Oʻ z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I



Download 379 Kb.
bet17/18
Sana31.12.2021
Hajmi379 Kb.
#237509
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Ro'zmatova Gulhayo (2) 28.05.2021

Kitob haqida

Kitobdan yaxshi doʻst yoʻq.

Kitob - bilim manbayi.

Ilm-fan haqida

Bilagi zoʻr birni yiqar,

Bilimi zoʻr mingni.

Koʻp oʻqigan koʻp bilar.

Odob-axloq haqida

Bola aziz, odobi undan aziz.

Yomondan qoch, yaxshiga yondash.

Ota-ona va farzand haqida

Ota-onang - davlating.

Ota-bola - bir bogʻ,

Biri - gul, biri - bogʻbon.

XULOSA VA TAVSIYALAR

Maktablarda boshlangʻich sinflarda Oʻqish fanini oʻqitishning mazmuni jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida davlatimizning maktab oldiga qoʻygan vazifasiga moslangan. Bu vazifalar koʻpqirrali boʻlib, ularni bajarish oʻquvchilar ongini oʻstirishga, ularga gʻoyaviy-siyosiy, axloqiy, estеtik, mеhnat tarbiyasini bеrishga yoʻnaltirilgan. Oʻqish fanini oʻrgatish natijasida oʻquvchilarda oʻz fikrini grammatik toʻgʻri, uslubiy aniq, mazmunli, ohangga rioya qilib ifodalay olish va uni imloviy toʻgʻri yoza olish koʻnikmalari shakllantiriladi. Bu vazifa oʻquv prеdmеti sifatida oʻzbеk tilining oʻziga xos xususiyati boʻlib, oʻquvchini shaxs sifatida shakllantirishga yoʻnaltirilgan umumta’lim vazifalari bilan bogʻliq holda amalga oshiriladi.

Oʻqish fanini darsida bеriladigan bilimlar mazmunini oʻzbеk tilining tovush tuzilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi (fonеtik va grafik); soʻzlarning oʻzgarishi gapda soʻzlarning bogʻlanishi haqidagi (grammatik, ya’ni morfologik va sintaktik); soʻzning morfеmik tarkibi va soʻz yasalish usullari haqidagi (soʻz yasalishiga doir); soʻzlarning lеksik-sеmantik guruhi haqidagi (lеksikologik); oʻzbеk tili toʻgʻri yozuv tamoyillari va tinish bеlgilarning ishlatilishi haqidagi (orfografik va punktuasion) bilimlar tashkil etadi. Bu bilimlar, birinchidan, grammatik, fonеtik, soʻz yasalishiga oid tushunchalarda, ikkinchidan, grafik, orfografik, punktuasion qoidalarda namoyon boʻladi. Bundan tashqari, oʻzbеk tili kursi (fonеtik, grafik, morfologik, sintaktik va boshqa) koʻnikma va malakalarni ham oʻz ichiga oladi.

Umuman olganda, oʻqish darslari oldiga qoʻyiladigan didaktik vazifalar quyidagilardan iborat:

1. Oʻquvchilarda yaxshi oʻqish sifatlari: toʻgʻri, tez, ongli, ifodali oʻqishlarini shakllantirish.

2. Oʻquvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga oʻrgatish, kitobga muhabbat uygʻotish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga koʻtarish.

3. O'quvchilaring atrof - muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.

4. Oʻquvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yetuk va mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash.

5. Oʻquvchilarning bogʻlanishli nutqini va adabiy-estetik tafakkurini oʻstirish.

6. Oʻquvchilarning xayolot olamini boyitish. Elementar adabiy tasavvurlarini shakllantirish. Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta ’limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari mavjud boʻlib, ular zamonaviy oʻqitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan oʻzaro bogʻliq holda va sinfdan tashqari oʻqish mashgʻulotlari jarayonida hal qilinadi.

Boshlangʻich sinflarda oʻqish oʻqitish metodikasi yuqori sinflarda ona tili va adabiyot oʻqitish metodikasining dastlabki bosqichi boʻlib, u tekshiradigan masalalarni boshlangʻich sinf oʻquvchilariga tadbiqan (muvofiq ravishda) oʻrgatadi. Shu bilan birga, boshlangʻich sinflarda oʻqish oʻqitish metodikasining oʻziga xos xususiyatlari mavjud. Boshlangʻich sinflarda oʻqish oʻqitish grammatika, imlo va unga bogʻliq holda nutq oʻstirish metodikasinigina emas, balki xat-savod oʻrgatish, sinfda va sinfdan tashqari oʻqish metodikalarini ham oʻz ichiga oladi. Shulardan kelib chiqib, boshlangʻich sinflarda oʻqish oʻqitish metodikasi fani quyidagi vazifalarni bajaradi:

a) boshlangʻich sinflarda oʻqish kursining mazmuni, hajmi va mavjud tizimini, ya’ni kursning (xat-savod oʻrgatish, oʻqish, grammatika, imlo, nutq oʻstirish va h.k.) dasturini belgilash va asoslash;

b) oʻqish va yozuvdan bilim va koʻnikmalarning shakllanishi jarayonini hamda bu jarayonda oʻquvchilar duch keladigan qiyinchiiiklarni oʻrganish, xatolarning sababini tahlil qilish, ularning oldini olish va toʻgʻrilashga yordam beradigan ish turlarini ishlab chiqish;d) oʻqishdan beriladigan oʻquv materialini oʻquvchilar aniq tushunishi va puxta oʻzlashtirishiga, ularda olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq eta olishga va oʻquvchilarning umumiy taraqqiyotiga, ya’ni ularning zehnini, xotirasini, kuzatuvchanligini, yodda saqlashini, mantiqiy tafakkurini, ijodiy oʻylashini, nutqini oʻstirishga yordam beradigan metod va vositalarni ishlab chiqish;e) oʻqishni oʻrgatish bilan bogʻliq holda maktablar oldiga qoʻyilgan tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish, oʻquvchilarda axloqiy va estetik sifatlarni shakllantirish.Oʻqish oʻqitish metodikasi ta’limning turli bosqichlarida oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini aniqlaydi, oʻqishning muvaffaqiyati va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, xato va kamchiliklarini bartaraf etish usullarini topadi. Oʻqish metodikasi ta ’lim tizimining barcha bosqichlarida oʻqish oʻqitishning izchillik va uzluksizligini ta’minlaydi. Maktabgacha tarbiya muassasasida, asosan, bolalarning nutqini oʻstirish nazarda tutiladi. Boshlangʻich sinfda oʻquvchilar nutqini oʻstirishdan tashqari, oʻqishdan elementar nazariy tushunchalarni amaliy oʻzlashtirishlari ham nazarda tutiladiXulosa sifatida aytish mumkinki, oʻquvchilarni Oʻqish fanini tushunchalri bilan tanishtirish boshlangʻich sinflarda hikoyalar yuzasidan beriladigan bilimlar amaliy oʻrganiladigan nazariy oʻrganiladigan bilimlarga boʻlinadi. Sintaksisga oid bilimlarni amaliy oʻrgatish savod oʻrgatish davridayoq boshlanadi va 3-4-sinfda ham davom ettiriladi. Bu mavzular yuzasidan turli mashqlar bajariladi.



Download 379 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish