TALABALARDA MULOQOT MADANIYATINI SHAKLANTIRISHNING PEDAGOGIK-
PSIXOLOGIK ASOSLARI
Xalilova Ruxsora Raupovna ,
BuxDU, Boshlag„ich ta‟lim nazariyasi kafedrasi o„qituvchisi
Yadgarova Dilovar Komilovna
Yurtimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‗lamdagi islohotlar milliy davlatchilik
va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini,
jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‗rikenglik
muhitini ta‘minlashda asosiy omil bo‗ldi, xalqimizning farovon hayot kechirishi, fuqarolarimizning
bunyodkorlik salohiyatini ro‗yobga chiqarish uchun zarur imkoniyatlar yaratdi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 14 sentyabrda qabul qilingan «Yoshlarga oid
davlat siyosati to‗g‗risida»gi qonuni, hamda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 21-aprel 2017
yildagi ―Oliy ta‘lim tizimini kelgusida yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‗g‗risidagi‖ qarori va
246
mazkur faoliyatga tegishli boshqa me‘yoriy-huquqiy hujjatlarda yurtimizdagi barcha ta‘lim muassasalari
pedagog xodimlari uchun belgilangan vazifalarni amalga oshirishda yuksak darajada rivojlantirishga o‗z
hissasini qo‗shadi.
Talabalarda muloqot madaniyatining tarbiyalovchi imkoniyatlarini ro‗yobga chiqarish ko‗p
jihatdan talabalarning shaxsiy sifatlari bilan belgilanishini aytib o‗tish lozim. Muloqot madaniyatining har
jihatdan to‗g‗ri tanlangan, talaba yoshlarimizning ma‘naviy saviyasi, betakror xususiyatlariga muvofiq
keluvchi uslubi quidagi vazifalarni o‗z ichiga oladi:
– talaba muloqotda har bir o‗rtog‗iga alohida e‘tibor qaratishi va dilkashlik qilishi, jamoasidagi
insonlar bilan umumiy muloqot jarayonini soddalashtiradi, uning erkin faoliya yuritishi uchun zamin
tayyorlaydi, muammoli vaziyatlarni oson hal qiladi;
– har bir o‗rtog‗i bilan o‗zaro munosabatni erkin muloqot asosida tashkil qilish, ularning yosh
xususiyatlariga monand pedagogik va psixologik muloqot uslublarini tanlash, uning ruhiyatini bilishga,
ichki dunyosiga ―kirib borish‖ga yo‗l ochadi;
– muloqotda talabalarning ma‘naviy-axloqiy normalari muvaffaqiyatlar kaliti bo‗lib, ijobiy
sifatlarini shakllantirishda muloqotning barcha bosqichlarida talabalarning o‗z faoliyatidan qoniqish
hissini xotirjamligini ta‘minlaydi.
Ta‘lim sohasidagi bunday amalga oshirilayotgan islohatlar O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M. Mirziyoyevning ―...Yosh avlodni barkamol, ma‘naviy va jismonan sog‗lom, yuqori malakali kasb
egasi qilib tarbiyalash, ularni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma‘naviy salohiyatga ega
bo`lib, dunyo miqyosida o‗z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‗sh kelmaydigan insonlar bo‗lib kamol
topishi, baxtli bo‗lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar
etamiz‖
53
, –degan mulohazalardan ko‗rinib turibdiki, yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning
yaratuvchisi sifatida shakllanayotgan yosh avlodni voyaga yetkazish, ularning zamon talablari darajasida
bilim olishi, shaxs sifatida kamol topishi, pedagogika sirlarini o‗rganishi va kundalik turmush
yumushlarini hal etishga tayyorlab borish masalasi asosiy muammolar tariqasida ta‘lim jarayonining
asosiy vazifalaridan biri bo‗lib turibdi.
Talabalarimizdagi muloqot madaniyati, ma‘naviy olamining kengligi muhim ahamiyatga ega.
Ularninng muloqot madaniyatini ham muntazam shakllantirib borishida quyidagi yo‗nalishlarga e‘tibor
berishi lozim:
– yuksak kasb egasi sifatida o‗z-o‗zini anglashi, (muomalada o‗zining o‗zaro fikr almashishga
doir sifatlarini, ijobiy va zaif tomonlarini bilishi) va shu asosda o‗zaro fikr almashish yo‗li bilan o‗z-
o‗zini tarbiyalashi;
– kishilar bilan o‗zaro munosabatda kommunikativ iqtidorini shakllantirib borishi, muloqot
asosida to‗g‗ri bashorat qilish sezgilarini mashq qildirishi, muloqotda o‗zining ideal tasavvurlarini,
imkoniyatlarini boshqalar (o‗qituvchilar jamoasi, o‗quvchilar, ota-onalar) qanday baholashi haqidagi
refleksiv tasavvurlarini tahlil qilishi;
– o‗zida muosharat odobining muhim xususiyatlarini rivojlantirish yuzasidan ixtisoslashtirilgan
mashqlar asosida ishlashi;
– o‗rtoqlari va ota-onalari bilan tarbiyaviy maqsadlarga qaratilgan turli jamoat ishlarida ishtirok
etishi, bunda o‗zaro fikr almashish asosida tashkilotchilik qobiliyatini takomillashtirib borishi;
– muloqot jarayonida paydo bo‗ladigan salbiy holatlarni yengish ko‗nikmalarini shakllantirishi,
dilkashlik va xushmuomalalikni rivojlantiradigan vaziyatlar tizimini yaratishi kabilar.
Yoshlarda muloqot madaniyatini shaklantirish bevosita o‗zaro munosabatini ma‘lum bir maqsad
sari hamjihatlikka yo‗naltiruvchi kuchdir. Pedagogik muloqot madaniyatiga, etikasi va odob-axloqiga,
dilkashligiga, muosharat odobiga alohida talablar qo‗yiladi. Ushbu fazilatlar guruh rahbarining jamoasida,
ota-onalar bilan muloqot qila bilishida, talabalar bilan aniq maqsadni ko‗zlagan holda tarbiyaviy
faoliyatni tashkil etishida va ularni boshqara olishida muvaffaqiyatlar garovidir.
Pedagogik faoliyatda o‗qituvchi muloqot asosida o‗quvchilar bilan yaxshi munosabatni tashkil eta
olishi kerak, demokratik talablarni qo‗llashi va birgalikda ijodiy faoliyat olib borishi kerak. Pedagogik
muloqot esa, o‗qituvchi kasbiy faolligining bir ko‗rinishi bo‗lib, bunda ta‘lim va tarbiya muammolari
o‗qituvchi hamda o‗quv-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari o‗rtasidagi o‗zaro ta‘sir vositasi bilan
hal qilinadi. Bu vaziyatda o‗qituvchi baho beruvchi rolida namoyon bo‗ladi hamda uning o‗zi baho
oluvchi hisoblanadi. Bunday hollarda pedagogik ta‘sir ko‗rsatish vazifalari va vositalari hamda
o‗qituvchining o‗quvchilar bilan pedagogik muloqotiga va prinsiplariga bog‗liqdir.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda talabalarimizda muloqot madaniyatini rivojlantirish,
ulardagi yuksak hislarni shakllantirishimiz ham pedagogik va ahloqiy tomondan kamolotga erishish
247
garovi hisoblanadi. Zero talabalarimiz kelajak kadrlari, Davlatimiz bunyodkorlari bo`lgan yosh
avlodlarimiz tarbiyachilari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |