1
SHKALALAR VA KOORDINATALAR. SONLAR NURI
Sinfda bajariladigan topshiriqlar
1. 2- rasmda tasvirlangan asboblar yordamida qanday kattaliklar o‘lchanadi? Наг
bir asbob bitta bo‘lmasining qiymati nimaga teng? O‘lchanayotgan kattaliklar
qiymatini toping(slaydga qarang).
2. 5- rasmdagi termometrlar qanday haroratni ko‘rsatayapti?
3. 6- rasmdagi avtomobil spidometri shkalasi bo‘lmasi qiymatini aniqlang.
Spidometr yordamida nima o‘lchanadi? Ular nimani ko‘rsatmoqda?
4. Quyidagi shkalalarning bitta bo‘lmasi qiymatini aniqlang:
5. Rasmda tasvirlangan telefon, yoqilg‘i quyish shahobchasi, tibbiy yordam
punkti, oshxona, dam olish maskani va mehmonxona yo‘lning qaysi teilometrida
joylashganligini aniqlab mos nuqtalar koordinatalahni yozing.
2
6. Sonlar nuri bo‘lmasining qiymatini toping. Belgilangan nuqtalarga qaysi sonlar
mos kelishini aniqlang va mos koordinatalahni yozing.
7. Birlik kesma uzunligini 1 sm deb olib, sonlar nurini chizing. Unda
koordinatalari 2; 4; 7; va 12 bo‘lgan nuqtalarni belgilang.
8. Grammda ifodalang:
a) 2 kg 453 g; b) 1 kg 810 g; d) 2 sr 20 kg 349 g; e) 5 sr 14 kg 25 g.
9. Kilogramm va grammlarda ifodalang:
a) 7532 g; b) 2350 g; d) 52 345g; e) 127 532g.
10. Sentner va kilogrammlarda ifodalang:
a) 2340 kg; b) 75 207 kg; d) 123 320 kg; e) 10 020 kg.
11. Kimning vazni qancha? Quyidagi rasmda chizilgan mushuk, odam, sigir, fil,
karkidon va itvaznini chamalab, berilgan kilogrammlarni ularga mos qo‘ying.
3
12. Matemetika kechasida Hoshimjon yig‘ilganlarni kuldirish maqsadida baliq
oviga borgani haqida hikoya qilib berdi. U hikoyasida o‘lchov birliklarini ataylab
chalkashtirib aytdi. Hikoyada Hoshimjon yo‘l qo‘ygan xatolarni aniqlang va ularni
tuzatib hikoyani qayta so‘zlab bering.
Baliq ovida
Men ertalab uyg‘onib soatga qarasam, vaqt 4 kg 15 gramm bolibdi. Darrov yuz
qolimni yuvdim va nonushtada 1 kilometr sut ichib oldim. Kun salqin, 12 soat issiq
edi. Ko‘l tomon yo‘lga chiqdim. Men 2 litr tezlik bilan yurdim va 4 gradus yo‘l
bosdim. Ko‘lga 2 metrda yetib keldim. Tezda baliq ovlashga kirishdim. 20 santimetr
vaqt o‘tib birinchi baliq qarmoqqa ilindi. Uning uzunligi 50 minut, massasi esa 4
kilometr edi. Men baliq ovidan mamnun bo‘lib uygaqaytdim.
13. Jadvalni to‘ldiring:
14. Metall bo‘laklarini yig‘ishda uchta sinf qatnashib, 5- A sinf - 6 tonna, 5- В
sinf -5 tonna va 5- D sinf o‘quvchilari - 8 tonna metall yig‘di. Bu ma'lumotlar asosida
ustunli diagramma tuzing.
15. Quyidagi jadvalda berilgan ma'lumotlar asosida ustunli diagramma tuzing.
Terilgan paxta haqida ma'lumot
16. Diagrammadan foydalanib dunyodagi osmono‘par binolar balandligini toping.
4
Uyda bajariladigan topshiriqlar
1. Quyidagi rasmda yo‘l shkala ko‘rinishda tasvirlangan. Shkalaning bitta
bo‘lmasi qiymatini aniqlang va yetishmayotgan sonlarni yozing.
2. Sonlar nurida belgilangan nuqtalarning koordinatalarini toping.
3. 7- rasmdagi termometr ertalabki qanday haroratni ko‘rsatayapti? Agar havo
harorati tushda ertalabkidan 12 bo‘lmaga ko‘tarilgan, kechga borib esa tushdagidan 8
bo‘lmaga pasaygan bo‘lsa, havo harorati tushda va kechqurun qanday bo‘lgan?
4. Birlik kesma uzunligini bitta daftar katagi eniga teng deb olib, sonlar nunni
chizing. Unda koordinatalah 4; 8; 15; va 24 bo‘lgan nuqtalarni belgilang.
5
5. Ko‘klam va Ko‘rkam qishloqlari orasidagi masofa 20 km. Bu qishloqlar
orasidagi yo‘lni shkala ko‘rinishida ifodalang. Birlik kesmani 1 sm va shkalaning
bitta bo‘lmasini 2 km deb oling. Ko‘klam qishlog‘idan soatiga 4 km tezlik bilan
ketayotgan Asilbek a) 1 soat; b) 2 soat; d) 4 soatdan keyin shkalaning qaysi nuqtasida
bo‘lishini aniqlang.
6. Kilogramm bilan ifodalang:
a) 7 t 200 kg; | b) 4 t 565 kg; d) 1 sr 86 kg; e)2t9sr12kg.
7. Tonna va kilogrammlarda ifodalang:
a) 2547 kg; b) 72 904 kg; d) 35 831 kg; e) 701 060 kg.
8. 8- rasmdagi ma'lumotlardan foydalanib diagramma tuzing.
9. Rasmda keltirilgan ustunli diagrammadan foydalanib, qadim zamonlarda
yashagan dinozavrlarning massasini kilogrammda aniqlang.
6
10. Toshkent teleminorasi balandligi bo‘yicha dunyoda 9- o‘rinda turadi. a)
Toshkent minorasi Berlin, Vena minoralahdan qancha baland? b) Toronto, Kuala-
Lumpur, Toshkent va Tokio shaharlahdagi minoralar balandligini o‘zaro
taqqoslaydigan diagramma tuzing. Shkala tuzayotganda daftarning bitta katagi
uzunligini 50 metrdeb oling.
Do'stlaringiz bilan baham: |