Tuproqqa ishlov berish.
Sug‘oriladigan yerlarda, kuzgi bu g ‘doy
ekiladigan maydonlarda tuproqqa ishlov berish tizimi mintaqalarning
tuproq-iqlim sharoiti, o ‘tm ishdoshlar, dalaning begona o ‘tlar bilan
iflo slanganligi, tu p ro q n in g suv-fizik, kim yoviy x o ssalari uning
madaniylashganlik darajasi, haydalma qatlam tuzilishi va boshqa omillari
hisobga olingan holda ishlab chiqiladi.
Kuzgi don ekinlari, jumladan, kuzgi bug‘doy ekiladigan maydonlar
tuprog‘ini ishlash o ‘ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzgi bug‘doy turli
o ‘tmishdoshlardan keyin ekiladi. Shuning uchun tuproq yozda va kuz
oxirida haydaladi. Tuproqni ishlashda haydalma qatlamda, ildiz tizimi
joylashgan asosiy qismda namlik to'planishi va saqlanishi uchun qulay
sh a ro it y aratila d i. Bu suv, oziqlanish, havo va issiqlik rejim lari
boshqarilishi, organik moddalarning parchalanishi, chirish jarayoni uchun
qulay sh aroit yaratadi. T u p ro q qa p uxta ishlov berish o ‘g‘itlar va
urugiam ing bir tekis taqsimlanishini ta ’minlaydi, ildiz tizimini haydalma
qatlamda tarqalishiga imkon yaratadi, begona o ‘tlami, zararkunandalarni
yo‘q qiladi. 0 ‘simliklaming turli kasalliklar bilan kasallanishining oldini
olishga imkon beradi. Kuzgi bug‘doy haydash chuqurligini oshirishga
ju d a ta lab ch a n . 0 ‘tm ishd o sh ekin uchu n h ay dalm a q atlam n i
chuqurlashtirish va yuqori me’yorda organik o ‘g‘itlar solish kuzgi bug‘doy
rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi.
Y erni haydash chuqurligi tu p ro q qatlam ining qalinligi, zichligi,
almashlab ekish dalalari hamda ularning begona o‘t bosganligiga qarab
tabaqalashtiriladi.
Tuproqqa ishlov berish katta xarajat talab qiladi. Mexanizmlaming
me’yorida ishlamasligi, dalada agregatlarning ko‘p yurishi tuproqning
zichlashishiga va changsimon holga o ‘tishiga, o ‘g‘itlar samaradorligining
pasayishiga va nam to ‘planishining kamayishiga olib keladi. Shuning
uchun mexanizmlar bir yurishida 3-4 ishni bajarishi juda muhim.
Ammo unumsiz, qum va shag‘al qatlamli tuproqda yer shunday
chuqurlikda haydalishi kerakki, natijada qum va shag‘al yer yuzasiga
ag‘darilib chiqmasligi kerak. Yangi o ‘zlashtirilgan yerlarda dastlabki ikki
yilda haydash chuqurligi 20-22 sm dan oshmasligi kerak. Keyingi yillarda
haydov chuqurligi 2-3 sm dan oshirib boriladi.
Kuzgi bug‘doy ildizlari asosan haydalma qatlamda joylashadi. Shuning
uchun bu qatlam chuqurligini oshirib yuborish kutilgan samara bermaydi.
Bedadan keyin kuzgi bug‘doy joylashtirilsa, asosiy haydashdan 10-12
kun oldin 6-7 sm chuqurlikda diskali boronalar yordamida yerga ishlov
beriladi, boshchalar qirqib maydalanadi, keyinchalik PYa-3-35 pluglari bilan
35-40 sm chuqurlikda ag‘darib haydaladi. Bedapoyalami yilma-yil navbat
bilan har xil chuqurlikda haydash bir xil chuqurlikda haydalganga qaraganda
begona o ‘tni kamaytiradi, beda qoldiqlarining asta-sekin parchalanishi,
gumus miqdorining ko‘payishini ta ’minlaydi. Shuning uchun bedapoya
ikkinchi yil 25 sm, uchinchi yili 35-40 sm chuqurlikda ag‘dari]adi.
Kuzgi bug‘doydan yuqori hosil olishning muhim shartlaridan biri,
o ‘tmishdosh ekinlami yuqori agrotexnika sharoitida o‘stirish va hosilni
o ‘z vaqtida yig‘ib olishdir. Hosilni yig‘ishtirish bilan yerni haydash
o ‘rtasidagi davr uzoq b o ‘lmasligi kerak. Bu davr cho‘zilsa, tuproq
namligini yo‘qotishi mumkin. Shuning uchun hosil yig‘ishtirilishi bilan
yer darhol ag‘darilishi kerak. Yer haydash va boronalash o ‘tkazilgan
tuproqda namlik yaxshi saqlanadi, kesak hosil boim aydi.
0 ‘zbekiston sharoitida o‘tmishdosh ekin hosili yig‘ishtirilgandan keyin
darhol yer haydalm asa, tuproq qurib ketadi va ag‘darilganda yirik
kesaklar hosil boiadi.
Bunday maydonlar ekishga 10-15 kun qolganda jo ‘yaklar yordamida
sug‘orilishi, ekishga tayyorlashda mayin, ekish uchun yaroqli holda
b o iish i zarur. Bunda dala tekis, tuproq zichligi eng qulay, tuproqda
diametri 1-5 sm b o ig an kesakchalar 80 % dan kam boimasligi va 10 sm
dan yirik k esak chalarning b o iis h ig a y o ‘l q o ‘ym aslik m uhim dir.
Tuproqning bunday holda boiishi tuproq bilan urug‘laming zich tegib
turishi va maysalarning qiyg‘os unishini ta ’minlaydi.
Tuproqda yetarli namlik boiganda plugdan keyin agregatga borona
va molani qo‘shish, tuproqni bir tekis mayda donador holga keltiradi,
yumshoq qavatli tuproq hosil qiladi. Ammo tuproqning boronalanib,
molalangandan keyingi holati, ko‘pincha ekishni o‘tkazish uchun talabga
jav o b bermaydi. Bunday holdagi tu p ro q la rd a kesak k o ‘p b o ia d i,
g ‘ovakligi k atta b o ia d i, nam lik tez yo‘qoladi. Shuning uchun yer
haydalgandan keyin kultivator yoki chizel borona va mola bilan bir-ikki
ishlanadi. Natijada kesaklar maydalanib, tuproq zichlashib, tekislanadi
va ekishga tayyor bo‘ladi.
Kuzgi bug‘doy ekilguncha dalada begona o ‘tlar paydo b o ‘lsa, 2-3
bor kultivatsiya bilan boronalash o ‘tkaziladi. Birinchi kultivatsiya (ekish
oldidan o ‘tkaziladigan) urug‘ ekiladigan chuqurlikda o ‘tkaziladi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |