuvchi (1, 2, 8 juftlar), aralash (3, 5, 7, 9, 10 juftlar) nervlarga bo'linadi. Bosh miya nervlarining 4-juftidan boshqa hammasi miya asosidan chiqadi.


1-Juft-hidlov nervi (n. olfaktorius) sezuvchi nerv bo'lib, burun bo'shlig'ining yuqori bo'lim ichidagi shilliq pardaning hidlov hujayralaridan boshlanadi, kalla bo'shlig'iga kirib, hidlov piyoziga qo'shiladi.
2-Juft-ko'ruv nervi (n. opticus) sezuvchi nerv bo'lib, ko'zning to'r padasidagi nerv hujayralarining o'siqlaridan hosil bo'ladi.
3-Juft-ko'zni harakatlantiruvchi nerv, (n. oculomotorius) aralash nerv bo'lib, tarkibida harakatlantiruvchi somatik tolalar ko'z soqqasidagi tashqi muskullarni innervasiya qiladi va parasimpatik tolalar ko'z soqqasining ichki muskullarini innervasiya qiladi. Ko'zni harakatlantiruvchi nervning yadrosi o'rta miyada.
4-juft-g'altaksimon nerv, (n trochlearis), harakatlantiruvchi nerv bo'lib, yadrosi o'rta miyada yotadi, ko'zning ichki qiyshiq muskulini innervasiya qiladi.
5-juft-uchlik nerv, (n ttrigeminus) aralash nerv. Harakatlantiruvchi tolalari ko'prikdagi harakatlantiruvchi yadro hujayralaridan, sezuvchi tolalari chakka suyagi piramidasining oldingi yuzasidagi yarim oy tugun hujayralarining o'siqlaridan tashkil topgan. Yarim oydan 3 ta tarmoq chiqadi: ko'z kosasi nervi, sezuvchi tola kalla bo'shlig'i va ko'z kosasi yuqori jag' nervi, pastki jag' nervi.
6-juft-uzoqlashtiruvchi nerv, (n abducens) harakatlantiruvchi nerv yadrosi ko'prikda bo'lib, ko'zni lateral to'g'ri muskulini innervasiyalaydi.
7-juft-yuz nervi, (n facralis) aralash nerv tarkibida harakatlantiruvchi, parasimpatik (sekretor) sezuvchi ta'm biluvchi tolalari bor. Yuz nervini harakatlantiruvchi tolalari mimika muskullarini, bigiz-til osti muskulini, ikki qorinchali muskulni orqa qorinchasini, bo'yin terisining ost muskulini innervasiya qiladi. Yuz nervining parasimpatik tolalari jag' ostidagi, til ostidagi so'lak bezlarini, ko'z yoshi bezini, tanglay, burun bo'shlig'i bezlarini, halqumning yuqori bo'limidagi bezlarni innervasiyalaydi.
8-juft-eshituv va muvozanat nervi, (n. statoacustisuc) sezuvchi nerv yadrolari ko'prikda joylashgan.
9-juft-til-halqum nervi, (n. glossoppharyngtus) aralash nerv, harakatlantiruvchi (somatik), parasimpatik-sezuvchi nervlar. Nervning harakatlantiruvchi tolalari halqum muskullarini va til-halqum muskullarini innervasiyalaydi. Sezuvchi tolalari tilning orqa uchini (ta'm biluvchi) va halqumning sezuvchi tolalariga boradi.til-halqum nervining parasimpatik tolalari quloq oldidagi so'lak bezini innervasiyalaydi.
10-juft-aralash va sayyor nerv, (n. vagus) tarkibiga harakatlantiruvchi (somatik), sezuvchi va parasimpatik tolalari kiradi, yadrosi uzunchoq miyada joylashgan. Harakatlantiruvchi tolalari yumshoq tanglay muskullarini, halqum, qizilo'ngach, yurak, hiqildoq, traxeya, bronxlar, o'pka, me'da, ingichka ichak, taloq muskullarini innervasiyalaydi. Adashgan nerv bronxial daraxtning hazm sistemasini, bezlarini, yo'g'on ichak, jigar va me'da osti bezlarini ta'minlaydi.
11-juft-qo'shimcha nerv,(n accessorius) harakatlantiruvchi nerv bo'lib, yadrosi uzunchoq miyada va orqa miyaning bo'yin bo'limidagi segmentlarda yotadi. To'sh-o'mrov so'rg'ichsimon o'siq muskulini va traxeyasimon muskulni innervasiyalaydi.
12-juft-til osti nervi, (n hypoglossus) harakatlantiruvchi nerv, yadrosi uzunchoq miyada yotadi. Kalla bo'shlig'idan til osti nervi kanali orqali chiqib, til muskullarini innervasiyalaydi.
Nerv sistemasining vegetativ qismi effektor qismidir, uning tarkibidagi harakatlantiruvchi va sekretor tolalari yurakning ko'ndalang targ'il muskulini, ichki organlarni, silliq muskul tolalarini va bezlarini innervasiya qiladi.
Somatik nerv sistemasining markazlari orqa miyaning barcha segmentlarida va bosh miya stvolining oraliq miyadan boshqa hamma bo'limlarida joylashgan. Vegetativ nerv sistemasining markazlari esa markaziy nerv sistemasining ayrim bo'limlarida: bosh miya stvolida, orqa miyaning bel ko'krak va dumg'aza bo'limlarida joylashgan. Nerv sistemasi vegetativ qismi ikki bo'limdan simpatik va parasimpatikdan iborat. Vegetativ nerv sistemasi simpatik bo'limning markazlari orqali miya bel ko'krak bo'limining yon shoxlarida, 1-ko'krak, 3-bel segmentlarida bo'ladi. Chegara simpatik stvol nervlar simpatik tugunlar va nerv chigallari bilan btrgalikda nerv sistemasi simpatik bo'limining periferik qismini tashkil etadi. Chegara simpatik stvol tugunlaridan va tugunlararo bog'lardan iborat. Ular juft stvol bo'lib, uning zanjirlari umurtqalar tanalarining yon yuzalarida yotadi. Stvol kalla asosidan dumg'azagacha davom etadi.
Qo'shuvchi tarmoqlar chegara simpatik stvolni orqa miya nervlariga bog'laydi, bu tarmoqlar orqali miyaning yon shoxlaridan chegara stvolga simpatik tolalar o'tsa, chegara stvoldan orqa miya nervlariga (postganglionar) simpatik tolalar o'tadi. Chegara stvoldan ichki organlarga nervlar boradi, bu nervlar tarkibida shu organlarni innervasiya qiluvchi postganglionar simpatik tolara bor. Parasimpatik bo'lim o'rta miyada parasimpatik yadro joylashgan, undagi nerv hujayralarining o'siqlari 3-juft bosh miya nervi (ko'zni harakatlantiruvchi nerv) bilan birga ko'z kosasiga kiradi, bu yerda esa parasimpatik yo'lning ikkinchi neyronlari to'planib, tugun hosil qiladi. Bu tugundagi hujayralarning o'siqlari ko'z soqqasining ichki muskullarini innervasiya qiladi. Ko'prikda so'lak ajratish yadrosi joylashgan. Bu yadrodagi nerv hujayralarining o'siqlari yuz nervining tarkibiga kirib, nerv impulsini ikki tugunda to'plangan ikkinchi neyronlarga o'tkazadi. Bu tugunlardan quloq oldidagi so'lak bezidan tashqari so'lak bezlariga va ko'z yoshi bezlariga tarmoqlar boradi. Uzunchoq miyada so'lak ajratish pastki yadrosi joylashgan, bu yadrodagi nerv hujayralarining o'siqlari til halqum nervining tarkibiga kiradi, impulsini periferik tugun hujayralari o'tkazadi. Uzunchoq miyada yana bir parasimpatik yadro bor. Bu yadroning nervlari adashgan nervga qo'shilib, uning tarkibida bo'yindagi, ko'krak bo'shlig'idan barcha organlariga va qorin bo'shlig'i organlariga ingichka ichakka yetib boradi. Bu parasimpatik yo'lning ikkinchi neyronlari ichki organlarning o'zida joylashgan. Orqa miya dumg'aza bo'limining yon shoxlarida orqa miyaning parasimpatik yadrolari joylashgan, ular yo'g'on ichakka chanoq, organlariga boradi. Vegetativ nerv sistemasi simpatik bo'limining markazlari orqa miya bel-ko'krak bo'limining yon shoxlarida, 1-ko'krak, 3-bel segmentlarida bo'ladi. Chegara simpatik stvol nervlar simpatik tugunlar va nerv chigallari bilan birgalikda nerv sistemasi simpatik bo'limining periferik qismini tashkil etadi. Chegara simpatik stvol tugunlardan va tugunlararo bog'lardan iborat. Ular juft stvol bo'lib, uning zanjirlari umurtqalar tanalarining yon yuzalarida yotadi. Stvol kalla asosidan dumg'azagacha davom etadi. Qo'shuvchi tarmoqlar chegara simpatik stvolni orqa miya nervlariga bog'laydi, bu tarmoqlar orqali orqa miyaning yon shoxlaridan chegara stvolga periganglionar simpatik tolalar o'tsa, chegara stvoldan orqa miya nervlariga postganglionar simpatik tolalar o'tadi. Chegara stvoldan ichki organlarga nervlar boradi, bu nervlar tarkibida shu organlarni innervasiya qiluvchi postganglionar simpatik tolalar bor. Chegara simpatik stvoli umurtqa pog'onasining qislariga yarasha bo'yin, ko'krak, bel va dumg'aza bo'limlariga bo'linadi.

Mavzular bo'yicha savollar:



  1. Orqa miyaning tuzilishi va chigallari.

  2. Orqa miyani o'rovchi pardalari va o'rkazuvchi yo'llari.

  3. Orqa miya nervlari (oldingi, orqa, yon shoxlari).

  4. Bosh miyaning tuzilishi va bo'limlari.

  5. Uzunchoq miyaning tuzilishi va nerv yadrolarining markazlari.

  6. Orqa miyaning tuzilishi va ulardagi yadrolar.

  7. O'rta miyaning tuzilishi va nerv markazlari.

  8. Oraliq miyani tuzilishi va ahamiyati.

  9. Bosh miya po'stlog'ining tuzilishi.

  10. Bosh miyaning o'rovchipardalari.

  11. Bosh miyaning o'tkazuvchi yo'llari.

  12. Periferik nerv sistemasi (vegetativ va somatik).

  13. Vegetativ nerv sistemasi (simpatik va parasimpatik).




Download 288 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish