Asbobning umumiy tuzilishi va uning ifodasi
3-rasm. Fotoelektrokolorimetr – KFK-2
Svetofiltrni o‘rnatuvchi tutqich(tutqich atrofida to‘lqin uzunliklari markirovkasi keltirilgan)
Kyuveta bo‘lmasida kyuvetalarni siljitish tutqichi
Fotopriyomnik sezgirligini yoquvchi tutqich(qora rang bilan belgilangan 1, 2 va 3 raqamlari 315-540 nm to‘lqin uzunligi diapazonida ishlash uchun, qizil rangdagilari esa 590-980 nm to‘lqin uzunligi diapazonida ishlash uchun mo‘ljallangan)
Mikroampermetr (ikkita shkaladan iborat: yuqoridagi shkala bo‘yicha nur o‘tkazish koeffitsienti o‘lchansa, pastkisi shkala bo‘yicha eritmaning optik zichligi o‘lchanadi)
Mikroampermetrni past sezgirlikda sozlash tutqichi
Mikroampermetrni yuqori sezgirlikda sozlash tutqichi
Kyuveta bo‘lmasi qopqog‘i
4-rasm.Fotokolorimetriya usulida spektral parchalanish
MASHG‘ULOTNI OLIB BORISH REJASI
Fotometrik tahlilda tushayotgan nurning to‘lqin uzunligini va qo‘llaniladigan svetofiltrni tanlash
Fotometrik tahlilda modda eritmalarini nur yutish oralig‘ini aniqlashda, uni eng yuqori nur yuta oladigan to‘lqin uzunligini tanlab olishga xarakat qilinadi, chunki bu sharoitda modda aniq va sezgirligi yuqori bo‘lib, uning miqdoriy tahlilini olib borishda yaxshi natijalarga erishiladi. Tanlab olingan eng yuqori nur yutishga ega bo‘lgan to‘lqin uzunligi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
A) shu to‘lqin uzunligida yuqori sezgirlikka ega bo‘lishi (ko‘z, fotoelement).
B) Nur yutish sharoitida to‘lqin uzunligini ma’lum darajada o‘zgarishiga qaramasdan olinadigan natijalarni aniqlik darajasini yuqori bo‘lishi.
V) Fotometriyaning asosiy qonuniga bo‘ysunishi kerak.
Eritmalarni optik ko‘rsatkichini aniqlash jarayonida, ularni yuqori nur yutish oralig‘ida (max), yoki optimal nur yutish oralig‘ida (opt), yoki izobestik nur yutish oraliqlarida (izb) olib borishlik talab etiladi.
Bu keltirilgan holatlarni ko‘rib chiqamiz.
1. Agar faqat tekshiriluvchi rangli eritma nur yutsa, bunda boshlang‘ich komponentlar – nur yutmaydi, u holda eritmaning optik ko‘rsatkichi maksimal to‘lqin uzunligida ((max) o‘lchanadi va bunda tekshiriluvchi modda eritmasining maksimal nur yutishi kuzatiladi.
max to‘lqin uzunligida modda eritmasining optik ko‘rsatkich o‘lchamining sezgirligini ko‘tarish imkoniyatini beradi, bu esa molyar koeffitsent qiymati sezgirligini oshirishga yordam beradi.
Fotometriya usulida monoxromatik nurning eng yuqori nur yutish ko‘rsatkichini ((max) monoxromatorlar yordamida ya’ni svetofiltrlar bilan amalga oshiriladi.
Svetofiltr shunday tanlanadiki, tekshiriluvchi moddaning nur yutish spektriga asoslangan holda rangli eritmaning maksimal nur yutish spektri va svetofiltrning, ya’ni eritmaning nur yutish maksimumi svetofiltrning nur yutish minimumiga to‘g‘ri kelishi kerak. (5-rasm).
5-rasm. 1 – nur yutilish chizig‘i, 2 - nur o‘tkazish chizig‘i
Agarda svetofiltrlarning yoki tekshiriluvchi eritmaning nur yutish spektri xarakteristikasi ma’lum bo‘lsa, u holda svetofiltr eritmaning qo‘shimcha rangiga moslab tanlanadi. (1-jadval).
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |