VI bob. T A ’LIM MAZMUNI
T A ’LIM M A Z M U N I H A Q ID A T U S H U N C H A
T a ’limning
mazmuni
uning
vazifalaridan
kelib
chiqadi.
T a ’limning mazmuni ilmiy bilimlar, k o ‘nikma va malakalar tizimidir.
0 ‘quvchi ilmiy bilim, k o ‘nikma va malakalarni egallash jarayonida
aqliy va jism oniy qobiliyatlarini rivojlantiradi, dunyoqarashi, axloqi
shakllanadi, hayotga, mehnatga tayyorlanadi. T a ’lim mazmuniga
insoniyat to ‘plagan barcha ijtimoiy tajribalar kiradi. Uning mazmuni,
hajmi, ijtimoiy tuzumning iqtisodiy talab va ehtiyojlari, fan-texnika
taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Y a ’ni uning m azm uniga tabiat,
jam iyat, inson va uning tafakkuri haqidagi bilimlar, hozirgi zamon
fani, texnikasi, madaniyati, ishlab-chiqarishdagi yangiliklar kiritiladi.
T a ’limning mazmuni o ‘zgaruvchan, u doimo yangilanib turadi.
Bugungi kunda ta ’limning mazmuni 0 ‘zbekiston Respublika-
sining « T a ’lim to ‘g ‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi»da belgilangan vazifalardan kelib chiqadi. T a ’lim mazmuni
jam iyat umumiy o ‘rta t a ’lim oldiga q o ‘yayotgan talab-buyurtma
asosida belgilanishi kerak. Y a ’ni inson nimani bilishi, o ‘rganishi,
qanday insoniy fazilatlarga ega b o ‘lishi haqidagi savollarga javob
berishi kerak.
T a ’lim jarayoni o ‘quvchilarda: bilimdonlik, mustaqil fikrlash,
ijodkorlik, tirishqoqlik, tashabbuskorlik, ziyraklik, intizomlilik,
qiziquvchanlik kabi xislatlarni shakllantiradi. Tabiat, jam iyat, inson
va uning tafakkuriga munosabati ham t a ’lim mazmunini belgilashga,
t a ’lim olishga yordam beradi. 0 ‘quvchi o'z id a shakllangan muno-
.
57
sabatlarga asoslanib tevarak-atrofdagi narsalarni, voqealarni baho-
laydi; oq-qorani ajratadi, ilmiy va g ‘ayriilmiy hodisalaming farqiga
boradi.
T a ’lim m azm unig a kiritilgan o ‘quv materiali yuqori ilmiy va
amaliy a ham iyatga ega boMishi, t a ’lim jara y o n in in g im koniyatlariga
m os boMishi ( ta ’limni tashkiliy shakllari, qonuniyatlar, tamoyillari,
usullari, o ‘quvchilarning um u m iy rivojlanishi darajalariga, m ak ta b
ning o ‘quv-m eto d ik ham da moddiy holati hisobga olinishi) lozim.
Shuningdek, t a ’lim mazmunini belgilashda maktabda o ‘qitila-
digan barcha fanlarning o ‘ziga xos xususiyatlari va fanlararo aloqa
hisobga olinishi shart.
T a ’lim m azm uni ilmiy asoslagan DTS, o ‘quv rejalari, dasturlari
v a darsliklarida ifodalanadi. Xususiy metodika nuqtayi nazari
b o ‘yicha « ta’lim» aynan bir o ‘quv fani asosida o ‘qitish va o ‘qish
faoliyatlarini birgalikda amalga oshirishni anglatadi.
Pedagogika fani nuqtayi nazaridan qaralganda esa « ta’lim»
o ‘qituvchi va o ‘quvchi t a ’sirining majmuyi boMib, uning natijasida
o ‘quvchining aqliy salohiyati (intellekti), ruhiyatini rivojlantirish
m a ’nosini bildiradi.
B ilim -ta b ia td a , jam iyatda, inson ongida amal qilinadigan
qonuniyatlarning turli belgilar (masalan, yozuv) vositasida m oddiy-
lashtirilgan k o ‘rinishidir. Bilimlar qarash, g ‘oya, t a ’rif, qoida, aniqlik,
aksioma, teorema, omil va boshqa shakllarda beriladi.
T a ’lim jarayoni tarkibiga k o ‘ra, o ‘ta murakkab didaktik ho-
disadir. A gar bu jaray o n ga o ‘qituvchi faoliyati nuqtayi nazaridan
yondashsak, « o ‘qitish jarayoni», o ‘quvchilar faoliyati nuqtayi
nazaridan, esa « o ‘quv jarayoni» iboralari ishlatiladi.
0 ‘qitish eng qadimiy faoliyat turlaridan biridir. U mehnatning
ijtimoiy taqsimlanishi natijasida alohida kasb sifatida ajralib chiqqan.
Kishilar o ‘qituvchilik kasbiga m axsus tayyorlanadi.
58
T a ’lim m a ’lum bosqichlar asosida amalga oshiriladi: o ‘rgani-
ladigan narsa-hodisalarni bevosita yoki bilvosita idrok etish; oldin
o ‘rganilgan bilimlarni xotiraga, y a ’ni esga tushirish; bilimlarni
amalda q o ‘llash, fikrlash, ularning umumiy va xususiy alomatlarini
ajratish.
Hozirgi a n ’anaviy m aktabda asosiy e ’tibor bilimlarni o ‘zlash-
tirishga, k o ‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratiladi. Bu
o ‘quv-tarbiyajarayonini tashkil etish tajribasining eng z a if tomonidir.
M a ’lumot m azm unining barcha elementlariga rioya qilib, t a ’lim
jarayonini tashkil etish y o ‘li bilangina har tom onlam a rivojlangan
yoshlarni yetishtirib chiqarish mumkin. T a ’limning asosiy mazmunini
uning vazifalari oydinlashtirib beradi. Asosiy vazifalarga aqliy tarbiya
bilan b o g ‘liq b o ‘lgan vazifalar kiradi. Bu vazifalar ichiga ilmiy va
texnikaviy bilimlar, ham da ular bilan b o g ‘liq boMgan malaka va
k o ‘nikmalar bilan qurollantirish, ajdodlarimiz qoldirgan tarixiy va
madaniy qadriyatlarda hayotning m a ’nosi, jam iyatda insonning
tugtan o ‘mi, t a ’lim-tarbiyasi, odob-axloqi haqidagi hikmatli fikrlar
borki, bular bugungi xalq ta ’limi taraqqiyoti uchun va milliy maktab
yaratishi borasida yoshlarimizda insonparvarlik, poklik, imon-
e ’tiqod, m u r u w a t, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, millatlararo
d o ‘stlik munosabatlari, qahramonlik, mardlik singari tu y g ‘ularini
tarbiyalaydi.
T a ’limni standartlashtirish-insoniyatning ijtimoiy ongida ro‘y
bergan tub o ‘zgarishlar tufayli kelib chiqqan zaruratdir. Chunki,
axborotlar almashinuvi maksimal chegaraga yetgan davrimizda
dunyoning bir burchagida yashayotgan kishi ikkinchi qutbda sodir
b o ‘layotgan voqealami bilibgina qolmay, ularning ne boisdan
aynan shu tarzda ro ‘y berganini anglashi va his qilishi zarurdir. Bir
sayyorada bir vaqtda yashab turib, bir-birini tushunmaslik b a ’zan
insonlar o ‘rtasidagi munosabatlami boshi berk k o ‘chaga kiritib
59
q o ‘yishi mumkin. Shuning uchun ham iqtisodiy ahvoli va taraqqiyot
darajasi turlicha boMgan davlatlarda yashovchi barcha kishilarning
fikrlash darajasini iloji boricha bir xil holatga keltirish ehtiyoji
paydo b o ‘ldi. Bu holat t a ’lim standartlari deb atalmish tushunchani
yuzaga chiqardi.
S t a n d a r t - t a ’limda yaratilgan m e ’yoriy reja, dastur, darsliklarni
o ‘zlashtirish ekvivalenti, y a ’ni t a ’lim mazmunini o ‘zlashtirish
darajasidir. Standartni ishlab chiqishda o ‘quvchini haddan tashqari
z o ‘riqtirib yubormaslik talablariga rioya qilish, y a ’ni u o ‘quvchi
yoshiga mos, o ‘zlashtira oladigan darajada boMishi kerak. Bunda
albatta, ta ’lim oluvchining qiziqishi, xohishi, ehtiyoji hisobga olinishi
lozim. T a ’lim standartlarini o ‘zlashtirishda shaxsga muhim ahamiyat
berilishi, unga yakka tartibda yondashilishi m aqsadga muvofiqdir.
Standartlarni o ‘quv jarayoniga tatbiq etishdan oldin o ‘ta puxtalik
bilan tajriba-sinovdan o ‘tkaziladi va shu asnoda bosqichma-bosqich
o ‘quv jarayoniga kiritib boriladi.
Davlat va ja m iy a t t a ’lim muassasalari oldiga m uayy an ijti
moiy buyurtm alar q o ‘yar ekan, o ‘sha m uassasalar tom onidan
tayyorlanadigan kadr egallashi lozim boMgan ijtimoiy sifatlarining
m inimal chegarasini ham k o ‘rsatib berishi tabiiydir. Tarbiyalanuvchi
yoki t a ’lim oluvchilar egallashi lozim boMgan bilim, k o ‘nikma,
m alaka yoxud m a ’naviy sifatlarning eng quyi miqdori ilmiy
asoslarda belgilab berilgan rasm iy pedagogik h u j j a t - d a v l a t
t a ’lim standarti hisoblanadi. Standartlarda belgilangan natijalarga
erishilmasa, yoki o ‘sha k o ‘rsatkichlarni egallay olm agan bola,
y oxud yoshlarda m uayyan bilim, k o ‘nikma, m alaka va m a ’naviy
sifatlarni shakllantira olm agan pedagogikani m ukam m al deb
boMmaydi.
Bundan ko^rinib turibdiki, davlat ta ’lim standarti (DTS)
nazorat vositasi, ayni vaqtda, ta ’lim muassasalarida k o ‘zlangan
60
ko‘rsatkichlarni qoMgakiritish uchun zarur b o ‘lgan sharoitni belgilash
o ‘lchovi hamdir. Davlat t a ’lim standartlarining k o ‘rsatkichlari
amaldagi mavjud ta ’lim mazmunidan emas, balki o ‘quvchiga
singdirilishi lozim boMgan sifatlarning jahon standarti b o ‘yicha zarur
deb hisoblangan miqdoridan kelib chiqadi.
Davlat t a ’lim standartlarining ikki asosiy vazifasini alohida
ta ’kidlab koMsatish lozim. Bunday standartlar umumiy o ‘rta maktabda
o ‘quvchilarga beriladigan t a ’lim mazmunining majburiy minimumini
hamda bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga q o ‘yiladigan talablar
majmuasini belgilab beradi. T a ’lim m azmunining majburiy minimumi
o ‘quv dasturlari va darsliklarda t o ‘ 1 iq o ‘z ifodasini topishi shart.
Bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga k o ‘ra o ‘quvchi muayyan
bosqichda egallashi lozim boMgan bilim, k o ‘nikma va malakalarning
minimal miqdori belgilanadi.
T a ’lim-tarbiya jarayoniga DTS ni joriy etish talablari rivojlangan
g'a rb mamlakatlari tajribasiga asoslanadi. Am m o, shuni ham aytish
kerakki, hali dunyodagi birorta jam iyatda ta ’limni standartlashtirish
keng koMamda amalga oshirilayotgani y o ‘q. Chunonchi, mazkur
masalaga birinchi boMib qoM urgan Fransiyada bu ish hanuzgacha
sinov darajasida, A Q Shda esa DTS yaratishga endigina kirishilmoqda.
Yaponiya va Germaniya t a ’lim muassasalarida mazkur muammoni
hal etish rejalashtirish bosqichida turibdi. M amlakatimizda ta ’lim
standartlari masalasiga davlat miqyosida yondashildi va uni ilmiy
y o ‘sinda hal etishdan tashqari, taMim-tarbiya amaliyotiga joriy qilish
maqsadida uzoq vaqt izlanishlar olib borildi, tajriba-sinovlar amalga
oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |