O. T. Alayiya, sh. Q, Q o d ir o V a. N. Q q d ir o V, sh. H. H a m r o q u lo V e. H. H a lilo y



Download 12,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/242
Sana27.03.2023
Hajmi12,47 Mb.
#922030
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   242
Bog'liq
9df1158b73cf75933e31ab985e68c3b5 NORMAL FIZIOLOGIYA

_B osh miya katta yarim sharlar po 'stlog'i.
Bosh miya katta yarim 
sharlar p o ‘stlog‘i - m arkaziy nerv sistemasining kechroq rivojlangan 
strukturasi va funksiyalari ayniqsa murakkab bo‘lgan oliy bo‘limidir. Katta 
yarim sharlar va p o ‘stlog‘ining ahamiyati ularni operatsiya qilib olib 
tashlash, y a ’ni ekstirpatsiya qilish tajribalarida yaqqol k o ‘rinadi.
K atta ya rim sh a rla rn i olib tashlash va uning oqibatlari.
XIX 
asm ing birinchi choragidayoq Flurans qushlar bosh m iyasining katta 
yarim sharlarini birinchi m arta olib tashlagan (ekstirpatsiya qilgan). 
Keyinchalik k o ‘pgina tadqiqotchilar sutemizuvchi hayvonlam ing katta 
yarim sharlarini yoki ularning p o ‘stlog‘ini olib tashlashdi.
Katta yarim sharlarni yoki ularning po‘stlog‘ini olib tashlash tajribalari 
operatsiyadan keyin hayvonning qaysi funksiyalardan mahrum bo‘lishini 
va qaysi funksiyalari saqlanib qolishini bilish maqsadida qilinadi.
Qush bosh m iyasining katta yarim sharlari olib tashlangach havoga 
u lo q tirilg an d a ucha oladi, qafasda turganda itarilsa yurib ketadi. 
Operatsiya qilingan qushlarga ta’sir etilmasa, ular ko‘p soatlab qimirlamay 
turaveradi. U lar eshituv va k o ‘ruv t a ’sirlariga reaksiya k o ‘rsatish 
qobiliyatidan to ‘la mahrum b o ‘lmay, keskin soya beruvchi to ‘siqlami 
chetlab o ‘ta biladi. Fazoda gavda vaziyatining o‘zgarishigajavoban nor­
mal reaksiya k o ‘rsatadi. Qushlar bosh miyasining katta yarim sharlari 
olib tashlangach ro ‘y beradigan xarakterli o ‘zgarishlar shundan iboratki, 
xulq-atvom ing individual turmush darajasida kasb etilgan murakkab 
harakatlar buziladi. Operatsiya qilingan qushlar o‘zicha ovqat topib yeya 
olmaydi; ularni su’niy y o ‘l bilan boqishga va suv berib turishga to ‘g ‘ri 
keladi. Hayvon qo‘lga o ‘rganish qobiliyatidan ham mahrum b o ‘ladi.
Sutemizuvchilar bosh miyasining katta yarim sharlari olib tashlangach 
xulq-atvor yanada buziladi. Bosh miya katta yarim sharlarining po‘ stlog‘ i 
olib tashlangan itda operatsiya oqibatlari y o ‘qolib, jarohat tuzalgach it 
harakatlana oladi, ayni vaqtda yetarlicha aniq uyg‘un harakatlar qila
141


oladi. Buning sababi shuki, hayvonning vaqtda fazodagi vaziyati va 
h a ra k a tla n is h i o ‘rta m iy a , k o ‘ru v d o ‘m b o q la ri v a ta r g ‘il tan a 
funksiyalariga b o g iiq , operatsiya vaqtida miyaning bu boiaklari avaylab 
beshikast qoldiriladi. Bunday hayvonning yurish-turishi kuzatilganda 
faqat harakatlar chaqqonligi, tekisligi va aniqligi kamayganligi qayd 
qilinadi, xolos.
Katta yarim sharlar p o ‘stlog‘idan mahrum qilingan itlarda jinsiy 
instinkt juda susayadi. Uyqu va tiyraklik normal ravishda almashinadi; it 
uzoqroq uxlayc
IL j
^ Sensor funksiyalar keskin darajada buziladi. It operatsiyadan keyin 
k o ‘r va qisman karga o‘xshab qoladi. To‘siqlarga kelib uriladi, egasini 
tanimaydi, laqabini aytib chaqirilganda indamaydi, oldiga ovqat qo‘yilsa 
yaqin kelmaydi, hidning farqiga bormaydi; terining kuchsiz ta’sirlanishiga 
javoban ro ‘y beradigan reaksiyalar susayadi jShu bilan birga, katta yarim 
sharlar p o ‘stlo g ‘i olib tashlangach, itning b a ’zi k o ‘ruv va eshituv 
sezgilari saqlanib qoladi. M asalan,, boshiga ju d a ravshan yorug‘lik 
tushirilsa, boshini bura oladi; qoraphiq refleksi qayd qilinadi. Katta yarim 
sharlar p o ‘stlog‘i olib tashlangach ta ’m bilish sezgilari saqlanib turadi: 
ovqatga birorta achchiq narsa qo‘shilsa, hayvon ovqatni tuflab tashlab, 
tum shug‘ini burishtiradi.
Katta yarim sharlar po ‘ stlog ‘ idan mahrum qilingan it umrini cho ‘ zish 
uchun eksperim entator itning og‘ziga ovqat solib va suv quyib, uni 
sun’iy y o i bilan boqib turadi. G.P.Zeleniyning tajribalariga qaraganda, 
operatsiya qilingan it ovqat yutganda m e’da shirasining normal relektor 
sekresiyasi yuzaga chiqadi.
Itboshli m aym unlar (m acacus rhesus)ning k atta yarim sharlar 
p o ‘stlog‘i olib tashlangach, yanada keskin о ‘zgarishlar ro ‘y beradi. 
Bunday m aym unlar operatsiyaga chidash bermay, tez nobud bo'ladi. 
Individual hayot davrida turli ta’sirlarga javoban kelib chiqqan reaksiyalar 
y o ‘qolib ketadi. Operatsiya qilingan maym unda harakat aktlari ruy-rost 
buziladi. Unda ixtiyoriy harakatlar mutlaqo yuzaga chiqmaydi, mimika va 
jestik u ly atsiy a y o ‘qoladi. Tashqi ta ’sirlarga ja v o b an bajariladigan 
harakatlar sust va bo ‘ sh bo ‘ ladi. Katta yarim sharlar po ‘ stlog1 idan mahrum 
qilingan m aym unga ta ’sir etilmasa, u qim ir etmay turaveradi; ko‘proq 
uxlaydi.

Bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘idan mahrum bo‘lib tu g ‘ilgan 
bolalar 

Download 12,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish