Monotsitlar – qon tomirlarda 70 soatgacha aylanib yuradi so’ngra u erdan chiqib to’qima (gistiotsitlar) makrofagiga aylanadi. Kislotali muhitda monotsitlar mikroblarni fagotsitoz qilish xossasiga ega, bu paytda neytrofillar faolligi susayadi. Halok bo’lgan leykotsitlar va jarohatlangan to’qimalarni monotsitlar fagotsit qilib yallig’langan sohani tozalaydilar. Monotsitlar komplement tizimi tarkibiy qismining ayrimlarini sintezlaydi. Aktiv monotsitlar va makrofaglar tsitotoksinlar, interleykin (IL-1), o’smalarni nekroz qiluvchi omil, interferonlarni sintezlash natijasida o’smaga, viruslarga, mikroorganizmlarga va parazitlarga qarshi immunitet hosil qiladi, gemopoezning boshqarilishida ishtirok etadi. Monotsitlar qon ivishini (tromboksan, tromboplastinlar), hamda fibrinolizni kuchaytiradigan (plazminogen aktivatorlari) omillarni ishlab chiqaradi.
Limfotsitlar – suyak ko’migida hosil bo’ladi va qonga tushgach to’qimalarda shakllanadi. Ayrisimon bezda shakllanganlari T – limfotsitlar (thymus – so’zidan olingan) deb ataladi. T – limfotsitlarning bir necha turlari mavjud. T – killerlar yoki qotillar (inglizcha tu kill - o’ldirmoq) nishon xujayralarni, jumladan yuqumli kasalliklarni chaqiruvchi mikroorganizmlar, o’sma hujayralar va boshqalarni o’ldiradi. T – xelperlar yoki immunitet qilishda yordamchilar. Ular T – T – xelperlar, hujayra immunitetini kuchaytiruvchi va T – B – xelperlar gumoral immunitetni kuchaytiruvchilardan iborat. T – amplifayerlar T – va V –, ayniksa T – limfotsitlar funktsiyasini kuchaytiradi. T – supressorlar – immun javobni susaytiruvchi limfotsitlar. Ular T – T – supressorlar hujayra immunitetini pasaytiruvchi va T – B – supressorlar – gumoral immunitetni pasaytiruvchilarga bo’linadi. T – shakllantiruvchi (differentsiyalovchi) yoki Td – limfotsitlar qon ishlab chiqaruvchi a’zolarining uzak hujayralari faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi, yani suyak ko’migida eritrotsitar, leykotsitar va trombotsitar hujayralarning hosil bo’lish nisbatiga ta’sir qiladi. T – kontrsupressorlar T – supressorlar faoliyatini susaytirish orqali immun javobni kuchaytiradi. T – xotira xujayralari avval tasir qilgan antigenlar haqida axborotni xotirasida saqlash orqali immun javobni tezlashtiradi.
Limfotsitlarning boshqa turi B – limfotsitlar (bursa – so’zidan olingan) odam va sutemizuvchilarda suyak ko’migida yoki ingichka ichakda joylashgan limfoid – epitelial tizimda shakllanadi. B – limfotsitlar antigenlar va tsitokinlar ta’sirida antitelo ajratib chikaruvchi plazmatik hujayralarga aylanadi. B – limfotsitlarning quyidagi turlari mavjud: B – qotillar, B – xelperlar va B – supressorlar.
B – killerlar ham T – killerlar kabi vazifalarni bajaradi. B – xelperlar antigenlarni tanishtiradi, Td – limfotsitlar va T – supressorlar faoliyatini kuchaytiradi, xujayra va gumoral immunitetlarda ishtrok etadi. B – supressorlar antitelo ishlab chiqaruvchi hujayralar – B– limfotsitlar proliferatsiyasini tormozlaydi.
T va B limfotsitlardan tashqari O – limfotsitlar ham mavjud. Ayrim tadqiqotchilar O – limfotsitlarni natural (tabiiy) killer hujayralar yoki HK – limfotsitlar deb atadilar. HK – limfotsitlar yot hujayralarni «teshib yuboruvchi» perforin deb nomlanuvchi oksil ishlab chiqaradi. Sitotoksik limfotsitlar (STL)proteolitik fermentlar (tsitolizinlar) ishlab chiqaradi va bular yot xujayralarga hosil bo’lgan teshiklar orqali kirib, ularni halok qiladi.
Leykopoez. Barcha leykotsitlar qizil ko’mikda uzaq hujayralardan hosil bo’ladi. Limfotsitlar o’tmishdoshlari o’zak hujayradan birinchi bo’linib chiqadi; limfotsitlarning shakllanishi ikkilamchi limfatik azolarda sodir bo’ladi.
Granulotsitlar va monotsitlar hujayralarning o’tmishdoshlariga tasir qiluvchi maxsus o’sish omillari orqali leykopoez kuchaytiriladi. Granulotsitlarning hosil bo’lishi monotsitlarda, makrofaglarda va T–limfotsitlarda sintezlanuvchi granulotsitar koloniestimullovchi faktor (omil) (KSF - G) ta’sirida kuchayadi, ammo etilgan neytrofillarda sintezlanuvchi – keylon va laktoferrinlar hamda prostoglandin–E lar tasirida susayadi. Monotsitopoez esa monotsitar koloniestimullovchi faktor (omil) (KSF - M), katexolaminlar tasirida kuchayadi. Prostoglandin -E, α- va β – interferonlar monotsit hosil bo’lishini tormozlaydi. Gidrokortizonning katta mikdori monotsitlarning suyak ko’migidan chiqishiga qarshilik qiladi. Leykopoezni boshqarishda interleykinning ahamiyati katta. Ularning ayrimlari (IL-Z) bazafillarni, boshqalari (IL-5) eozinofillarni o’sish, rivojlanishini kuchaytirsa, yana boshqalari esa (IL-2,4,6,7) T va V – limfotsitlar shakllanishini kuchaytiradi. Leykotsitlar va to’qimalarning parchalanishidan hosil bo’lgan moddalar, mikroorganizmlar va ularning toksinlari, gipofizning ayrim garmonlari, nuklein kislotalar leykopoezni kuchaytiradi.
Har xil leykotsitlarning yashash davomiyligi turlicha, ayrimlarining umri bir necha soat, kun, hafta davom etsa, boshqalari odamda bir umr davomida yashashi mumkin.
Leykotsitlar hazm traktining shilliq qavatida va retikulyar tuqimalarda parchalanadi.
Trombotsitlar. Trombotsitlar yoki qon plastinkalari, suyak ko’migining gigant hujayralari-megakariotsitlardan hosil bo’ladi. Trombotsitlar yumaloq yoki biroz oval yassi shaklga ega, ularning diametri 2-5 mkm ga teng. Trombotsitlar yadrosiz, lekin ularda (200ga yakin) granulalar mavjud. Qon tomir endoteliysidan boshqa yuzaga tekkanda trombotsitlar faollashadi, trombotsit diametridan 5-10 marta katta 10 ga yaqin o’simta0 hosil bo’ladi. Bu o’simtalar qon oqishini to’xtatishda katta ahamiyatga ega. Odamlar qonidagi trombotsitlar miqdori 180-320x109/l yoki 1 mkl qonda 180000 – 320000 ni tashkil qiladi. Trombotsitlar qondagi miqdorining ortishi trombotsitoz, kamayishi esa trombotsitopeniya deb ataladi.
Trombotsitlar quyidagi funktsiyalarni bajaradi: angiotrofika – qon tomirlar epitelisini oziqlantirish; trombotsitar tromb hosil kilish; qon ivishi va fibrinolizda ishtirok etish; jarohatlangan qon tomirlarini toraytirish.
Trombotsitlarning asosiy funktsiyasi gemostazda ishtirok etishidir. Trombotsitlar har xil yot yuzaga (adgeziya) xamda bir-biri bilan yopishish (agregatsiya) xossalariga ega. Trombotsitlar bir qator biologik aktiv moddalarni ishlab chiqaradi, bularga trombotsitar omil deb ataluvchi, qon ivishida qatnashuvchi moddalar kiradi. Trombotsitar faktorlar R (lotincha platelet - plastinka) harfi va arab raqamlari (P1, P2 va b.) bilan belgilanadi. Bulardan ahamiyatlilari P3 yoki tromboplastin, xujayra membranasining bir parchasi; P4 yoki antigeparin omili; P5 yoki trombotsitar fibrinogeni; P6 yoki (aktomiozinga o’xshash) trombastenin oqsili; P10 yoki qon – tomirni toraytiruvchi omil-serotonin, P11 yoki tromboksan hujayra membranasida (jumladan, trombotsitlar membranasida ham) tromboksansintetaza fermenti ta’sirida araxidin kislotasidan sintezlanadi va ATF bilan kompleks hosil qilib qon ivishida ishtirok etadi.
Trombotsitlar yuzasida retseptor vazifasini o’tovchi glikoprotein tuzilmalar mavjud. Ularning bir qismi «berk holat»da bo’ladi va trombotsitlar ADF, adrenalin, kollagen, mikrofibrillari ta’sirida aktivlashganda ochiladi.
Trombotsitlar organizmni yot agentlardan himoya qilishda ham ishtirok etadi. Ular fagotsitar aktivlikka ega, JgG saqlaydi, ayrim bakteriylar membranasini parchalovchi lizotsim va β- lizinlar manbaidir. Bundan tashqari, trombotsitlarda O – limfotsitlarni T va V – limfotsitlarga aylantiruvchi peptid omil topilgan. Bu birikmalar trombotsitlar aktivlashgan paytda qonga chiqarib yuboriladi va qon-tomirlar jarohatlanganda organizmni patogen mikroorganizmlardan himoyalaydi.
Qisqa va davomli ta’sir qiluvchi trompotsitipoetinlar trombotsitopoezni boshqarib turadilar. Ular suyak kumigida, taloqda, jigarda hosil bo’ladilar. Qisqa ta’sir qiluvchi trombotsitopoetinlar qon plastinkalarining megakardiotsitlardan ajralib chiqishini va qonga tushishini tezlashtiradi; davomli tasir kiluvchi trombotsitopoetinlar suyak ko’migi gigant hujayralarining etuk megakariotsitlarga o’tishini ta’minlaydi. Trombotsitopoetinlar aktivligiga IL – 6 va IL – 11 bevosita ta’sir kiladi. Trombotsitlarning yashash davomiyligi 5-11 kundir. Makrofag tizimi hujayralarida qon plastinkalari parchalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |