II bob. Uchinchi sinf oʻqish darsligi materiallari ustida ishlash metodikasi.
2.1-§.Boʻlimdagi lirik asarlar ustida ishlash yoʻllari
Lirik turdagi asarlar, odatda, kichik hajmli boʻlib, biror voqea-hodisa ta’sirida insonda tugʻulgan ruhiy kechinma, fikr va tuygʻular orqali hayotni aks ettiradi . Shoir lirikada ayrim shaxsning bevosita hayotiy kechinmasini beradi, bu bilan lirik asarda xarakter va kechinmani individuallashtiradi. Shu bilan bir qatorda, ijodkor lirik asarda faqat oʻz fikri, his- tuygʻularinigina emas , balki umuminsoniy lipik kechinmalarni ofodalaydi. Demak, shoir voqeylikni ilgʻor ijtimoiy ideallar nuri bilan yoritadigan kechinmalar , fikr - tuygʻularini tarannum etadi. She'riy shakl lirikaning xarakterli xususiyati boʻlib , u kishining his tuygʻuga toʻla hayajonli nutqini ta’sirli ifodalashda qoʻl keladi. She'riy nutq mana shu xususiyati bilan ham nasriy nutqdan farq qiladi. Nasr nisbatan tinch-osoyishta nutq boʻlsa , she'r -hayajonli , tòlqinli va ehtirosli nutqdir. Zero, she' r oddiy holatni emas , favqulodda holatni , hissiyotni , hayajonli tafakkurni ifoda etadi.
3-sinfning oʻqish darslarida kiritilgan lirik asarlar bilan tanishib chiqsak maqsadga muvofiq boʻlar edi.1- "Biz buyuk yurt farzandimiz" boʻlimida Dilshod Rajabning "Yurtim jamoli", Ulugʻbek Hamdamning " Vatan desam..", Kavsar Turdiyeyvaning "Obod mahalla boʻylab", Xolmurod Safarovning "Savollarga javoblar" kabi she'rlari keltirib oʻtilgan. Bu boʻlimdagi lirik asarlar oʻquvchilarga Vatanga muhabbat, mehr- shafqat, vatanparvarlik, insonparvarlik, oliyjanoblik singari tuygʻularni beradi. Shoir Vatanni shu tariqa kuylaydiki, beehtiyor oʻquvchi oʻzini shoir oʻrnida koʻradi.
Boʻlimni mustahkamlashda turli hil krassvordlar, savol-javoblar, didaktik oʻyinlar, multimedialar orqali amalga oshiriladi. Boʻlim yuzasidan savollar beriladi
1) Vatanimizni ulugʻlovchi fikrlar boʻlimdagi qaysi asarlarda berilgan?
2) Buyuk insonlar avlodi boʻlish uchun nimalar qilish kerak?
3) Qaysi asarlarda yurtimizning oʻziga xos jihatlari koʻrsatib berilgan?
4) Mavzuga doir qanday maqollar va hikmatli soʻzlarni bilasiz? kabi savollar berib oʻtiladi.
Oʻquvchilardan yod olgan she’rlari soʻraladi. Ularni ifodali oʻqib berishiga e’tibor beriladi. She’rlar aynan nima haqidaligi , uning insonga qay darajada ijobiy ta’sir oʻtkazganligi yana bir bor mustahkamlanadi.
2-"Saxovatli kuz" boʻlimida Tolib Yoʻldoshning "Uzumlar oilasi", Ravshan Isoqovning "Fasllar", Anvar Obidjonning "Òqituvchining oʻgitlari", Poʻlat Moʻminning "Oltin kuzim".Har bir faslning oʻz husni-tarovati bordek, kuzning ham zavqi boshqacha. Sahovatli kuz boʻlimida sanab oʻtilgan she'rlarga nazar solsak shoirning mahoratiga, uning keng muhoshadasiga guvoh boʻlamiz. Bu she'rlar sodda, mazmuni esa juda ham chiroyli va yorqindir.
3- “Maktabim – qutlugʻ makonim”, “Kitobim – buyuk imkonim” boʻlimida Zafar Diyorning "Kitob, mening doʻstimsan" Faxriddin Hayitning, "Donishmand quyon va kichkintoy jirafa", Tursunboy Adashboyevning "Ona tilim", Zulfiya Moʻminovaning "Xoʻroz nega uchmaydi", Olqor Daminning "Chalavoyning toʻla tushi". Oʻquvchilarni maktab va bilimga boʻlgan qiziqishini yanada orttirish maqsadida qiziqarli suhbat oʻtkaziladi. Yod olgan she’rlari yoddan soʻraladi. Savol va topshiriqlar beriladi. Multimedialar namoyish etiladi.
4-"Hunar – hunardan rizqing unar" boʻlimida Tolib Yoʻldoshning “Hunarni sev”, “Mohir qoʻllar qoʻshigʻi”, Obid Rasulning “Bordir kulol amakim”, Anvar Obidjonning “Oʻn tilla mukofot haqida ertak”. Boʻlim yuzasidan qiziqarli dars uyushtiriladi. Har bir mavzu qisqa muddatda esga olinad. Savollar beriladi:
1) Siz qanday kasb egasi boʻlmoqchisiz?
2) ”Hunarli inson xor boʻlmas” maqolini siz qanday tushunasiz?
3) Boʻlimdan yodlagan she’ringizni ifodali qilib aytib bering.
4) Nima uchun bir yigitga qirq hunar ham oz deyishadi?
5-"Goʻzal qish manzarasi" boʻlimida esa Dilshod Rajabning "Qor alyori", "Bosh qomus kitobimiz", Quddus Muhammadiyning "Qish ham chiroyli", Orif Toʻxtashning "Laylak qor", Poʻlat Moʻminning "Momiq qor", Qudrat Hikmatning "Ayamajiz", Dilfuza Kamoljonovaning "Yangi yil archasiga" kabi lirik asarlar oʻz oʻrnini egallagan. Boʻlim yuzasidan takrorlashda turli xil metodlardan foydalaniladi. Suhbat, savol-javob, hikoya kabilar va boshqalar. ”Goʻzal qish manzarasi” boʻlimidan kelib chiqqan holda qish mavzusiga va qish faslida nishonlanadigan bayramlarga oid topishmoqlar, she’rlar, multimedia ilovalar qoʻllaniladi. Qish mavzusiga oid rasmlar chiziladi. Rasmlar asosida suhbatlar oʻtkaziladi.
6-"Vatan himoyachilari" boʻlimida Zikrilla Ne'matning "Vatanimga xizmat qilaman", Anvar Obidjonning "Sport maktabi", Zahro Hasanovaning "Notinch mamlakatlarda" kabi asarlar. Bilamizki, Vatan- muqaddas. Uni asrab avaylash esa sharafli burchdir. Ushbu boʻlimdagi she’rlar oʻquvchilar tomonidan gʻurur va iftixor bilan aytiladi.
7- "Ulugʻlardan oʻrganmoq – oqillik" boʻlimida Yusuf xos Hojibning "Qutadgʻu bilig" hikmatlari, Berdaqning "Bolam", Yamin Qurbonning "Lol boʻlgan tulki". Berilgan ushbu hikmatli lirik asarlar oʻquvchi tarbiyasiga katta ta’sir oʻtkazadi. Bu asarlarni oʻrgatish va mustahkamlash jarayonida buyuk bobokalonlarimiz hikmatli soʻzlari keltirib oʻtiladi. Ularni hayoti va ijodi, qilgan buyuk ishlari, oʻlmas nodir asarlari haqida yana bir ma’lumot berib oʻtiladi. Multimedia orqali ularning asarlari namoyish etiladi.
8- "Zumrad bahor nafosati" boʻlimida Zafar Diyorning "Bahor yaqin" Kavsar Turdiyevaning "Oyijonlar, onalar" Quddus Muhammadiyning "Bahor keldi", Habib Rahmatning " Bogʻim", Dilshod Rajabning " Navroʻz keldi". Mana goʻzal bahor. Shoirlarimiz ayni ushbu faslni sevishlari bejiz emas albatta.
9- "Jahon bolalar adabiyoti" boʻlimida Tavfiq Fikratning "Moychechak", Janni Rodarining " Kasblarning rangi qanaqa", Anvarbek Duysinbiyning "Bahs" she'rlari keltirilgan.
10-"Tinchlik va doʻstlik boʻlsin barqaror" boʻlimida Faxriddin Hayitning "Tilak", Hamidulla Yoqubovning " Inson insonga oʻrtoq", "Kavsar Turdiyevaning " Tinchlik koʻchasi", "Ahillik koʻchasi", Goʻzal Begimning "May dasturxoni" kabi she'rlar oʻrin olgan.
11- " Yoz – oʻtadi soz" boʻlimida Sharifa Salimovaning "Hayvonot Olamiga sayohat", Anvar Obidjonning "Oʻquvchilar oromgohida" kabi she'rlar berilgan.
Bunga asarni va uning qismlarini oʻquvchilarga bir necha marta qayta oʻqitish bilangina erishish mumkin. Bolalar oʻqilgan asarlar yuzasidan berilgan savollarga javob berishga oʻrganadilar. Lirika ustida ishlash oʻqituvchi rahbarligida olib boriladi.
3-sinfda soʻzlarni butunicha sidirgʻa oʻqish koʻnikmasi toʻla shakllanadi. Bu esa oʻquvchilarda ongli va ifodali oʻqishga qoʻyilgan talablarni oʻstirish imkoniyatini beradi.
Oʻquvchilarni oʻz nutqlarida maqollardan, hikmatli soʻz va iboralardan foydalanishga, soʻzlarni toʻgʻri tanlashga, gap qurilishidan ( soʻzlarning bir-biriga bogʻlanishidan) toʻgʻri foydalanishga oʻrgatish talab etiladi. Oʻqish darslarida oʻquvchilarning soʻzlarni adabiy qoidalarga muvofiq etishlari talab etiladi.
3-sinfda ta’lim mazmunini belgilovchi koʻrsatkichlar boshlangʻich ta’limda adabiyot ta’limi tarkibidagi oʻqish mazmuning negizi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
mavzu doirasi: Vatan, vatan oʻtmishli hozirgi taraqqiyoti, kelajagi buyuk allomalar, tarixiy shaxslar, xalq qahramonlari, tengdoshlari, hayoti, ilm-fan, ma’rifat, madaniyat, mavsumiy oʻzgarishlar;
janriy xususiyatlari: hikoya, ertak, maqol, topishmoq, doston, tez aytish, she’r, latifa ,lof; kitob bilan ishlash;
soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qilish, boʻgʻinlab oʻqishdan ongli, sidirgʻasiga(tekis) tez, toʻgʻri, ravon va ifodali oʻqishga erishish;
oʻzbek va xorijiy bolalar yozuvchilari asarlarini oʻqish;
yozuvchilarning ismi-sharifi, asarlarining nomlari haqida toʻlaroq tushuncha hosil qilish;
badiiy asrlarni sharhli, ifodali oʻqish;
asar mazmuni va voqealari oʻrtasidagi bogʻlanishni, qahramonlarning fe’l-atvorini aniqlash, qiyosiy tavsiflash;
oʻqigan asarlari yuzasidan oʻz fikr mulohazalarini ogʻzaki va yozma tarzda izchil ifodalash;
soʻz boyligini oshira borish va nutqida faol qoʻllash;
oʻqigan asarlari yuzasidan mustaqil reja tuzish;
nasriy asar mazmunini toʻliq, qisqartirib, shaxsini oʻzgartirib hikoyalash;
badiiy asarlarini oʻzaro qiyoslab, tegishli xulosalar chiqarish.
3-sinf oʻquvchilarining oʻzlashtirishi zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar quyidagilardir.
Oʻquv yili yakunida 3-sinf oʻquvchisining tayyorgarlik darjasiga qoʻyiladigan talablar:
Bilim:
hikoya, she’r, ertak, topishmoq, maqol, tez aytish, latifa, rivoyat, hikoyat, masal, ibora, afsonani janriga koʻra farqlay olish;
badiiy asar mazmuniga munosabat bildira olish;
Koʻnikma:
matndagi soʻzlarning ma’nolarini izohlay olish;
maktab kutubxonasidagi kitoblardan unumli foydalana bilish;
asardagi qahramonlar haqida kichik hikoya tuza olish;
bolalar yozuvchilaring turli janrdagi asarlarini mustaqil ravishda tanlab oʻqiy olish
Malaka:
ertak, topishmoq, maqol, tez aytish, xalq qoʻshiqlari, qissalardan parchalarni toʻgʻri, ongli, ifodali, sidirgʻa oʻqish;
oʻqilgan badiiy asarga reja tuzish;
asar mazmunini qayta hikoyalashda oʻxshatish;
asar mazmunini qisqartirib, qayta hikoyalash;
oʻqigan asari yuzasidan oʻz fikr-mukohazalarini erkin bildirish;
bir daqiqada 60-70 ta soʻz oʻqish;
oʻquv yili yakunida 15 ta she’rni yoddan ifodali aytib berish;
mustaqil oʻqish uchun bir mavzu doirasida bir nechta asar tanlay bilish va ifodali oʻqish;
oʻqilgan asar asosida kichik sahnalar qoʻyish.
Do'stlaringiz bilan baham: |