253
operatsiyasi mehnat usullarini birga qo‗shib olib borish orqali bajariladi. Usul, bu – ishchining muayyan
bir maqsadga ega bo‗lib, tugallangan mehnat harakatidir.
Darslar jarayonida o‗quvchilarning qiziqishi va faolligini oshirishda, ijodkorlik qobiliyatlarini
rivojlantirishda aqliy hujum, tanqidiy tafakkur, kichik guruhlarda ishlash, debat, nuqtai nazaring bo‗lsin,
har kim har kimga o‗rgatadi, press uslubi, bingo o‗yini, estafeta, mozaika, morfologik jadval, ijodiy
masala kabi interfaol usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, modulli o‗qitish,
qo‗llanmalar bilan ishlash, konstruksiyalashga o‗rgatish kabi usullardan ham foydalanish mumkin.
Masalan, modulli o‗qitishda o‗quvchilar mustaqil ravishda, bilim, ko‗nikma, malaka egallash bilan birga
o‗z faoliyatlarini baholash darajasiga ko‗tariladilar. Modulli o‗qitishning ijrochisi o‗quvchidir. O‗qituvchi
bunda ta‘lim olishning tashkilotchisi, o‗quvchining yordamchisi sifatida qatnashadi. Tashkilotchi sifatida
o‗qituvchining funksiyasi avval modulli o‗qitish dasturini yaratishda namoyon bo‗ladi. ―Qo‗llanmalar
bilan ishlash‖ dars usulida esa dars o‗tish jarayonida darslik, qo‗shimcha adabiyot, jadval, shakllar yetarli
bo‗lishi va har bir o‗quvchiga berilishi kerak. O‗qituvchi mavzuni e‘lon qilib asosiy maqsadni tushuntirib
beradi. O‗quvchilar darslik, qo‗llanma, jadval va shakllardan foydalanib ma‘lumot to‗plashga, darsni
mustaqil o‗rganib, so‗ngra o‗zaro kichik guruh, jamoa bo‗lib tahlil qilib chiqadilar. Bunday darslar
o‗quvchilarni darslik, qo‗llanmalardan foydalanib, ma‘lumot to‗plashga, dunyoqarashi, bilim va
ko‗nikmasini oshirishga, mustaqil bilim olishga va mustaqillikka o‗rgatibgina qolmay, ularning shaxsiy
psixologik xususiyatlarini rivojlantirishga, insoniylik fazilatlarini shakllantirishga yordam beradi.
Shuningdek, o‗quvchilarga konstruksiyalash ishlarini o‗rgatish ham katta ahamiyatga ega. Chunki
o‗quvchilarga konstruksiyalashni o‗rgatish va ijodiy topshiriq ustida ishlash davrida muammoli
vaziyatlarni qo‗llash imkoniyati ochiladi. Binobarin konstruksiyalashni o‗rgatish, bunda muammoli
vaziyatlarni qo‗llash o‗quvchilarda texnik fikrlash, ijodiy farazlashni yuzaga keltiradi, ijodkorlik
qobiliyatlarini o‗stiradi va mehnatga nisbatan ijodiy munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi hamda
dars samaradorligini oshiradi. Chunki bunda ular turli xil ko‗rinishdagi detal yoki buyumlarni o‗ylab
topadilar va o‗z qo‗llari bilan tayyorlaydilar. Mana shunday amaliy ishlar jarayonida o‗quvchilarda fikr
yuritish, tasavvur qilish, ish bajarish, shakl hosil qilish va uni o‗zgartirish kabi xususiyatlar shakllanadi
hamda rivojlanadi. Bu ishlarini o‗rgatishni quyidagi bosqichlarda olib borish mumkin:
1-
bosqich. Texnik topshiriq bilan tanishish va uni tahlil qilish. Topshiriqni tahlil qilish orqali
o‗quvchilar buyumning qo‗llanish shartlari, ya‘ni u nima vazifani bajarishga mo‗ljallanganligini bilib
oladilar, buyumning asosiy o‗lchamlarini aniqlaydalar. Topshiriqning konstruktiv yechimini osonroq
topishlari uchun misol tariqasida o‗quvchilar unga o‗xshash va yaqin konstruksiyaning yutuqlari va
kamchiliklarini muhokama qilish mumkin.
2-
bosqich. Bu bosqichda o‗quvchilar konstruksiyaning prinsipial sxemasini tuzishga
kirishadilar. Buning uchun o‗quvchilarni oddiy chizmalarni o‗qish va prinsipial sxemalarni tuzishni
bilishi muhim ahamiyatga ega.
3-
bosqich. Buyum yasashning texnologik rejasini tuzish.
4-
bosqich. Birlamchi ishlov berish, yig‗ish, ish sifatini nazorat qilish va sinash.
Bu bosqichlarni bajarish davomida o‗quvchilardan o‗quv fanlaridan olgan bilimlari va hosil qilgan
ko‗nikmalarini ijodiy qo‗llash talab qilinadi. Yakuniy bosqichda o‗quvchilar o‗lchash, hisoblash, montaj
va texnologik operatsiyalarni bajarish bo‗yicha ko‗nikmalarini takomillashtiradilar va politexnik
turkumdagi fanlardan olgan bilimlarini kengaytiradilar. Bundan ko‗rinadiki, konstruksiyalash
o‗quvchilarni texnologiya o‗quv fanidagi ijodiy topshiriqlarining yechimini topishdan tashqari mehnatga
ijodiy munosabatni shakllantiradi, fan asoslari bilan bog‗lanish, ulardan foydalanish samaradorligini
oshiradi, mustahkam texnik bilim va ko‗nikmalar hosil qilishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: