Z id lik m unosabati.
Bunda m ushohadalar o ’zaro bir- birini tam om ila inkor
qiladi. A ning chinligi V ning xatoligini keltirib chiqaradi. Uchinchi fikr (S)ning
bo’lishi mumkin emas. Masalan: Barcha shifokorlar oliy tibbiy ma’lumotga ega. (A).
Hech bir shifokor oliy tibbiy m a’lumotga ega emas. (V).
M ushohadalar orasidagi munosabatlar quyidagi shakllarda namoyon bo’lishi
mumkin:
- Umumiy tasdiq (A) va umumiy inkor (E), ju z ’iy tasdiq (J) va ju z ’iy inkor (O)
mushohadalar orasida qarama-qarshilik munosabati mavjud.
- Umumiy tasdiq (A) va ju z ’iy tasdiq (J) ham da umumiy inkor (E) va ju z ’iy inkor
mushohadalari o ’zaro .b o ’ysunish munosabatida. Bunda umumiy tasdiq (A)
mushohadasining chinligidan ju z ’iy tasdiq (J) mushohadasining chinligi kelib
chiqadi.
- Umumiy tasdiq (A) va ju z ’iy tasdiq (O) ham da umumiy inkor (E) va ju z ’iy tasdiq
(J) mushohadalari o ’zaro bir-biri bilan zidlik munosabatida. M ushohadalar orasidagi
munosabatlarni bilish chin bilim hosil qilish uchun imkon yaratadi.
7-M avzu: X u losa ch iq arish - ta fa k k u m in g aso siy sh akllaridan b iri sifatida.
Reja:
1. Xulosa chiqarishning mohiyati. Xulosaning tuzilishi.
2. Xulosa chiqarish turlari. Deduktiv xulosa chiqarish.
3. Induktiv xulosa chiqarish.
4. Analogiya bo’yicha xulosa chiqarish.
5. A rgum entlash (dalillash) nazariyasining mantiqiy asoslari.
M a v zu n in g
oid
asosiy tayanch
tu sh u nchalar:
induksiya, deduksiya,
analogiya, bevosita xulosa chiqarish, bavosita xulosa chiqarish, sillogizm, modus,
entimema, epixeyrema, analogiya, argumentlash.
F oyd alan ish ga tavsiya etilad igan ad ab iyotlar r o ’yxati:
1. Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan. O ’zbekistonning 21 у illik mustaqil
taraqqiyot y o ’lida qo’lga kiritgan vutuq va natijalari, mamlakatimizning salohiyati va
qudrati, tub islohatlaming mohiyati va ahamiyatini aholining keng qatlamlariga
etkazish, joylarda tashkiliy-amaliy, m adaniy-m a’rifiy tadbirlar, targ’ibot-tashviqot
ishlarini am alga oshirish uchun m o’ljallangan ilmiy-ommabop nashr. - Т.:
«Iqtisodiyot», 2012.
2. O ’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -Т.: “O ’zbekiston”, 2010-yil.
3. I.A.Karimov. 2010-yil 12-noyabrdagi Oliy M ajlis Qonunchilik palatasi va
Senatining qo’shma majlisidagi “M amlakatim izda demokratik islohatlami Yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jam iyatini rivojlantirish kontsepsiyasi” mavzusidagi
m a’ruzasi.-“X alq so’zi” gazetasi, 2010-yil 13-noyabr soni.
86
4. 1. A. Karimov. “Yuksak m a’naviyat yengilmas kuch”, - Т.: “M a’naviyat”, 2008-
yil-
5. Karimov I .A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman.
«Fidokor» gazetasi, 2000-yil, 8-iyun soni.
6 . 1.A.Karimov. «Barkamol avlod orzusi», -Т.: “O ’zbekiston” , 2000-yil
7. S.I. Valieva, A.P. Bobotoev . Mantiq, -Т.: 2 0 1 1-yil.
8 . M.Sharipov, D.Fayzixodjaeva .Mantiq, -Т.: 2001-yil.
9. Voyshvillo E. K., Degtyarev M.G. Logika, -М.: - М.. 1999-yil.
10. G etm anova A.D. Logika, - М.: 1995-yil.
11. Yoqubov T. Matematik mantiq elementlari. - Т.: “O ’qituvchi”, 1996-yil.
12. Ivlev Yu. V. Logika. Uchebnik dlya vuzov. - М.: Logos, 1998-yil.
1.
Inson amaliy faoliyati jarayonida olamni bila boradi. Uning olamga faol
munosabati bilimda o ’z ifodasini topadi. Ayrim bilimlami u Hissiy mushohada
jarayonida hosil qiladi. Lekin aksariyat hollarda bilimlar tafakkurlash (fikr yuritish)
natijasi hisoblanadi. Bunda bilimni hosil qilish ikki asosga tayanadi: birinchidan,
bilim olamni o ’rganish natijasi hisoblanadi. Ikkinchidan, bilim avvaldan m a’lum
fikrlar asosida aql yuritish natijasida hosil bo’ladi. Bu bilimlar mantiqiy tafakkuming
shakllari: tushuncha, mushohada, xulosalar tarzida namoyon bo’ladi. Insonning olam
haqidagi fikrlari xulosalar shaklida ifodalanishi mumkin. Xulosa chiqarish mantiqiy
tafakkur shakli hisoblanadi.
Mushohadalar tushunchalardan tarkib topgani singari xulosalar mushohada
asosida hosil bo’ladi. Fikrlash jarayonida mushohadalar o ’zaro bir-birlari bilan
bog’lanadilar. Bu bog’lanishlar oqibat natijada ob’ektiv olamdagi predmet va
hodisalar aloqadorligini ifodalaydi.
M ushohadalaming o ’zaro bog’lanishi xulosalami hosil qiladi
M uhokama jarayonida olamdagi predmet va hodisalar orasidagi aloqa va
munosabatiami ifodalovchi bir yoki birdan ortiq yoki mushohada (fikr) asosida yangi
bilim (fikr) ni hosil qilishning mantiqiy usuli xulosa chiqarish deb yuritiladi. Xulosa
chiqarish asosida mantiq
qonun-qoidalariga tayangan holda ilgaridan m a’lum
bo’lgan bilimdan yangisiga o ’tish yotadi.
Xulosa chiqarish shunday mantiqiy usulki, uning natijasida insonning olam
haqidagi, bilimlari uzluksiz ravishda boyib, kengayib, chuqurlashib boradi. Xulosa
chiqarishda olamni bevosita bilish bilan bir qatorda mantiqiy fikrlash usullarini
egallash talab qilinadi.
Xulosa chiqarish uchun har safar olam, undagi predmetlarga murojaat qilish
shart emas. M avjud narsalar haqida q o'lga kiritilgan bilim asosida yangi bilim hosil
qilish mumkin.
X ulosaning mazmuni turlicha ifodalanishi mumkin. Ayrim xulosalarda narsa va
hodisalar orasidagi sabab - oqibat aloqadorligi aks etadi. Lekin bu xulosalarda faqat
sababiy bog’lanishlariga aks etadi, degan so’z emas. Masalan, «Qaldirg’ochlar
pastlab uchyapti, demak, ertaga ob-havo o ’zgaradi», degan xulosasini olib ko’raylik.
Yuzaki qaraganda «Qaldirg’ochlar pastlab uchmoqda» fikri «Ertaga ob-havo
o ’zgaradi» xulosasi uchun asosdek bo’lib ko’rinadi. Aslida bu fikr chuqur tahlil
87
qilinsa, «ob- havoning o ’zgarishi» haqidagi fikrga asoslar o ’zgacha ekanligini bilish
mumkin. Bunda kuzatilgan hodisaning boshqa hodisalar bilan aloqadorligi m a’lum
bo’ladi: Q aldirg’ochiam ing past uchishiga sabab — pashsha-chivinlar. Ular
havodagi nam likning oshganligidan past uchadi, qaldirg’ochlar esa pashsha-chivinlar
bilan oziqlanadi. Demak, pashsha-chivinlar tabiat darakchilari sifatida havoning
namligi oshganligidan xabar bermoqda. Bu o ’z navbatida, qaldirg’ochlami past
uchishga majbur qilmoqda. Demak, ertaga ob-havoning o ’zgarishi qaldirg’ochlaming
past uchishidan emas, balki atmosferadagi o ’zgarishdan, havodagi namlikning
ortishidan kelib chiqishi mumkin.
Birinchi tipdagi xulosalarning chinligini aniqlash mushkul, shuning uchun ham
agar xulosaiar vaziyatlar mazmunidan chiqarilgan bo’lsa rnunozara, bahsga sabab
bo’lishi mumkin.
Formal - mantiqiy y o ’l bilan chiqarilgan xulosalarda esa asos (asoslar) bilan
xulosa orasida nisbiy barqaror aloqa va munosabatlar mavjud bo’ladi va bu aloqa,
munosabatlar mantiq qonun-qoidalari asosida shakllanadi.
Har qanday xulosa ikki qismdan iborat bo’ladi;
1. Asos yoki asoslar
2. Xulosa
Do'stlaringiz bilan baham: |