ICHKI SEKRESIYA BEZLARI
Maqsad: Ichki sekresiya bezlaring ahamiyati, kelib chiqishiga ko'ra bronxogen, neyrogen, xromofin bezlar ekanligi. Har bir bezning joylashgan o'rni, ishlab chiqargan garmonining organizmga ta'siri haqida tushunchalar.
Darsning rejasi:
Odam organizmidagi bezlar.
Ichki sekresiya bezlaring kelib chiqishi.
Qalqonsimon bez.
Qaqonoldi va ayrisimon bezlar.
Gipofiz va epifiz bezlari.
Buyrak usti bezlari.
Me'da osti va jinsiy bezlar.
Tayanch so'zlar: endokrin, garmon, neyrogumoral, bronxogen, neyrogen, xromofin, follikula, timus, neyrogepo, vozopressin, oksitosin, gipofiz, epifiz, mezoderma, ektoderma, langergans, moyak, tuxumdon.
Ichki sekresiya bezlari odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo'lib, kimyoviy aktiv moddalar ishlab chiqaradi. Bu modda garmon deyiladi. Garmon bezning to'qimasidan qon va limfaga quyiladi hamda butun organizmga tarqalib nerv sistemasi va barcha to'qima, organlar faoliyatiga ta'sir ko'rsatadi. Yuksak darajada rivojlangan hayvonlar va odam organizmining faoliyati neyro gumoral bilan boshqariladi.
Odam organizmida 3 xil bez bo'ladi:
1. Tashqi sekresiya bezlari. Bularga teridagi ter, yog', sut, so'lak hamda oshqozon va ichaklarning shilliq qavatidagi shira ajratuvchi bezlar kiradi.
2. Ichki sekresiya bezlari. Bular odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo'lib, ulardan ishlab chiqarilgan garmonlar organizmning ichki muhitiga, ya'ni qon va limfaga quyiladi. Ichki sekresiya bezlariga gipofiz, qalqonsimon, qalqon oldi, ayrisimon, buyrak usti bezlari kiradi.
3. Aralash bezlar. Bularni to'qimasi 2 qismdan iborat. Bir qismidan ishlab chiqilgan mahsulot tashqi muhitga chiqariladi, ikkinchi qismidan ishlab chiqarilgan mahsulot qon va limfaga quyiladi.
Garmonlar organlarning funksiyasiga, o'sish va rivojlanishiga ta'sir etadi. Barcha ichki sekresiya bezlari juda ko'p vegetativ nerv sistemasining tolalari bilan ta'minlangan. Bezlar funksiyasi nerv sistemasi orqali boshqariladi. Bezlar ishlab chiqargan garmonlar nerv uchlari va markazlariga ta'sir etadi.
Ichki sekresiya bezlari kelib chiqishiga ko'ra quyidagilarga bo'linadi:
Bronxogen bezlar embrion rivojlanishda bosh ichakning jabra qoldiqlaridan rivojlanadi. Bularga qalqonsimon, qalqon oldi, ayrisimon bez va gipofizning oldingi bo'lagi kiradi.
Xromofin bezlar vegetativ nerv sistemasidan hosil bo'ladi. Bularga buyrak usti va tugun oldi bezlar kiradi.
Neyrogen bezlar oraliq miyaning devoridan hosil bo'ladi. Bularga gipofizning orqa qismi, epifiz bezlari kiradi.
Qalqonsimon bez yumshoq toq organ bo'lib, 25-30 g. u o'ng va chap bo'laklardan iborat. Bu bez traxeya bilan hiqildoqni old va yon tomonlardan o'rab turadi. Bolalarda bu bez kattalarga nisbatan yuqoriroqda joylashgan.
Qalqonsimon bez mayda bo'laklardan tashkil topgan bo'lib, har bir bo'lagi mikroskopik pufakchalardan-follikulalardan tuzilgan.
Follikulalarning dmr 40-100 mm bo'lib, ichi sarg'ish rangli cho'ziluvchan kolloid modda bilan to'la. Unda tarkibida 65 % yod saqlagan tiroksin garmoni bo'ladi. Qalqonsimon bez 4 ta arteriyadan keladigan qon bilan ta'minlangan. Bu bez bir necha xil garmon ishlab chiqaradi. Bu garmonlar organizmda moddalar almashinuvini kuchaytiradi, o'sishga ta'sir etadi. Jinsiy balog'atga yetish davrida bu bez kattalashadi, qariganda kichrayadi.
Qalqon oldi bezlari. Ichki sekresiya bezlarining eng kichigi bo'lib, vazni 0,5 g. Qalqonsimon bezning o'ng va chap bo'laklarining orqa tomonida bir juftdan joylashadi. Bu bezlar paratireodin ishlab chiqaradi. Bu garmon suyak va tishlarning o'sishiga ta'sir qiladi va organizmda kalsiy almashinuviga yordam beradi.
Ayrisimon bez to'shning orqasida, perikard va yirik tomirdan yuqorida joylashgan bo'lib, o'ng va chap bo'laklardan tuzilgan yumshoq biriktiruvchi to'qima bilan o'ralgan. Yangi tug'ilgan boolada bezning vazni 13 g, 5 yoshda 23 g, 11-15 yoshda 37,5 g, 16-20 yoshda 25,5 g, 36-45 yoshda 16 g, 46-55 yoshda 12 g bo'ladi. Ayrisimon bez mag'iz va po'stloq qavatlardan tuzilgan. Po'stloq qavatida limfositlar ko'p. Bu bez bolalning balog'at yoshigacha morfologik funksional jihatdan rivojlanib borib, balog'atga yetgandan so'ng asta-sekin qayta rivojlanadi, ya'ni vazni kamayib, funksiyasi asta-sekin yo'qolib boradi.
Gipofiz bezi miya asosida, turk egarida joylashgan bo'lib, vazni 0,5-0,7 g. bu bez toq bo'lib, orqa, oraliq va oldingi bo'laklarga bo'linadi.
Orqa bo'lagi yoki neyrogipofizdan vozopressin garmoni ishlab chiqiladi, u silliq tolali muskulni (bachadon) qisqartiradi.
Oraliq bo'lagidan oksitosin garmoni ishlab chiqariladi. Oksitosin qon bosimini ko'taradi, siydik ajralishini kamaytiradi.
Oldingi bo'lagidan yoki adinogipofizdan bir necha hil garmon ishlab chiqiladi. O'sish garmoni, sut ajralishiga ta'sir etuvchi, jinsiy bezlarning rivojlanishiga ta'sir etuvchi. Ayrim garmonlar qalqonsimon, qalqon oldi, buyrak usti bezlari sekresiyasini ham kuchaytiradi. Gipofiz garmonlari organizmda oqsillar, yog'lar, uglevodlar almashinuvini boshqaradi. O'rta bo'lagidan ishlab chiqilgan garmon terida pigment hosil bo'lishini boshqaradi.
Epifiz, ya'ni g'urrasimon bez kichik toq organ bo'lib, vazni 0,2 g keladi. U 4 tepalikning ustida joylashgan. Bu bez kichik yoshdagi bolalarda yaxshi rivojlangan bo'ladi. 7 yoshdan boshlab, uning hujayralari biriktiruvchi to'qima bilan almashina boshlaydi. Epifizning garmoni aniqlanmagan. U jinsiy bezlarning rivojlanishini tormozlasa kerak.
Buyrak usti bezlari sarg'ish rangli bir juft yassi organ bo'lib, vazni 7-10 g, uzunligi 5 sm keladi. U buyrakning yuqorisida joylashgan. Ularni buyrak fassiyasi o'rab turadi. Buyrak usti bezlari po'stloq va mag'iz qavatlardan tuzilgan. Po'stloq qavati embrion rivojlanishida mezodermadan, mag'iz qavati ektodermadan hosil bo'ladi. Po'stloq qavat 10-12 yoshda to'liq shakllanadi. Po'stloq qavat ishlab chiqargan garmon kortikosteron deyiladi. ( suv va tuz almashinuvini idora etadi). Mag'iz qavatda adrenalin ishlab chiqariladi. Buyrak usti bezlari normal ishlamasi Addisson (bronza) kasalligi rivojlanadi. Jinsiy garmon androgen va esterogenlar ishlab chiqiladi.
Me'da osti bezi- aralash bezdir. U ishlab chiqargan shira 12 barmoq ichakka quyiladi vaovqatni hazm qilishga yordam beradi. Me'da osti bezining Langergans orolchalari alohida hujayralardan iborat bo'lib, insulin garmoni ishlab chiqaradi. Insulin qand almashinuvi jarayonida muhim rol o'ynaydi.
Jinsiy bezlar (moyak, tuxumdon) tashqariga urug' va tuxum hujayralar, qonga esa garmonlar ishlab chiqaradi. Garmonlar ikkilamchi jinsiy belgilarning rivojlanishiga ta'sir etadi. Ikkilamchi jinsiy belgilarga erkaklarda soqol va mo'ylovning chiqishi, hiqildoqdagi qalqonsimon tog'ayning oldinga turtib chiqishi.
Ayollarda chanoq suyagining kengroq bo'lishi, sut bezlarining yaxshi rivojlanishi, teri ostidagi yog' qavatining yaxshi rivojlanganligi.
Tuxumdon follikulin deb ataladigan garmon ishlab chiqaradi. Bu garmon hayz ko'rishni boshqaradi va ikkilamchi jinsiy belgilarning rivojlanishiga ta'sir qiladi.
Mavzu bo'yicha savollar.
Odam tanasida qanday bezlar bor.
Nima uchun ichki sekresiya bezlari deyiladi.
Ichki sekresiya bezlarining nomini ayting.
Qalqonsimon bezning joylashishi va tuzilishi.
Qalqon oldi bezlarining tuzilishi.
Ayrisimon bez qayerda joylashgan va qanday ahamiyatga ega.
Gipofiz bezi qayerda joylashgan va qanday tuzilgan.
Epifiz bezining joylashuvi.
Buyrak usti bezining tuzilishi.
Me'da osti bezining tuzilishi va qanday garmon ajratadi.
Jinsiy bezlarning tuzilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |