O ’z b e k is t o n r espu bl 1k a si o L iy va o ’rta m a X su s ta 'lim V a z ir L ic I



Download 3,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/78
Sana19.02.2022
Hajmi3,18 Mb.
#457589
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   78
Bog'liq
Etika,estetika va mantiq.2014

Z id lik m unosabati. 
Bunda m ushohadalar o ’zaro bir- birini tam om ila inkor 
qiladi. A ning chinligi V ning xatoligini keltirib chiqaradi. Uchinchi fikr (S)ning 
bo’lishi mumkin emas. Masalan: Barcha shifokorlar oliy tibbiy ma’lumotga ega. (A). 
Hech bir shifokor oliy tibbiy m a’lumotga ega emas. (V).
M ushohadalar orasidagi munosabatlar quyidagi shakllarda namoyon bo’lishi 
mumkin:
- Umumiy tasdiq (A) va umumiy inkor (E), ju z ’iy tasdiq (J) va ju z ’iy inkor (O) 
mushohadalar orasida qarama-qarshilik munosabati mavjud.
- Umumiy tasdiq (A) va ju z ’iy tasdiq (J) ham da umumiy inkor (E) va ju z ’iy inkor 
mushohadalari o ’zaro .b o ’ysunish munosabatida. Bunda umumiy tasdiq (A) 
mushohadasining chinligidan ju z ’iy tasdiq (J) mushohadasining chinligi kelib 
chiqadi.
- Umumiy tasdiq (A) va ju z ’iy tasdiq (O) ham da umumiy inkor (E) va ju z ’iy tasdiq 
(J) mushohadalari o ’zaro bir-biri bilan zidlik munosabatida. M ushohadalar orasidagi 
munosabatlarni bilish chin bilim hosil qilish uchun imkon yaratadi.
7-M avzu: X u losa ch iq arish - ta fa k k u m in g aso siy sh akllaridan b iri sifatida.
Reja:
1. Xulosa chiqarishning mohiyati. Xulosaning tuzilishi.
2. Xulosa chiqarish turlari. Deduktiv xulosa chiqarish.
3. Induktiv xulosa chiqarish.
4. Analogiya bo’yicha xulosa chiqarish.
5. A rgum entlash (dalillash) nazariyasining mantiqiy asoslari.
M a v zu n in g
oid 
asosiy tayanch 
tu sh u nchalar: 
induksiya, deduksiya, 
analogiya, bevosita xulosa chiqarish, bavosita xulosa chiqarish, sillogizm, modus, 
entimema, epixeyrema, analogiya, argumentlash.
F oyd alan ish ga tavsiya etilad igan ad ab iyotlar r o ’yxati:
1. Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan. O ’zbekistonning 21 у illik mustaqil 
taraqqiyot y o ’lida qo’lga kiritgan vutuq va natijalari, mamlakatimizning salohiyati va 
qudrati, tub islohatlaming mohiyati va ahamiyatini aholining keng qatlamlariga 
etkazish, joylarda tashkiliy-amaliy, m adaniy-m a’rifiy tadbirlar, targ’ibot-tashviqot 
ishlarini am alga oshirish uchun m o’ljallangan ilmiy-ommabop nashr. - Т.: 
«Iqtisodiyot», 2012.
2. O ’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -Т.: “O ’zbekiston”, 2010-yil.
3. I.A.Karimov. 2010-yil 12-noyabrdagi Oliy M ajlis Qonunchilik palatasi va 
Senatining qo’shma majlisidagi “M amlakatim izda demokratik islohatlami Yanada 
chuqurlashtirish va fuqarolik jam iyatini rivojlantirish kontsepsiyasi” mavzusidagi 
m a’ruzasi.-“X alq so’zi” gazetasi, 2010-yil 13-noyabr soni.
86


4. 1. A. Karimov. “Yuksak m a’naviyat yengilmas kuch”, - Т.: “M a’naviyat”, 2008-
yil-
5. Karimov I .A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. 
«Fidokor» gazetasi, 2000-yil, 8-iyun soni.
6 . 1.A.Karimov. «Barkamol avlod orzusi», -Т.: “O ’zbekiston” , 2000-yil
7. S.I. Valieva, A.P. Bobotoev . Mantiq, -Т.: 2 0 1 1-yil.
8 . M.Sharipov, D.Fayzixodjaeva .Mantiq, -Т.: 2001-yil.
9. Voyshvillo E. K., Degtyarev M.G. Logika, -М.: - М.. 1999-yil.
10. G etm anova A.D. Logika, - М.: 1995-yil.
11. Yoqubov T. Matematik mantiq elementlari. - Т.: “O ’qituvchi”, 1996-yil.
12. Ivlev Yu. V. Logika. Uchebnik dlya vuzov. - М.: Logos, 1998-yil.
1. 
Inson amaliy faoliyati jarayonida olamni bila boradi. Uning olamga faol 
munosabati bilimda o ’z ifodasini topadi. Ayrim bilimlami u Hissiy mushohada 
jarayonida hosil qiladi. Lekin aksariyat hollarda bilimlar tafakkurlash (fikr yuritish) 
natijasi hisoblanadi. Bunda bilimni hosil qilish ikki asosga tayanadi: birinchidan, 
bilim olamni o ’rganish natijasi hisoblanadi. Ikkinchidan, bilim avvaldan m a’lum 
fikrlar asosida aql yuritish natijasida hosil bo’ladi. Bu bilimlar mantiqiy tafakkuming 
shakllari: tushuncha, mushohada, xulosalar tarzida namoyon bo’ladi. Insonning olam 
haqidagi fikrlari xulosalar shaklida ifodalanishi mumkin. Xulosa chiqarish mantiqiy 
tafakkur shakli hisoblanadi.
Mushohadalar tushunchalardan tarkib topgani singari xulosalar mushohada 
asosida hosil bo’ladi. Fikrlash jarayonida mushohadalar o ’zaro bir-birlari bilan 
bog’lanadilar. Bu bog’lanishlar oqibat natijada ob’ektiv olamdagi predmet va 
hodisalar aloqadorligini ifodalaydi.
M ushohadalaming o ’zaro bog’lanishi xulosalami hosil qiladi 
M uhokama jarayonida olamdagi predmet va hodisalar orasidagi aloqa va 
munosabatiami ifodalovchi bir yoki birdan ortiq yoki mushohada (fikr) asosida yangi 
bilim (fikr) ni hosil qilishning mantiqiy usuli xulosa chiqarish deb yuritiladi. Xulosa 
chiqarish asosida mantiq 
qonun-qoidalariga tayangan holda ilgaridan m a’lum 
bo’lgan bilimdan yangisiga o ’tish yotadi.
Xulosa chiqarish shunday mantiqiy usulki, uning natijasida insonning olam 
haqidagi, bilimlari uzluksiz ravishda boyib, kengayib, chuqurlashib boradi. Xulosa 
chiqarishda olamni bevosita bilish bilan bir qatorda mantiqiy fikrlash usullarini 
egallash talab qilinadi.
Xulosa chiqarish uchun har safar olam, undagi predmetlarga murojaat qilish 
shart emas. M avjud narsalar haqida q o'lga kiritilgan bilim asosida yangi bilim hosil 
qilish mumkin.
X ulosaning mazmuni turlicha ifodalanishi mumkin. Ayrim xulosalarda narsa va 
hodisalar orasidagi sabab - oqibat aloqadorligi aks etadi. Lekin bu xulosalarda faqat 
sababiy bog’lanishlariga aks etadi, degan so’z emas. Masalan, «Qaldirg’ochlar 
pastlab uchyapti, demak, ertaga ob-havo o ’zgaradi», degan xulosasini olib ko’raylik. 
Yuzaki qaraganda «Qaldirg’ochlar pastlab uchmoqda» fikri «Ertaga ob-havo 
o ’zgaradi» xulosasi uchun asosdek bo’lib ko’rinadi. Aslida bu fikr chuqur tahlil
87


qilinsa, «ob- havoning o ’zgarishi» haqidagi fikrga asoslar o ’zgacha ekanligini bilish 
mumkin. Bunda kuzatilgan hodisaning boshqa hodisalar bilan aloqadorligi m a’lum 
bo’ladi: Q aldirg’ochiam ing past uchishiga sabab — pashsha-chivinlar. Ular 
havodagi nam likning oshganligidan past uchadi, qaldirg’ochlar esa pashsha-chivinlar 
bilan oziqlanadi. Demak, pashsha-chivinlar tabiat darakchilari sifatida havoning 
namligi oshganligidan xabar bermoqda. Bu o ’z navbatida, qaldirg’ochlami past 
uchishga majbur qilmoqda. Demak, ertaga ob-havoning o ’zgarishi qaldirg’ochlaming 
past uchishidan emas, balki atmosferadagi o ’zgarishdan, havodagi namlikning 
ortishidan kelib chiqishi mumkin.
Birinchi tipdagi xulosalarning chinligini aniqlash mushkul, shuning uchun ham 
agar xulosaiar vaziyatlar mazmunidan chiqarilgan bo’lsa rnunozara, bahsga sabab 
bo’lishi mumkin.
Formal - mantiqiy y o ’l bilan chiqarilgan xulosalarda esa asos (asoslar) bilan 
xulosa orasida nisbiy barqaror aloqa va munosabatlar mavjud bo’ladi va bu aloqa, 
munosabatlar mantiq qonun-qoidalari asosida shakllanadi.
Har qanday xulosa ikki qismdan iborat bo’ladi;
1. Asos yoki asoslar
2. Xulosa

Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish