Ovqat hazm qilish organlari
Maqsad: Ichki a'zolarning umumiy ta'rifi, ularning klassifikasiyasi. Tana, bo'yin, qorin, ko'krak bo'shlig'idagi organlarning ahamiyati. Ichki a'zolar devorining shakllanishi va tuzilishi haqida tushunchalar. Og'iz bo'lig'idagi organlarning tuzilishi. Ovqat hazm qilish sistemasidagi organlarning tuzilishi va tasnifi. So'lak va hazm bezlari jigar haqida tushunchalar.
Darsning rejasi.
Hazm organlarining tuzilishi va ahamiyati.
Og'iz bo'lig'idagi organlarning tasnifi.
Og'iz bo'shlig'idagi hazm bezlarning ahamiyati.
Halqum, qizilo'ngach, me'da, ichaklar, jigar va o't pufagining tuzilishi va ahamiyati.
Tayanch so'zlar: chanoq, sistema, bo'shliq, shilliq, shilliq osti parda, seroz, qizilo'ngach, halqum,me'da, epiteliy, yassi epiteliy, silindrsimon bez epiteliysi, aylanma va uzunasiga yo'nalgan muskul qavati, qiyshiq qavat muskuli, varag'ida, mexanik, kimyoviy, anal teshigi, og'iz dahlizi va xususiy og'iz bo'shlig'i, milk, tish,. lab, lunj, tanglay, ravok, mo'rtak, tanglay chodiri, ko'tariluvchi va taranglovchi muskullar, bo'g'iz teshigi, tip ildizi, til murtagi, ipsimon. Zamburug'simon, tarnovsimon va bargsimon so'rgichlar, bigiz-til muskuli, alveolyar katak, dentin, emal, sement, pulpa, xoana, diafragma, bronx, retorta, kardial bez, limfatik follikular, sfinkter, tubi, forsinka, liberkyun bezi, chanbar ichak, segment sagital.
Ichki a'zolarga ko'krak, qorin va chanoq bo'liqlari, joylashgan organlar kiradi. Ichki organlar bajaradigan ishiga qarab alohida sistemalarga ajratiladi. Hazm organlari qorin va ko'krak bo'liqlarida, nafas a'zolari ko'krak bo'lig'ida joylashgan. Ichki a'zolar devorlari 4 qavatdan: ichki shilliq va shilliq, osti pardalaridan, o'rta muskul va tashqi seroz pardadan tuzilgan. Shilliq parda hazm a'zolarining hamma qismini (og'iz bo'lig'i, halqum, qizilo'ngach, me'da va ichaklar) ichki tomondan qoplab turadi. Shilliq pardaning ustidan epiteliy qavati qoplab turadi: og'iz bo'lig'i ko'p qavatli yassi epiteliydan, me'da bir qavatli silindrsimon bez epiteliysidan iborat. Shilliq osti qavati biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan bo'lib, shilliq qavatini muskul qavati bilan qo'shib turadi. Muskul parda hazm a'zolari devoridagi shilliq osti pardalaridan keyingi uchinchi qavat parda bo'lib, silliq muskul hujayralarining tutamlaridan tuzilgan. Og'iz bo'lig'i, halqum, qizilo'ngachning yuqori qismi va orqa chiqaruvchi teshigi devorlari ko'ndalang-targ'il muskul tolalaridan iborat. Silliq muskul hujayralarining tutam a'zolari devorida, odatda ikki qavatdan (aylanma va uzunasiga) yo'nalgandan iborat bo'ladi, me'dada uchinchi (qiyshiq qavat) ham uchraydi. Seroz parda siyrak tolali birktiruvchi to'qimadan tuzilgan. U hazm qilish a'zolarini eng ustidan o'raydi va biriktiruvchi nozik to'qima vositasida muskul qavatga tutashadi.
Qorin pardasining ichki varag'ida joylashgan seroz parda qorin bo'shlig'idagi organlarning ustidan o'rab turadi. Hazm sistemasi organizmga kirgan ovqatning mexanik hamda ximiyaviy qayta ishlashini va hazm kanalidan oziq moddalarni surilishini ta'minlaydi. Hazm yo'llarining asosiy qismi: og'iz bo'shlig'i, halqum, qizilo'ngach, me'da, ingichka ichak va yo'g'on ichaklardan, iborat hazm yo'li og'iz yorig'idan anal teshigi bilan tugaydi. Hazm kanaliga hazm bezlarining yo'llari quyiladi.
Voyaga yetgan odamda hazm yo'lining uzunligi 8-10 metrga boradi. Og'iz bo'shlig'i, og'izning kirish qismi-dahlizi va xususiy og'iz bo'shlig'idan iborat. Og'iz dahlizi-old tomonidan yuqori va pastki lablar, yon tomonidan lunj, orqa tomonidan yuqori va pastki jag' tishlar, milklar bilan chegaralangan. Lablar tashqi tomondan teri, ichki tomondan shilliq parda bilan qoplangan. Lablarning shilliq qavatida juda ko'p bezlar joylashgan.
Lunj–lablarning bevosita davomi bo'lib, uning chuqur qatlamida yog' qavatlari, shilliq pardasida esa mayda bezchalar joylashgan. Og'iz dahlizi lunj vositasida xususiy oqiz bo'shlig'iga qo'shiladi. Xususiy og'iz bo'shlig'i bo'sh turganda ikki yon va old tomondan tishlar chegaralaydi. Yuqori devorini qattiq va yumshoq tanlay hosil qiladi, hamda burun bo'shlig'ini og'iz bo'shlig'idan ajratib turadi.
Yumshoq tanglay muskullardan iborat bo'lib, orqa tomoni halqumga osilib turadi. Uning o'rtasida tilcha joylashgan. qattiq tanglay shilliq pardasi yumshoq tanglayiga bevosita davom etadi. Yumshoq tanglaydan oldinda til-tanglay ravog'i, orqada tanglay halqum ravog'i uchraydi. Bu ravoqlar orasida murtak bo'shlig'i bo'lib, tanglay murtagi joylashadi. Yumshoq tanglay tarkibiga quyidagi muskullar kiradi: tanglay-halqum muskuli, tanglay- til muskuli.
Bu muskul qisqarganda tanglay chodiri pastga tortiladi va halqumga o'tish teshigi kichrayadi. Tanglay chodirini ko'taruvchi va taranglovchi muskullar. Bu muskullar ko'ndalang yo'nalishda tanglay chodirini taranglaydi va ko'taradi. Og'iz bo'shlig'idan halqumga o'tish joyida- bo'g'iz teshik( tomoq) bo'lib, yuqoridan yumshoq tanglay chodiri, 2 yon tomondan tanglay ravoqlari, pastdan tilning orqa yuzasi va til ildizi bilan chegaralanib turadi. Til- muskullardan tuzilgan bo'lib, og'iz bo'shlig'ida joylashgan. Til hazm a'zolariga mansub bo'lmasdan, so'zlashda, talaffuzda bevosita faol qatnashadi, tilning oldida til uchi, o'rtasida til tanasi va orqa kengaygan qismida til ildizi bo'ladi. Tilning ustki yuzasida to'rt hil so'rg'ich: ipsimon so'rg'ichlar-tilning ust yuzasida, zamburug'simon so'rg'ichlar- tilning uchi va yonlarida joylashgan bo'lib, ta'm bilishda xizmat qiladi, halqa bilan o'ralgan (tarnovsimon) so'rg'ichlar 7-15 ta bo'lib, tilning ildizi va tana chegarasida, varaqsimon yoki bargsimon so'rg'ichlar kitob varaqlari kabi tilning yonlarida joylashib, ta'm bilishda qatnashadi. Til murtagi-tilning shilliq qavatida yakkama-yakka yoki to'planibjoylashgan limfoid to'qimadan iborat. Murtaklar ko'proq til ildizi sohasida uchraydi: til muskullari xususiy va skelet muskullaridan iborat.
Engak-til osti muskuli-pastki jag' suyagining engak o'simtasidan boshlanib, tilga tutashadi. Muskul qisqarib tilni pastga va orqaga tortadi.
Til osti-til muskuli-til osti suyagidan boshlanib, tilning yon tomonlariga tutashadi. Tilni pastga va orqaga tortadi.
Bigiz-til muskuli-chakka suyagining bigizsimon o'sig'idan boshlanib, tilning yonboshiga tutashadi. Muskul tilni yuqoriga va orqaga tortadi.
Tilning xususiy muskul tolalari turli tomonga yo'nalgan. Bu holat tilda ustki va pastki uzunasiga ketgan muskuli, ko'ndalang va tikka yo'nalgan muskullar borligin ko'rsatadi.
Tishlar og'ish bo'shlig'ida joylashib ular pastki va yuqori jag' suyaklarining alveolyar o'siqlaridagi tish kataklarida yotadi. Sut tishlar 6-7 oylikdan chiqa boshlaydi. 2-2,5 yoshda butunlay chiqib bo'ladi. Ular 20 dona bo'lib 6-7 yoshga qadar turadi. Yosh bolalarda kichik oziq tishi bo'lmaydi, doimiy tishlar formulasi:
3 2 1 2 2 1 2 3
3 2 1 2 2 1 2 3
2 ta kesuvchi-kurak tish, 2 ta oziq tish, 3 ta katta oziq tish, 3 chisi aql tishlar. Har bir tish 3 qismdan iborat: uning og'iz bo'shlig'iga o'sib chiqqan toj qismi, jag' suyaklarining tish katakchalariga joylashib turgan tish ildizi va bu 2 qism o'rtasida bir oz toraygan joy tish bo'yinchasi mavjud. Tish toj qismining asosi dentin moddadan tuzilgan bo'lib ustini eng mustahkam modda-emal o'rab turadi. Emalning ust tomonini juda yupqa shoxsimon kutikula pardasi o'rab turadi. Tishning bo'yinchasi va ildizi sement moddadan tuzilgan. Bo'shliqda tishning biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan yumshoq qismi-pulpa joylashgan. Tishlarning ildiz qismlari milk bilan o'ralib mustahkamlanadi.
So'lak bezlari. Og'iz bo'shlig'ining shilliq qavatida turli hajmda ko'p so'lak bezlari joylashgan. Ular til, lab, lunj va tanglay bezlari nomi bilan ataladi. Shuningdek, katta hajmdagi 3 juft so'lak bezlari og'iz bo'shlig'i atrofida joylashgan.
Quloq oldi bezi-yuz terisi ostida, tashqi quloq pastida va qisman ustida joylashadi va orqa tomondagi pastki jag' suyagi chuqurchasiga boradi. Bez alohida-alohida bo'lakchalardan iboart bo'lib, ularning naychalari markaziy nayga qo'shiladi. Bezning og'irligi 25-30 g. fibroz parda bilan o'ralgan. Yuqori jag'ning ikkinchi oziq tishlar soxasida ochiladi. Quloq oldi bezi oqsilga boy tiniq so'lak ajratadi.
Pastki jag' osti bezi-15 g bo'lib, pastki jag' suyagi osti chuqurligida joylashgan. Uning chiqaruv nayi til ostidagi so'rg'ichlarga ochiladi.
Til osti bezi-og'rligi 5 g bo'lib, pastki jag' suyagi ichki yuzasidagi shu nomli chuqurcha ustida joylashgan.
Xalqum yoki yutqin voronkaga o'xshash, pastga tomon torayib tuzilgan. U kalla suyagining tubi( asosi) dan boshlanib, og'iz va burun bo'shliqlariga keng ochilib turadi. Xalqumni (orqa tomondan) umurtqa pog'onasi va undagi muskullar chegaralaydi, oldingi tomonda hiqildoq joylashib, xalqumga tutashib turadi.
Xalqum bo'shlig'i uch qism ( burun, og'iz va hiqildoq) dan iborat. Halqumning burun qismi eng tepa qismi,burun bo'shlig'iga bir juft xoana (bo'shliq)lar orqali qo'shilib turadi. Uning pastki chegarasi yumshoq tanglay ro'parasida bo'lib, unga o'sha yerdan quloq bilan tutashtiruvchi eshituv nayi boshlanadi.
Halqumning og'iz qismi old tomondan tomoq orqali og'iz bo'shlig'iga tutashadi. Shu qismdan havo ovqat o'tadigan umumiy yo'l uni yumshoq tanglay tartibga solib turadi. Halqumning hiqildoq qismi bir muncha kalta, u hiqildoqning orqa tomonida joylashgan, pastdan esa qizilo'ngach qo'shilib ketadi. Halqumning devori 3 qavatdan ichki- shilliq parda , o'rta-muskul parda va tashqi biriktiruvchi to'qima pardadan iborat. Muskul parda ko'ndalang targ'il muskullardan tuzilgan. Cherepisaga o'xshab ustma-ust joylashgan halqumning 3ta (yuqori, o'rta va pastki) qisuvchi muskullari farq qilinadi. Bundan tashqari xaoqumning kvtaruvchi 2 juft muskuli mavjud: bigizsimon o'siq, halqum muskuli,halqum tanglay muskuli.
Qizilo'ngach 25-30 sm uzunlikda,muskuldan tuzilgan bo'lib yuqoridan 6 chi bo'yin umurtqasining ro'parasidagi halqumdan boshlanadi. U bo'yin va ko'krak soxasidan diafragma orqali qorin bo'shlig'iga o'tib, 11-ko'krak umurtqasi ro'parasida kirish qismiga ulanadi. Qizilo'ngach joylashishiga qarab 3 bo'limga bo'linadi : yuqori bo'yin qismi 6-7-bo'yin umurtqalari chegarasiga to'g'ri keladi, o'rta ko'krak qismi yeng uzun qismi bo'lib, 1 va10-11-chi ko'krak umurtqalari ro'parasiga to'g'ri keladi. Pastki qorin qismi yeng kalta taxminan 1-2 sm bo'lib, diafragma orqali me'daning kirish qismiga qo'shiladi.
9-ko'krak umurtqasi sohasida, qizilo'ngachning old tomonida aorta joylashadi va u biroz chap tomonga surilib diafragma orqali qorin bo'shlig'iga o'tib ketadi. Qizilo'ngachning yuqori 1G'3 qismi ko'ndalang-targ'il muskuldan tuzilgan, uning pastki 2G'3 qismi silliq muskuldan iborat. Shilliq osti qavatida joylashgan qizilo'ngachning xususiy bezlari o'z suyuqliklarini qizilo'ngach bo'shlig'iga chiqaradi.
Qizilo'ngachning 3 fiziologik toraygan joyi mavjud: 1-
qizilo'ngachning boshlang'ich qismi (halqumdan boshlangan joyida), 2-kekirdakning 2 ta bronxga bo'lingan yo'li (qizilo'ngachning bronx bilan kesishgan soxasida) 3-qizilo'ngachning diafragmadan o'tish joyi.
Me'da hazm kanalining eng kengaygan qismi bulib, qorin bo'shlig'ining yuqori sohasida joylashgan. Uning ko'p qismi chap tomondagi qovurg'a osti soxasida, oz qismi qorin bo'shlig'i tepa bo'lagining o'rta qismida joylashgan. Me'daning shakli nokka yokiretortaga (idishga) o'xshaydi. O'rta yoshdagi odamlarga hajmi taxminan 1-3 l (ba'zida undan ko'proq) bo'ladi. Me'daning old va orqa devorlar yuqorida kichik pastda katta egriliklarni hosil qiladi. Me'daning kirish va chiqish qismlari tafovut qilmnadi. Me'daning oldingi devori qorin devoriga tegib tursa, orqa devori me'da osti bezi, chap buyrak va uning usti beziga, taloqqa tegib turadi. Me'da qorin parda bilan atrofdan o'ralgan. Me'da bezlari joylashishiga qarab quyidagi 3 turga bo'linadi va birgalikda me'da shirasini ishlab chiqaradi:
Kardial bezlar: 2) me'da (xususiy) bezlari, ular me'daning tubi va tanasidan juda ko'p miqdorda hujayralar-pepsinogen fermerti, qoplovchi hujayralar esa xlorid kislotasi ishlab chiqaradilar: 3) pilorik bezlar-asosan shilliq modda ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, shilliq parda tarqoq joylashgan limfatik follikulalar uchraydi.
Me'daning chiqish qismida shilliq parda xalqasimon burma hosil qiladi. O'ziga xos qopqoq (klapan) deyiladi. Muskul pardasi ancha baquvvat bo'lib, uch yo'nalishda joylashgan, uning tashqi qismi uzunasiga yo'nalgan, o'rta qavati xalqasimon joylashgan, ichki qismidagi muskul tolalari esa qiyshiq yo'nalgan. Uzunasiga yo'nalgan muskul tolalari odatda kichik vakatta egrilikda yaxshi rivojlangan bo'ladi. Xalqasimon yo'nalgan muskul tolalari esa me'daning hamma qismlarida yaxshi takomil etgan bo'lib, chiqish joyida zichlashadiva qisuvchi (sfinkter) muskulga aylanadi. Qiyshiq yo'nalgan muskul tolalari me'daning tanasi tubida yaxshi takomil etgan.
Ingichka ichak. Qorin bo'shlig'ida me'daning chiqish qismidan boshlanadi. Uzunligi 5-6 metrgacha boradi. Ingichka ichak 3 qismdan iborat:
O'n ikki barmoq ichak-ingichka ichakning boshlang'ich qismi bo'lib, uzunligi 25-30 sm.
Och ichak o'n ikki barmoq ichakning davomi bo'lib, ingichka ichakning 2 va 5 qismini tashkil etadi.
Yonbosh ichak-ichakning 3 va 5 qismini tashkil etadi.
O'n ikki barmoq ichak qorin devorining orqa qismida 1-3 bel umurtqalari ro'parasida «taqa» shaklida joylashgan. O'n ikki barmoq ichakning quyi tushuvchi qismiga me'da osti bezi yo'li hamda umumiy o't yo'li qo'shiladi va shilliq pardada so'rg'ich hosil qiladi.
Och ichak va yonbosh ichak qorin bo'shlig'ining ko'p qismini egallaydi. Och ichak qorin bo'shlig'ining yuqori qismini ishg'ol qilsa, yonbosh ichak qorin bo'shlig'ining pastki qismida joylashgan. Shilliq parda ichakning eng ichkarisida joylashgan bo'lib, shilliq osti qavati tufayli harakatchan bo'ladi va burmalar hosil qiladi. Shilliq parda yuzasida taxminan 4mln ga yaqin, 1 mm joyda 20-40 dona vorsinkalar mavjud.
Vorsinkalar va ular ostidagi o'raga o'xshash chuqurchalar silindrik epiteliy bilan qoplangan bo'lib, unda juda ko'p mikrovorsinkalar tutadi. Ingichka ichakning shilliq pardasida shilliq ishlovchi qadoqsimon hujayralar va ichak shirasini chiqaruvchi hujayralar joylashgan. Ingichka ichak shilliq pardasining yuzasidagi vorsinkalar orasida liberkyun bezlari bor, naysimon bu bezlar ichak shirasini ishlab chiqaradi, ular faqat 12 barmoq ichakda bo'ladi.
Yo'g'on ichakka ko'richak, chambar ichak, sigmasimon ichak va to'g'ri ichak kiradi. Yo'g'on ichakning uzunligi 1,5-2 metr, diametri 4-8 sm. Yo'g'on ichakka ingichka ichak qo'shiladigan joyning pastrog'ida ko'r ichak bor, undan chuvalchangsimon o'simta chiqadi. Ko'r ichak o'ng yonbosh chuqurchada yotadi, uning o'rni o'zgarib turadi.Chuvalchangsimon o'simtaning vaziyati ham shunga yarasha o'zgaradi. Uning uzunligi 3-15 sm, dimetri 3,5 mm devori shilliq parda muskul qavati va seroz pardadan iborat. Qorin bo'shlig'ining o'ng yarmida ko'r ichakdan yuqoriga qarab ko'tariluvchi chambar ichak ketadi. Bu ichak jigarning o'ng bo'lagining pastki yuzasigacha ko'tariladi, shu yerda qayrilib, ko'ndalang chambar ichakka o'tadi yoki tushuvchi chambar ichakdir. Chap yonbosh suyagining qirrasi ro'parasida tushuvchi chambar ichak sigmasimon chambar ichakka o'tadi. Bu ichak qayrilib chanoq bo'shlig'iga tushadi va shu joyda dumg'aza umurtqasining ro'parasida to'g'ri ichakka o'tadi. Yo'g'on chiakning devori 4 qavatdir, uning shilliq pardasida vorsinkalar yo'q, lekin Liberkyun bezlari bor. Yo'g'on ichak segmentlarga bo'linadi, ular bir-biridan egatlar bilan ajratiladi. Egatning ichida yarim oy burmacha mos keladi. Yo'g'on ichakning do'mpaymalari chambar ichak lentalari va charvi o'siqlari bor.
Jigar qorin bo'shlig'ining yuqori qismida joylashib, tepa yuzasi diafragmaga tegib turadi. Jigarning ko'p qismi o'ng qovurg'a osti soxasida joylashgan. Jigar organizmdagi hazm bezlarining eng kattasi bo'lib, og'irligi 1500 g gacha boradi. Normal holatdagi jigarning pastki qirg'og'i qovurg'a ravog'idan tashqari chiqmaydi. Jigarning pastki yuzasi biroz orqaga qaragan bo'lib, unda parallel joylashgan chap va o'ng sagital chuqur egat va ular o'rtasida ko'ndalang joylashgan.
O't pufagi jigarning o'ng bo'lagining pastki yuzasida, o't pufagi chuqurchasida joylashib, nok shaklidagi a'zo. Uning tubi, tanasi va bo'yni bor. O't pufagining tubi eng kengaygan joydir. O't pufagi o't bo'lib turganda biroz oldinga chiqib qorin devoriga tegib turadi. O't pufagining o'rta qismi tanadan iborat bo'lib, ko'pchilik qismini tashkil etadi. O't pufagi tanasining oldingi toraygan qismi o't pufagining bo'yni hisoblanadi, o't nayiga qo'shilib ketadi. 3-4 sm dagi o't nayi jigardan kelayotgan umumiy jigar o't yo'li bilan qo'shilib, umumiy o't yo'lini hosil qiladi. O't shirasi jigar hujayralaridan tanmasdan ajralib turadi va o't yo'llari sistemasi orqali 12 barmoq ichakka quyiladi.
Mavzu bo'yicha savollar.
Og'iz dahlizi va haqiqiy og'iz bo'shlig'idagi organlar tuzilishining tahlili.
Xalqum va bodomcha bezlarning tuzilishi.
Me'daning tuzilishi, joylashishi.
Jigarning tuzilishi, joylashishi va ahamiyati.
Me'da osti bezi va o't qopining tuzilishi.
Ingichka va yo'g'on ichaklarning tuzilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |