23
Kishilar o‗zaro aloqa qilish jarayonida til nutqqa aylanadi
va ma‘lum vazifani bajaradi. Nutq so‗zlovchining va
umuman tildan foydalanuvchilarning shu tilda so‗zlovchi
guruh a‘zolari bilan o‗zaro aloqa qilish faoliyatidir. Bu
faoliyatda so‗zlovchi yoki yozuvchi o‗z fikrini, his-tuyg‗u,
kechinmalarini til vositalari orqali ifodalaydi va tinglovchiga
yetkazadi.
Til bilan nutq bir-biridan ajralib qolgan, bir-birini «inkor»
qiladigan ikki hodisa emas. Til bilan nutq orasidagi dialektik
munosabat
shundan iboratki, nutqiy faoliyat jarayonida nutq
shakllanadi, nutq til unsurlaridan tuziladi va til unsurlariga
ajralib ketadi, til unsurlari yana nutq uchun xizmat qiladi.
Til va nutq haqida nazariy adabiyotlarda bayon etilganlarni
umumlashtiradigan bo‗lsak, quyidagi xususiyatlarni qayd etish
mumkin:
1.Til aloqa materiali—nutq esa aloqa shaklidir.
2. Tilni xalq yaratadi—nutqni esa har bir shaxs yaratadi.
3.Tilning
hayoti uzoq, xalq hayoti bilan bog‗liq, nutqning
hayoti qisqa, u aytilgan paytdagina mavjud. Yozma nutq
bundan mustasno. Chunki yozma nutqni istalgan joyga
yetkazish mumkin. Uni asrlar davomida saqlab avloddan-
avlodga o‗tkazish mumkin. Ayrim
shaxslar ayni bir zamonda
bir necha tilni bilishi mumkin, chunki u vaqt va o‗rin bilan
bevosita bog‗langan, ayrim shaxsning nutqi ayni zamonda faqat
bitta bo‗ladi; chunki u ma‘lum vaqtda va ma‘lum o‗rinda yuz
beradi.
4.Tilning hajmi noaniq—nutqning hajmi aniq: u dialog,
monolog, ayrim matn, kitob shakllarida bo‗lishi mumkin.
5. Til birliklari paradigmatik,
nutq birliklari sintagmatik
bog‗lanishda yashaydi.
6. Til tizimi fonema, leksema, morfema, so‗z birikmasi va
gap kabi til birliklariga oid bo‗lgan kichik tizimlarning o‗zaro
tashkil etuvchilik roli asosidagi bog‗lanishidan vujudga keladi.
Nutq tizimi esa turli tipdagi kichik til tizimlaridan tanlab
olingan birliklar yordamida hosil qilinadigan, shaxsiy
24
kommunikativ maqsad uchun xizmat qilib, o‗zining fizik,
moddiy ko‗lamiga ega bo‗lgan hosilalar bilan ish ko‗radi.
7. Til birliklariga
avvaldan barqarorlik, doimiylik va
majburiylik xususiyati, nutq birliklariga esa vaqtinchalik va
erkinlik xususiyati xosdir.
Xullas, til uchun umumiylik,
imkoniyat, tayyorlik,
majburiylik, birliklari chegaralanganlik xos bo‗lsa, nutq uchun
xususiylik,
voqelik,
hosilalik,
ixtiyoriylik,
birliklari
chegaralanmaganlik xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: