Одам анатомияси фанидан маъруза матни kirish



Download 288 Kb.
bet1/15
Sana02.03.2022
Hajmi288 Kb.
#477635
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Одам анатомияси фанидан маъруза матни


Одам анатомияси фанидан маъруза матни
KIRISH
Maqsad: Anatomiya fanining predmeti, vazifalari va o'rganish usullari hamda biologiya fanlar sistemasida tutgan o'rni. Anatomiya fanining tarmoqlari. Odam anatomiyasining rivojlanish tarixi. Markaziy Osiyo va O'zbekistonda anatomiya fanining rivojlanishida hozirgi zamon tushunchalari haqida talabalarga tushuncha hosil qilish.


Dars rejasi:



  1. Odam anatomiyasi fani va uning vazifasi, o'rganish usullari.

  2. Anatomiya fanining qisqacha tarixi.

  3. O'zbekistonda anatomiya fanini rivojlanishining hozirgi zamon yutuqlari.



Tayanch so'zlar: filogenez, evolyusion, avlod, antropologenezi, organlar, organizm, topografiyasi, individual, proyeksiya, bo'shliq, fassiya, xirurgik, plastik, patalogik, in'yeksiya, rentgen nuri, rentgenoskopiya, antorpometriya, auskultasiya fonedoskopiya, mumiyolash, pnevmo, yan, in, prostata bezi.

Odam anatomiyasi odam organizmining tuzilishini, shaklini uning rivojlanishiga, vazifasiga va atrof muhitga bog'langan holda o'rganadigan fan.


Anatomiya yunoncha (anatemno) kesmoq so'zidan olingan. Anatomiyaning taraqqiy etishi ikki davrga bo'linadi: birinchi davr dalillarni to'plash, ikkinchisi to'plangan dalillarni o'rganish, ularni sistemaga solish, taraqqiyot qonunlarini aniqlashdan iborat.
Hozirgi anatomiya fani faqat organlarning tuzilishini o'rganish bilan chegaralanib qolmay, ularning shakllari (ko'rinishlari)ni ichki va tashqi muhitga bog'langan holda o'rganadi, butun organizmga yagona bir sistema deb qaraydi. Anatomiya odam organizmining tuzilishini, uning evolyusion taraqqiyoti-filogenezi (phylon-avlod; genesis-taraqqiyot) hamda odamga aylanish prosessi-antropogenezi (anthropos-odam) nuqtai nazaridan o'rganadi. Antropogenezni o'rganishda qiyosiy anatomiya materiallaridan keng foydalaniladi. Anatomiyada organlarning organizmda joylashish tartibiga va o'zaro munosabatlariga, topografiyasiga, ularning jinsiy tafovutlariga va individual xususiyatlariga alohida ahamiyat beriladi. Anatomiya hamma organlarning shaklini, tashqi ko'rinishini, tuzilishini, ularning bajaradigan vazifalariga bog'langan holda o'rganadi (fuksional anatomiya), chunki organlarning tuzilishi ularning vazifalari bilan bevosita bog'liqdir. Organlarni izchillik bilan o'rganishdan tashqari ularning joylashishi tartibi, proyeksiyalari va o'zaro munosabatiga, ular o'rtasidagi bo'shliqlar, fassiyalarga ham katta ahamiyat beriladi, chunki busiz xirurgiyani tasavvur qilib bo'lmaydi.
Anatomiyaning ana shunday bo'limi xirurgik anatomiya yoki topografik anatomiya deb ataladi. Rassomlar va haykaltaroshlar ham organizmning ayrim qismlarining o'zaro munosabatlarini, ularning tashqi tuzilishla rini (rassomlar anatomiyasi yoki plastik anatomiya) o'rganadi. Anatomiya fani organlarning faqat normal tuzilishini o'rganish bilan cheklanib qolmasdan, balki ularning kasallik vaqtidagi o'zgarishlarini ham (patalogik anatomiya) o'rganadi.
Anatomiyani o'rganish usullari. Murdani kesish (tilish) usulining birgina o'zi anatomiyani o'rganish va har tomonlama aniq to'la ma'lumot olish uchun kifoya qilmaydi. Shuning uchun ham P. F. Lesgaft anatomiyani faqat tirik odamda o'rganishni taklif etdi. Shunga ko'ra, tirik odam ham, murda ham turli usullar bilan o'rganiladi.

  1. Kesib ochish usuli qadimiy usullardan biri bo'lib, hozirgi kunda ham keng qo'llaniladi.

  2. Arralash usulini birinchi marta N. I. Pirogov taklif etgan va qo'llagan. Bunda avval murda qattiq muzlatiladi va o'rganiladigan qismlar ko'ndalangiga arralanadi. Bu usulda organlarning joylashishi, bir-biriga munosabati (topografiyasi) va ularning fassiyalari o'zgarmagan holda aniq ko'rinadi.

  3. In'yeksiya usuli-XVI-XVIII-asrlarda qo'llanilgan bo'lib, ichi kovak organlarga har xil kimyoviy moddalarni quyish (yuborish) yo'li bilan ularning bo'shliqlarini to'ldirish va turli rang berishdan iborat.

  4. Yoritish (ravshanlashtirish) usuli XIX-asrda turli xildagi suyuq kimyoviy moddalar yordamida to'qimalar yoki butun-butun orga nlar yoritildi, ravshan qilib ko'rildi. Bu usul aksari qon tomirlarni o'rganish uchun qo'llaniladi.

  5. Rentgen nuri yordamida o'rganish usuli. K.Rentgen (1895) nurini kashf qilgan davrdan qo'llanib kelinadi. Rentgen nurlari yordamida ayniqsa suyaklarning rivojlanishini kuzatish mumkin. Ichki organlarning ichini (tirik odamlarda) rentgen nurlarini tutib qololmaydigan nur tutuvchi kimyoviy moddalar to'ldirish yo'li bilan o'rganish mumkin, rentgen qilinganda bu organlar yaqqol ko'rinadi. Organlarni rentgen nurida ekranda ko'rish rentgenskopiya, suratini olish.

Antropometriya (o'lchash) usuli–eng oson usul bo'lib,bunda gavdaning uzunligi, og'irligi va kengligi o'rganiladi, olingan natijani organizmning ayrim qismlariga taqqoslash yo'li bilan rivojlanish prosessida har xil o'zgarishlar aniqlanadi va kuzatiladi
Paypaslab ko'rib o'rganish usuli.Bunda sirtdan paypaslab, barmoq yoki bolg'acha bilan asta-sekin dukillatib ko'rish yo'li organlarning chegaralari aniqlanadi.
Auskultasiya eshitib ko'rish usuli-stetoskop va fonendoskop yordamida yoki quloqni odamning badaniga qo'yib eshitib ko'rish yo'li bilan organlarning ishlab turgan vaqtidagi tovushlarini eshitish mumkin.
To'qimalarni maxsus bo'yoqlar bilan bo'yab, mikroskopda ko'rib o'rganish usuli. Bulardan tashqari, odam organizmini o'rganishda lupalar, oddiy va elektron mikroskoplardan foydalaniladi. Bular yordamida organlarning eng mayda va nozik tuzilishlarini fotosuratga olish
Anatomiya fanining rivojlanish tarixi. Qadimgi Sharq mamlakatlari –Assuriya, Hindiston, Misr, Valiloniya hamda Xitoy dindorlari o'sha zamonlarda odam murdasini kesib o'rganish katta gunoh deb hisoblangan. Shu munosabat bilan murdani kesib o'rganishga uringan odamlarga o'lim jazosini berilgan. Misrda zodagonlarning murdalarini mo'miyolash odati bor edi. Shu tufayli, odam anatomiyasi to'g'risida har xil noto'g'ri fikrlar paydo bo'ldi. Jumladan eramizgacha XIX-XVIII asrlarda yozilgan ayurfeda (Hayot ilmi) da gavdada uchta narsa borligi yozilgan: ulardan biri kindikdan pastda joylashgan havo, ikkinchisi kindik bilan yurak o'rtasida joylashgan o't va kindikdan yuqoriroqda joylashgan shilliqdir.
Xuddi shu davrda Xitoyda organizmning rivojlanishi haqida ikki xil fikr surar edi: bu fikrlardan biriga ko'ra, hayotning ruhiy manbai havo (pnevmo) hisoblanib, uning aktiv qismi –«Yan» deb ataladi. Boshqa fikrga ko'ra passiv qism, ya'ni ayollar qismi «In» bo'lib, moddiy negizi qon hisoblangan.Natijada, «Yan» bilan «In»ning organizmdagi nisbatlariga qarab, odam organizmining rivojlanishini, sihat- salomatligini, kasalligini aniqlash va o'rganishga urinib ko'rildi. Qadimgi Yunonistonning ko'pchilik olimlari, jumladan Gippokrat, Pifagor, Alkmeon va boshqa allomalar tabiiy fanlarni rivojlanishiga katta hissa qo'shganlar.
Pifagor (eramizdan 590 yil ilgari yashagan) mashhur faylasuf–matematik bo'lib, tirik narsalarning hammasi urug'dan paydo bo'ladi degan fikrni olg'a surgan. Alkemon Krotonskiy o'zining fan soxasidagi kuzatishlariga asoslanib, birinchi bo'lib miya aqlning fikrlash markazi ekanligini aytdi. Keyinchalik atoqli yunon olimi Anaksagar miyani kesib o'rgandi.
Gippokrat (460-377 yil ilgari yashagan) vrach o'z kuzatishlari va tekshirishlari asosida yozgan 72 ta asrlaridan 2000 yil mobaynida foydalanib keldi.Uning «Qadimgi medisina to'g'risida», «Havo, suv va boshqa zaminlar to'g'risida», «Suyaklarning sinishi to'g'risida» kabi asarlari shular jumlasidan. Bundan tashqari, yurak va qon tomirlarining tuzilishini o'z asarlarida bayon etdi. Gippokrat yurakda muskul qavati borligini bilgan.Gippokrat murdani yorib o'rganish din tomonidan butunlay taqiqlangan bir davrda bosh suyaklardan ba'zi birlarini (ayniqsa, tepa qismidagi suyaklarini) o'rganib, bosh suyaklari ichining ilma-teshik ekanini va bu suyaklar bir-biri bilan choklar yordamida birlashganini aniqlagan. Gippokrat organizmdagi muskullarning alohida-alohida ekanligini inkor qilib, gavdani faqat muskul qismiga ajratadi. Nervlarni paylardan farq qilaolmadi,arteriyada, havo yuradi deb faraz qildi. Qon tomirlar esa paylar orqali tarqaladi, shu tomirdagi qonning bir qismi ter bo'lib, gavdaning sirtiga chiqadi,qolgan qismi esa organizmning rivojlanishi uchun sarf bo'ladi,deydi. Aristotel nervlar bilan paylanish boshqa-boshqa ekanini aniqladi, ba'zi arteriyalarning aortadan boshlanishini bildi va organizm qon,yog',tog'ay suyak to'qimalaridan iborat deb yozdi.
Aristotelning fikricha, nervlarning ichi kovak bo'lib (poroi) bosh miyada hosil bo'ladigan hayot ruhi esa yurakning chap qismida qon bilan havodan hosil bo'lib, aorta va uning tarmohlari orqali organizmga tarqaladi. U yurakni uch bo'limga–kameradan, qon aylanish sistemasini aniq bila olmadi, noto'g'ri tushundi.
Gerofil bosh miyaning tuzilishini, uning qorinchalarini, pardalarini, tomir chigallarini, vena bo'shliqlarini va nervlarini tekshirgan. Qon tomirlarini paylardan, arteriyani venadan ajratgan va juda mayda qon tomirlar borligini aniqlagan. Bundan tashqari, o'n ikki barmoq ichak, prostata bezi, ichak charvilaridagi limfa tomirlar, ko'zdagi shishasimon tana, qon tomirlar, to'rsimon pardalar va o'pka venalarini kashf etgan.
Galenning anatomiya soxasidagi xizmati katta: uning suyaklar klassifikasiyasi va boylamlari haqidagi ma'lumotlari hozirga qadar o'z ahamiyatini saqlab kelmoqda. U bir qancha muskullarni o'zi tekshirgan va ularning qisqarishlarini nervlarga va bosh miyaga aloqadorligini aniqlagan.
Galen bosh miyaning bo'limlarini, uning venasini hamda orqa miyaning tuzilishini aniqlagan. U 12 juft bosh miya nervlaridan 7 juftini bayon etdi. Bular ko'ruv nervi, ko'zni harakatlantiruvchi nerv, uch shoxli nerv, tanglay nervi, eshitish nervi, yuz nervi va adashgan (til osti nervi) nervlaridir.
Abu Bakir ibn Tufayli (1110-1185) yillarda ijod etgan, medisinani chuqur bilgan bu olimning anatomiya sohasidagi ishlari diqqatga sazovor. U hayvonlarning o'liklarini kesib o'rganish natijasida organizm hayotida nerv sistemasi bosh (yetakchi) rolini o'ynaydi, degan fikrni bayon qiladi va isbotlaydi
Leonardo da Vinche, Galenning anatomiyadagi noto'g'ri tushunchalarini birinchi bo'lib fosh qilgan bo'lsa, Andrey Vezaliy va Vilyam Garvey unga qaqshatkich zarba berdi, ob'yektiv anatomiyaga asos soldi.
Leonardo da Vinchi dunyoda birinchi bo'lib odam organizmidagi ayrim organlarning, chunonchi dumg'aza suyagi, umurtqa pog'onasining bukilgan qismlari, juda ko'p muskullar, ichki organlar, yurak qopqoqlari, to'siqlari bosh va orqa miya qorinchalari, nervlar, ko'z va organlarning rasmlarini chizdi va tasvirladi. Leonarda da Vinchi 12 juft qovurg'a borligini ko'rsatdi.
Vazeliyning 1543 yilda bosilgan «Odam tanasining tuzilishi to'g'risidagi 7-kitobida» da odam organlarning anatomiyasi haqida deyarli mukammal ma'lumot berildi. Bu asarga: suyak, boylamlar va muskullar, tomirlar,nervlar, ichki organlar (hazm organlari sistemasi va jinsiy organlar), yurak va nafas organlari miya va sezgi organlari kiritiladi.
Gabriel Fallopio (1523-1562) tarixda birinchi bo'lib suyaklarining, ayniqsa, bosh suyaklarning rivrjlanishi, tuzilishi,muskullarini, jinsiy organlarini, eshituv va kiruv organlarini har taraflama batafsil o'rgandi va «Anatomik kuzatishlar» kitoboni yozdi.
Garvey o'z tajribalari asosida yurak va qon tomirlari anatomiyasini o'rgandi vatarixda birinchi bo'lib katta qon aylanishi sistemasini aniqladi. Yurak to'rt xonali muskuldan iborat xaltacha bo'lib, unda ma'lum tartibda qopqoqlar (to'siqlar) joylashganidan Garvey uni nasosga o'xshatdi va qonni tomirlarga qisqarish kuchi bilan uzatib berishni tushuntirdi.
Marchelo Malpigi bir qancha a'zolarning tuzilishini mikroskop yordamida tekshirdi va terining mikroskopik tuzilishini «Malpigi qavatini», qora jigarda (taloqda) va buyrakda tanachalarni topdi, shuning uchun ham ularga Malpigi tanachalari deb nom berildi.
N.I.Pirogov (1810-1881) rus olimi, topografik anatomiya va xirurgiyaning asoschisi, odam organizmidagi a'zolarni joylashish tartibi va o'zaro munosabatlarini (topografiyasini) tabiiy holda o'rganish uchun murdani muzlatib, qotirib, so'ng ko'ndalangiga kesib, arralab ko'rish usulini taklif etadi.
Yuqorida nomlari zikr qilingan olimlar qatorida hazm organlari sistemasini o'rganishda, S.N. Kasatkin, P.O.Isayevlar, qon tomirlari va limfa sistemasini o'rganishda esa V.V. Ko'priyanov, M.G.Prives, I.V.Izmaylov, A.N.Natishvililar, anatomiyani badantarbiyaga tadbiq qilishda esa M.F.Ivaniyskiy, N.F.Dovgyalolar, nerv sistemasini o'rganishda F.A.Volinskiy, S.B.Dzugayeva, I.S.Kudrin, L.A.Shangina. O'zbekistonda esa K.A.Zufarov, N.K.Ahmedov, R.E.xudayberdiyev va boshqa olimlar anatomiya fanining rivojlanishiga munosib hissalarini qo'shmoqdalar.



Download 288 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish