O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/243
Sana07.07.2021
Hajmi13,57 Mb.
#112049
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   243
Bog'liq
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.) (1)

TomirlargagumoralomiUarn'mgta’siri.
  Ayrimgumoralomillartomirlartonusini 
toraytiradi, ayrimlari esa kengaytiradi.
Tomirlarni toraytiruvchi moddalar.
  Bularga buyrak usti bezi m ag‘iz moddasi 
gorm onlari-adrenalin  va  noradrenalin,  gipofizning  orqa  boMagida  to'planuvchi 
gormoni  -   vazopressinlar  kiradi.  Adrenalin,  noradrenalin  va  vazopressin  qon- 
tomirlarga ju d a  oz miqdorda ham ta’sir eta oladi. Adrenalinning 1.  10‘7 gfoil miqdori 
ham  ta ’sir  k o ‘rsata  oladi.  Natijada  arterial  bosim  ko‘tariladi.  Teri  artcriya  va 
arteriolalariga, hazm a ’zolari, o ‘pka tomirlariga tomir toraytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Asosiy tom irlarga ta’sir qiluvchi omillarga buyrakda ishlab chiqariluvchi renin 
kiradi.  U  proteolitik  ferment  bo‘Iib,  qonga  tushib,  qon  plazmasi  a 2 globulin 
angiotenzinogenni  parchalab,  faolligi  unchalik  yuqori  bo‘lmagan  dekapeptid 
angiotenzinogen I
 ga aylantiradi.
U esa dipeptidkarboksipeptidaza ta’sirida, yuqori faollikka ega
-angeotenzin II 
ga aylanadi.
Normal hollarda bu m oddaoz miqdorda ishlab chiqariladi. Arterial bosim
240
www.ziyouz.com kutubxonasi


p a sa y g an d a,  bu  m oddani  is h la b   c h iq a rilish i  k u c h a y a d i.  A n g io ten zin   II 
noradrenalinga nisbatan o ‘ta kuchli tom ir toraytiruvchi effektga ega. 
Ichaklaming shilliq qavatida bosh m iyaning ayrim sohalarida ishlab chiqaruvchi 
va  trombotsitlar  parchalanishida  hosil  b o ‘lishi  modda  serotonin  pressor  effekt 
chaqiruvchi moddalargakiradi.
Trombotsitlar parchalanganda hosil b o ‘lgan serotinni qon tomirlarini toraytirib, 
qon oqishini to ‘xtatadi.
V azopressin-gipofizningorqa boMagidagi gormon. Bu gorm on ta’sirida o ‘pka 
arteriya, arteriolalari torayadi, lekin miya, yurak tomirlari kengayadi.
Gistamin
 asosan bazofillarda, terida, skelet muskullarida oshqozon-ichaklaming 
shilliq qavatida ishlab chiqariladi. Ular yurak, j¡gar, ichaklar tomirlarini kengaytirib, 
k ap illa rla rn i  qon  bilan  to 'lis h in i  k u c h ay tirad i,  e n d o te liy   h u jay ralarn in g  
o ‘tkazuvchanligini  oshiradi  va  ay lan ib   yurgan  qon  m iq d o rin i  kam aytiradi. 
Organizmda gistamin  miqdori  ortib ketsa-gistamin  karaxtligi  (shok)  holati  kelib 
chiqadi.
G orm on  ta ’siri  terining  q iza rish i  b ilan  boshlanadi.  Bu  hoi  terini  kuchli 
ishqalanganda, issiq ta’sirida, ultrabinafsha nurlari ta’sirida, kuchli hayajonlanganda 
kuzatiladi.
Prostoglandinlar -
 bu guruhga yuqori biologik faollikka ega boMgan moddalar 
kirib, to ‘yinmaganyog‘ kislotasi hosilalaridir. Buguruh gormonlari birinchi b o lib  
topilgan joyi prostata bezi bo‘lgani uchun shunday nomlanadilar. Ular barcha a ’zo 
va to ‘qimalarda hosil  bo‘ladi.  T a ’siri  asosan  tomir devorlari  silliq  muskullariga 
ta ’sir  etadi.  Ba’zilari  tomir  m uskullarini  qisqartirib  arterial  bosim ni  oshiradi, 
boshqalari esa tomirlami kengaytirib, bosimni pasaytiradi.
Bradikinin
 -  ja g ‘ osti va oshqozon osti bezi, o ‘pkada va ko ‘pchilik a'zolarda 
mavjud biologik faol modda. U arteriolalar silliq muskullarini b o ‘shashtirib, arterial 
bosimni tushiradi. Teriga issiqlik t a ’sir etganda shu yerda hosil b o ‘lib, tomirlami 
kengaytiradi va ushlab ko'rganda shu soha iliq boMadi.
A
tee/z/xo/m-parasimpatik nerv  va simpatik  vazodilatatorlar oxirlarida  ishlab 
chiqariladi.  Qondan ju d a   tez  parchalanib  ketganlagi  uchun,  uning  ta ’siri  faqat 
mahalliy hisoblanadi.
AteaW/w-buyrakriing  mag‘iz  m oddasida  ishlab  chiqariladigan  lipid  modda 
bo‘lib, qon-tomirlarga kengaytirkvchi ta ’sir ko‘rsatadi.
Q on  d e p o la ri.  Odam  o rg an izm id a  m avjud  qonning  ham m asi  ham  qon 
aylanishigajalb qilinmaydi. Uning 4 5 -5 0 %  gachasi qon depolari: taloq, jigar, o‘pka, 
teri osti tomirlar to‘rida bo‘iadi. D epo rolini venoz sistemasi ham o ‘taydi.
Organizmning ehtiyoji kuchayganda qon depolaridagi qon chiqishi va aylanib 
yurgan  qonning  m iqdorini  ortishi  qon  depoiarining  asosiy  vazifasidir.  Qon 
depolaridan  qonni  chiqishiga  asosiy  sababiar:  emotsional  holat, jism oniy  ish, 
organizmda kislorod yetishmasligi, qon y o ‘qotish va h. k. b o ‘lishi mumkin.
Taloq.
  Sut emizuvchi hayvonlar ta lo g ‘i umumiy qondagi eritrotsitlam ing 20% 
gachasini  sig‘dira olishi  mumkin.  Q onning ushlanib turishiga  sabab,  uning qon- 
tomiriarini o'ziga hos tuzilishiga ega ekanligidir.
241
www.ziyouz.com kutubxonasi


Q on kapillarlardan aw alig a yupqa qavatli, cho‘ziIuvchan sinustarga, so‘ngra 
venulalarga o ‘tadi. Taloq arteriyalari va taloq, sinuslarini venulalarga o ‘tayotgan 
joyida maxsus sfikterlari b o iib , qon kelishi va ketishini boshqarib turadi. Sfinkterlar 
qisqarganda  qonni  oqib  ketishi  qiyinlashadi  va  taloqning  hajm i  kattalashadi. 
Sfinkterlar to ‘liq yopilmaydi, shuning uchun ham qon plazmasi o ‘ta oladi, shaklli 
elem entlar esa o ‘ta olmaydi. Organizmni qonga bo‘lgan ehtiyoji ortganda sfinkterlar 
bo'shashib, qon venoz tomirlarga chiqariladi.
Jigar.
 Jigar ham taloq singari ma’lum miqdordagi qonni saqlab turishi mumkin. 
Jigardagi qon taloqdagi singari sirkulyatsiyadan chetda qolmaydi. Jigam ing depo 
vazifasi  jig a r  venalaridagi  sfinkterlari  qisqarishiga  bog*liq.  Depodan  qonning 
chiqishi reflektor yo* I bilan boshqariladi. Adrenalin qonni chiqishini tezlashtiradi. 
Charv arteriyalarini toraytirib, jigarga qon kirishini sekinlashtiradi. Adrenalin bir 
vaqtda sfinkterlam i bo‘shashtirib, sinuslar devorlarini qisqartiradi. Jigardan qonni 
chiqishiga kovak venalar va qorin sohasidagi venalardagi bosim ham ta ’sir etadi.
O 'pka.
  0 ‘pkaning  depo  vazifasi  uning  arteriya  va  venalarining  hajmini 
o'zgarishi hisobiga amalga oshlriladi. 0 ‘pka arteriyalari katta qon aylanish doirasi 
arteriyalariga nisbatan ingichka va cho'ziluvchan bo* lib, bu yerda qon 5 -6  baravar 
past bosim da turadi.  Lekin asosiy  qon  saqlanuvchi qismi  venalar hisoblanadi.  U 
ham yupqa devorli oson cho‘ziluvchandir. Ayrim omillar ta’sirida katta qon aylanish 
doirasi  tom irlari  torayishi  hisobiga  o*pkada  qon  to ‘planadi.  Shunday  qilib,  har 
ikkala qon aylanish doirasi tomirlari orasida payvasta bog‘lanish bor.
Teri.
  T erining  so ‘rg ‘ichsimon  ostki  qavati  kapillarlari  kengayib,  m a’lum 
m iqdordagi qonni sig'dira olishi mumkin. Bu qon ham harakatlanadi va dimlanib 
turadi. Bu yerdagi qon kapillarlar to‘ridan o ‘tmay arterio-venoz anastamozlari orqali 
o ‘tadi. Q onni to ‘planib turishi eng avvalo termoreguyatsiya bilan bogMiq.
L im fa sistem asi. Qon-tomir sistem asidan tashqari organizmda limfa tomirlari 
ham mavjud. Ular organizmda drenaj vazifasini bajaradi. Bular orqali suv, oqsillar, 
k o llo id   e ritm a la r,  y o g ‘lar  e m u lsiy asi,  suvda  erigan  m oddalar,  hujay ralar 
yem irilishidan hosil bo‘lgan m oddalar qon tizimiga qaytariladi.
N erv, miya to ‘qimasida va teriningyuza qavatidan tashqari barcha to‘qimalarda 
limfa kapillarlari bor. Ular berk xalta-shaklida boshlanib, kapillarlari diametri 10 dan 
100 m km  gacha b o iad i.  Ulaming devorlari  oson cho'ziluvchi bo*lib,  limfa hosil 
bo'lishi kuchayganda 2-3 marta kattalashishi mumkin. Bir necha kapillarlar qo*shilib 
limfa tomirlarini hosil qiladi. Limfa tomirlari yo‘llanda limfa tugunlari joylashadi va 
tom irlari bilan bir butun tizimni hosil qiladi. Tugunlar oval shaklda boMib, guruh 
boMib joylashadilar.  Insonda  ulam ing  soni  460  ta bo‘Iadi.  Bir  tomoni  sal  botiq 
bo‘lib, davrozasi deyiladi. Bu yerdan arteriya va simpatik nervtolalari kiradi, vena 
va  olib  ketuvchi  limfa  tomirlari  chiqadi.  Limfa  tugunlari  limfotsitopoez  a’zosi 
hisoblanadi. Uning po'stloq m oddasida V -  va T-limfotsitlar hosil b o ‘ladi.
L im fa  tugunlari  nafaqat  m exanik  vazifasini  bajaradi,  balki  biologik  filtr 
hisoblanadi.  Qondagi har xil yot m oddalar bakteriyalar, xavfli o ‘sma hujayralar, 
toksinlar va yog* oqsillar o*tkazilmay ushlab qolinadi.
242
www.ziyouz.com kutubxonasi


Limfa  suyuqligi  ¡kkita asosiy  y o 'lla rd a  y ig ‘ilib  vena  sistemasiga  quyiladi. 
Birinchisi ko‘krak limfa yo‘li, ikkinchisi b o ‘yin limfa yo‘li.

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish