O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev "Xalq ta‘limini boshqarish
tizimini takomillashtirish bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida"gi Farmoni. PF-5538-son.
05.09.2018 y. "O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami", 2018 yil 10 sentabr, 36-son, 722-
modda.
BOSHLANG‗ICH TA‘LIMDA O‗QUVCHILARNING NUTQIY KOMPETENSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH
Eshchanova Salomat Xajimatovna,
Urganch shaрrida 14- son maktabning ona tili va adabiyot o`qituvchisi
O‗quvchida nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish bola maktabga birinchi qadam
qo‗ygan kunidan boshlanadi. Nutqiy kompetentlik, nutq ko‗nikmalarining shakllanishi va rivoji izchil
ravishda olib borilgan amaliy ishlar natijasidagina hosil bo‗ladi. Shuning uchun o‗qituvchi deyarli har bir
mashg‗ulotda o‗tilgan mavzu asosida o‗quvchilarning og‗zaki va yozma nutqlari bilan bog‗liq
kompetensiyalarini takomillashtirishga e‘tibor berishi lozim. O‗quvchilarni ijodiy fikrlashga, samarali
muloqot madaniyatiga o‗rgatish uzoq davom etadigan jarayon. Buning uchun faqat til va adabiyot
o‗qituvchilarining emas, balki barcha fan o‗qituvchilarining uzluksiz va birgalikdagi mehnatlari talab
etiladi. Bunga boshlang‗ich sinflarda asos solinadi, o‗rta maktabda takomillashtiriladi hamda
rivojlantiriladi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida esa o‗zining eng yuqori bosqichiga ko‗tarilishi
lozim. Shuning uchun ham, turli ta‘lim bosqichlarida uzviylik va izchillik prinsiplari asosida
o‗quvchilarning og‗zaki va yozma nutqini o‗stirish uchun tinimsiz izlanishlar olib boriladi.
Yangi tahrirda (kompetensiyaviy yondashuvdagi) tajriba-sinovdan o‗tkazilayotgan umumiy va
o‗rta maxsus ta‘limning ―Adabiyot‖ dasturida ta‘lim bosqichlarida adabiyot o‗qitishning maqsad-
mazmunida o‗quvchining og‗zaki va yozma nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishga alohida e‘tibor
qaratilgan:
– o„quvchilar og„zaki nutqining adabiy til me‟yorlari asosida shakllanishi va rivojini ta‟minlash,
nutqiy kompetensiyani o„stirish;
– yozma nutqlarida yuksak savodxonlik, adabiy til me‟yorlariga rioya etish, uslubiy rang-
barangliklardan foydalana olish malakalarining shakllanishiga erishish;
– adabiy-badiiy asar mohiyatini, uning asosiy nuqtalarini og„zaki va yozma tarzda ifodalay olish,
bu haqdagi o„z fikrlarini boshqalarga og„zaki va yozma tarzda yetkazish yo„llarini egallash kabilar.
Mazkur dasturda o‗quvchilarning nutqiy kompetensiyasini takomillashtirish masalalariga
boshlang‗ich adabiy ta‘limdanoq ahamiyat berib borilgan. Dasturda belgilanishicha, boshlang‗ich ta‘lim
211
(A1 daraja)da adabiy asarlarni o‗rganish (―O‗qish‖ darslari) jarayonida o‗quvchilarda quyidagi adabiy-
nutqiy kompetensiyalar takomillashadi:
– fikrni og„zaki bayon qilish: hikoya, she‘r, ertak, topishmoq, maqol, tez aytish, rivoyatlarni to‗liq
yoki qisqartirib so‗zlab berish; bolalar yozuvchilarining turli janrdagi asarlari mazmunini so‗zlay bilish;
asar qahramonlarining xatti-harakatiga munosabat bildirish; o‗qilgan asar asosida kichik sahna
ko‗rinishlarida qatnashish; mavzu yuzasidan suhbatda ishtirok eta olish; asarga ishlangan
illyustratsiyalarga munosabat bildirish.
–fikrni yozma bayon qilish: husnixat va imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozish; asardagi
qahramonlar haqida kichik matn tuza olish; badiiy asar mazmuni yuzasidan savollarga javob yoza olish;
bolalar yozuvchilari, ularning asarlari nomini mustaqil yoza olish, tabiat tasviri, kuzatilgan voqea va
hodisalar haqida kichik hajmdagi matnlar tuzish va yozish; o‗rganilgan mavzular doirasida bayon yozish
va kichik matn yaratish.
Adabiyot darslari o‗quvchilarning og‗zaki va yozma nutqlarini o‗stirishda beqiyos katta
imkoniyatlarga ega. Bu yerda adabiy o‗qish, ifodali o‗qish, matnni izohlash, yod olish, qayta hikoyalash,
matnning rejasini tuzish, asarning ajratib olingan alohida bir qismi, nomlanmagan asarlar (xususan,
klassik adabiyotimizdagi lirik asarlar)ga sarlavha topish, asar muallifi yoki qahramonlarga maktublar
yozish, adabiy asar yoki adabiy-tanqidiy maqolalarga taqriz yozish singari bir-biriga o‗xshamaydigan ish
turlari mavjud. Mazkur ishlar bilan bog‗liq topshiriqlarni bajarish jarayonida o‗quvchilarning adabiy-
nutqiy, kommunikativ kompetensiyalari takomillashadi, badiiy idroki ham kamol topib boradi.
Shu maqsaddan kelib chiqib, ona tili ta‘limining asosiy vazifasi o‗quvchilarning fikrlash
salohiyatini, aqliy rivojlanishini, mantiqiy tafakkurini o‗stirish, o‗zini, o‗zgalarni va borliqni til vositasida
anglashni hamda fikr va his-tuyg‗ularini ona tilining keng imkoniyatlari doirasida bayon eta olishni
o‗rgatishdan iborat‖.
Ma‘lumki, nutq – insonlar bir-biri bilan muomala va aloqa qilishning alohida usulidir. Nutq
o‗zining ifodalanish usuliga qarab 2 ga bo‗linadi: og‗zaki nutq va yozma nutq.
Og‗zaki nutq boshqa kishilar bilan bevosita aloqa jarayonida foydalaniladigan nutq, muloqotga
kirishish vositasidir. Og‗zaki nutq ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo‗ladi. Gapirayotgan kishi so‗z va grammatik
shakllarni maxsus tanlamay so‗zlasa, bu holda nutq ixtiyorsiz bo‗ladi. Gapirayotgan kishi o‗z so‗zlari
uchun alohida ma‘suliyat sezib gapirganda, shu nutqni tinglayotgan kishi gapirayotgan kishi uchun
alohida ahamiyatga ega bo‗lganda, nutq ixtiyoriy xarakterga ega bo‗ladi. Bunga misol tariqasida
o‗qituvchining nutqini olishimiz mumkin.
O‗quvchilar og‗zaki nutqini o‗stirishda maqollardan foydalanib quyidagi ishlarni bajarish mumkin:
–maqollarni muayyan mavzu bo‗yicha guruhlash; –biror bir rasm mazmuniga mos maqollar yozish; –
o‗qilgan matn mavzusiga mos maqol tanlash.
Keltirilgan har bir maqolning qanday fikr ifodalashi, ularning tarbiyaviy ahamiyati haqida suhbat
o‗tkaziladi. O‗quvchilar ularni sharhlash jarayonida nutqiga ko‗rk beruvchi, nutq ta‘sirchanligini
oshiruvchi vositalardan biri maqollar ekanligiga ishonch hosil qiladilar va ularni nutqda qo‗llashga
intiladilar.
Ma‘lumki, mustaqil va ijodiy fikr yuritish jarayonida kichik maktab yoshidagilarning yozma
nutqiga ham alohida e‘tibor berish lozim. Tafakkur mahsulini o‗z ona tilida og‗zaki ifodalash bilan birga
uni yozma holda ham to‗g‗ri va xatosiz yozish muhimdir.
―Yozma nutq o‗z maqsadi va shart-sharoitlariga ko‗ra qator o‗ziga xosliklarga ega. U masofa
nuqtayi nazaridan yaqin bo‗lmagan, uzoqdagi, ayni shu zamonda yonma-yon bo‗lmagan suhbatdosh
(shaxs, o‗quvchi)ga mo‗ljallangan bo‗ladi.
Unda og‗zaki nutqdagi kabi imo-ishora, qo‗l va tana harakatlari bilan nutqqa yordam beradigan
qo‗shimcha ―yordamchilar‖ yo‗q. Xuddi shuning uchun ham yozma nutqning aniq, ravon, tushunarli,
ishonarli, mantiqiy jihatdan ham, grammatik va orfografik jihatlan ham to‗g‗ri bo‗lishi hayotiy ehtiyoj
darajasidagi haqiqatdir. Bunda fikrning boshqalar tomonidan ham ayni yozayotgan tomon ko‗zda tutgan
ma‘nolarni ilg‗ashga xalaqit beradigan narsalarning bo‗lmasligi muhimdir‖
???
Ma‘lumki, ona tili va adabiyot darslarining samaradorlik darajasi o‗quvchilarning o‗z ona tili
boyliklari, uning imkoniyatlarini qay darajada o‗zlashtirganligi, ularda tegishli nutqiy va kommunikativ
kompetensiyalarning shakllanganlik holati bilan belgilanadi. O‗quvchi o‗z fikrini izchil va chiroyli bayon
qilib yozishga o‗rganishi uchun dars jarayonida grammatik topshiriqlar bilan birga diktantlardan va turli
yozma nutqni rivojlantirishga qaratilgan metodlardan ham foydalanishi muhim.
Badiiy asarlarni ifodali o‗qish, badiiy tasvir vositalarini tahliliy asosda o‗rganish o‗quvchilarning
og‗zaki nutqini ravon qilishga, o‗z fikrini aniq va obrazli ifodalash, adabiy til me‘yorlariga rioya qilish
kabi nutqiy, kommunikativ kompetensiyalarini takomillashtirishga, xullas, so‗zlashish madaniyati,
212
notiqlik san‘atiga nihoyatda ijobiy ta‘sir o‗tkazadi. Bu esa bevosita ularning yozma nutqlarida ham o‗z
ifodasini topadi. Adabiy asarlarni o‗rganish bilan bog‗liq bo‗lgan yozma ishlarda esa o‗quvchilar
adibning poetik mahoratiga munosabat bildiradilar, asarlarini tahlilga tortadilar. Bu jarayonda bevosita
ularning yozma nutqiy kompetensiyalarida ham sezilarli darajada o‗sish va o‗zgarishlar yuz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |