Oʻ z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I


-§. Boʻlimdagi nasriy asarlar ustida ishlashning oʻziga xos xusussiyatlari



Download 379 Kb.
bet14/18
Sana31.12.2021
Hajmi379 Kb.
#237509
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Ro'zmatova Gulhayo (2) 28.05.2021

2.2-§. Boʻlimdagi nasriy asarlar ustida ishlashning oʻziga xos xusussiyatlari

Nasriy asarlarni ifodali oʻqish lirik turdagi asarlarni oʻqishdan tubdan farq qiladi. Bu farq ,avvalo, asarning janr xususiyati bilan belgilanadi. Lirik turdagi asarlarda shoirning hissiyoti, voqelik haqidagi kechinmalari butun harorati bilan ifodalanadi. Boshqacha qilib aytganda, she'r shoirning voqelikdan olgan taassurotlarini joʻshqin aks ettiruvchi ehtiros mahsuli sifatida yuzaga keladi. She'rni oʻqiganda ham mana shu harorat, joʻshqinlik aks etib turadi.

She'r oʻqishdagi bu shiddatkorik uslubni butunligacha nasriy turdagi janrlarga qoʻllab boʻlmaydi.

Muallif nasriy asarda kishilarning hayoti va xarakterlarini ularning bir-birlariga boʻlgan murakkab munosabatlari orqali aks ettirar ekan, asar qahramonlarining ruhiy olami, urf-odatlarini tasvirlaydi, tabiat manzaralarini yoritishga joy beradi. Demak, nasriy turdagi asarlarda biz hayotning keng manzarasini koʻramiz. Nasriy asarlarda, odatda, voqealar bayoni yetakchi oʻrin egallaydi. Bu turdagi asarlarni ifodali oʻqish she'riy janrlardan farqli oʻlaroq, nisbatan osoyishta kechadi. Albatta, bu "osoyishtalik" ni muayyan asarning hamma oʻrinlariga ham qoʻllab boʻlmaydi, chunki voqealar davomida shiddatkor oʻrinlar, hayajonli lavhalar ham uchraydi. Badiiy asarning qaysi oʻrinni qanday ohangda, qanday tempda oʻqish lozimligini aniqlab olish maqsadga muvofiqdir. Chunki asarda qoʻyilgan hayotiy haqiqatni aniqlash, uni mantiqan tushunib oʻqishga, ayni paytda ifodali oʻqishga yordam beradi.

Nasriy asarlar turkumiga kiruvchi hikoya inson hayotidagi uncha katta boʻlmagan bir voqeaning badiiy tasviridir. Hikoya epik turga mansub kichik hajmli janr bolib , u oʻziga xos imkoniyatlar va hayotiy qamrovga ega boʻladi. Hikoya tasvirning koʻlami , syujet va kompozitsiyaning nisbatan soddaligi, bayonning, asosan, bir shaxs tomonidan olib borilishi jihatidan epik turning boshqa janrlaridan ajralib turadi. Hikoya koʻproq nasriy tuzilishiga ega bòlsa ham, ayrim holarda, ayniqsa, Sharq klassik adabiyotida she'riy shaklda ham uchraydi. Hikoyada inson va uning hayoti uchun xarakterli boʻlgan lavhagina koʻrsatiladi. Unda inson hayotidagi ayrim hodisa , bu hodisaning yuzaga kelishi hikoya qilinadi. Shu tarzda ayrim hodisagina bayon qilinishi sababli, unda kam personajlar ishtirok etadi. Hikoyaning syujeti asosini tashkil etgan hodisaning tuguni, kulminatsiyasi, yechimi boʻladi. Lekin unda bu hodisaning rivoji koʻrsatilmaydi. Hikoyaga dunyo adabiyotining buyuk namoyandalaridan biri Jek London shunday ta’rif bergan: "Hikoya – hayotdan olingan tugallangan epizod, kayfiyat, vaziyat, harakat birligidir".

Hikoyani ifodali oʻqishda bu janrning ana shu xususiyatlariga e'tibor qaratish, matndagi muallif nutqi, tabiat tasviri, dialoglar hamda qahramonlarning ichki kechinmalarini puxta oʻrganish lozim. Hikoyani oʻqishda voqealar mazmunidan kelib chiqqan holda, ovoz tovlanishlanishlari, temp, urgʻu kabi ifodali oʻqish vositalariga alohida e'tibor beriladi.

3-sinf oʻqish kitobida quyidagi hikoyalarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin. Hamidulla Murodovning "Yangi uy", Xudoyberdi Toʻxtaboyevning "Yaxshilik ketidan yaxshilik keladi", Mahmud Murodovning "Olma", Oʻtkir Hoshimovning "Xazonchinak", Nurmat Maqsudiyning "Ilmli ming yashar", Normurod Norqobilovning "Qizcha va qargʻalar", Erkin Malikovning "Unutilmas bayram", Zamira Ibrohimovaning "Hisobda adashgan bola", Muhabbat Hamidovaning "Jumboq hikoya", Sunatilla Anorboyevning "Bahs", Mirzakalon Ismoiliyning "Bobongiz xafa boʻlsalar maylimi", Oʻtkir Hoshimovning "Chana", Yayra Sa’dullayevaning "Qish boʻlmasa-chi?", Zamira Ibrohimovaning "Qorboboga elektron maktub", Yusuf Fayzulloning "Balli buva", Safar Barnoyevning "Bobonur", Shukrullo Abdullayevning "Vatan himoyachisi", Mirkarim Osimning "Jaloliddin Manguberdi", Xudoyberdi Toʻxtaboyevning "Buyuk boobomizning buyuk himmatlari",Yoʻldosh Shamsharovning " Varrak", Ulugʻbek Hamdamning "Koʻprik ustidagi doʻst", Hamidulla Murodovning " Oq tumshuq jasorati", Ulugʻbek Hamdamning " Vatan haqida qoʻshiq" kabi hikoyalar berilgan. Har bir hikoya oʻzgacha shavq va zavq bilan yozilgan. Ushbu hikoya janridagi asarlarni oʻqitishda va oʻrgatishda hikoya gʻoyasi nimadan kelib chiqqani, uni qay usulda oʻquvchilar ongiga ta’sir oʻtkazish maqsadga muvofiq. Hikoyalar oʻqituvchi tomonidan ta’sirli va jonli soʻzlab berilishi nazarda tutiladi.

Ertaklarni ifodali òqish. Yosh avlodni oʻz xalqiga , millatiga, tugʻilib oʻsgan ona yurtiga chuqur hurmat va muhabbat ruhida tarbiyalashda ertaklarning ahamiyati beqiyosdir. Xaqimizning oʻtmishi, milliy urf-odatlari, dunyoqarashlari, moddiy va ma’naviy boyliklari, goʻzal bogʻlari-yu ulugʻvor togʻlari ertaklarda ajdodlarimizning erk va adolat, birlik va ahillik yoʻlida olib borgan kurashlari aks etadi. Ertak qahramonlari hech qachon mehnat va mashaqqatlardan qoʻrqmaydilar, jismoniy va ruhiy barkamolligi tufayli yovuz kuchlarni yengib hamisha gʻalaba qozonadilar. Shuning uchun ham ertaklar katta-yu kichik hammani birdek oʻziga jalb qiladi, estetik zavq uygʻotadi, ezgu maqsadlar yoʻlida toʻsiq boʻlgan gʻovlarni yengib oʻtishga oʻrgatadi.



Ertak boshlanmasidagi bir-biriga qofiyadosh boʻlgan soʻzlarning takrorlanib kelishi oʻziga xos ritm va ohangdorlikni yuzaga keltiradi. Darsligimizda berilgan ertaklar bilan tanishib olsak. Goʻzal Begimning "Opa singil daryolar", Kavsar Turdiyevaning "Vaqting ketdi – naqding ketdi", Aziza Ahmedovaning "Qish ertagi", Oydinnisoning "Qorparcha", "Alpomishning bolaligi ", "Halollik" Oʻzbek xalq ertagi, "Donishmand yigit" Oʻzbek xalq ertagi, "Ahillik" qirgʻiz xalq ertagi, Zohir A’lamning "Soy suvi haqida ertak", Karlo Kollodining "Pinikkioning sarguzashtlari", "Anbe va Ranbe" hind xalq ertagi, " Dogʻda qolgan qargʻa" laos xalq ertagi, Shukrullo Abdullayevning "Ilonchaning tugʻulgan kuni" kabi ertaklar berilgan.

Boshlangʻich sinflarning oʻqish darslarida oʻrganiladigan nasriy asarlar: hikoya, ertak, qissalar va romanlardan parchalarning mavzu doirasi ancha keng boʻlib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq ogʻzaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan.Oʻqish darslari uchun tanlangan mavzular oʻquvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar boʻyicha ham bilim va tarbiya berishni koʻzda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma’naviyat va tabiat haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan koʻzlangan maqsad oʻzlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bogʻliq tuygʻularni uygʻotishdir. Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz oʻtmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulugʻ siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy sanalar toʻgʻrisida muayyan tasavvur beradi. Beruniy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi asarlar oʻquvchilarni faqat oʻtmishimiz bilan tanishtirib qolmasdan, Vatan oldidagi farzandlik burchi va mas'uliyatini teran anglashga ham yordam beradi. Ularda Vatanga muhabbat tuygʻusi shu tariqa shakllanadi. Bu borada 3-sinf oʻqish kitobida berilgan ayniqsa milliy istiqlol va vatanga muhabbat tuygʻulari bilan bogʻliq Orif Tòxtashning ,,Vatan madhi ", Dilshod Rajabning „Yurtim jamoli", Ulugʻbek Hamdamning ,,Vatan desam...", Goʻzal Begimning ,,Opa-singil daryolar" Kavsar Turdiyevaning ,, Obod mahalla boʻylab", Muhabbat Hamidovaning ,,Vatanni tanish" mavzusidagi asarlari yaqindan yordam beradi.Tabiatga oid mavzular yordamida oʻquvchilar tabiatdagi oʻzgarishlar, yil fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Bunday mavzudagi asarlar oʻquvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga, unga nisbatan toʻgʻri munosabatda bolishga oʻrgatadi.Tabiat tasviriga oid matnlar ustida ishlashda tabiat bagʻriga sayohat uyushtirilib, bolalar kuzatuvchanlikka oʻrgatilsa, vatanparvarlikka oid asarlar tahlili vatanning dongdor kishilari bilan uchrashuvlar yoki mavzuga daxldor kinofilmlar namoyishi vositasida amalga oshirilsa, dars samaradorligi yanada ortadi.Umuman, ,,Oʻqish kitobi" darsliklaridagi barcha mavzular oʻquvchilarga ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lugʻatini boyitishga, ogʻzaki va yozma nutqini toʻgʻri shakllantirish va nutq madaniyatini oʻstirishga ham qaratiladi.Amaldagi ,,0'qish kitobi" darsliklarida materiallarning sinfdan sinfga oʻtgan sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan. Masalan, 1-sinfda oʻrgatiladigan ,,Ajdodlarimiz-faxrimiz", »Ilm — aql chirogʻi", ,,Zumrad bahor", ,,Kumush qish" kabi mavzular 2—4-sinflarda ham davom ettirilgan. Bu esa oʻquvchilarning oldingi bilimlarini toʻldiradi va boyitadi.Uzluksiz ta’limning boshqa bosqichlaridan farqli oʻlaroq, boshlangʻich sinflarning oʻqish darslarida oʻquvchilarning oʻqish malakalarini shakllantirish, asar matni ustida ishlash ta’limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli mavzudagi matnlar ustida ishlash orqali ma’naviy-ahloqiy, adabiy-estelik tarbiya bilan chambarchas bogʻlab olib boriladi. Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang-barangligiga, poetik mukammalligiga, oʻquvchilarning bilim darajasi va yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida e'tibor qaratiladi.Oʻquvchilar darsliklar yordamida oʻzlashtiriladigan bilim, koʻnikma va malakalarining kelajak hayotda zarur boʻlishini tushunib yetishishlariga erishish oʻqituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir.Boshlangʻich ta’lim boʻyicha DTS va ,,Ona tili" oʻquv dasturida oʻqish ta’limi oldiga qoʻyilgan talablarni amalga oshirish sinfda oʻqishni toʻgʻri tashkil qilish, oʻqitish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilgʻor pedagogik texnologiyalardan oʻrinli foydalanishga koʻp jihatdan bogʻliqdir.Umuman olganda, oʻqish darslari oldiga qoʻyiladigan didaktik vazifalar quyidagilardan iborat:

1. Oʻquvchilarda yaxshi oʻqish sifatlari: toʻgʻri, tez, ongli, ifodali oʻqishlarini shakllantirish. Oʻquvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga oʻrgatish, kitobga muhabbat uygʻotish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga koʻtarish. Oʻquvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish. Oʻquvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yetuk va mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash. Oʻquvchilarning bogʻlanishli nutqini va adabiy-estetik tafakkurini oʻstirish. Oʻquvchilarning xayolot olamini boyitish. Elementar adabiy tasavvurlarini shakllantirish. Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta’limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari mavjud boʻlib, ular zamonaviy oʻqitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan oʻzaro bogʻIiq holda va sinfdan tashqari oʻqish mashgʻulotlari jarayonida hal qilinadi. Oʻqish inson xayotida muhim ahamiyatga ega. Oʻqish orqali inson borliq, jamiyat haqida bilimga ega boʻladi, oʻqishni bilmagan odamning koʻzi ojiz kishidan farqi yoʻq. Boshlangʻich sinfda oʻqish faoliyati barcha prеdmеt darslarida amalga oshiriladi. Lеkin oʻqishga oʻrgatishning yoʻl-yoʻriqlarini oʻqish mеtodikasi ishlab chiqadi. Oʻqish mеtodikasining kichik yoshdagi oʻquvchilarning umumiy rivojlanishi, psixologiyasi, xususiy mеtodika sohasidagi yutuqlar borliq fanlar yutugʻi asosida shakllanib boradi.Masalan, eski maktablarda oʻqish quruq yod olish mеtodida oʻrganilgan boʻlsa, hozirgi maktablarda oʻqish izohli oʻqish mеtodida olib boriladi. Yod olish mеtodida matndagi soʻzlarga izoh bеrishga, mazmunini tushuntirishga, oʻqilganini qayta hikoyalashga, umuman olganda, oʻqishning ongli boʻlishiga mutlaqo e'tibor bеrilmagan. Ularda koʻproq turli talaffuzga, qiroat bilan oʻqishga, ifodali oʻqishga katta e'tibor bеrilgan.Hozir maktablarda oʻqish izohli oʻqish mеtodida olib borilyapti. Izohli oʻqishga kеyingi ma’ruzalarda toʻxtalamiz. Oʻqish darslarida oʻquvchilar tabiat, jamiyat, unda yashovchi, kishilar xayoti, ularning oʻtmishi, hozirgi yashash tarzi, mashhur kishilari haqida, vatanning tabiati, ob-havosi, boyliklari, hayvonot dunyosi va boshqalar haqidagi bilimlarni egallaydilar. Bilim olish jarayonida ularga nisbatan munosabat uygʻonadi. Bilim bеrish bilan oʻquvchi shaxsi tarbiyalanib boradi. V.A.Suxomlinskiy bu haqida shunday dеydi: «Bolalar dunyoni va oʻz-oʻzini boshqarish bilan birga katta avlodlar yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar uchun oʻzining mas'ulligini oz-ozdan bilib borishlari kеrak. Bolaga yaxshilik va yomonlikni toʻgri koʻrish imkonini bеrish kеrak. Yaxshilik unda quvonch, zavq, hayajon, ma’naviy goʻzallikka ergashish ishtiyoqini hosil qiladi; yomonlik qahr-gʻazab, murosasizlik uygʻotadi, haqiqat va adolat uchun kurashga chorlovchi ma’naviy kuchga toʻldiradi. (1-4 sinf "Oʻqish kitobi" da bеrilgan asarlar misolida ochib bеriladi). Oʻqish darslarida qoʻllaniladigan metodlar. ,,Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"da ta’lim berishning ilgʻor pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy oʻquv-uslubiy majmualarini yaratish kabilar umumiy oʻrta ta’limning asosiy vazifalaridan biri sifatida ta’kidlangan .Ilgʻor pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish oʻqituvchi va oʻquvchi faoliyati doirasini aniq belgilab beradi. Inson hayotida muhim ahamiyatga ega boʻlgan oʻqish faoliyati barcha predmet darslarida amalga oshiriladi. Lekin oʻqishga oʻrgatish yoʻl-yoʻriqlarini oʻqish metodikasi ishlab chiqadi. Oʻqish metodikasi kichik yoshdagi oʻquvchilarning umumiy rivojlanishi, psixologiya, xususiy metodika sohasidagi yutuqlar asosida takomillashtirilib boriladi. Oʻqish darslarining samaradorligi koʻp jihatdan ta’lim metodlarining toʻgʻri tanlanishiga bogʻIiq. Binobarin, fanning oʻzi kabi oʻqitish metodlari ham doimiy rivojlanishda boʻladi. Masalan, eski maktablarda oʻqish quruq yod olish metodi asosida oʻrgatilgan boʻlsa, hozir izohli oʻqish asosida olib boriladi. Yod olish metodida matndagi soʻzlarga izoh berishga, ma’nosini tushuntirishga, oʻqilganni qayta hikoyalashga, umuman olganda, oʻqishning ongli boʻlishiga mutlaqo e'tibor berilmagan. Ularda koʻproq toʻgʻri talaffuz, qiroat bilan oʻqish, ifodali oʻqish nazarda tutilgan. Hozir maktablarda oʻqish izohli oʻqish metodi asosida olib borilayotgan ekan, quyidagicha savol tugʻiladi: Izohli oʻqish nima?

Izohli oʻqishga XIX asrning 60—70-yillarida rus pedagogi K. D. Ushinskiy asos solgan, u oʻqishda oʻquvchilarni ,,ongli, tushunib, oʻylab oʻqishga" oʻrgatishni alohida ta’kidlaydi va uni ,,Izohli oʻqish" deb nomlaydi.Izohli oʻqish metodiga K. D. Ushinskiy ishining davomchilari yangiliklar kiritdilar. Korf va Vaxterev izohli oʻqish oʻquvchilarga real bilim berish vositasi desa, Vodovozov va Bunakov oʻquvchilarga oʻqish jarayonida bilim badiiy asar tahlili va asarning tarbiyaviy xarakteri bilan bogʻliq holda beriladi, degan fikrni ilgari suradilar.Professor Asqar Zunnunov oʻqitishning mazmuni va usullari haqida fikr yuritib, oʻquvchilarning oldin bilimlarni oʻzlashtirishiga, soʻng yod olishlariga e'tibor berilishi ta’lim jarayonida izohli oʻqish deb nomlanganini ta’kidlaydi.Demak, izohli oʻqish deb oʻylashga, his qilishga, asarni toiiq idrok qilishga, oʻqilganning mazmunini oʻzlashtirishga olib keladigan oʻqishga aytiladi. Izohli oʻqish asar mazmunini tushunishni, asardagi muhim fikrni, yozuvchi ilgari surayotgan gʻoyani anglashni ta’minlaydi. Izohli oʻqish quyidagi tamoyillarga toliq amal qilingandagina muvaffaqiyatli boʻladi: Oʻqishni hayot bilan bogʻliq holda tashkil etish. Oʻqishning ongli va ta’sirchan boiishi uchun oʻquvchilarning hayotiy tajribalariga, taassurotlariga asoslanish. Oʻqishni koʻrgazmali tashkil qilish, tabiatga, tarixiy joylarga ekskursiyalar uyushtirish, hayvonot olami va oʻsimliklar dunyosini ku zatish, rasmlar, jadvallar, predmetlar bilan tanishtirish hamda matnni oʻquvchining ifodali oʻqishi tarzida olib borish. Boshlangʻich sinf oʻqish darslarida asosan she'rlar, masallar, ertaklar, hikoyalar, afsonalar, maqol va topishmoqlar, ilmiy-ommabop asarlar oʻqib oʻrganiladi. Tabiiyki, ularning har biri oʻziga xos shakl, uslub va mazmunda yaratiladi. Shuning uchun ham har bir janrga mansub asarlarni oʻziga xos usulda oʻqib oʻrganish taqozo qilinadi. Badiiy asarni izohli oʻqishga yaqin boigan metodlardan biri ijodiy oʻqishdir. Atoqli metodist olim N.I.Kudryashov ijodiy oʻqish metodi tarkibiga quyidagi ish usullarini kiritadi:

a) oʻqituvchilarning badiiy matnni sharhlab oʻqishi hamda oʻquv­chilarning asarni toʻgʻri va imkon qadar yanada chuqurroq, emotsional idrok etishlarini ta’minlash maqsadini koʻzda tutuvchi soʻzi;

b) oʻqilgan asardan oʻquvchilarning bevosita olgan taassurotlarini chuqurlashtirish maqsadiga ega boʻlgan va ularning diqqatini matnning muhim gʻoyaviy va badiiy hususiyatlari sari yoʻnaltiradigan suhbat uyishtirish yoki oʻqilgan asardan kelib chiqadigan badiiy, axloqiy, ijtimoiy siyosiy muammoning qoʻyilishi;

d) oʻqituvchining asar oʻqilganidan keyin oʻquvchilarning asarni tadqiq etish jarayonida tugʻilgan badiiy kechinmalarini faollashtirish maqsadini koʻzda tutuvchi soʻz.

Koʻrinadiki, ijodiy oʻqish izohli oʻqishdan farqli oʻlaroq, toʻgʻridan-toʻgʻri matn mohiyatini ochishga ijodiy yondashishni taqozo etadi. Masalan, 3-sinfda Ulugʻbek Hamdamning ,,Vatan haqida qoʻshiq" hikoyasini ijodiy oʻqish metodi asosida oʻrganish jarayonida matn mazmuni va shoir gʻoyaviy niyatidan kelib chiqib Vatanimiz hududlaridagi aholining yashash tarzi bilan bogʻliq milliy xususiyatlar haqida ham atroflicha tushuncha beriladi. 2-sinfda ,,0'tinchi yigit", 3-sinfda Oʻtkir Hoshimovning ,,Xazonchinak", 4-sinfda S. Anorboyevning ,,Qoʻrqoq" asarlarini ham ijodiy oʻqish metodi asosida oʻqitish ijobiy samaralar beradi.

Ifodali oʻqish. Boshlangʻich ta’lim tizimida mantiqiy oʻqish (matnni toʻgʻri, tushunib, tez (me'yorida) oʻqish) va adabiy oʻqish mukammal oʻzlashtirilganidan soʻng ifodali oʻqishga oʻtiladi. U yod olingan she'riy asarlarni ifodali oʻqishni ham oʻz ichiga oladi. Ifodali oʻqishning muvaffaqiyati oʻquvchilarning asar mazmuni, gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari haqida muayyan tushunchaga ega boʻlishi bilan bogʻliq .Ohang va intonatsiya she'riy asarlarni ifodali oʻqishda qay darajada muhim boʻlsa, nasriy asarlarni oʻqishda ham muhim talablardan biridir.Nasriy asarlarni ifodali oʻqishdan oldin unda qanday gʻoya ilgari surilayotganini aniqlash zarur. Masalan, 3-sinfda Zamira Ibrohimovaning ,, Hisobda adshgan bola" hikoyasini ifodali oʻqishdan oldin oʻquvchilarga hisobda adashgan bola kim ekanligi, unining xatosi nimalardan iborat boʻlganligi, dangasalik va ilmsizlik illat ekanligi toʻgʻrisida tushuncha beriladi.Ifodali oʻqish oldiga qoʻyilgan bu talab Zulfiya Moʻminovaning ,,Xoʻroz nega uchmaydi", she'riy ertak ,Anvar Obidjonning"Oʻn tilla mukofot haqida ertak" , kabi she'riy ertak va hikoyalarini oʻqishga ham xosdir.

Badiiy oʻqish. Badiiy oʻqish ifodali oʻqishning yuksak bosqichi hisoblanadi. Unda soʻz san'atining barcha komponentlari ishtirok etadi. U oʻquvchidan asar ichiga batamom kirishni, san'atkorona oʻqishni talab etadi. Badiiy oʻqishda asar qahramonlarining ruhiy holati, kechinmalari toʻla anglab etilgandagina ta’sirchanlikka erishish mumkin. Badiiy oʻqishga tayyorgarlik koʻrishda aktyorlarning audio-video tasmalarga yozilgan ijrolaridan foydalanish yaxshi samara beradi.Badiiy oʻqishning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan omillardan biri tanlab oʻqishdir. Masalan, 3-sinfda X.Toʻxtaboyevning ,,Yaxshilik ketidan yaxshilik keladi" hikoyasi bilan tanishish jarayonida dehqon yigitning soʻzlariga shohning qilgan ehtiromi yoki Ulugʻbek Hamdamning ,,Koʻprik ustidagi doʻst" hikoyasidagi bolalarning bir - birlariga qanchalik doʻst ekanligi epizodi yuzasidan oʻqituvchi topshirigʻiga koʻra mazkur oʻrinlarni tanlab qayta oʻqilishi natijasida ushbu asarlarning badiiy-estetik qimmatini chuqurroq oʻzlashtirishga erishiladi.

Izlanish metodi. Bu metod asardagi voqea va tafsilotlar asosida oʻquvchilarga savol-topshiriqlar tuzishda, qahramonlarga baho berishda keng qoʻllaniladigan usuldir. Oʻqish darslarida reproduktiv metod keng qoʻllaniladi. Masalan, oʻqituvchi dastlabki darslarda oʻzi asar matnini qismlarga boʻladi, yozuvchi yoki shoirning aytmoqchi boʻlgan muhim fikriga oʻquvchilar diqqatini jalb qiladi, uni aniqlab koʻrsatadi, oʻquvchilar bilan birga tasvir vositalariga yuklatilgan ma’noni ochib, oʻquvchilarga koʻmaklashadi. Bularning bari oʻquvchilar uchun bir koʻrsatma vazifasini oʻtaydi. Shundan soʻng oʻquvchilar oʻqituvchining koʻrsatmalari yordamida yuqorida koʻrsatib oʻtilgan vazifalarni oʻzlari mustaqil ravishda bajaradilar.

Yuqorida ta’kidlangan metodlardan tashqari, boshlangʻich sinf oʻqish darslarida zamonaviy pedagogik texnologiya usullaridan ,,Aqliy hujum", ,,Tarmoqlash", ,,Guruhlar bilan ishlash", ,,Blits texnologiyasi" kabilardan ham foydalanish yaxshi samara beradi.Shuni ta’kidlab oʻtish kerakki, har bir darsda qanday metoddan foydalanish, darsda qanday usullarni qollash oʻqituvchi tomonidan oldindan belgilab olinishi va puxta ishlab chiqilishi kerak. Oʻqish malakalari va ularni takomillashtirish usullari. Dastur talablarini toʻliq bajarish va amalga oshirish uchun, birinchi navbatda, oʻqish koʻnikmalarini toʻgʻri va puxta egallash va takomlllashtirib borish zarur. Oʻqish koʻnikmalari savod oʻrgatish jarayonida shakllanadi, oʻqitishning keyingi bosqichlarida takomillashadi. Oʻqish malakalari deganda badiiy asar matnini toʻgʻri, tez, ongli va ifodali oʻqish tushuniladi. Oʻqish darslarida oʻquvchilarning oʻqish malakalari shakllantiriladi va takomillashtiriladi. Oʻqish malakasining sifatlari oʻzaro bogʻliq boʻlib, ularning asosi ongli oʻqish hisoblanadi. Oʻquvchi matnni tez va toʻgʻri oʻqisa-yu, anglab oʻqimasa yoki uning tez oʻqishi natijasida boshqalar matn mazmunini tushunmasa, toʻgʻri oʻqisa-yu, oʻta sekin oʻqisa, nutq birliklari orasida toʻxtamlarga e'tibor bermasa, matnda ifoda etilayotgan fikr tushunilmaydi. Muayyan tezlikda va toʻgʻri oʻqish ongli oʻqishga xizmat qiladi, toʻgʻri, tez va ongli oʻqish esa ifodali oʻqishning asosi hisoblanadi. Oʻqish malakalarini egallash maktabda oʻqitiladigan barcha predmetlarni muvaffaqiyatli oʻzlashtirishning muhim sharti hisoblanadi. Oʻqish faoliyatning asosiy turi boʻlib, oʻquvchilarni gʻoyaviy-siyosiy, aqliy, estetik va nutqiy tomondan rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat yaratadi. Bu jarayon esa oʻqish malakalarini oʻstirish va takomillashtirish ustida tizimli va maqsadga muvofiq ishlashni talab qiladi. Oʻqish malakasini egallash ancha murakkab boʻlib, uni shakllantirish uzoq vaqtni talab etadi. Ruhshunos olim T. G.Yegorov oʻzining ,,Oчерки психологии обучени детей чтению" nomli asarida oʻqish malakalarini shakllantirish jarayonini uch bosqichga ajratadi: analitik bosqich, sintetik bosqich va avtomatlashgan bosqich. Analitik bosqich savod oʻrgatish davriga toʻgʻri keladi, bunda soʻzni boʻgʻin-harf tomonidan tahlil qilish va boʻgʻinlab oʻqish malakasi shakllantiriladi. Sintetik bosqich uchun soʻzni sidirgʻa oʻqish xarakterlidir; bunda soʻzni koʻrish orqali idrok qilish va uning talaffuzi soʻz ma’nosini anglash bilan asosan mos keladi. Oʻqish soʻz ma’nosini idrok qilish bilan amalga oshadi. Oʻquvchilar sintetik bosqichga 3-sinfda oʻtadilar. Bundan keyingi yillarda oʻqish avtomatlasha boradi.Oʻqish darslarida asar ustida ishlashni shunday tashkil etish kerakki, asar mazmunini tahlil qilish oʻqish malakalarini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan boʻlsin.

Toʻgʻri oʻqish. Toʻgʻri oʻqish deganda xato qilmasdan, yanglishmasdan oʻqish tushuniladi, ya’ni toʻgʻri oʻqish soʻzning tovush-harf tarkibini, grammatik shakllarini buzmasdan, soʻzdagi tovush yoki boʻgʻinni tushirib qoldirmay, boshqa tovushni qoʻshmay, harflar oʻrnini almashtirmay, aniq talaffuz qilib, soʻzga urgʻuni toʻgʻri qoʻyib oʻqish hisoblanadi. M.Odilova va T.Ashrapovalar ,,Adabiy talaffuz me'yorlariga qoʻyilgan barcha talablar toʻgʻri oʻqish koʻnikmasiga ham taalluqlidir", — deb ta’kidlaydilar. Rus metodisti Yakovleva toʻgʻri oʻqishga quyidagicha ta’rif bergan: ,,Toʻgʻri oʻqish — bu materialning tovush tomonidan xatosiz va bir tekisda ravon nusxa koʻchirishdir". Demak, toʻgʻri oʻqish soʻzning tovush tarkibini, grammatik shaklini buzmasdan adabiy-orfoepik me'yorlar asosida oʻqishdir.Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida idrok etish, talaffuz qilish va matn mazmunini tushunish oʻrtasida puxta sintez yoʻq boʻlgani uchun ular oʻqishda xatoga yoʻl qoʻyadilar. Bu esa matn mazmunini tushunishni qiyinlashtiradi. Toʻgʻri oʻqish soʻzning uzun-qisqaligiga, oʻquvchining soʻz boyligiga, ya’ni soʻzning leksik ma’nosini qanchalik bilishiga hamda soʻzning boʻgʻin va morfemik tarkibiga bogʻliq. Oʻquvchilar koʻpincha quyidagi sabablarga koʻra xatoga yoʻl qoʻyadilar:

1. Soʻzni talaffuz qilish bilan uning ma’nosini tushunish oʻrtasida puxta sintez boʻlmagani uchun bola soʻzning oldin tovush tomonini koʻradi, uni talaffuz qilishga oshiqadi. Soʻzning ma’nosini esa e'tibordan chetda qoldiradi. Soʻz koʻp boʻgʻinli boʻlib, bola uni oldin eshitmagan boʻlsa, xatoga yoʻl qoʻyadi.

3. Soʻzning ma’nosini bilmaslik tufayli xatoga yoʻl qoʻyadi.

4.Tez oʻqiyman deb xatoga yoʻl qoʻyadi.

5.Toʻgʻri oʻqish yorugʻlikka va yorugʻlikning tushishiga ham bogʻliq.

6.Undosh tovush soʻzning oʻrtasida va oxirida kelgan yopiq boʻgʻinli soʻzlarni oʻqishda qiynaladilar. Xato oʻqishning oldini olish uchun quyidagilar e'tiborga olinadi:

Matnni oʻqitishdan oldin undagi oʻqilishi qiyin soʻz, birikma va gaplarni aniqlash va ular ustida ishlash usullarini belgilab olish.

Tuzilishi murakkab soʻzlarni boʻgʻinlab oʻqilishini mashq qildirish.

Matnni oʻqishdan oldin uning mazmunini tushunishni qiyinlashtiradigan soʻzlarning lugʻaviy ma’nosini tushuntirish.

Soʻz ma’nosini izohlash usullarini aniqlash.

Vazifalarni aniq va tushunarli qilib berish.

Matnni diqqat-e'tibor bilan oʻqishlari uchun sharoit yaratish.

Oldin ichda oʻqitish, soʻng ovoz chiqarib oʻqitish.

6. Oʻqitishda oʻquvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish, ya’ni matnni oson, oʻrtacha qiyinlikda va qiyin oʻqiladigan oʻrinlarini belgilab olib, unga kuchi yetadigan oʻquvchilarga oldindan taqsimlab berish.

7. Oʻquvchilarning oʻqishini muntazam tekshirib turish.

8. Xatoning xarakteriga qarab, uni metodik tomondan toʻgʻri tuzatish yoʻlini aniqiash.

9.Oʻquvchilarni xato qilish mumkin boʻlgan oʻrindan ogohlantirib turish.

Xatchoʻpdan foydalanish.

Xato oʻqish oʻquvchining shaxsiy koʻruv sezgisiga bogʻliq boʻl-

sa, bu jihatni ham hisobga olish.

Oʻqituvchining tuzilishi murakkab soʻzlarni oldindan xattaxtaga yoki kartonga boʻgʻinlarga boʻlib yozib qoʻyib, oʻquvchilarga ovoz chiqarib birgalikda oʻqitishi yaxshi natija beradi Oʻquvchilar yoʻl qoʻygan xato ikki xil yoʻl bilan tuzatiladi:

Oʻquvchi soʻz oxiridagi qoʻshimchani notoʻgʻri oʻqisa, uni oʻqishdan toʻxtatmasdan xatoni toʻgʻrilash mumkin. Xato oʻqish bilan gaplarning mazmuni buzilsa, qayta o"qitish usulidan foydalaniladi. Bunda oʻquvchiga oʻqigan matni yuzasidan savol berilsa, oʻquvchi e'tiborli boʻlib qayta oʻqiydi.

Tez oʻqish. Tez oʻqish rne'yoriy tezlikda oʻqish boʻlib, bunda oʻqish sur'ati matnning mazmunini tushunishdan ajralib qolmasligi kerak. Oʻqish tezligi matnni tushunish tezligi bilan rnuvofiq ravishda oʻsib borishi lozirn. Oʻqilayotgan asar mazmunini oʻzlashtirishni, matn mazmunini ongli idrok etishni ta’minlaydigan oʻqish tez oʻqish deyiladi. Oʻqish sifatlarini yaxshi oʻzlashtirgan holda oʻquvchilarning oʻqish sur'ati bir-biridan farq qiladi. Bu dastur talablarini bajarmadi, degan gap emas. Ogʻzaki nutq tempiga toʻgʻri keladigan oʻqish sur'ati normal tezlik hisoblanadi. Chunki oʻta tez ham, oʻta sekin oʻqish ham matn mazmunini oʻzlashtirishni qiyinlashtiradi.Oʻqish tezligi birdaqiqada oʻqiladigan soʻzlar soni bilan belgilanadi. 2005-yilda e'lon qilingan oʻqish dasturida 1-sinfning 2-yarim yilligida oʻqish sur'ati 20—25 soʻz (notanish matnni oʻqish tezligi ham 20—25 soʻz); oʻquv yili oxirida 25—30 soʻz; 2-sinfning 1-yarim yiligida matnni oʻqish tezligi 30—35 soʻz; 2-yarim yilligida 40—50 soʻz; 3-sinfning 1-yarim yilligida 60—70 soʻz; 2-yarim yilligida 70—80 soʻz; 4-sinfning 1-yarim yilligida ichida ovozsiz 110—130 soʻz, ovozli oʻqishda 90—100 soʻz deb belgilangan. Tajribalar shuni koʻrsatadiki, bir daqiqada bola 250 soʻzli matnni oʻqisa, undagi 200 ta soʻzni eslab qolar ekan. Agar harflab, boʻgʻinlab oʻqisa, uning diqqat markazida soʻz emas, boʻgʻin boʻladi. Natijada u soʻzlarni eslab qola olmaydi. Bu 3-sinf oʻquvchilarining oʻqish tezligiga tatbiq etilsa, 125 soʻzdan 100 soʻzni eslab qoladi. Bu esa yuqori koʻrsatkichlarga erishish imkonini beradi. 3-sinfda bir daqiqada 140—150 ta soʻz oʻqiydigan oʻquvchilar ham bor.Oʻqish tezligi toʻrt yil davomida toʻgʻri va ongli oʻqish bilan bogʻliq holda asta ortib boradi. Oʻqish tezligini tekshirganda oʻqituvchi oʻqiladigan materialning xarakterini, ya’ni gʻoyaviy-mavzuviy murakkabligini, soʻz va gaplarning tuzulishini, ularning bolalar nutqida qay darajada ishlatilishini, oʻqishning toʻgʻri va ongli boʻlishini hisobga oladi. Oʻquvchilarning oʻqish tezligi har xil boʻladi, albatta. Oʻqituvchining vazifasi barcha oʻquvchilarning oʻqish tezligini, iloji boricha bir xillikka keltirishdan iborat. Oʻqish sur'atini oshirishda tez aytishlarni, maqollarni yod oldirish va matnni ovoz chiqarib oʻqishni mashq qilish kabilar samarali usullardan hisoblanadi.

Ongli oʻqish. Ongli oʻqish yaxshi oʻqishning asosiy sifati hisoblanadi. Ongli oʻqish oʻqilgmanining aniq mazmunini, asarning gʻoyaviy yoʻnalishini, obrazlarini va badiiy vositalarining rolini tushunib oʻqish, shuningdek, asarda tasvirlangan voqea-hodisalarga oʻz munosabatini ifodalay olishdir. Ongli oʻqish oʻz navbatida, oʻquvchilarning zarur hayotiy tajribasiga, soʻzning leksik ma’nosini, gapda soʻzlarning bogʻlanishini tushunishga va bir qator metodik shartlarga bogʻliq. Hozirda ongli oʻqish atamasi adabiyotlarda va maktab tajribasida ikki ma’noda: birinchidan, oʻqish jarayonini egallashga nisbatan oʻqish texnikasi ma’nosida, ikkinchidan, keng ma’nodagi oʻqishga nisbatan oʻqish sifatlaridan biri ma’nosida qoʻllanadi. Matnni ongli oʻqish uchun oʻquvchilar toʻgʻri, me'yorida oʻqishni egallagan boʻlishlari va oʻqish jarayonida qiynalmasligi taiab etiladi. Oʻquvchilar matnni ongli oʻqishlari uchun matn mazmuni va badiiy vositalari jihatidan tahiil qilinadiOngli oʻqishning muhim sharti asar qurilishi va mazmunini tushunish hisoblanadi. Oʻqituvchi ongli oʻqishni matnni ifodali oʻqishga (agar ovoz chiqarib oʻqilsa) va asar mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javobning toʻgʻriligiga, asar voqealari va qahramonlarning xatti-harakatiga bildirgan munosabatiga qarab baholaydi. Ongli oʻqish va ifodali oʻqish bir-birini taqozo qiladi, ammo bir-biriga aynan oʻxshamaydigan oʻqish sifatlaridir.

Ifodali oʻqish. Ifodali oʻqish intonatsiya — ohang yordamida asarning gʻoyasi va jozibasini toʻgʻri, aniq, yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir. „Ifodali oʻqish adabiyotni aniq va koʻrgazmali oʻqitishning dastlabki va asosiy shaklidir", deb ta’kidlaydi metodist olima M.A.Ribnikova. Demak, ,,Ifodali oʻqishning asosiy vazifasi asarning mazmunini va emotsionalligini intonatsiya orqali oʻquvchilarga koʻrgazmali qilib koʻrsatishdir. Ifodali oʻqishning asosiy tamoyili oʻqiladigan asar gʻoyasi va badiiy qimmatini chuqur tushuntirishdir".

Intonatsiya (ohang). Intonatsiya ogʻzaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi elementlari: urgʻu, nutq tempi va ritmi, pauza, ovozning past-balandligining yigʻindisidir. Bu elementlar bir-biriga ta’sir etadi va hammasi birgalikda asarning mazmunini, gʻoyasini, qahramonlarning turli kayfiyatini, ichki kechinmalarini ifodalaydi.

Oʻquvchilar ifodali nutq asoslarini egallashlari uchun muhim shartlar quyidagilardan iborat:

Nutq jarayonida nafasni toʻgʻri olish va toʻgʻri taqsimlay bilish.

Har bir tovushning toʻgʻri artikulatsiyasi va aniq diksiya (burro gapirish) malakasini egallash.

Adabiy talaffuz me'yorlarini egallash.

Bu shartlar faqat ifodali oʻqishgagina emas, balki ifodali nutqga, ya’ni hikoya qilishga ham taalluqlidir. Oʻquvchining har qanday ogʻzaki hikoyasi ifodali boʻlishi zarur. Ifodali oʻqishning asosiy vositalaridan biri ovozdir. Ovoz nafas bilan uzviy bogʻlanadi. Shuning uchun oʻqituvchi bolalarning ifodali nutqi ustida ishlashni talaffuz qilayotganda oʻz nafasini boshqara olish va ovozdan toʻgʻri foydalanishga oʻrgatishdan boshlaydi. Ovoz kuchi baland-pastlik, uzun-qisqalik, tezlik (temp), yoqimli-yoqimsizlik xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Oʻquvchilar matn mazmuniga qarab, baland yoki past ovozda oʻqish (gapirish)ga, nutqda tez, oʻrtacha yoki sekin tempni tanlashga, biror tuygʻuni ifodalashga oʻrganadilar. Ifodali oʻqishga oʻrgatishda oʻquvchilar pauza va logik urgʻu bilan ham tanishtiriladi. Ifodali oʻqishga tayyorlanish shartli ravishda uch bosqichga boʻlinadi:

Asarning aniq mazmunini tushunish, unda qatnashgan shaxslarning xatti-harakatini tahlil qilish, asarning gʻoyasini belgilash, ya’ni asarning gʻoyaviy-mavzuviy asosini, uning obrazlarini badiiy vositalari bilan yaxlit holda tushunish. Matnning qaysi joyida toʻxtam (pauza) qilishni, mantiqiy urgʻuning oʻrnini, oʻqish tempini belgilab olish. Oʻqishni mashq qilish, muallif fikrini, uning tasvirlangan voqea-hodisalarga va qatnashuvchi shaxslarga munosabatini ovoz bilan ifodalay olish uchun matnni qayta oʻqish. Asarning mazmuni va gʻoyaviy yoʻnalishini tahlil qilish ifodali oʻqishga oʻrgatish bilan bogʻlab olib boriladi. Ifodali oʻqishga oʻrgatishda matn mazmunini tushunish, muallif hikoya qilgan voqealarga oʻz munosabatini bildirish asosiy vazifa hisoblanadi. Oʻquvchilarda ifodali oʻqish malakasini shakllantirish uchun asarni oʻqituvchining ifodali oʻqishi muhim ahamiyatga ega.

Oʻquvchilarga ta’lim berish jarayonida vatan mavzusidagi matnlarni tushuntirib berishda Vatanni qanchalik muqaddas ekanligini, uning har bir qarichini asrab-avaylash kerakligini oʻrgatib borishimiz kerak. 3-sinf oʻqish darsligida birinchi boʻlimi "Biz buyuk yurt farzandimiz" deb nomlanadi. Birinchi mavzusi esa Orif Toʻxtashning "Vatan madhi " deb nomlanadi. Matn yurtimizning jannatmakonligi va uni hattoki tuprogʻining har zarrasini koʻzga surtishimiz , ne-ne mutafakkirlar, qanchadan qancha aziz-u avliyolar, olim-u fuzalolar kamolga yetib vatanimiz gullab-yashnashiga ravnaq qoʻshganliklari yozilgan. Ushbu matnni oʻquvchilarga oʻrgatish davomida bobo-kalonlarimiz juda ham koʻp aziyatlar chekilganligi haqida oʻquvchilarga aytib oʻtishimiz lozim.Chunki ular ozod, erkin yashashning qadriga yetishsin. Endi matn tahliliga oʻtsak. Yozuvchi dunyoda yurtlar koʻpligini , turli xalqlar yashashini, lekin har bir odam bolasining aziz bilgan tuprogʻi borligini ta’kidlagan. Bu tugʻilib oʻsgan joyi , oʻz Vatani ekanligini ochib bergan. Quyidagi fikrlar bunga yanada yorqinroq misol boʻla oladi. "Bizning Vatanimiz esa - jonajon Oʻzbekiston! Biz mana shu aziz zamin farzandlarimiz! Biz ulugʻ bobolarimizdan meros bu azim tuproqning har zarrasini koʻzga surtamiz, muqaddas hisoblaymiz! Aslida , yer yuzasini qamrab turgan barcha hududning tuprogʻi bir xil. Biroq uni tabarruk qilguvchi shu zamin egalaridir.

Bizning Oʻzbekiston deya atalmish serquyosh Vatanimizda ne-ne mutafakkirlar, qanchadan qancha aziz-u avliyolar , olim-u fuzalolar kamolga yetmadi, deysiz?! Shuning uchun ham bu zaminni dunyo ahli buyuk deya e'tirof etishadi. Shu ma’noda bu zaminni buyuklar yurti farzandlarimiz. Bundan faxrlanamiz. Ammo unutmasligimiz ham kerakki, dunyolarga dars bergan ulugʻ bobokalonlarimizning tabarruk qoni bugun bizning tomirlarimiz joʻsh urmoqda!




Download 379 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish