Avtomobil yo'llarida xizmat ko'rsatish darajasi - 1. Xizmat ko'rsatish ob'ektlarining elementlari
- 2. Harakatga xizmat ko‘rsatish inshootlari va ularning turlari
- 3. Yo‘l xizmati korxonalaring joylashtirishning asosiy tamoyillari.
Reja:
- Komplekslar loyihasi tuzilganda quyidagi tavsiyalarga amal qilish kerak: yo’l ekspluatatsiya xizmati (YEX) aholi punktlari ichida yoki uning chetida, bitta yoki bir-biriga yaqin maydonda, avtomobil yo‘llari uchun ajratilgan joyga yaqin joylashadi: muhandislik kommunikatsiyalari (elektr quvvati bilan ta’minlash, suv yo‘li, oqava quvurlari va hk) umumiy bo‘ladi, boshqa korxonalar bilan umumiy ishlatish imkoniyatlari hisobga olinadi; YEX hududida ishlaydiganlar va yashaydiganlarni ovqat, tibbiy xizmat va boshqa xizmatlar bilan ta’minlash zaruriyati hisobga olinadi. Umumlashtirib olganda YEX zonalarida quyidagilar joylashadi:ma’muriyat zonasi – idora binosi, oshxona (ovqatlanish xonasi), klub, maishiy xona, dam olish xonalari, tibbiy punkt, radio va telefon aloqasi mavjud bo‘lgan dispetcherlik xonasi, yo‘l laboratoriyasi va dahliz;ishlab chiqarish zonasi – texnika ta’mirlanadigan sexlar bloki, avtomobillar, yo‘l texnikasi qo‘yiladigan yopiq va ochiq maydonlar, dam olish maydonchasi;omborxona zonasi – ochiq va yopiq omborlar bloki, yoqilg‘i quyish punkti, o‘t o‘chirish maqsadidagi suv havzasi, gulxona bo‘lishi mumkin va hk. yashash zonasi – ishchi-xizmatchilar doimiy tarkibining 50-100 foizini uy-joy bilan ta’minlash imkonini beradigan bir nechta uy joy, hovlida zarur bo‘ladigan inshootlar, uy atrofidagi maydonlar;xo‘jalik zonasi – qozonxona (agar zarurat bo‘lsa), yoqilg‘i ombori, tozalash inshootlari, suv minorasi, axlat yig‘ish joyi, chiqindilarni yig‘ish va olib ketish maydonchasi, xo‘jalik inshootlari bloki (agar yordamchi xo‘jalik tuzilgan bo‘lsa), issiqxona xo‘jaligi va hk.
- YEX yo‘lning xizmat qilinadigan qismiga, xizmat qilinadigan avtomobil yo‘li o‘rtasida yoki bo‘g‘iniga yaqin joylashadi. YEX aholi punktlarida joylashtirilsa muhandislik kommunikatsiyalari va yashash zonasi xarajatlari kamayishi hisobiga qurilish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Xizmat qilinadigan qism markaziga yaqin joylashganda transport xarajatlari kamayadi, xizmatni tashkil qilish tezlashadi, yo‘l yoqasidagi qo‘shimcha texnologik maydonlar soni kamayadi, zarur bo‘lganda transport o‘tishiga xalaqit beradigan holatlarni yo‘qotish, zarur xizmatlarni bajarish tezlashadi. Yo‘ldan foydalanish xizmati asosiy va quyi bo‘g‘in komplekslarini joylashtirganda me’yoriy talablarga amal qilish kerak. Bundan tashqari yo‘lga yaqin joyda muzlashga qarshi ashyolar – kimyoviy reagentlar, sirg‘alishni kamaytiradigan vositalar ombor va bazalarini ham joylashtirish mumkin. Ular orasidagi masofa I toifa yo‘llarda 20 km, boshqa toifa yo‘llarda esa 40-50 km bo‘ladi.YEX hududini obodonlashtirishga e’tibor ko‘proq bo‘lishi kerak. Ichki yo‘llar, avtomobil keladigan yo‘llarning qoplamasi kapital mukammal, yo‘l belgilari qo‘yilgan, chiziqlar bilan belgilangan bo‘lishi kerak. Yo‘l xizmati komplekslari, bino va inshootlari loyihasi vazifaga muvofiq, yo‘l ta’mirlash va saqlash xizmatining tarkibi hisobga olinib, yo‘l xo‘jaligi bilan birga tuziladi. Yo‘l xizmati kompleksi bino va inshootlari loyihasi tuzilganda, obodonlashtirilganda, tarkibi belgilanganda va ta’mirlanganda ular avtotransport harakatining tezligi va xavfsizligiga ta’sir qilishi, yo‘ldagi manzara va me’morchilikni belgilashini hisobga olish kerak.
- Avtomobil yo‘llarida harakat xizmati tizimini loyihalash quyidagi asosiy vazifalardan iborat bo‘ladi: xizmat tizimi bino va inshootlari turi, o‘lchamlarini belgilash; alohida inshootlar loyihasini tuzish yoki andoza loyihalarni mahalliy sharoitga moslashtirish.Loyihadagi birinchi va ikkinchi vazifani yo‘lchilar hal qilishi kerak. Uchinchi vazifada yo‘lchilar faqat qisman ishtirok etadi, ya’ni, bino yoki xizmat majmualari loyihasini tuzish ixtisoslashgan tashkilotlarga berilgan bo‘lsa inshootlarning joylashishi yo‘lchilar bilan kelishiladi.Avtomobil yo‘llaridagi harakat xizmati turlarining hammasini uchta asosiy guruhga bo‘lish mumkin: 1) harakat sharoiti, diqqatga sazovor joylar, aloqa vositalari, qisqa dam olish joylari va boshqalar haqida umumiy ma’lumot berish xizmati; 2) haydovchi va yo‘lovchilar uchun madaniy, maishiy xizmat turlarini taklif etish – ovqatlanish, dam olish, tunash, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish – yonilg‘i, moylash materillari bilan ta’minlash, texnik ko‘rikdan o‘tkazish, ta’mirlash; 3) avariya xizmati va yo‘l harakati xizmati – YTH bo‘lganda jarohat olganlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish, shikastlangan avtomobillarni ta’mirlash. Xizmat ko‘rsatiladigan sub’ekt yoki ob’ektlarning xususiyati, qatnov zonalari va vazifasiga qarab harakat xizmati inshootlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin.
- - qisqa dam olish va mashina qo‘yish joylari – barcha tur va o‘lchamdagi maydonchalar, manzara tomosha qilinadigan maydonchalar, umumiy ovqatlanish va savdo muassasalari,tarixiy joylar, bog‘lar, muzeylar, qo‘riqxonalar, umumiy dam olish joylari oldidagi avtomobil qo‘yish joylari; - jamoat transporti bilan xizmat qilish inshootlari, avtostansiyalar, avtobus bekatlari; - avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish inshootlari – avtoyoqilg‘i quyish shahobchalari (AYoQSh), texnik xizmat shahobchalari (TXSh), texnik yordam punktlari (TYoP), avtomobillarni yuvish punktlari (asosan, shaharga kirish joylarida); - umumiy ovqatlanish maskanlari – yo‘l yoqasidagi kafelar, bufetlar, bufet avtomatlar, o‘z-o‘ziga xizmat qilish oshxonalari, restoranlar; - uzoq dam olish joylari va xizmat majmualari – yo‘l yoqasidagi mehmonxonalar, motellar (katta shaharlar o‘rtasida quriladigan va yo‘ldano‘tadiganlar uchun mehmonxonalar), kempinglar –avtosayyohlar lagerlari, shahar chetidagi umumiy dam olish joylari, dam olish majmualari va avtopansionatlar, aholi kam yashaydigan rayon yo‘llaridagi reysdagi transport vositalari haydovchilari dam oladigan profilaktoriylar; - yo‘l nazorati va harakat xavfsizligi inshootlari – DYXX doimiy postlari, HXX (NO‘P) nazorat-o‘tkazish punktlari; -Yuqoridagi tasnif hududni (ob’ektlarni) qamragani bilan inshootlarning tasnifini bermaydi. Inshootlarning bitta uchastkada yig‘ilishiga qarab quyidagicha tasniflanadi: - alohida joylashgan, mustaqil, bir maqsadda ishlatiladigan inshoot; - blok ko‘rinishidagi, bitta bino yoki binolar guruhida 2-3 savdo, ovqatlanish korxonasi joylashadi; - harakat xizmati majmualari, ularning tarkibiga kiradigan, ular bilan bitta yoki yonma-yon yerda joylashgan alohida yoki blokda birga joylashgan maskanlar, inshootlar shular jumlasidandir.
- Yo‘l bo‘yidagi xizmat komplekslari mo‘ljallangan vazifasi turlicha bo‘lgan inshoot va vositalardan iborat bo‘ladi. Bunday komplekslar loyihasi tuzilganda ketma-ket quyidagi vazifalar hal qilinadi: -turli xil komplekslar sonini aniqlash va ularni loyihasi tuzilayotgan yo‘l bo‘yida joylashtirish; -kompleks tarkibidagi inshootlar va ularning o‘lchamini belgilash; -kompleks qulay va xavfsiz ishlashini ta’minlaydigan transport yechimlari, piyodalar o‘tish joylari, boshqa joylar loyihasini tuzish; -motellar, restoranlar, kempinglar, AYoQSh va hk. loyihasini tuzish. Avtomobil qo‘yish joylari, qisqa dam olish maydonchalari, avtobus bekatlari bevosita yo‘l tashkilotlari tasarrufida bo‘lishini esdan chiqarmaslik kerak. Yuqoridagi ob’ektlar loyihasini tuzish, komplekslarni yo‘l bo‘yida joylashtirish masalasida hal qiluvchi qaror qabul qilish aynan yo‘lchilarning vazifasi bo‘ladi va yo‘l qurilishiga ixtisoslashgan loyiha tashkilotlarida bajariladi. Bino va maxsus inshootlar loyihasini odatda tegishli profildagi loyiha tashkilotlari tuzadi. Lekin yo‘lovchilar, transport vositalariga xizmat qiladigan inshootlar qurilishi albatta yo‘ldan foydalanish xizmati bilan kelishilgan bo‘lishi kerak.Yo‘ldagi inshootlar andozasini cheklamaslik kerak, aksincha, ularning me’moriy rejasi, qurilish usulini turlicha bo‘lishi kerak, degan tavsiya e’tiborga arziydi. Yangi qurilayotgan avtomobil yo‘llaridagi xizmat komplekslari ularning loyihasida, amaldagi loyiha me’yorlariga muvofiq ko‘rsatiladi. Mavjud tarmoqlardagi ko‘p komplekslarning tarkibi va soni zamon talablariga javob bermaydi. Shunday hollarda respublika, viloyat avtomobil yo‘llarida yo‘l bo‘yi xizmat komplekslarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish nazarda tutilgan maxsus dasturlar ishlab chiqish masalasi dolzarb bo‘ladi.
- Asosiy adabiyotlar:
- 1. Sadikov I. S. Azizov K. X. O'roqov A.X. Blagoustroystvo i obustroystvo avtomobilnix dorog. 2018 g.
- 2. Sadikov I. S. Azizov K. X. O‘roqov A.X. Avtomobil yo‘llarini obodonlashtirish va jihozlash. 2018 g.
- 3. Silyanov V.V., Domke E.R. Transportno-ekspluatatsionnie kachestva avtomobilnix dorog i gorodskix ulis: uchebnik dlya stud. visshey. ucheb. zavedenie. - 2-ye izd., ster. - M.: Izdatelskiy sentr «Akademiya», 2008. - 352 s. Qo‘shimcha adabiyotlar:
- 4. Babkov V.F. Landshaftnoe proektirovanie avtomobilnix dorog. –M.: Transport, 1980.-189 5. Babkov V.F. Sovremennie avtomobilnie magistrali. –M.: Transport, 1974.-280 s.
- 6. SHNK 2.05.02-07. Avtomobilnie dorogi.
- 7. MSHN 23-2008 Ukazaniya po obespecheniyu bezopasnosti dvijeniya na avtomobilnix dorogax. 2005.MSHN 24-2005.Texnicheskix pravil remonta i soderjaniya avtomobilnix dorog. 2011
Do'stlaringiz bilan baham: |