MASHG‘ULOT OLIB BORISH REJASI
Amaliy mashg‘ulotni bajarish uchun uslubiy yo‘llanmalar.
Ushbu amaliy mashg‘ulot atropin, morfin va furatsilinni dori shakllaridan fotokolorimetrik usulda miqdorini aniqlashga bag‘ishlanadi.
Eritmalar konsentratsiyasini optik zichlik bo‘yicha aniqlash
Rangli eritma konsentratsiyasini optik zichlik bo‘yicha aniqlashni ikki xil usulda olib borish mumkin. Standart eritmaning optik zichligi bilan solishtirish orqali, yoki, yanayam aniqroq natijaga erishish uchun kalibrovka grafigini tuzish orqali. Bu holatda tekshiriluvchi eritmadan bir qator turli aniq konsentratsiyada tayyorlanadi (standart eritmalar) ularda kerakli kimyoviy reaksiyalar bajariladi va FEKda optik zichliklari o‘lchanadi. Olingan natijalar abssissa o‘qiga tmodda konsentratsiyasini, ordinata o‘qiga mos optik zichlikni qo‘yish orqali grafik tarzida ifodalanadi. Tekshiriluvchi eritmaning optik zichligini aniqlangach kalibrovka grafigi orqali eritmadagi modda miqdori topiladi.
Bajarilgan tahlil natijalari jadval ko‘rinishida ifodalanadi.
Xulosalar:
Do'stlaringiz bilan baham: |