“Boshlang‘ich ta’limda husnixatga erishish masalalari” mavzusida
Uslubiy ma’ruza
Aziz o‘quvchilar!
Aniq, toza va chiroyli yozishni o‘rganing!
Harflarni o‘ng tomonga qiya qilib yozing!
Harflarni bir-biriga bog‘lab, qo‘l harakatini uzmasdan yozishga e’tibor bering!
Partada o‘tirish, ruchkani ushlash qoidalariga rioya qiling!
Daftarning chap tomonidagi pastki burchagini ko‘krak o‘rtasining qarshisiga to‘g‘rilab qo‘ying.
Harf elementlarni to‘g‘ri yozing!
Boshlang‘ich ta’lim eng ma’suliyatli va mashaqqatli davrdir. Bu ma’suliyatli davrda o‘quvchi ruhiyatini to‘g‘ri anglab, uning bilan do‘stona munosabat o‘rnata olgan ustozgina haqiqiy ustoz sanaladi. Boshlang‘ich ta’lim davlat standarti talablarini hayotga tadbiq etishda muhim bosqich hisoblanadi. Shuning uchun boshlang‘ich ta’limning barcha fanlarini chin dildan o‘rgatish maqsadga muofiqdir. Boshlang‘ich ta’limda ona tili o‘qitish, shuningdek chiroyli yozuvga o‘rgatish ham sabr-matonat, mahorat, izlanish va tajriba talab qiladi. Husnixatga o‘rgatish o‘ta murakkab fiziopsihologik, lingvistik hodisadir. Bu ishni o‘quvchi ilk maktabga qadam qo‘yib, qo‘liga ruchka olgandan boshlash kerak. Bu jarayonda o‘qituvchi o‘zi avvalo xushxat bo‘lishi lozim. 1-sinf o‘qituvchisi 6-7 yoshli bolalarning fiziologik rivojlanishdagi psihologik holatini, aql-iqtidor chamasini ilmiy jihatdan atroflicha o‘rganmog‘i va esda tutmog‘i darkor. Har bir o‘quvchida chiroyli va tez yozishga havas, muhabbat, ishtiyoq uyg‘ota olish birinchi qadam hisoblanadi. Alifbe davrida yozuv darslarini izchil va tartibli yo‘lga qo‘yish kerak. Husnixatga o‘rgatish harf-tovushlarni o‘rgatishdan ko‘ra qiyinroq. Har yili o‘zgaradigan yozuv daftarlari tajriba va mustahkam irodani talab qilmoqda. Nafaqat chiroyli yozuvga o‘rgatish balki xatosiz yozuvga ham o‘rgatish zarurdir.
1_sinf yozuv fanidan Aa harfini o’rganish
AN-JIR
AYIQ
Kata ( A ) harfini yozishni o`rganish
Kichkina ( a ) harfini yozishni o`rganish
Chiroyli yozish malakalarini oshirishda yana quyidagi mashqlardan foydalanish mumkin:
- Ajratib ko‘rsatilgan harflarni yozma shaklda yozish.
Aa, Bb, Dd, Ff, Gg, Hh, Jj, Kk, Ll, Mm, Pp, Qq, Rr, Ss, Tt, Vv, Xx, Yy, Zz, G‘g‘, Shsh, Chch
Hayvonlar nomini bosh harflarini olib rebusni yeching.
1
2
3
4
6
5
1
2
3
4
5
6
Xulosa qilib aytilganda bizning asosiy vazifamiz o‘quvchilarni yozuv qoidalariga rioya qilib, chiroyli yozishga o‘rgatishdan iboratdir. Shu asosida ularning badiiy va nafosat tarbiyasi, dunyoqarashi, go’zallikka bo‘lgan munosabatlari tarbiyalanadi.
San’atni va go‘zallikni sevgan insonda o‘zaro do‘stlik, Vatanga muhabbat uning qadriyatlariga odilona qarash tuyg‘ulari tarkib topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |