MUSKUL SISTEMASI Maftun
Maqsad: Muskullar va ularning funksiyasi. Organizm uchun muskullarning ahamiyati. Muskullarning tuzilish shakli, tanada joylashishi, anatomik va fiziologik xususiyatlari. Silliq, ko'ndalang targ'il va yurak muskullarining tuzilishidagi farqi, ularning ishlashi, charchashi va richaglar qonuni tushunchalari. Antogonistik, sinergetik muskullar hamda paylar, boylamlar, g'altaklar, fassiyalarning ta'rifi. Muskulning qisqarish turlari va kuchi. Muskullaring rivojlanish etaplari. Muskul rivojlanishida jismoniy mashqning ahamiyati. Tanadagi muskul guruhining shakli, bajaradigan vazifasi hamda tushunchalar
Bosh va bo'yin muskullari. Ularning fassiyalari. Boshning mimika va choynov muskullarining ta'rifi. Bo'yinning yuza muskullari, til osti suyagiga birikuvchi va til osti suyagidan pastdagi muskullari, ularning birikishi va vazifasi. Gavda muskullarining joylashishi va ahamiyati. Orqaning yuza va chuqur muskullari, ko'krak va qorin muskullari, ularning funksiyalari va tanadagi vazifasi. Gavda muskullarining fassiyalari, birikishi va boylamlari, ularining nafas olishda va qorinning tarangligini rivojlanishiga mashq qilishning ta'siri haqidagi ma'lumotlar bayon qilingan-(2 soat).
Qo'l-oyoq muskullari. Yelka kamari va qo'l muskullari, ularing gavda bo'g'imlari bilan bog'lanishi, fassiyasi. Yelka kamaridagi va erkin qo'l muskullari guruhi harakatlarini ta'minlab turishida, ularning suyaklarga birikishini va bajaradigan vazifasini ta'rifi. Bilak, tirsak va panja muskullari haqida ma'lumotlar. Chanoq-son soxasidagi muskullarning umumiy tasnifi. Odam tanasining tik holatda saqlanish mexanizmi. Inson o'tirganida bo'g'imlarning holati va qaysi guruh muskullar hisobiga tana muvozanatini ushlab turishidagi ma'lumotlar
Darsning rejasi
Muskullar harakat organlar sistemasining ahamiyati.
Muskullarning shakli, tuzilishi va fassiyasi.
Muskullarning birikishi va muskullarning ishi, qisqarish turlari va kuchi.
Bosh va bo'yin muskullari fassiyalarining ta'rifi.
Bosh muskullari va fassiyasining tasnifi.
Gavda muskullari va fassiyasi. Orqaning yuza, chuqur muskullari, ko'krak va qorin muskullari, ularning fassiyalari tanadagi vazifalari.
Yelka kamari va erkin qo'l muskullarining gavda bo'g'imlari bilan bog'lanishi va fassiyasi.
Chanoq-son muskullari va fassiyalarining tasnifi, tos-son bo'g'imidagi harakatlari.
Tayanch so'zlari: fassiya, atrofiya, falaj, targ'il, ixtiyoriy endomizium, perimizium,ilofi, pay, serbar, duk, dumi, sinovial qini, sinergist, antogonist, ikki qorinli, koordinasiya, aponevroz, g'altak, sesamasimon, amplstuda, trapesiya, serbar, rombsimon, tishsimon, qizilo'ngach, aorta, diafragma, to'sh-o'mrov surgichsimon, muskul, deltasimon, lateral va medial, qanotsimon, yonoq, kulgu, takabburlik va ko'zning doiraviy muskuli, qirra osti va ustki, tumshuqsimon yelka muskuli, pronator, supinator, yonbosh-bel, noksimon, ichki yopiq, mashinachilar, taroqsimon, yarim pay, yarim parda muskullari.
Muskullar organizmda muhim o'rin tutadi. Markaziy nerv sistemasining impulslari ta'sirida gavda muskullari qisqaradi. Oqibatda skelet harakatga keladi va gavda bir joydan ikkinchi joyga ko'chaga ko'chadi. Muskullar harakat apparatining aktiv qismidir. Suyaklar, paylar fassiyalar passiv qismi hisoblanadi. Muskullarda harakat va sezuvchi nervlarning oxiri uchi yotadi. Shuning uchun har bir muskul nerv sistemasi bilan bog'langan. Qon tomirlari bilan yaxshi ta'minlangan moddalar almashinuvida qatnashadi. Har bir muskulda harkatlantiruvchi va sezuvchi tolalar bo'lib, nerv buzilsa muskul artrofiyaga uchrab qisqarish xususiyati yo'qoladi va falaj bo'ladi. O'rta yohli odamlar tanasining 40-42 % muskullar tashkil etadi. Chaqaloq va yosh bolalarda faqat gavda og'irligining 20-22 % ni, qariganda esa 25-30 %ga tushib qoladi. Odam gavdasida 600 ga yaqin skelet muskuli bor: 1. Gavdamizdagi skelet muskullari ko'ndalang targ'il muskul tolalardan tashkil topgan, ularning qisqarishi bizning ixtiyorimizga, ongimizga bog'liq. Shuning uchun ixtiyoriy muskullar deyiladi. Bularga tana, boh, qo'l-oyoq muskullari kiardi. 2. Ichki organlar qon, limfa tomirlaridagi va teri muskullari silliq muskullarga kirib bizning ongimiz va ixtiyorimizga bog'liq emas. Muskullarning funksional va struktura birligi muskul toalsidir. Har bir muskul toalsi ikkinchi muskul tolasi bilan ustini o'rab olgan nozik biriktiruvchi to'qima pardasi endomizium yordamida bog'langan bir qancha muskul tolalari qo'shilib muskul tutamini hosil qiladi. Ustidan tashqi qo'shuvchi to'qima parda peremizium bilan o'raladi. Muskul va muskul gruppalarini biriktiruvchi to'qimalaridan iborat parda-fassiyalar bilan o'ralgan. Fassiyalar tananing va qo'l-oyoqlarni o'rab turadi. Ularga ko'krak, bilak, yelka,son fassiyalari kiradi.
Fassiya g'iloflari zich tolali to'qimalardan tuzilgan: qaysi qavatdagi muskulni o'rab yotishiga qarab chuqur, o'rta yuza fassiya deyiladi. Shuning uchun u juda pishiq va muskullar qisqarganda mexanik cho'zilishiga yaxshigina qarshilik ko'rsatadi. Muskullra ikki uchi bilan paylarga o'tadi va o'sha yordamida skelet suyaklariga birikadi. Ba'zi paylar teriga qo'shilib ketgan. Paylar juda zich biriktiruvchi to'qimalardan pishshiq va baquvvat: boldirning uch boshli muskulining payi 400 kg yukni ko'tarsa, sonning 4 boshli muskul payi 600 kg yukni ko'tara oladi. 1 kv. sm ko'ndalang kesimga et bo'lgan muskul 10 kg yukni ko'tarsa, 1 kv. mm ko'ndalang kesimli pay esa 7 kg yukni cho'zilmasdan ko'taradi.
Tanadagi serbar muskullarda esa pay tortmalari bo'ladi. Shuning uchun aponevrozlar deyiladi. Har bir muskulning go'shtdor qismi tanasi va ikki uchi pay qismlari bor. Uzun muskullarda bundan tashqari boshi va dumi bo'ladi. Muskullarning shakli: duksimon,bir, 2 patli ikki boshli, ikki qorinli, ko'p qorinli bo'ladi. Muskulning ikki uchi ya'ni muskulning ustki uchlari boshi hisoblansa (qo'zg'almas nuqtasi) pastki uchi birikadigan qismi hisoblanib (muskulni qo'zg'aluvchan nuqtasi) muskul qisqarganda qo'zg'aluvchan nuqtasi qo'zg'almas nuqtasiga yaqinlashadi. Tana muskulini qaysi pog'onasiga yaqin turgan bo'lsa, uning boshi qo'l-oyoq muskulini tepaga yaqin turgan qismi ham boshi hisoblanadi. Muskullar shakliga qarab uzun, yassi (serbar), qisqa (kalta) bo'ladi. Uzun muskullar duk shaklida, ular qo'l-oyoqda joylashgan. Muskullarning 2, 3 va 4 ta boshchaligi bor. Ba'zi muskullarning tanasi pay bilan 2 ta va bir qancha qorinchalarga bo'linadi. Uzun muskullarning bir necha dumi masalan: oyoq va qo'l panjasini birikuvchi va yozuvchi umumiy muskul 4 ta dumlidir. Serbar muskullarning paylari plastinka shaklida bo'lib tanada bo'ladi. Ularning tolalari parallel, qiyshiq va doiraviy bo'ladi. Muskul tutamlari payga faqat bir tomondan birlashsa, bir payli muskullar, ikki tomondan qo'shilsa ikki payli muskullar deyiladi. Doiraviy muskullar, ikki tomondan qo'shilsa, ikki payli muskullar deyiladi. Doiraviy muskullar tabiiy teshiklar (og'iz, anal teshigi, ko'z kosasi) atrofida bo'lib, qisuvchi muskullar yoki sfinkterlar deyiladi. Xususiy fassiyalar qalin tortib doiraviy bog'lamlarni hosil qiladi. Ulardan kanallar hosil bo'ladi. Bu kanallar va paylar ichki tomondan sinovial parda bilan qoplangan, bu parda har bir kanalda berk sinovial qinini hosil qiladi. Bu qin sinovial suyuqligi bilan to'la. Bu moy suyuqligini o'tab ishqalanishni kamaytiradi. Muskul va paylarning yopishish joylarida shilliq xaltalar bor, ular suyak do'mboqlvariga, do'nglariga tegib ishqalanishni kamaytiradi. Bir xil funksiyani bajaradigan muskullar sinergistlar deyiladi, qarama-qarshi harakatni bajaruvchi muskullar antogonistlar deyiladi. Murakkab muskullar: ikki boshli,uch, to'rt boshli, ikki qorinli, tishsimon muskullar mavjud. Muskullar bo'g'im orqali ba'zan 2 yoki undan ortiq bo'g'im orqali o'tib harakatni keltirib chiqaradi.
Odam gavdasining muskullari quydagichadir: bosh, bo'yin, ko'krak, orqa, dum, diafragma, qorin, qo'l, yelka, bilak, panja, oyoq va chanoq, boldir va panjalardir. Ularning harkatlari ham turlichadir. Bukuvchi, yozuvchi, yaqinlashtiruvchi, cho'zuvchi, uzoqlashtiruvchi, aylantiruvchi, taranglashtiruvchi, qisuvchi, kengaytiruvchi, ko'taruvchi va tushiruvchi muskullarga bo'linadi. Muskullar hamisha guruh-guruh bo'lib ishlaydi. Har bir muskul ayni vaqtda antogonist bo'shashib turgan bo'lsa shundagina ishlashi mumkin. Shunga muskulni koordinasiyasi deyiladi. Inson yurish vaqtida bir qancha muskullar ishtirok etadi. Ikkala oyoq va tana muskullari juda uyg'unlashgan holda qisqarishi va yozilishi zarur. Shu vaqtda muskullar qisqarishi bilan byoshashuvini muayyan tartibda kuch bilan yuzaga chiqaradi. Shu tufayli harakat tekis va ravon bo'ladi. Harakatlanish uyg'unlashuvi koordinasiyasida nerv sistemasi boshqaradi, muskullarning ishi 3 fazaga bo'linadi: 1. Qarshilikni yengish. 2. Qarshilikni ushlab turish. 3. Qarshilikni kuchiga bardosh bera olmaslik fazasi.
Muskullar odatda suyaklarga pay yoki aponevrozlar yordamida yopishadi. Muskul va paylarning ostida, ularning boshlanish va yopishish paylarida ba'zan shilliq xaltalar uchraydi, ana shu xaltalar paylarning ostidagi suyak do'mboqchalari va do'nglariga tegib ishqalanishni kamaytiradi. Pay o'z yo'nalishini keskin o'zgartirganda suyaklarda do'mboqlar, g'altaklar vujudga keladi. Muskulning suyakka yopishish burchagini kattalashtirish zaruriyati tug'ilsa, paylarning bag'rida sesamasimon suyaklar paydo bo'ladi. Muskullarning yordamchi apparatlari, ularining ishini osonlashtiradi, kuchini ko'paytiradi va richaklar harakatining qo'lamini oshiradi. Ma'lumki, sesamasimon suyaklar (ozza zezamofdca) turli katta-kichiklikdagi yumaloq suyakchalar bo'lib, muskul payini tagida joylashadi va payni suyaklardan biroz ko'tarib, ishqalanishdan saqlaydi, aylanish burchagini oshirib, harkatini kuchaytiradi. Eng katta sesamasimon suyak tizza qopqog'i suyagidir. Muskullar suyaklarga ishqalanmay osongina harakat qilishida sinovial xaltachalar bo'g'im yaqinida joylashib moysimon suyuqlik bilan moylab turadi. Muskullar qisqarganda kalta tortadi, boshlanish va yopishish nuqtalari bir-biriga yaqin keladi. Muskulning kuchi uning tarkibidagi muskul tolalarini miqdoriga va fiziologik diametrining yuzasiga bog'liq, yoki uning ko'ndalang kesim yuziga barobar keladi. Muskulning qisqarish ampletudasi uning uzunligiga bog'liq. Muskul tolasi qancha uzun bo'lsa qisqarish ampletudasi shuncha kalta bo'ladi. Muskullar qisqarishi bilan harakatga keladigan suyaklar turli tuman mexanik richaglarni hosil qiladi. Mexanik richagning tayanch nuqtasi, qarshilik ko'rsatish nuqtasi va kuch qo'yish nuqtasi mavjud. Mexanik richaglar uch xil bo'ladi: «muvozanat richagi», «kuch richagi», «tezlik richagi».
Do'stlaringiz bilan baham: |