O. X. Xamidov universitet rektori, rais



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

дастури‖ 
яратилмаганлиги, ҳудудлар кесимида ѐшлар томонидан у ѐки бу фанни ўзлаштириш даражасининг 
сифати ва сохада амалга оширилиши лозим бўлган ишлар кўламини белгилаб бориш ва тегишли 
ислоҳотлар ўтказиш имкониятини чеклаб қўймоқда.Шунингдек, бошланғич ва умумий ўрта 
таълим муассасаларидаги ўқитиш даражасининг ислоҳотлар темпидан ортда қолаѐтганлиги яқин 
келажакда малакали кадрлар танқислигини келтириб чиқаради. Шуни инобатга олган ҳолда 
қуйидаги таклифларни амалга ошириш жоиз деб ҳисоблаймиз: 
1. 
Халқаро тажрибадан келиб чиққан ҳолда ўқувчи ѐшлар билимлари даражасини 
баҳолаш ѐки мониторинг қилишнинг ―Миллий дастури‖ни яратиш; 
2. 
Илм-фан ютуқларининг энг илғор натижалари ва адабиѐтларнинг инглиз тилида 
нашр қилинишини инобатга олган ҳолда, мактабларда инглиз тилини ўргатувчи турли хорижий 
дастурларни тадбиқ этиш масаласини кўриб чиқиш; 
3. 
Мактабгача таълим ҳамда умумий ўрта таълим муассасаларидаги гуруҳ ва 
синфларда халқаро тажрибада синалган усуллардан келиб чиққан ҳолда ўқувчилар сонининг 
максимал ҳамда минимал кўрсаткичларини белгилаб қўйиш; 
4. 
Психологик тестлар ѐрдамида бошланғич синфлардаги истеъдодли болаларни 
ажратиб олиб 8-9 ѐшлилар учун ҳар бир мактабда ихтисослашган синфлар ташкил этиш. 
5. 
Олий таълим муассасаларида педагогика ихтисослигидаги йўналишларда мазкур 
халқаро баҳолаш дастурларини ўргатувчи махсус курслар ташкил қилиш ва талабаларни халқаро 
баҳолаш мезонлари , хориж тажрибалари билан таништириб бориш. 
 
BOSHLANG‗ICH TA‘LIM MUAMMOLARIGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR 
Toxsanov Q. R. Bux DU Maktabgacha va 
boshlang`ich ta`lim fakulteti dekani, filologiya 
fanlari nomzodi, dotsent
―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖, ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi Qonun hamda keyingi yillarda ta‘lim 
sohasida qabul va e‘lon qilingan bir qator qaroru buyruqlar umumta‘lim maktablari, xususan, 
boshlang‗ich maktab tizimini tubdan yangilashni, uning moddiy-texnik bazasini, o‗qish va o‗qitish 
usullarini milliy va xalqchillashtirish hamda standartlashtirish zarurligi, buning uchun qator muhim 
vazifalarni amalga oshirish yo‗llarini aniq belgilab berdi. Davlatimiz tomonidan bu masalaga jiddiy 
e‘tibor qaratilishi bejiz emas, albatta. Yillar davomida boshlang‗ich ta‘limga begona ko‗z, bir
tomonlama, sathiy va ikkinchi darajadagi ta‘lim turi sifatida qarash bir qator jiddiy muammolarni 
keltirib chiqardiki, ularning aniq va mantiqiy echimini topmay turib, ta‘lim sifatini har tomonlama
oshirish, uni jahon andozalari darajasiga etkazish haqida o‗ylash kulgilidir. Qulayotgan va yo nurab 
borayotgan binoning asosi - fundamentini qaytadan qo‗ymay turib, mustahkam bino barpo etib 
bo‗lmaganidek, boshlang‗ich ta‘limni tubdan isloh etmay hamda yillar davomida, ugaylarcha 
munosabat natijasi ularoq uning oldida to‗planib qolgan talay muammolarning qisqa muddatlarda qulay 
va samarali echimini topmay, ta‘limning sifat darajasi borasida fikr yuritish, uni jahon standartlari 
darajasida ko‗tarish u yoqda tursin, hatto bu borada orzu qilish ham noo‗rindir. 



Respublikamizning birinchi prezidenti Islom Karimov ham birinchi chaqiriq O‗zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so‗zlagan nutqida mazkur muammoga munosabat bildirib 
quyidagi o‗ta dolzarb va mantiqiy fikr – mulohazalarini shu soha mutaxassislari oldiga ko‗ndalang qilib 
qo‗ygan edi: ―Zamonaviy boshlang‗ich ta‘limning o‗zi nimadan iborat bo‗lishi kerak? Bola 1-4- sinflarda 
qanday bilimga ega bo‗lishi lozim? Ularning tarbiyasi qanday bo‗lishi kerak? Shu masalalarga javob 
topishimiz zarur. 
Yana bir muhim savol. 
Norasida bolaning miyasi, ongi nimani o‗ziga singdira oladi, nimani qabul qilmaydi? Kim bu
masalani ilmiy jihatdan tadqiq qilgan?‖ (Barkamol avlod orzusi. -Toshkent: O‗zbekiston Milliy 
ensiklopediyasi, 2000, 14-bet). 
Darhaqiqat, o‗yinlarning rangin olamini tark etib, maktabga birinchi bor qadam qo‗yayotgan, 
murg‗akkina yuragi va mitti vujudini qo‗rquv aralash hadik hamda hayajon qurshab olgan va yo sevimli 
bo‗lib qolgan aziz bog‗chasidan muayyan tartib - intizom joriy qilingan boshqa bir u uchun hali mavhum 
va begona bir ta‘lim muassasasiga yo‗l olayotgan bolaning ruhiy kechinmalari olami haqida nimani 
bilamiz? Shunday vaziyatda bola qanday yordamga muhtoj? Biz unga qanday va nima yordam 
berishimiz mumkin? Shu yordam ko‗lami va usullari olimlarimiz tomonidan ishlab chiqilganmi? Maktab
ostonasida bola yana qanday muammolarga ro‗baro‗ keladi? Shunday muammolar bormi? Hech
ikkilanmasdan, ―Ha, bor‖,-deyish mumkin. 
Darhaqiqat, biz bog‗chadan maktabga yo‗l olayotgan bola psixologiyasi haqida etarli
darajadagi ma‘lumotlarga ega emasmiz. Bu muammo olimlarimiz tomonidan etarlicha ochib
berilmagan. Ushbu masalaga daxl etgan tadqiqotchilarimiz ham unga sathiy va bir tomonlama
munosabat berganlar. xususan, 6-7 yashar bolaning ushbu davrdagi ruhiy kechinmalari dalillar orqali
ochib berilmagan. Bog‗cha ko‗rgan va ko‗rmagan bolalarning maktabga tez moslashuvi uchun
nimalar qilish kerak? +anday psixologik va pedagogik chora-tadbirlar qo‗llash ularni o‗tish 
davri"dan bezarar olib o‗tishga imkoniyatlar yaratadi? Negadir haligacha shunday yordamlarning 
ko‗lami va usullari olishlarimiz, tomonidan ishlab chiqilmagan. Nega? Bu savolimiz ham javobsiz
qoladi. Bizning fikrimizga bunga sabab birta-maktabgacha va boshlang‗ich ta‘limga bo‗lgan
e‘tiborsizlik, ularni ikkinchi darajadagi ta‘lim muassasalari deb qarashdir. bunday qarashni
o‗zgartirish va zamona talablarini chuqurroq anglash va unga munosib va mutanosib muomalayu
amalda bo‗lish vaqti etmadimikin!? Axir biz Istiqlolni zor kutgandikku! Nega bergan
imkoniyatlardan dangasalarcha foydalanamiz!? 
Masala mohiyatiga chuqurroq anglab etish maqsadida maktabgacha ta‘lim va boshlang‗ich 
ta‘lim o‗rtasidagi uzviy va mantiqiy bog‗liqlik o‗rniga muayyan ―uzilish‖lar mavjudligini qayta-qayta 
ta‘kidlash lozim. Bu uzilishlar qanday salbiy oqibatlarga olib kelmoqda? Bu borada ham chuqur 
mulohaza yuritish vaqti etmadimikin?.
Ayni damda iqtisodiy munosabatlarning yangi turlari shakllanib, keng quloch ochib bormoqda. 
Buning bir talay ijobiy tomonlari bilan bir qatorda, salbiy jihatlari borligini ham e‘tirof etish va unga tik 
qarashga to‗g‗ri keladi. Masalan, maktabgacha ta‘lim muassasalarining keskin kamayishi shu omil bilan 
bog‗liq ekanligi hech kimga sir emas. Ilgari bu ta‘lim muassasalari davlat tomonidan har tomonlama 
moddiy va ma‘naviy jihatdan ta‘minlanib turilar edi. Bir muddat ular yangi iqtisodiy sharoitga moslasha 
olmay miqdor jihatdan ham sifat jihatdan ham ancha pastga tushdi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 
oqilona siyosatlari natijasida ayni damda, maktabgacha ta`lim muassasalari son va sifat nuqtayi nazaridan 
keskin oshdi. Xullas, iqtisodiy qiyinchiliklar maktabga qadam qo‗yayotgan bolaning muammolarini 
ko‗paytirgan edi. Chunki maktabgacha ta‘lim muassasasida tarbiyalangan bola tartib – intizomga 
ko‗nikadi, jamoa nimaligini anglaydi, uning talablariga moslashadi, asta-sekin bo‗lsa ham mas‘uliyat 
nimaligini his qila boshlaydi. Agar aksincha bo‗lsa-chi? Ya‘ni bola bog‗chaning yo‗qligi yoki 
yopilganligi bois unda tarbiyalanmagan bo‗lsa-chi? Unda, tabiiyki, maktab u uchun bir notanish – begona 
joy bo‗lib ko‗rinadi. Unga maktabga nisbatan qo‗rqish, hadiksirash, begonalik hissi bog‗chaga 
tarbiyalangan bolaga nisbatan kuchli bo‗ladi. Shuning uchun ba‘zi bolalar ―maktabga bormayman‖,-deb 
xarxasha qilib, ota-onasini tashvishga qo‗yadi. Natijada to bola maktabga ko‗nikkunga qadar ota – onasi 
va yo boshqa bir qarindoshi u bilan birga maktabga qatnaydilar. Bu ―qatnov‖lar to bola maktabga 
ko‗nikkuncha davom etadi va asta-sekinlik bilan bu usuldan voz kechiladi. O‗z-o‗zidan ayonki, bu 
holatlar 
bolalarning 
ruhiyatiga ham salbiy ta‘sir o‗tkazadi. Natijada ular har qanday 
muvaffaqiyatsizliklardan tez xafa bo‗lib ruhiy tushkunlikka tushadilar. Ularda ta‘lim olish ishtiyoqi 
susayadi va tezroq bu vaziyatlardan chiqib uyga borish istagi kuchayadi. Bog‗cha ta‘limini olgan bolalar
ayrimlarini keltirganimiz muammolarga duch kelsalar ham uni nisbatan tezroq bartaraf etishga



erishadilar. Ular yangi sharoitga tez ko‗nikadilar. Boz ustiga agar ular bog‗chaga birga qatnagan 
do‗stlari bilan maktabga borsalar bu moslashuv yanada samaraliroq bo‗ladi. 
Haqli savol tug‗iladi. Nima qilsak yuqorida zikr etganimiz muammolar sifatli echimini topadi va 
yo hech bo‗lmaganda muayyan miqdorda kamayadi? Birinchi navbatda Prezidentimiz ta‘kidlaganidek, bu 
masala bilan ko‗proq mutasaddi institut va markazlarning ilmiy xodimlari shug‗ullanib, tavsiya va 
xulosalarini ilmiy asoslangan holda peshnihod qilishlari kerak. Bu tavsiya va ilmiy xulosalar muayyan 
tajribalar bilan mustahkamlangandan so‗ng maktabgacha va boshlang‗ich ta‘lim mutaxassislari 
tomonidan amalda qo‗llanishi lozim. Ikkinchidan, maktabgacha ta‘lim rahbar xodimlari, murabbiy va 
tarbiyachilari hamda boshlang‗ich sinf o‗qituvchilari o‗z ish faoliyatlarini ilm-fan yangiliklari, yangi 
pedagogik texnologiyalar, mashhur ruhshinos va pedagoglarimizning ilmiy ishlaridan boxabar bo‗lgan 
holda rejalashtirib, tashkil etishlari kerak. Aks holda ular yuqorida zikr etganimiz bolalarning 
muammolarini hal etish o‗rnida, ularni yanada chigallashtiradilar. O‗qituvchilarimiz va 
murabbiylarimizning ilm-fan yangiliklaridan o‗z vaqtida bexabar bo‗lib bormasliklari, mashhur
metodistlarimizning ishalridan bexabar qolishlari muammolarni kamaytirish o‗rnida ko‗paytiradi. Shu 
o‗rinda voqeiy bir hodisani keltirib o‗tishni lozim topamiz: Ikki dugona - birinchi sinfga borayotgan etti 
yoshli Ra‘no va olti yoshli Sojida yo‗l bo‗yida uchrashishdi. Sojida maktabdan kelayotgan dugonasini 
zavq bilan kutib olib, savol berayapti: 

Ra‘no, men qachon katta bo‗lamanu senday maktabga boraman? 

Katta bo‗lma, maktabga borma, Sojida. Bilasan-mi, sen 
o‗yda xohlaganingcha o‗ynaysan, dam olasan. Maktabga-chi? Seni o‗radilar, qulog‗ingdan tortadilar. 
Uynagani qo‗ymaydilar. Partaga o‗tirib charchab ketasan. 
Beg‗ubor va begunoh bu ikki dugonaning suhbati kishini befarq qoldirmaydi. Achinarlisi shundaki, 
bunday voqealar maktablarda sodir bo‗lib turadi va biz bu holni befarq kuzatamiz. Shu bois murabbiy – 
o‗qituvchilarimiz zamon talabiga muvofiq yaxshi ruhshinos ham bo‗lishlari lozim. Ta‘kidlash joizki, 
agar boshlang‗ich sinf o‗qituvchisi o‗z ishiga befarq bo‗lmay, tajribali metodistlar tavsiyalari,
pedagog olishlarimizning ilg‗or qarashlaridan doimiy xabardor bo‗lib borganida, shunday holatlar
vujudga kelmas edi va shundagina mazkur sohalardagi to‗planib qolgan muammolarni echimini topish 
oson kechadi va hammasidan ham asosiy va muhimi bolalarimiz maktabdan bezimaydilar, unga birinchi 
kunlardan boshlab mehr qo‗yadilar. Bu hol o‗z navbatida o‗qituvchilarimiz mehnatini ham ancha 
engillashtiradi. Uchinchidan, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda muxbirlarimiz shu soha 
mutaxassislari va olimlarimiz bilan birgalikda mazkur muammoga diqqatlarini qaratib, vaqt-vaqtida 
ushbu muammoni respublika miqyosida yoritib tursalar nur ustiga a‘lo nur bo‗lur erdi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish