81
telfakfurushon), zargarlar (toqi-zargaron), sarrof-sudho`rlar (toqi-sarrofon) va boshqalar
joylashganlar. 1587 yilda Abdullaxon musofirxona barpo ettirgan. Juda ko`p karvonsaroylar
barpo etilgan. Xo’ja Sa`dga qarashli Gavkushon karvon saroyi (1570)
va Lisak masjidiga
yaqin joydagi saroy (1560) shular jumlasidandir. Bu me`morchilik obidalari hozirda-da
saqlanib qolgan va xorijlik sayyohlarning e`tiborini tortmoqda.
Shayboniylar davrida ishlab chiqariladigan hunarmandchilik va kosibchilik
mahsulotlariga, qog`oz, shoyi, qurol-aslahalarga hatto chet mamlakatlarda ham talab va
ehtiyoj katta edi. «Mir Ibrohimiy», «Sultoniy» kabi a`lo sifat Samarqand qog`ozlarining
dovrug`i uzoq-uzoqlarga ketgandi. Buxoro, Toshkent va Samarqand viloyatlarida temir bilan
bir qatorda rudadan cho`yan quyish rivojlandi. Sovun ishlab chiqarish, misgarlik tosh va
yog`och o`ymakorligi, to`qimachilik rivoj topdi. Xullas bu davrda hunarmandchilikning 61
turi mavjud edi. Bu hol mamlakatda nafaqat ichki savdoning` balki xorijiy mamlakatlar bilan
ham savdo-sotiq aloqalarining rivojlanishiga sabab bo`ldi. Buxoro va Xivaning elchilari,
O’rta Osiyo savdogarlarini qo`shni mamlakatlar: Hindiston, Eron, Mo`g`uliston, Qozoqlar,
Sibir dashtlari, no`g`aylar yurtlariga, hatto Moskvagacha boshlab borganlar.
Bunga javoban
Buxoro xonligiga ham turli xorijiy mamlakatlardan elchilar kelganlar. Bu davrda Xitoy bilan
o`zaro bordi-keldi aloqalari keng yo`lga qo`yilgan. Xitoydan ko`proq ipak gazlamalari, chinni
idishlar, dori-darmonlar, choy keltirilgan.
Shayboniylar sulolasining so`nggi yillarida xususiy yer egaligining rivojlanishi va juda
ko`p yerlarning o`zbek zodagonlari qo`lida to`planishi bu zodagonlar ahamiyatini shu qadar
oshirdiki, xon hokimiyati XVII asr boshlaridan e`tiboran o`zining avvalgi katta salmog`ini
yo`qota bordi. Ayniqsa, Abdullaxon vafotidan so`ng mamlakatda shunday bir ayanchli ahvol
yuzaga keldiki, amirlar, sultonlar, shahzoda, boy va otaliqlar amalda Buxoro xonligini chok-
chokidan parchalab, o`nlab, yuzlab bo`laklarga bo`lib oldilar. Ularning har biri Markaziy
hokimiyatdan deyarli butunlay mustaqil edilar.
1601 yildan boshlab hokimyat tepasiga Ashtarxoniylar keldilar. Yangi sulolaga
Shayboniylardan og`ir meros nasib etadi. Amir Temur vafotidan keyin 200 yil o`tib,
Movarounnahr hududi siyosiy tarqoqliq o`zaro qirg`inbarot urushlar natijasida xalq xo`jaligi
va ishlab chiqarish butunlay izdan chiqib inqiroz sari yo`l tutgan edi. Ashtarxoniylar siyosiy
tarqoqlikni va o`zaro qirg`inbarot urushlarni to`xtataolmaydilar. XVII asr boshlariga kelib
o`zbek urug` va qabilalari soni 92 ta edi. Ularning har biri o`ziga xon, o`ziga bek–davlat
ichida davlat edi, o`z ta`sir doirasini kengaytirishga harakat qiladi. Mang`itlar–Buxoroda,
Qo`ng`irotlar-Xorazmda, minglar-Farg`onada, kenagaslar-Shahrisabzda, Afg`onistonning
Shimoli, Amudaryoning ikkala sohilida-qatag`onlar hukmronlik mavqeini egallaydilar.
Xonlarga qaysi qabila urug`ning ta`siri kuchli bo`lsa, yuqori mansab va lavozimlarni o`sha
qabilaga ulashar edi. Mang`itlar vakillari eng yuqori amaldor lavozimi bo`lgan otaliq
lavozimini, do`rmonlar parvonachi va Qarshi hokimi lavozimini, qatag`onlar
Buxoro oliy
yasovuli lavozimini egalladilar. Ana shu tariqa xalq va davlat boyligini talon-taroj qiluvchi
mamlakatni xarob qiluvchi ulkan boshqaruv apparati vaamaldorlarning katta bir guruhi tarkib
topdi. Bularni faqat boylik va shaxsiy manfaat qiziqtirardi. Mamlakat, millat va xalq taqdiri,
istiqboli ular uchun begona edi.
Ashtarxoniylar davrida soliqlarning qirqdan ortiq turi joriy qilingan. Bu hol ommaning
qashshoqlanishiga olib keldi. Ubaydullaxon hukmronligi davrida pul tizimi inqirozga uchradi
va xalqni talash avjiga mindi. Bitta kumush tangadan to`rtta tanga zarb ettirila boshlangan,
bunday tangalarning qudrati to`rt barovar pasayib ketgan. Soliqlar amalda to`rt barobar
oshirilgan. Bularning oqibatida mamlakat xalq ho`jaligi batamom inqirozga yuz tutdi, ochlik-
yalang`ochlik oddiy bir narsa bo`lib qoldi: «Oddiy xalq va kambag`allar, deyiladi
«Ubaydullanoma»da–mushkul ahvolda qoldilar, kundalik yeyish-ichishdan mahrum bo`ldilar,
hatto kafan uchun mato topolmay, jonlarini xudoga topshirdiilar».
1
Chorasiz qolgan xalq
ommasi Ubaydullaxon zulmiga qarshi Buxoroda, Kech, Urgut va Termizda qo`zg`olonlar
ko`tardilar. Bu qo`zg`olonlar shafqatsizlik bilan bostirilgan. Ashtarxoniylar xalq ommasi
ustidan o`z hukmronliklarini o`tkazishda ruhoniylarning qo`llab-quvvatlashi va madadiga
tayanganlar. Hukmdor zodagonlar bilan diniy mahkamalar o`rtasida to`la hamkorlik vujudga
1Mirmuhаmmаd Аmin Buxoriy. Ubаydullаnomа. T., «Fаn», 1957, 158-bet.
82
kelgan. Har bir hukmdor taxtga o`tirishdan
oldin muqaddas joylarga, avliyo-anbiyolar
qabrlariga borib qurbonliklar, nazr-niyozlar qilib, kechalari bilan uhlamasdan qur`on
oyatlaridan o`qitib chiqqanlar va ularning arvohlaridan hukmronlikka fatvolar so`raganlar.
Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi davriga kelib, Buxoro O’rta Osiyoda islom
dinining tayanch markazi sifatida mavqe’ini saqlab qolgan.Bu yerga islom dinining
bilimdonlari, mullalar, shayxlar, mudarrislar har tarafdan kelar edilar. «Ubaydullanoma»da bu
haqda quyidagilarni o`qiymiz. «Go`zal Buxoro shahrida va uning atroflarida ilohiyotchilar,
olimlar, taqvodor vaavliyo kishilar shu qadar ko`p ediki, ularning sanog`iga yetib
bo`lmasdi».
2
Ular so`fiylik ta`limotini bilishda va karomatda go`yo o`z ilohiy qudratlarini
namoyish qilar edilar. Bu davrda Xo`jaAhror–naqshbandiylar g`oyasining tarafdori so`fi
Dehqonga teng keladigan va u bilan bahslasha oladigan ulamo yo`q edi. Manba`larda
ko`rsatilishicha, uning yer-mulklari va boyliklari juda ko`p va cheksiz bo`lgan.
Shayboniylar
vaAshtarxoniylar
davlatlari
ijtimoiy-siyosiy
hayotida
Jo’ybor
shayxlarining o’rni va nufuzi juda katta bo’lgan.
3
Aslzodalik va tariqatdagi yuqori
mavqe’lariga ko’ra, Jo’ybor xojalari o’zlarini ota tomonidan Muhammad paygambar S.A.V.
avlodlari, ona tomonidan esa Chingizxon va Jo’ji avlodlari deb bilganlar.
Ashtarxoniylar davlatining eng ojiz va kuchsiz tomoni shunda ediki, ularda muntazam
armiya bo`lmagan. Xon armiyasi asosan qabilalar lashkarlaridan tashkil topardi.
Ular oddiy
qurollar: qilish, nayza, kamon hamda uchli nayzalar bilan qurollangan edilar. O`t o’chuvchi
qurollar kamdan-kam bo`lgan. Qo`shinda xizmat qiluvchi sipohlarga maosh berilmasdi,
ularga bosib olingan yurtlar aholisini talash xuquqi berilardi. Albatta oddiy va qadimiy
qurollarga tayanuvchi, tartib intizomi bo`lmagan qo`shin bilan uzoqqa borib bo`lmasdi.
Shayboniylar va Ashtarxoniylar sulolalari hukmronligi davrida Movarounnahrda fan
va madaniyat rivoj topdi. Shayboniyxon hayotligi chog‘ida yozilgan turli manbalarda, shu
qatorda Muhammad Solihning chig‘atoy-turkiy tilidagi «Shayboniynoma», Fazullox bin
Ro‘zbexonning forscha «Mehmonnomayi Buxoro», Binoiyning forscha «Shayboniynoma»,
Sayid Hasan
Xojaning forscha «Muzakkiri ahbob» asarlarida Shayboniyxon davrida fan va madaniyat
rivojlanganligi, Shayboniyxon esa fan va madaniyatga homiylik qilgani, o‘zi ham o‘qimishli,
o‘tkir, badiiy va ijodiy did egasi bo‘lganligi ko‘rsatiladi. Shayboniylarning deyarli barchasi
o‘qimishli shaxslar bo‘lgan. Shayboniyxon, Ubaydullaxon,
Rustam Sulton, Abdulazizxon,
Juvonmard Sulton
kabilar turkiy va forsiy she’r bitganlar. Shayboniyxon Buxoro va Samarqandni temuriylardan
so‘ng fan, madaniyat va san’at markazlari sifatida rivojlantirdi. Hirot va boshqa joylardagi
olimlar, san’atkorlar, adib-shoirlar Buxoro, Samarqandga olib keltirildilar. Shayboniyxon
asosan urushlar bilan o‘tgan 59 yillik umri davomida yuqori saviyali badiiy asarlar yozib,
meros qilib qoldirgan. Ammo uning ijod durdonalari o‘z ona zamin Turkis-
ton tuprog‘idan uzoq-uzoq yurtlarga sochilib ketgan. Shayboniyxon tomonidan 1508-yilda
chig‘atoy turkiy tilida yozilgan. «Baxr ul-xudo» («Haqiqiy yo‘lning dengizi») diniy
qasidasining yagona qo‘lyozma nusxasi Londondagi «British Muzeyi» kutubxonasida
saqlanadi.
Shayboniyxonning yagona she’rlar to‘plami bo‘lgan «Devon»i esa Turkiyaning
Istanbul shahridagi To‘pqopi Saroyi kutubxonasida saqlanadi.
Bu asar haqidagi birinchi
ma’lumotni tarixchi olim Zaki Validiy To‘g‘on 1927-yilda «Yangi Turkiston» jurnalining 1-
sonida bosilgan «Shayboniyxonning she’rlari» maqolasida bergan. Muallifning bergan
ma’lumotlariga qaraganda Shaybo niyxon Shohbaxt, Shayboq, Shaybek. Sheboniy, Shohibek
nomlari (taxallus)da ijod qilgan devoni 191 varaqdan iborat.
Shayboniyxon Sakkokiy, Atoiy, Navoiy an’anasidagi klassik chig‘atoy-turkiy
she’riyatini davom ettirdi. Uning ijodiyotiga xos bo‘lgan xususiyat shundaki, Shayboniyxon
o‘z asarlarida ona diyori Turkistonga mehr-muhabbatni jo‘shib kuyladi. Turkistonning
Buxoro, Samarqand, Urganch, Yassi (Turkiston) kabi shaharlari nomlarini o‘z she’rlarida
2
O’sha joyda.
3
Bu haqda qarang:
Do'stlaringiz bilan baham: