Tibbiyot zulugining tuzulishini urganish.
Jagʻli 3. ichagining yon tomonidagi juda keng xaltalariga koʻp qon soʻrib oladi. 3. soʻlagi tarkibidagi girudin qonni ivitmaydi. 3. terisi orqali nafas oladi. Ayirish sistema-si — metanefridiylar. Jagʻli 3. ning qon aylanish sistemasi kon tomirlari devori epiteliysi boʻlmasligi bilan boshqa halqali chuvalchanglardan farq qiladi, qon tomiri tana boʻshligʻi qol-digʻidan hosil boʻladi. 3. germafrodit, urugʻlangan tuxumlarini pilla ichiga qoʻyadi. Lichinkasi pilla ichida oʻzga-rishsiz rivojlanadi. 2 kenja sinf: qad. (Archihirudinea) va haqiqiy 3. (Euhiru-dinea) ga boʻlinadi. Haqiqiy 3. hartumli (Rhynchobdellida) va jagʻli 3. (Gna-tobdellida) turkumlariga boʻlinadi. Tibbiyot 3. (Hiruda medicinalis) dan tromb hosil boʻlishi bilan bogʻliq qon tomirlari kasalliklari (gipertoniya, sklerozning boshlangʻich davrlari, insult va b.) ni davolashda foydalaniladi.
Girudoterapiya (zuluk bilan davolash) asrlar osha bizgacha yetib kelgan zuluklar bilan davolash uslubidir. Tibbiy zuluklar farmakopeyaga kiritilgan va dorivor moddaga tenglashtirilgan fauna (hayvonot olami)ning yagona vakilidir. U biologik faol moddalar ishlab chiqaruvchi kichik «fabrika» hisoblanadi.
Fanga 400 ga yaqin zuluklar turi ma’lum. Biroq, tabobatda faqatgina zuluklarning ikkita turi (dorixona va tibbiy) ishlatiladi. Tibbiy zuluk boshchasida 5 juft ko‘z, og‘zida esa 3 ta xitin tishli jag‘ bor. Ular yordamida zuluk terini 1,5 mm chuqurlikda tishlab, 5-15 ml hajmda qon so‘radi. Tishlar izi tushgan joydan keyinchalik (3-24 soat ichida) shuncha qon oqib chiqadi. Bir davolash seansiga 5 dan 7 tagacha zuluk qo‘yiladi.
Zuluklarni miloddan ming yil avval ham qo‘llashgan. Misr fir’avnlari ham zulukdan foydalanishgan. Buyuk tabiblar Abu Ali ibn Sino, Gippokrat va Galen bu jonzotlar yordamida bemorlar dardini yengillashtirgan. XVIII asr oxiri XIX asr birinchi yarmida girudoterapiya ayniqsa, ommalashib ketdi.
Zuluklar (Hirudinea) — halqali chu-valchanglar tipining sinfi. Tanasining uz. bir necha sm dan 15 sm gacha, baʼzan undan ham uzunroq. Tanasi orqa va qorin tomondan yassilashgan, baʼzan silindrsimon, 33 ta tashqi hal-qadan iborat. 3. tanasining tashki hal-qalari soni ichki halqalari soniga teng boʻlmaydi, odatda, har bir ichki halqaga 3—5 ta tashqi (ikkilamchi) halqa toʻgʻri keladi. 400 ga yaqin turi chuchuk suv havzalari va dengizlarda tar-qalgan. Koʻpchilik 3. ning 2 soʻrgʻichi boʻlib, ulardan biri tanasining ol-dingi, ikkinchisi keyingi qismida joylashgan. Ogʻiz teshigi soʻrgʻich yoki Hartum bilan oʻralgan. 3. yirtqich (hartumli 3.) yoki parazit (jagʻli 3.) hayot kechiradi. Yirtqich 3. mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziklanadi, parazit 3. turli umurtqali hayvonlar va odam qonini soʻradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |