251
atrofdagilarga ta‘siri, aksi har qanday insonni maftun etmay qolmaydi. Shu jumladan ham tabiat
manzarasining jozibasi ijod ahliga ilhom bag‗ishlab, rassomni ijodiy asarlar yaratishga undaydi. Negaki,
bog‗lar, sayilgohlar, tog‗lar va tabiatning kengligi-yu, o‗ziga xos maftunkorligini ijodkor rassomlar
tomonidan o‗zgacha holatda ko‗rsatib berish mumkindir.
O‗zbekiston manzaralarini aks ettirishda ko‗plab rassomlar tomonidan turlicha ko‗rinishda
izlanishlar, yondashishlardagi tasvirlani kuzatamiz. Manzara ustalaridan hisoblangan O‗rol Tansiqboyev
(1904-1974) ham o‗z dunyoqarashlari va rangin kolorit gammasiga boy asarlarni taqdim etgan. U katta
asar yaratar ekan, aynan tog‗larga bo‗lgan ko‗plab sayohatlari, kuzatishlar va ko‗nikmalar asosida
etyudlarga murojaat etadi. Rassom tabiatni idrok etishda borliqni chuqur his qiladi va kichik hajmli
asarlarida borliqni aks ettiradi. Uning boy ijodi hali-hanuz tadqiqotchilar tomondan chuqur o‗rganib
kelinmoqda. Zero, uni tabiatning yengil ranglari, bag‗rikengligi va insonlar qalbidan joy oluvchi
kartinalari doim barhayotdir.
Hozirda manzara yo‗nalishidagi asarlarga bo‗lgan talab kuchayishini ko‗p kuzatamiz. Bunga asosiy
sabab esa olamning shiddat bilan o‗zgarishi, texnika inson hayotining uzviy bog‗liqligiga aylanib, barcha
narsalar, voqealar aks etishi bilan ifodalanmoqda. Hatto manzara janridagi oddiygina tasvir insonga
tinchlik, xotirjamlik baxsh etib, bir oz bo‗lsa ham muammolarni unitib, asar ichida o‗zini tasavvur
etishiga yordam bera olishini ko‗plab psixologlar e‘tirof etmoqdalar.
Pedagog rassomlar mahoratini oshirishda manzara janri alohida o‗rin tutadi. Tabiatning ne‘matlari
va uning borlig‗i har qanday insonni sehrlay oladi va doimo o‗ziga ohangrabodek tortadi. Tevarak
atrofimizni o‗rab turgan borliq turli-tuman ranglarga burkangan. Borliqni tashkil etgan har bir narsa, yoki
buyum o‗zining muayyan rang tusiga egadir. Qayerga qaramang, ranglarning ta‘sirchan kuchini ko‗rasiz.
Aynan ularni tasvirlash rassomga zavqu-shavq bag‗ishlaydi. Har qanday rassomda tabiatga munosabati,
mehr- muhabbati, qalbining tubida yashiringan ijod bulog‗i va borliqqa bo‗lgan hayojonli e‘tibori yaqqol
seziladi. Ular kichik hajmli ―hayot‖larida olamning jo‗shqinligini ehtiros bilan ranglar va tinimsiz ijod
orqali ko‗rsatib bera olishadi. Mazkur manzara janri ishlarining mavzusi tuganmas mavzu bo‗lib, uni ham
amaliy ham ilmiy darajada o‗rganish mumkin.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, inson har doim go‗zallikka intiladi, undan ma‘naviy
ozuqa oladi. O‗z hayoti, faoliyati va turmush sharoiti, atrof-muhitni go‗zalroq bo‗lishiga harakat qiladi. Bu
hol o‗z navbatida uning didini, nozik his- tuyg‗ularini shakllantiradi. Manzara tasviri inson ichki
dunyosining eng nozik va eng jozibali qirralarini namoyon etadi. Bu asarlar insonning his-tuyg‗ulari,
xilma-xil kechinmalarini qo‗zg‗ab, uning diliga, ruhiga ta‘sir o‗tkazib, san‘at va inson uyg‗unligi,
hamkorligini ta‘minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Hasanov R.. Tasviriy san‟at asoslari. -T.: TDPU, 2008 y.
2.
O„zbekiston zamonaviy san‟ati. Modern art of Uzbekistan. -T.:2004 y.
3.
Karnegi.D. Kak vыrabatыvat uverennost v sebe i vliyat na lyudey, vыstupaya publichno. -
T.:-Shark, 2007 g.
Do'stlaringiz bilan baham: