245
Boshlang`ich matematik ta‘limning g`oyaviy mazmuni o`quvchilarning o`ylash, fikrlash, izlash
kabi bilishga oid psixologik jarayonga yo`naltirilgan ta‘lim faoliyati mazmuni hisobiga boyitila
boshlanadi.
Mamlakatimizda olib borilgan ta‘lim islohotlari mustaqil respublika ta‘lim– tarbiya tizimini dunyo
miqiyosida qo`lga kiritilgan ilg`or pedagogik-psixologik qarashlar va g`oyalar, tajribalar milliy
qadriyatlarimizda ta‘lim-tarbiya masalalarining durdona ne‘matlari, rivojlanib boruvchi zamon talablari
asosida qayta tashkil etishni nazarda tutdi.
Boshlang‘ich matematik ta‘lim jarayonida fanga oid kompetensiyalar doirasida fan dasturida
ko‘zda tutilgan mavzular bo‘yicha matematik ma‘lumotlarni o‘rgatish, ularni eslab qolish va qayta
tushuntirib berish orqali shakllantirilgan bilimlar asosida ularni tanish vaziyatlarda qo‘llashga oid
ko‘nikmalar, egallangan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llash va yangi
bilimlar hosil qilishga oid malakalarni shakllantirish bilan bir qatorda egallangan bilim, ko‘nikma va
malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llash qobiliyatiga oid kompetensiyalarni shakllantirishni ham nazarda
tutadi.
Umumiy o‘rta ta‘lim davlat ta‘lim standarti tarkibidagi boshlang‘ich matematika o‘quv dasturida
har bir sinf va bo‘limlar kesimida o‘quv yuklamasi hajmi, mavzuga ajratilgan o‘quv soati, mavzular
mazmuni hamda mazkur mavzular mazmuniga oid egallanishi lozim bo‘lgan umumiy, so‘ngra esa
o‘quvchilarning mazkur mavzular doirasida mustaqil ijobiy fikrlashlariga oid kompetensiyalar keltirilgan.
Davlat ta‘lim standartlariga kompetensiyaviy yondashuvning yana bir muhim jihatlarida biri shuki,
ta‘lim jarayonida matematika mazmuniga qo‘yilgan umumiy va kognativ kompetensiyalar bilan bir
qatorda ta‘lim-tarbiyaviy faoliyat shakllanishi lozim bo‘lgan tayanch kompetensiyalar ham belgilab
brilgan. Tayanch kompetensiyalar kommunikativ, axborot bilan ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, ijtimoiy
faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor
bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyalar bo‘yicha sifatlangan. Tayanch kompetensiyalar boshlang‘ich
matematik ta‘limi mazmuni va mazmun doirasi mustaqil ijodiy fikrlashga oid kompetensiyalar, yani
o‘quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar asosida yangi bilimlarni egallash, hayot
faoliyati, kundalik turmush tarzi, muloqot va muomala jarayonida ularni qo‘llash , egallangan nazariy
ma‘lumotlar negizida ijodiy fikrlash faoliyatini shakllantirish, rivojlantirish, kundalik turmush, ta‘lim
olish faoliyatida ularni maqsadli qo‘llay olish, tengdosh, sinfdosh va ustozlari, kattalar bilan muloqot va
muomalaga kirisha olish, o‘qish, ta‘lim olishga ehtiyoj va qiziqishni o‘stirish, yoshiga monand aqliy va
ongli faoliyatiga kirisha olish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e‘zozlash, hurmat qilish ta‘limning
bosh g‘oyasi bo‘lgan komillik jihatlarini shakllantirish zamirida bolaning aqliy salohiyati, ongli fikrlash,
mantiqiy tafakkur qilish faoliyati ustuvor ahamiyat kasb orqali shakllantiriladi. Fanga oid va tayanch
kompetensiyalar bir biridan ayro holda emas balki biri ikkinchisi bilan uzviy aloqadorlikda, izchillikda
biri ikkinchisini mohiyat jihatidan to‘ldira borish orqali shakllantiriladi. Shuningdek, yosh
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bolaning fikrlay olishiga oid funksional imkoniyatlaridan to‘laroq
nazariy fikrlash faoliyatidan kengroq foydalanish imkoniyatini yaratib beradi.
Mazkur jihati bilan boshlang‘ich matematik ta‘lim zamonaviy matematika fanining nazariy fikrlash
xususiyatiga yaqinlashgan ta‘lim tizimini yaratadi. Zamonaviy talablar doirasida boshlang‘ich matematik
ta‘limni tashkil etish kun tartibiga davlat ta‘lim standartlari talablari asosida boshlang‘ich matematik
ta‘lim o‘quv-metodik majmualarining yangi avlodini yaratish, shuningdek bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarini tayyorlashni talablar darajasida takomillashtira borish masalasini kun tartibiga qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: