isbot» (1591) kabi asarlarida bayon etgan.
113
etilgan. Tommazo Kampanella cherkov va dunyoviy hokimiyat
tarafdori edi. Protestantlarning hokimiyatni restavratsiya qilish-
lariga mutlaqo qarshi edi. Rim papasining butun xristianlar
ustidan hukmron bo‘lishini istar edi.
Kampanellaning fikriga muvofiq Xudoning butun yer yuzida
hukmronligini ta’minlamoq uchun jamiyatda jiddiy qayta qurish-
ni amalga oshirmoq darkor. Buning uchun, eng awalo, turli
nopokliklar bilan topilgan mulkni va zulmni tugatmoq zarur.
Bunday ulug'vor vazifa hamkorlik, tenglik va erkinlikka asoslan-
gan ijtimoiy tuzum yaratish yo‘li bilan amalga oshiriladi, degan
g‘oyani ilgari suradi.
Kampanellaning 1629-yilda yozilgan «Quyosh shahri» asa-
rida uning ijtimoiy-siyosiy, m a’naviy-axloqiy qarashlari ba-
yon etilgan. Asarda olg‘a surilgan g‘oyalar kitob mualliflning
ijtim oiy-siyosiy, m a ’nav iy-axloqiy qarashlariga, shaxsiy
kechinmalariga to ‘la mos tushadi. Tomas M ordan farqli
o ‘laroq, u iqtisodiy m uammolarga, xususan, iqtisodiyotni
qayta qurish masalalariga kam e ’tibor beradi. Xristianlarning
xohish-irodasiga qarab xususiy mulkni tugatish mumkin
bo'lardi, deb hisoblaydi.
«Quyosh shahri»da orzu qilingan davlat tuzum i ideal-
lashgan teokratik sistem a nam unasi b o ‘lib, uning boshida
quyosh ramzi bo‘lgan Qohin, birinchi dindor, yirik metafizik
turadi. Bir umrga saylab q o ‘yiladigan bosh hukm dor o ‘z
davrining barcha bilim lari bilan tanish b o ‘lmog‘i darkor.
Bosh hukm dor jam iyat oldida turgan, yechilishi o ‘ta zarur
bo'lgan barcha m uam m olar yechim ini topish yo'llari, us-
lub va usullarini bilishi zarur. Jam iyatning turli jabhalari
yumushlari bilan uning yordam chilari shug'ullanadi. Yor-
dam chilar yirik olim lar orasidan saylab qo'yiladi. Urush va
tinchlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi yordamchining xulq-
atvori, x atti-harakatida kuch-quvvat, san’at, hunarm and-
chilik va fan m asalalari bilan shug‘ullanuvchi yordam chida
donishm andlik, tug‘ilish va bolalar tarbiyasi masalalari bilan
shug‘ullanuvchi yordam chida m uhabbat ustuvorlik qilm og‘i
lozim.
Fuqarolik hayoti va faoliyati bilan bevosita shug'ullanish turli
lavozimlarni egallab turgan kishilarga topshiriladi. Bunday kishi-
lar ham fuqarolar orasidan saylab qo'yiladi. Mansabdor kishi-
114
lami saylashda ularning bilimi, ishbilarmonligi, xolisligi, jami-
yatni boshqarish qobiliyatlari hisobga olinadi. Lekin Kampanella
orzu qilgan davlat-jamiyat modelida uni boshqarish ishlaridan
din, cherkov ajratilmaydi. Jamiyatning boshqarish mexanizmini
ushlab turgan mansabdorlarning ko‘pchiligi dindorlar bo‘ladi.
Jamiyatni boshqarish ishlarida, hatto sehrgarlar ham ishtirok
etadilar. Ko‘rinib turibdiki, Kampanella orzu qilgan jamiyatda
siyosiy-dunyoviy hokimiyat din va cherkov bilan uyg'unlashib
ketadi. 0 ‘z navbatida, Quyosh shahri fuqarosining diniy dunyo-
qarashi tabiat falsafasi bilan qo‘shilib-qorilib ketadi. Ularning
uyg‘unlashuvini ta’minlash Quyosh shahri hokimiyatining eng
muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Kampanellaning davlat-jamiyatni boshqarish dasturi asosida
butun dunyo fuqarolarini birlashtirish g'oyasi yotadi. Lekin
o‘sha butun dunyo fuqarolari birlashgan yagona davlatni Rim
papasi boshqarishi shart, deb hisoblaydi. Uning fikriga ko‘ra,
turli davlat vakillaridan tashkil topgan Rim senati barcha
muammolami, bahsli-munozarali masalalarni tinchlik yo‘li bilan
yechishi lozim.
Kampanella ijtimoiy-siyosiy qarashlarining asosida yangi jamiyat
qurish g'oyasi yotadi. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, u qur-
moqchi bo‘lgan yangi jamiyatning hamma sferasida aql-farosat
ustuvor, jamiyatda o‘rnatilgan barcha tartib-intizom aqlga, ijti
moiy adolat prinsiplariga asoslanadi. Shuning uchun ham bu
yerda birovlar hisobidan kun ko‘ruvchi tekinxo‘rlar, ishyoq-
maslar yo‘q. Barcha fuqarolar, jumladan, xotin-qizlar ham ishlab
chiqarishda teppa-teng ishtirok etadilar. Odamlaming halol mehnati
tufayli jamiyatda mo‘l-ko‘lchilik yaratilgan. Jamiyatda ishlab chiqa-
rilgan noz-u ne’matlar ham fuqarolaming ehtiyojlariga qarab
adolatli taqsimlanadi.
Kampanella orzu qilgan jamiyatda xususiy mulk yo‘q, hatto
oila ham yo‘q. Bu yerda qashshoqlik ham, o‘g‘rilik ham, mol-
u dunyoning quli bo'lish kabi holatlar ham yo‘q. Uning
tushuntirishicha, turli nopokliklar bilan topilgan mulkdan xoli
bo‘lgan jamiyatgina ko‘pchilik manfaatini himoya qilishga qodir
bo‘ladi. Insofli, diyonatli kishilarning katta avlodini shakllan-
tirishga muvaffaq bo‘ladi. Bunday jamiyatda odamlar o‘z vatan-
lariga tasaw ur qilib bo‘lmas darajada muhabbatni vujudga kel-
tiradilar, barcha «tengdoshlar bir-birlarini og‘a, deb ataydilar».
115
Bunday yangi odamlar eski jamiyatning barcha illatlaridan xoli
bo‘ladilar.1
Kampanella bunyod etmoqchi bo‘lgan jamiyatda yoshlar tar-
biyasiga katta e’tibor beriladi. Chunonchi, bolalarni o‘qitish va
tarbiyalash ishlariga g‘amxo‘rlikni jamiyat o‘z zimmasiga oladi.
Mehnat tarbiyasiga alohida e’tibor beriladi. Bolalar foydali
mehnatda uzluksiz ishtirok etadilar. Har qanday og‘ir mehnat
bolalar uchun kamsitish yoki haqorat hisoblanmaydi. Jamiyat
bolalarning jismoniy tarbiyasiga, ayniqsa, talantli, iste’dodli bola
larni o‘qitishga alohida e’tibor beradi. Quyosh shahrida ta’lim va
tarbiya jarayonini tashkil etish ixtiyoriylikka asoslaniladi va sayo-
hatga chiqish, turli o‘yinlarni uyushtirish, jismoniy mashqlarni
bajarish jarayonida amalga oshiriladi. Fan, madaniyat ishlari bilan
shug‘ullanish har tomonlama qo‘llab-quwatlanadi. Bir ibora bi
lan aytganda, Kampanella orzu qilgan jamiyatda shakllangan
yangi kishi har tomonlama rivojlangan bo‘ladi.
Shunday qilib, Yevropa Renessans davrining mashhur gu-
manisti Tommazo Kampanella qarashlarida jamiyatda oddiy fu-
qaroning erkin, farovon bo‘lishi, har bir jamiyat a’zosining
baxt-saodatga erishishi yo‘llari haqida ajoyib g‘oyalar olg‘a surilgan
edi. U o‘z zamonasining ijtimoiy munosabatlarida mavjud bo‘lgan
turli ziddiyatlami bartaraf etish uchun fuqarolar tarbiyasiga
e’tibor berish lozimligini alohida ta’kidladi.
Xullas, Yevropa Renessans davri gumanistik falsafasi, inson
faoliyat ko‘rsatayotgan g‘ayriinsoniy ijtimoiy muhitga xayoliy
(utopik) bo‘lsada, o‘z noroziligini bildirdi. 0 ‘z navbatida, in-
sonning insonga zulmini, insonning inson tomonidan eksplu-
atatsiya qilinishini tugatish zarur ekanligini kun tartibiga qo‘ydi.
Har bir kishi va barcha jamiyat a’zolarining erkin, har tom on
lama rivojlanishini ta’minlovchi yangi jamiyatning ideal modeli
haqidagi fikr-mulohazalami yanada rivojlantirdi. Jamiyatni boshqa-
rish san’atini takom illashtirish yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatadi.
Boshqarish mexanizmini qo‘lida ushlab turgan hukmdorlarning
m a’naviy-axloqiy qiyofasiga dastlabki chizgilar chizildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |