O. X. Xamidov universitet rektori, rais


BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA XALQARO BAHOLASH



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

 
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA XALQARO BAHOLASH 
DASTURLARI HAQIDAGI TUSHUNCHALARNI RIVOJLANTIRISH VA AMALIY YORDAM 
KO‘RSATISH 
Ro‘ziyeva M.Y., Boshlang‘ich ta‘lim nazariyasi 
kafedrasi mudiri, PhD
Ma‘rifatparvar olim Abdulla Avloniy bundan yuz yillar avval aytgan ―Tarbiya biz uchun yo hayot 
— yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir‖ degan iborasi ayni kunda ham 
o‗z qimmatini yo‗qotgan emas. Darhaqiqat, dunyo bilan bo‗ylashishimiz uchun yoshlarimizning ta‘lim-
tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Albatta, mustaqillikning ilk yillaridan boshlab yurtimizda ta‘lim 
tizimini isloh etishga katta e‘tibor qaratildi va bugungi kunga kelib sohada ma‘lum yutuqlarga erishildi. 
Uzluksiz ta‘lim tizimida, xususan, maktabgacha ta‘lim, umumiy o‗rta ta‘lim, o‗rta maxsus, kasb-hunar 
ta‘limi, oliy ta‘lim, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta‘lim turlarida 
katta o‗zgarishlar yuz berdi. Ammo globallashuv davrida jahonda ilm-fan, texnika va texnologiyalar 
shiddat bilan rivojlanayotganini aslo ko‗zdan qochirib bo‗lmaydi. Bu esa o‗z navbatida ta‘lim, ilm-fan 
oldiga yangi talablarni ko‗ndalang qo‗ymoqda. Ta‘lim tizimini muntazam isloh etish, o‗qitishning 
zamonaviy usul va vositalarini takomillashtirish, ta‘lim mazmunini boyitib borish, demak, bugungi 
kunning ham dolzarb talabi bo‗lib qolaveradi. Muhtaram Prezidentimiz raisligida 2019 yil 23-avgust kuni 
yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‗qituvchilarning o‗rnini oshirishga 
ba‘gishlangan videoselektor yig‗ilishida ―...universitet va institutlarni, ularning kafedra va dekanatlarini 
maktablarga biriktirish lozim. Ya‘ni ular maktablarni «otaliqqa olish»lari kerak», - deya ta‘kidlab, bu 
bo‗yicha 
aniq 
topshiriqlarni 
belgilab 
bergandi. 
Kadrlar tayyorlash milliy tizimining globallashuv jarayonida bozor talablariga to‗liq javob bermasligi, 



ta‘lim tizimida o‗quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi takomiliga yetkazilmaganligi, 
yuksak malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi, hozirgi zamon talablariga mos o‗quv-uslubiy va 
ilmiy adabiyotlar kamligi, fan, ta‘lim va ishlab chiqarish o‗rtasida o‗zaro aloqaning zaifligi tizimdagi 
kamchiliklardan hisoblanadi. Bugungi kunda o‗quv muassasalarini bitirib chiqayotgan o‗quvchi va 
talabalarda mustaqil fikrlash layoqati to‗la rivojlangan, deb bo‗lmaydi. Ularda ilm-fan yutuqlariga, 
amaliyotga tayangan yechimlar qabul qilish uchun malaka va bilim yetarli emas. Shu bois maktab, kollej 
va akademik litseylarni bitirgan yoshlarimizning ko‗pchiligi mustaqil hayotda o‗z o‗rnini topa olmayapti. 
Tizimdagi o‗qituvchi-pedagoglar katta qismining bilim va kasbiy salohiyati pastligi jiddiy muammo 
bo‗lib qolmoqda, malakali, bilimdon, bozor talablariga mos pedagog kadrlarga ehtiyoj katta. Ta‘lim va 
ishlab chiqarish sohalarining samarali hamkorligini ta‘minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning bilimi 
sifatiga nisbatan ta‘lim muassasalarining buyurtmalarini shakllantirish mexanizmlarini ishlab chiqish 
ham dolzarb masala sanaladi. Ta‘lim sifatini ta‘minlash uchun oliy ta‘lim muassasalari faoliyatini 
baholashda jamoatchilik va kadrlar buyurtmachilarining zamonaviy qarashlari va yondashuvlarini yanada 
takomillashtirishni talab etadi. Yevropaning rivojlangan davlatlari ta‘lim tizimida qabul qilingan 
«Jamoatchilik va kadrlar buyurtmachilari» tamoyillaridan keng foydalanish ham yaxshi samara beradi. 
Xalqaro standartlar, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini inobatga olgan holda, o‗quv dasturlari, darsliklar va 
o‗quv qo‗llanmalari, o‗qitish uslubiyatini muntazam takomillashtirish, ta‘limning barcha bosqichlarida 
tabiiy-ilmiy va muhandislik fanlarini o‗qitishning amaliy tizimini joriy etish, o‗qitishning barcha 
bosqichlarida xorijiy tillarni o‗rganishni kengaytirish lozim. Shu bilan birga, pedagog va olimlarning 
xalqaro mehnat bozori sharoitlariga moslashishini ta‘minlash muhim ahamiyatga ega.
Kelgusida ham rivojlangan mamlakatlar tajribalari chuqur o‗rganilib, mamlakatimizga xos 
xususiyatlar, qadriyatlar, sharoitlar inobatga olingan holda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan 
modernizatsiya qilishimiz lozim. Hozir oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan malaka oshirish, 
chet el professorlarini O‗zbekistonga olib kelib ma‘ruza o‗qitish, bakalavr va magistr dasturlarini 
rivojlangan mamlakatlardagi o‗quv dasturlariga yaqinlashtirish ishlari olib borilmoqda. Xuddi shu tizim 
asosida oily ta‘lim tizimida ishlayotgan tajribali o‘qituvchilarni maktablarga biriktirish, kafedralarning 
hududiy filiallarini ochish orqali maktab o‘qituvchilari salohiyatini rivojlantirish ishlari ham jadal olib 
borilmoqda. Bugungi konferensiyani tashkil etishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad ham shu - 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga amaliy yordam berish. Shu bilan birga ularga xalqaro baholash 
dasturlasrini o‘rgatuvchi ko‘chma seminar-trening kurslarini tashkil etishga kelishish, kafedra huzurida 
shunday o‘quv kurslari tashkil qilib, ularda viloyat xalq ta‘limi xodimlarini o‘qitish va sertifikatlar bilan 
taqdirlash. Shu xayrli ishlar debochasi o‘laroq mazkur konferensiya anjumani barchaga qutlug‘ bo‘lsin 
deyman! 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish