anaiiz va sin tez
mantiqiy usulidan foydalaniladi.
Tashqi olamdagi, narsa va hodisalami bilish, ular haqida tushuncha hosil
qilish, asosiy belgilami topish ulami fikran bo’laklarga ajratishni talab qiladi. Bunda
biz mantiqiy usullardan biri bo’lmish - analizdan foydalanamiz.
A naiiz - shunday mantiqiy usulki, bu usul yordami bilan narsa va hodisalami
fikran qismlarga bo’lamiz, ulam ing ayrim qism va xususiyatlarini ajratamiz va bilib
olamiz. A naiiz bir sinfga kiruvchi bir jihatdan o ’xshash, qolgan jihatlardan farq
qiladigan predmet va voqealami o ’rganishda yordam beradi. Masalan, «Mantiq»
kursini egallash uchun bu kursni fikran qism larga bo ’lib olamiz. Dastlab
tushunchalami, keyin mushohadalami (hukmlami), so’ngra xulosa chiqarish va
boshqalami o ’rganamiz. Lekin fikrlash jarayonida narsalarni bilish uchun analizning
o ’zi kifoya qilmaydi.
Chunki anaiiz predmetni o ’rganishdagi dastlabki qadamdir. «Mantiq» fani
haqida to’liq bilimga ega bo’lish uchun har bir qism bilan alohida tanishib
chiqishning o ’zi kifoya qilmaydi, Chunki biz yuqorida qayd qilgan qismlami o ’zaro
birlashtirib bir butun xolga keltirganimizdan keyingina «mantiq» fani haqida to’liq
m a’lumotga ega b o ’lamiz.
Demak,
fikrlash jarayonida analiz-sintez bilan
chambarchas bog’liq keladi.
Sintez - shunday mantiqiy usuldirki, bu usul yordamida qismlami fikran
birlashtiramiz va bir butun holga keltiramiz.
A b strak tsiyalash
- tushunchalami hosil qilishning mantiqiy usulidir.
Abstraktsiyalashda olamdagi narsa va hodisalaming ayrim muqim belgilarini fikran
ajratib olamiz va hozircha zarur bo’lmagan belgilami nazardan chetda qoldiramiz. Bu
jarayon abstraktsiyalash, shu jarayonning natijasi, abstraktsiya deyiladi.
Abstraktsiyalash jarayonida fikrimiz narsa va hodisaning aniq belgilaridan
uzoqlashib, umumiy belgilari tomon to ’g ’ri harakat qilish natijasida predmetdan
yiroqlashmaydi, balki yaqinlashib boradi, hamda abstrakt tushunchalar hosil bo’ladi.
Fanlarda qo’lianiladigan formatsiya, progress, regress, forma, mazmun, tovar, pul va
boshqa tushunchalar mantiqiy abstratsiya orqali hosil qilingan.
Abstraktsiyalash umumlashtirish usuli bilan uzviy bog’liq. U m um lashtirish -
shunday mantiqiy usuldirki, unda narsa va hodisalar biror umumiy belgiga ko’ra
fikran
bir
mantiqiy
sinfga
birlashtiriladi.
Umumlashtirishda
ayrimlikdan
umumiylikka o ’tiladi va umumiy tushuncha, mushohada, nazariyalar hosil qilinadi.
Ushbu mantiqiy usul yordamida yuzaga kelgan tushunchalari bizning olamni
chuqurroq aks ettirib, uning mohiyatini anglab olishimizga yordam beradi. Har
qanday umumiylik alohidaliksiz mavjud bo’lmaydi, unda yakka, narsa va
hodisalaming o ’xshash, umumiy belgilari aks etadi. Umumlashtirish orqali yangi
75
umumiylikka to ’la tushunchalar hosil qilinadi. Bunday tushunchalarga o ’simlik,
sabzavot, kitob, daraxt va boshqalami kiritish mumkin.
Har qanday
tushuncha
Do'stlaringiz bilan baham: |