Очиқ кодли операцион тизимларда шифрлаш ва архивлашни ташкил этиш


AXBOROTLARNI HIMOYALASHNING KО‘PAGENTLI INTELLEKTUAL TIZIMINI QURISH



Download 2,01 Mb.
bet32/64
Sana30.04.2022
Hajmi2,01 Mb.
#599007
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   64
Bog'liq
5-шўба УМУМИЙ

AXBOROTLARNI HIMOYALASHNING KО‘PAGENTLI INTELLEKTUAL TIZIMINI QURISH


Bekjonov A.F. (TATU, magistir)
Shirinov L.T. (TATU, doktorant)

Kо‘pagentli tizimlarni ishlab chiqish jarayonida agentlarni turlariga qarab vazifalari belgilab beriladi. Istalgan tizimning tayanchi, tizim yaratilishidan erishiladigan maqsad hisoblanadi. Korxonada axborotni himoyalashning intellektual avtomatlashtirilgan tizimining maqsadi quyidagilar:


1. Axborot resurslarini ta’minlangan himoyalanish darajasining talab etilgan darajasi bilan mos kelishini saqlash;
2. Axborotni himoyasiga ketadigan xarajatlarni optimallashtirish.
Aytib о‘tish joizki, axborotni ishonchli himoyasini ta’minlash ustun turadi. Narhlarni optimallashtirish axborotni himoyalash tizimining imkoniyatlarini yuqoridan cheklashda rol о‘ynaydi va axborotni himoyalashning avtomatlashtirilgan tizimini bilan ishlanganda optimallik me’zoni sifatida xizmat qiladi.
Belgilab olingan maqsadga erishish uchun axborotni himoyalashning avtomatlashtirilgan tizimi quyidagi tizimosti tizimlarni о‘z ichiga olishi lozim:
1. Himoyalanganlik darajasini rejalashirish tizimosti tizimi;
2. Korporativ tarmoqdagi foydalanuvchilar harakatlarini koordinatsiyalash tizimi;
3. Axborotni himoyalash vositalarini boshqarish tizimosti tizimi;
4. Himoya obyektini holati tо‘g‘risida ma’lumotlarn yig‘ish tizimsoti tizimi.
Tizimosti tizimlar aniq shajaraga ega. Himoya obyektini holati tо‘g‘risida ma’lumot yig‘uvchi tizimosti tizimi asos bо‘lib, axborotni himoyalashning avtomatlashtirilgan tizimi uchun qayta aloqani ta’minlaydi. Aynan shu tizimosti tizimdan olingan ma’lumotlar axborotni himoyalash bо‘yicha qо‘llaniladigan choralarni samaradorligini nazoratlash va baholash imkonini beradi. Ma’lumot yig‘ish tizimosti tizimi foydalanuvchilar harakatlarini nazoratlash, intellektual axborot tizimini dasturiy-apparat resurslarini inventarizatsiyasini ham amalga oshiradi. Axborotni himoyalashni avtomatlashtirilgan tizimi uchun boshqaruv obyekti nafaqat axborotni himoyalash tizimi balki, qisman axborot tizimi ma’lumotlarini qayta ishlash funksiyasi ham hisoblanadi. Foydalanuvchilar harakatlari va dasturiy ta’minot boshqaruvi imkoniyatlariga ega bо‘lgan holda axborot xavfsizligi tahdidlarini rivojlanishini va amalga oshishini oldini olish mumkin.
Axborotni himoyalashni talab etilgan darajasini rejalashtirish tizimosti tizimi axborotni himoyalashni samaradorligini oshirish imkoniyatini beruvchi asosiy komponenta hisoblanadi. Kо‘plab axborot tizimlari ishlarini tahlili shuni kо‘rsatadiki, axborot resurslari uchun risk darajasiga eng katta ta’sirni axborot resurslarini qiymatini о‘zgarishi kо‘rsatadi. Korxonadagi axborot tizimida qayta ishlanuvchi axborotlar taqsimoti, hajmi, qiymati axborotning hayotiy siklini bosqichlariga bog‘liq bо‘lib, bu ma’lumotlar mahsulotni qо‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan yani, hayotiy sikl hujjat oqimi, tarkibini belgilaydi. Bu qonuniyatlar asosida axborotni eskirish jarayonini hisobga olib, himoyalanuvchi axborot resurslarini qiymatini о‘zgartirilishini rejalashtirish imkoniyati beriladi. Olingan reja axborotni himoyalash bо‘yicha qabul qilingan yechim asosi hisoblanadi. Shunday qilib, himoyalanuvchi aktivlar qiymatini nazoratlash tamoyilini quyidagi tarzda shakllantirish mumkin.
Resurslar qiymatini о‘zgarish rejalari asosida rejalashtirish tizimosti tizimi rejalashtirilgan davrda axborot tizimi uchraydigan risklarni aniqlaydi. Bundan sо‘ng topilgan risklarni minimallashtirish imkonini beradigan axborotni himoyalash tizimini sozlanmalarini aniqlashtirish lozim. Bunday holatni amalga oshirish qiymati minimal bо‘lishi lozim.
Korxona axborotni himoyasini boshqarish tizimi ierarxik tuzilmasi uch stahdan iborat: rejalashtirish sathi, koordinatsiya sathi, bajarish sathi. Boshqaruv tizimini kо‘pagentli yondashuv asosida qurish maqsadga muvofiq. Boshqaruv tizimining asosiy maqsadi axborotni himoyalashda xarajatlarni minimallashtirishda Korxona axborot resurslarini himoyasini talab etilgan darajasini ta’minlash hisoblnadi. Korxona axborotni himoyasini boshqarish tizimi asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:

  • himoya obyekti holati tо‘g‘risida ma’lumot yig‘ish;

  • axborotni qayta ishlash rejalari va holati tо‘g‘risida ma’lumotlar asosida himoya obyektini talab etilgan himoyalanganlik darajasini rejalashtirish;

  • axborotni himoyalash tizimi sozlanmasini tanlovi;

  • axborotni himoyalash tizimi sozlanmasini amlaga oshirish;

  • himoya obyekti holati joriy kо‘rsatkichlari va mos rejalari nazorati.

Xulosa qilib aytganda, mazkur funksiyalarni korxona xavfsizlik ma’murlari – intellektual axborot tizim ishtirokchilari amalga oshiradi, chunki bugungi kunda bunday tahlilni olib borish va murakkab qarorni qabul qilish jarayonini avtomatlashtirish imkonini beradigan texnologiya yо‘q. Asosiy murakkablik shundan iboratki, axborot aktivlarini qiymatini baholash jarayonlari, ularni qiymatini rejalashtirish, kо‘plab tahdidlarni shakllantirish, ularning xarakteristikalarini baholash zaif shakllantirilgan.



Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish