Mavzu bo'yicha savollar:
Odam anatomiyasi fanining hozirgi zamon yutuqlari.
Anatomiya fanining tarmoqlari hamda biologiya fanlar sistemasida tutgan o'rni.
Markaziy Osiyo va O'zbekistonda anatomiya fani rivojlanishining hozirgi zamon yutuqlari.
Tayanch – harakat sistemasi .
Maqsad: Odam skeleti, suyaklarni shakllari, tuzilishi, kimyoviy tarkibi, suyaklarning o'sishi, suyak ustligi va epifizar tog'ay tushunchalari. Suyaklarning birikishi, biriktiruvchi to'qima, tog'ay bo'g'imlar va ularning turlari, burun hosil qiluvchi elementlar va qo'shimcha apparatlar: boylamlar, disklar, menisklar sinovial xaltalar tushunchalari va sindezmoz, sinxondroz, sinoztoz va diatroz birikishlari (3 soat).
Tana skeletiga taalluqli (suyaklarning umurtqa pog'onasidagi umurtqa suyaklari, ko'krak qafasidagi suyaklari) tuzilishi, o'ziga xos xususiyatlari, ularning o'zaro birikishi, qaddi-qomatni to'g'ri shakllanishida ahamiyati. Qo'lni va yelka kamar skeleti, pastki kamar skeleti va bosh skeleti suyaklarining tuzilishi, birikishi, asosiy shakllari, suyaklarning rivojlanishi, choklar va liqildoqlar hamda suyaklarning anomaliyalari haqida bayonot beriladi (3-soat).
Darsning rejasi:
1. Odam skeletining tuzilishi, uning qismlari va ahamiyati.
2. Suyaklarning shakli, tig'iz va g'ovak moddalar, suyak ustligi, suyakning kimyoviy tarkibi, suyakning o'sishi va rivojlanishi.
3. Suyaklarning birikishi, bo'g'imlar va ularning turlari.
4. Tana skeleti: umurtqa pog'onasidagi suyaklarni tuzilishi va ularning bir butunligi, ko'krak qafasidagi suyaklarning tuzilishi, ularni birikishi. Tana suyaklarining anamaliyalari.
5. Qo'l va yelka kamari skeleti. O'mrov, ko'krak suyaklari, ularning tuzilishi va o'zaro birikishi. Bo'g'imlarning aylanish o'qi. Erkin qo'l skeletidagi suyaklarning tuzilishi va birikishi.
6. Oyoq, skeleti: chanoq, kamari va erkin oyoq, skeletining tuzilishi, birikishi va bo'g'imlardagi harakatlanishi, kamar skeletini jinsga xos shakllanishi.
7. Bosh skeleti: kalla suyakning miya va yuz bo'limlaridagi suyaklarining ta'rifi, bosh skelet suyaklarning birikishi choklari, liqildoqlar va bo'shliqlarining tasnifi.
Tayanch so'zlar: osteon, kompakt, hayvonlar, g'ovak, diafiz, epifiz, fibroz, endost, ossein, xitin, apofiz, metafiz, sesamasimon, sinartroz, s
indesmoz, sinxondroz, sinostoz, diartroz, pereferiya, boylam, disk, menisk, sinovial xalta, silindrik, g'altaksimon, ellipssimon, egarsimon, sharsimon, supinapsiya, pronasiya, o'sig'i, ravog'i, rudement, atlant, lordoz, kifos, gibus, skolioz, bo'yituruq, yarim oysimon, uch qirrali, no'xatsimon, torapeysiyasimon, boshchali, ilmoqli, falanga, ko'sti, simmetrik.
Skelet-bir qancha alohida suyaklarning kompleks yig'indisi bo'lib, organizmning qattiq negizini hosil qiladi. Odam skeleti 200 dan ortiq alohida suyaklar yig'indisidan iborat. Bu suyaklar o'zaro boylamlar, tog'aylar va bo'g'imlararo birlashadi. Sust harakat apparatini hosil qiladi. Odam skeletining og'irligi o'rtacha 5-6 kg yoki gavda og'irligining 8-10 % ini tashkil etadi. Skeletni 3 ta funksiyasi: tayanch, harakat va himoya vazifalarini o'taydi. Yumshoq to'qima va organlar skeletning turli qismlariga yopishganligi tayanch funksiyasini yuzaga chiqaradi.
Harakat funksiyasi skeletning ayrim qismlaridan har xil richaglar hosil qiladi, suyaklarga yopishuvchi muskullar bu richaglarni harakatga keltiradi.
Himoya vazifasi-suyaklar bo'shliqlar hosil qiladi, bularda esa muhim organlar joylashadi. Masalan, kalla bo'shlig'ida bosh miya, umurtqa kanalida orqa miya turadi, ko'krak qafasida o'pka va yurak, ko'payish organlari esa chanoq bo'shlig'ida joylashadi. Bundan tashqari suyaklar organizmning biologik muhofazasini bajaradi, ya'ni suyak iligi qon tanachalarini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |