O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov


bet44/221
Sana07.01.2023
Hajmi
#898199
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   221
Bog'liq
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J

0 ‘g‘itlash. 
Kuzgi bug‘doy tuproq unumdorligi va o ‘g‘itlashga juda 
talabchan. U 1 sentner don va shunga muvofiq somon hosil qilish uchun 
3,7 kg azot, 1,3 kg fosfor va 2,3 kg kaliy o ‘zlashtiradi. 0 ‘g‘itlash hamma 
turdagi tuproqlarda kuzgi bug'doy hosilini oshiradi.
Sug‘oriladigan yerlarda, kuzgi bug‘doydan yuqori hosil olishning 
shartlaridan biri yetarli miqdorda o ‘g‘itlarni solishdir. Tajribalarning 
ko‘rsatishicha, sug‘oriladigan yerlarda, o ‘g‘itlar kuzgi bug'doy hosilini 
gektardan 26-36 sentnerga oshiradi.
Kuzgi bug'doy 60 s/ga don hosil shakllantirganda oziqa moddalariga 
talabi o ‘rtacha 200-220 kg azot, 60-80 kg fosfor, 130-14 kg kaliyni tashkil 
qiladi. Ammo u nam bilan ta ’minlanganlik, nav, mineral oziqlanish 
darajasiga bogiiq.
Rejalashtirilgan hosilga o ‘g‘it m e’yorlari belgilanganda hosil bilan 
chiqib ketadigan asosiy oziqa moddalari, o ‘simlik tomonidan solingan 
o ‘g‘itlar va tuproqdan oziqa moddalarning o'zlashtirish koeffitsiyenti 
hisobga olinadi.
0 ‘g‘itlash me’yorini belgilashda qaysi oziqa elementi yetishmasligi
o ‘simlikning boshqa elementlarga ham ehtiyoji hisobga olinadi.
Sug‘oriladigan yerlarda m a’danli o 'g itla rn i yerni haydash oldidan, 
ekishda va kuzgi bug‘doyning o ‘suv davrida berish yaxshi natija beradi.
K uzgi b u g ‘doy sug ‘oriladigan y erlarda o ‘stirilg an da m a ’danli 
o ‘g ‘itlarn i, ayniqsa, azotli o ‘g ‘itlarn i k o ‘p talab qiladi. 0 ‘simlik 
naychalash va boshoqlash davrlarida azotli o ‘g‘itni eng ko‘p o ‘zlashtiradi. 
Bu davrda azotli oziqlanish me’yorida bo‘lsa, boshoq yaxshi rivojlanadi, 
undagi boshoqchalar hamda don soni oshadi.
Kuzgi b ug‘doy o ‘sish davrining dastlabki haftalarida fosfordan 
ja d a l fo y d alan ad i va tu p lan ish d a n gullashgacha b o ig a n d av rda


umumiy o ‘zlashtiriladigan fosforning □ qismini o ‘zlashtiradi. Fosforli 
o ‘g‘itlar ildiz tizimining rivojlanishi, uning kattaligi va hajmi, generativ 
(jinsiy) organlarning shakllanishiga ijobiy ta ’sir k o ‘rsatadi ham da 
qurg‘oqchilik va qishga chidamlilikni oshiradi. 0 ‘simlikning fosfor 
bilan yaxshi t a ’minlanishi, azotli oziqlantirish o ‘simlik tom onidan 
fosfor, kaliy, kalsiy ham da bir qator mikroelementlarni o ‘zlashtirishni 
yaxshilaydi. O rtiq ch a fosfo r o ‘sim likning mis, tem ir, m arganets 
yutishini kam aytiradi.
0 ‘sim likning m e ’y o rid an o rtiq azot bilan oziq lan ish i o ‘suv 
organlarining ortiqcha о ‘sib ketishiga olib keladi va erta bahordagi tuproq 
namligini tez kamaytiradi, ko‘p poyalari nobud boiadi, donlar sifatsiz
mayda bo‘lib qoladi. Tup qalinligi yuqori b o igan ekinzorlarda, nam va 
bulutli ob-havoda fosforning yetishmasligi va o'simlikda fotosintezning 
sust o ‘tishi, yutilgan azot va fotosintez mahsulotlari o ‘rtasidagi balansning 
buzilishiga olib keladi.
Azotli o‘g‘itlarni kuzda yuqori miqdorda solish o‘simlikning ortiqcha 
о ‘sib ketishi, yomon qishlashi va nobud b oiish ig a olib keladi. Azot 
yetishmasligi yoki ortiqchasi hosil va sifatning pasayishiga olib keladi. 
0 ‘tmishdoshlar, tuproq agrokimyoviy kartogrammasi hisobga olinib, 
azotli o ‘g‘itlar ekish oldidan kuz va bahorda o ‘sish davrida b o iib
beriladi. Kuzgi bug‘doy, ayniqsa, bahorda azotli oziqlanishga talabchan. 
Bu davrda uni azot bilan ta ’minlash o ‘simlikning tez o ‘sishi, yaxshi 
tuplanishi va mahsuldor tuplarni hosil qilishiga olib keladi.
Sug‘oriladigan yerlarda kuzgi bug‘doyni o ‘stirishda o ‘tmishdoshlar, 
agrokimyoviy kartogram m a, nav xususiyatlari hisobga olinib, yillik 
o ‘g‘itlar miqdori belgilanadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish